article_title
stringlengths
7
231
article_category
stringclasses
10 values
article_metadata
stringlengths
21
29
article_body
stringlengths
24
2.07k
article_id
int64
1
190k
Britni Spirs turmushga chiqishdan bosh tortdi
Culture
12:04, 13.01.2013 // 5825
Britni Spirs turmushga chiqishdan bosh tortdi. Amerikalik pop-yulduz Britni Spirs o‘zining sobiq agenti hisoblanadigan Jeyson Trevikka turmushga chiqmaydigan bo‘ldi. Ular bir yilcha oldin unashtirilgan edi. Bu haqda Sky News telekanali xabar tarqatdi. Ajralishga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Eslatib o‘tamiz, Britni bungacha ikki marta oila qurib, ajrashgan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Kevin Federlayndan ikkita o‘g‘li bor. Aynan Kevindan ajralganidan keyin Spirs xonim chuqur ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Balki unda navbatdagi psixik-inqiroz boshlangandir?
189,788
Maksim Shatskix terma jamoadagi faoliyatini tugatmoqchi
Sport
11:35, 13.01.2013 // 4645
Maksim Shatskix terma jamoadagi faoliyatini tugatmoqchi . O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Kiyevning “Dinamo” klubidagi ajoyib o‘yinlari evaziga ishqibozlar mehrini qozongan Maksim Shatskix oxirgi paytlarda bosh jamoaga jalb etilmayapti. Maksim o‘zining so‘nggi intervyularidan birida O‘zbekiston futbol federatsiyasidan o‘rtoqlik uchrashuvida muxlislar bilan xayrlashish imkonini berishlarini so‘ragan. Hujumchi jurnalistning “O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqsa, mundialda o‘ynar ekansiz-da” degan savoliga “saralash bosqichida mehnat qilib, terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan futbolchilarning o‘rnini egallashni istamayman” deya javob bergan. Nima deb o‘ylaysiz, unga xayrlashuv o‘yinini o‘tkazish imkonini berishadimi?
189,789
Nuri Shahin endi 18 oy “Real”da o‘ynamaydi
Sport
23:14, 11.01.2013 // 4443
Nuri Shahin endi 18 oy “Real”da o‘ynamaydi. Goal.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, huquqiy jihatdan Madrid klubiga tegishli bo‘lgan, biroq mavsumning yarmini Angliyaning “Liverpul” klubida o‘tkazgan turkiyalik futbolchi Nuri Shahin endi 18 oy davomida Dortmundning “Borussiya” klubida ijara asosida to‘p suradi. Nuri Shahin Foto:FootbalFacts Xabaringiz bor, Shahin qirollik klubi safiga o‘tgan yil boshida aynan “Borussiya” jamoasidan borib qo‘shilgan edi. Dortmundliklar bilan 2010-2011 yilgi mavsum Bundesliga chempionligiga erishgan futbolchi, “Real” zahirasida qolib ketgach Mourino uni "Liverpul" klubiga ijaraga berib yuborgan edi, biroq u yerda ham zahirada qolib ketgan futbolchi endi yana bir bor Bundesligada birinchi bo‘lish imkoniyatiga ega. Ushbu xabar haqida klub rasmiy tvitteri ham shunday mazmunda tvit yozib qoldirgan: “U qaytdi. O‘z uyingga xush kelibsan, Shahin!” Suratda ko‘rib turganingizdek, Shahin endi “Borussiya” tarkibida 18 oy davomida 18-raqamda harakat qiladi. Xo‘sh, sizningcha, “Real” hamda “Liverpul” klublari zahirasida o‘tirib o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchi “Borussiya” klubi tarkibida yana avvalgiday o‘yin ko‘rsata olarmikan? !
189,793
Mish-mish: MTS tez kunlarda ishlashi mumkin
Local
15:04, 11.01.2013 // 5699
Mish-mish: MTS tez kunlarda ishlashi mumkin. 2012-yilning iyul oyida o‘z faoliyatini to‘xtatgan “MTS-O‘zbekiston” uyali aloqa operatori tez kunlarda o‘z faoliyatini qayta tiklashi mumkin. Bu haqdagi mish-mishlar bir nechta ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan. Facebook foydalanuvchisining xabaridan olingan skrinshot Facebook foydalanuvchilaridan birining yozishicha, ularning ofisiga “MTS-O‘zbekiston” xodimlari tashrif buyurgan hamda korporativ raqamlarni qayta ulash haqida taklif bilan chiqishgan. Shunday mazzmundagi mish-mishlar boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham uchraydi. Eslatib o‘tamiz, 2012-yilning dekabr oyida Kun.uz internet-nashri ham MTSning O‘zbekiston bozoriga qaytishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.
189,796
CES 2013: Dunyodagi eng katta va eng baquvvat smatfon (FOTO)
Tech
11:51, 11.01.2013 // 6313
CES 2013: Dunyodagi eng katta va eng baquvvat smatfon (FOTO). Xitoyning Huawei kompaniyasi AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan CES 2013 maihsiy elektronika ko‘rgazmasida o‘zining ikkita yangi smartfonini ommaga namoyish qildi. Bu haqda sizga avvalgi xabarlarimizda yozgan edik. Ushbu smartfonlarning e’tiborli tomoni shundaki, ulardan birini dunyodagi eng katta ekranli smartfon desak, ikkinchisi esa eng baquvvat smartfon deb atashimiz mumkin. Dunyodagi eng katta va eng baquvvat smartfonlar Kuzatuvchilarning fikricha, Huawei Ascend D2 bugungi kunda dunyodagi eng baquvvat smartfon bo‘lsa, Ascend Mate modeli esa dunyodagi eng katta ekranli smartfondir.
189,797
CES 2013: Android endi muzlatgich va kir yuvish mashinalarida
Tech
11:23, 11.01.2013 // 6955
CES 2013: Android endi muzlatgich va kir yuvish mashinalarida. Elektronika vositalarini ishlab chiqaruvchilar so‘nggi paytlarda mobil operatsion tizimlarni o‘zlarining maishiy texnikalariga, xususan muzlatgich va kir yuvish mashinalariga ham joriy qilishmoqda. Foto: hi-tech.mail.ru Hozirda jahonning 30 dan ortiq kompaniyasi buyruq va ma’lumotlarni Internet orqali o‘tkazadigan va qabul qila oladigan “aqlli texnika” ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Xususan, Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan CES 2013 maishiy elektornika ko‘rgazmasida Samsung kompaniyasi T9000 deb nomlangan (T-900 terminatori bilan adashtirmang!) muzlatgichini namoyish qildi. Ushbu muzlatgichda 8-duymlik sensorli ekran ham bo‘lib, u Android bazasida ishlaydi. Samsung T9000 muzlatgichi To‘rt yadroli ushbu muzlatgich nafaqat Internetga ulana oladi, balki unga Evernote (eslatma va qaydlarni Internetda saqlovchi dastur) kabi mobil dasturlarni ham o‘rnatsa bo‘ladi. Muzlatgich bugungi sana, ob-havo va boshqa mayda-chuyda ma’lumotlarni yetkazib turadi. Bundan bir-ikki yil avval odamlar Androidda ishlaydigan muzlatgich, dazmol va boshqa texnikalar haqida hazillashib gapirishgan edi, ko‘rinishidan Samsung bu hazillarni jiddiy qabul qilgan ko‘rinadi.
189,798
CES 2013: Panasonic fotograflar uchun ulkan planshet ishlab chiqdi
Tech
16:56, 10.01.2013 // 4249
CES 2013: Panasonic fotograflar uchun ulkan planshet ishlab chiqdi. Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasida 20-duymlik (50,8 sm) ekranga ega ulkan planshetini namoyish qildi. Planshet ekrani o‘ta yuqori tiniqlikka ega. Apparat Windows 8 operatsion tizimi bazasida ishlaydi hamda maxsus optik stilus qalami bilan jihozlangan. 20-duymlik Panasonic plansheti. Foto: The Verge Kompaniya rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu planshet, asosan, fotograflar, dizaynerlar va arxitektorlarga mo‘ljallangan. Planshetga hali-beri nom qo‘yilganicha yo‘q bo‘lib, uning og‘irligi 2,4 kilogrammni tashkil etadi. Korpusining qalinligi – 10,8 millimetr. U bir paytning o‘zida 10 tagacha sezgini qabul qila oladi. Qurilmaning batareykasi to‘liq zaryadlangan holatda atigi ikki soatga yetadi xolos.
189,800
CES 2013: Huawei Ascend Mate va Ascend D2 smartfonlari namoyish qilindi
Tech
12:47, 10.01.2013 // 3953
CES 2013: Huawei Ascend Mate va Ascend D2 smartfonlari namoyish qilindi. Kutilganidek, Xitoyning Huawei kompaniyasi CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasida o‘zining yangi Ascend Mate va Ascend D2 smartfonlarini rasmiy namoyish qildi. Ascend Mate modelini “planshetofon” deb atashimi mumkin, chunki uning ekrani diagonali – 6,1-duym (1280 x 720 piksel). Apparatga 2 yadroli, 1,5 gigagers chastotali protsessor, 8 megapiksellik kamera (HDR funksiya bilan) o‘rnatilgan. U Android 4.1 Jelly Bean mobil operatsion tizimi bazasida ishlaydi. Huawei Ascend Mate korpusining qalinligi – 6,5 mm Ascend Mate, aslida, bundan bir oycha avval Xitoyda namoyish qilingandi. Uning qalinligi judayam yupqa bo‘lib – 6,5 millimetr, u 8-yanvargacha dunyodagi eng yupqa smartfon edi. Biroq, CES 2013 boshlanishida Alcatel kompaniyasi 6,45 millimetrlik smartfonini anons qilib, bu rekordni buzdi. Ascend D2 modeli esa 5-duymlik ekranga (1080p, 443 ppi) ega bo‘lib, unga 4 yadroli, 1,5 gigagers chastotali protsessor, 13 megapiksellik kamera, 3000 mA/soat quvvatlik batareyka qo‘yilgan. U ham Android 4.1 Jelly Bean mobil platformasi bazasida ishlaydi.
189,802
Mish-mish: Apple arzon “ayfon” ustida ishlamoqda
Tech
11:20, 10.01.2013 // 5297
Mish-mish: Apple arzon “ayfon” ustida ishlamoqda. Apple kompaniyasi ham ko‘rinishidan o‘zining strategiyasini biroz o‘zgartirib, u ham boshqalarga o‘xshab arzon, hamyonbop smartfon ishlab chiqaradiganga o‘xshaydi. iPhone smartfonining hamyonbop versiyasi, asosan, Xitoy va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun chiqariladi. iPhone 5 smartfoni Taxminlarga ko‘ra, arzon “ayfon” 2013-yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqarilishi mumkin. DigiTimes internet-nashrining yozishicha , arzon “ayfon” butunlay yangicha dizaynda va kattaroq ekranda ishlab chiqariladi. Foto: vesti.ru Eslatib o‘tamiz, Apple bundan oldin o‘zining iPad planshet kompyuterining kichraytirilgan hamda arzonroq versiyasi – iPad mini’ni chiqargan edi. Ko‘pchilik Apple smartfonini sotib olishni xohlaydiyu, lekin uning yuqori narxi bunga to‘sqinlik qilar edi. Mabodo, ushbu mish-mish to‘g‘ri chiqib, arzon “ayfon” chiqadigan bo‘lsa, ko‘pchilikning orzusi ushalarmidi…
189,803
CES 2013: Alcatel dunyodagi eng yupqa smartfonni namoyish qildi
Tech
10:26, 10.01.2013 // 5438
CES 2013: Alcatel dunyodagi eng yupqa smartfonni namoyish qildi. Alcatel kompaniyasi AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasida bir qancha yangi mahsulotlarini anons qildi. Ularning ichida “One Touch Idol Ultra” deb nomlangan smartfon bizning e’tiborimizni tortdi. Alcatel One Touch Idol Ultra – dunyodagi eng yupqa smartfon Bu smartfon hozirgacha o‘rnatilgan barcha jahon rekordlarini buzib, dunyodagi eng yupqa smartfon nomiga sazovor bo‘ldi. Uning qalinligi atigi 6,45 millimetr bo‘lib, u avvalgi rekordchidan 0,1 millimetrga yupqa. Alcatel One Touch smartfonlari oilasi “Alcatel One Touch Idol Ultra” smartfonining ekrani 4,7-duymlik sensorli AMOLED-displey bo‘lib, uning ekrani sig‘imi – 1280 x 720 piksel. Protsessori – 2 yadroli, chastotasi – 1,2 gigagers, operativ xotirasi – 1 gigabayt, ichki o‘zining xotirasi – 8 gigabayt, orqa asosiy kamerasi – 8 megapiksel (1080p). Alcatel smartfonlari Apparat Android 4.1 Jelly Bean mobil operatsion tizimi bazasida ishlaydi va u Xitoyda sotuvga shu oy oxirida 450$ narxda chiqariladi.
189,804
Toyota smartfonlar uchun o‘yin ishlab chiqdi
Tech
17:33, 09.01.2013 // 5390
Toyota smartfonlar uchun o‘yin ishlab chiqdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi Toyota kompaniyasi mobil telefonlar uchun mo‘ljallangan Plug-in Championship o‘yinini taqdim etdi. O‘yin jarayonida quvvatlantiruvchi qurilma ishtirok etadi. iPhone uchun Plug-in-Championship o‘yini. Foto: fsm.com Foydalanuvchi o‘yinni ishga tushirganda, ekranda o‘nta ajratmali vertikal shkala paydo bo‘ladi. U pastdan tepaga qarab moviy rang bilan to‘lib boradi, keyin yana boshlang‘ich rangga qaytadi va bu holat takrorlanaveradi. O‘yinning maqsadi telefonda butun shkala moviy rangda bo‘lganda quvatlantirish qurilmasiga ulashdir. Quvvatlantirgich har gal ulanganda Plug-in Championship video-rolik ko‘rsatadi. Keyin esa o‘yinchi qancha ochko to‘plagani ma'lum qilinadi. Bu o‘yin Android va iOS asosidagi smartfonlar va planshetlar uchun mo‘ljallangan.
189,807
QVZ Toshkent kubogi finali qachon bo‘ladi?
Local
16:03, 09.01.2013 // 7126
QVZ Toshkent kubogi finali qachon bo‘ladi?. Quvnoqlar va zukkolar (QVZ) federatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan hamda poytaxt oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan Toshkent kubogining final bosqichi 22-yanvar kuni soat 16:00 da Turkiston saroyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Daryo internet-nashriga QVZ federatsiyasi direktori Shukrullo Mahkamov ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, bu yili QVZ Toshkent kubogi 5-marta o‘tkazilayotgan bo‘lib, 2012/2013 mavsum finaliga quyidagi jamoalar yetib kelishdi.
189,808
Nokia kelajakda Android-smartfon chiqarishi mumkin
Tech
14:23, 09.01.2013 // 5121
Nokia kelajakda Android-smartfon chiqarishi mumkin. Bir paytlar mobil telefonlar bozorida yaqqol yetakchi sanalgan Nokia kompaniyasi so‘nggi yillarda tinmay o‘z o‘rnini yo‘qotib kelmoqda. Bunga sabab, Apple, Samsung va boshqa kompaniyalar o‘zlarining sensorli smartfonlari bilan muvaffaqiyatga erishmoqda, Nokia esa eski Symbian mobil operatsion tizimi bilan sensorli qurilmalar sohasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shundan so‘ng, Nokia 2011-yilda Microsoft korporatsiyasi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolab, Windows Phone operatsion tizimi bazasida ishlovchi Lumia smartfonlarini bozorga chiqardi. Shunday bo‘lsa-da, Windows Phone hali-beri Android va iOS kabi yetakchi platformalar bilan raqobat qilishdan ancha olisda. Nokia rahbari Stiven Elop. Foto: 3DNews.ru Nokia kompaniyasining rahbari Stiven Elop “El Pais” nashri savollariga javob berar ekan, kompaniya kelajakda Android bazasida ishlovchi qurilma chiqarishi mumkinligiga oid shunday deydi: “Hozirgi ekotizimlar bahsida biz urush quroli sifatida Windows Phone’dan foydalanyapmiz. Shu bilan birga, biz kelajak haqida, HTML5, Androidni nima kutayotganligi haqida ham qayg‘urmoqdamiz. Bugun biz Microsoft bilan hamkorlik qilyapmiz va bu hozircha bizni qoniqtirmoqda, ammo kelajakda hamma narsa bo‘lishi mumkin”. Windows Phone 8 bazasida ishlovchi Nokia Lumia 920 smartfoni Tan olish kerakki, O‘zbekistonda haligacha Nokia mahsulotlarining ishqibozlari anchagina topiladi.
189,809
Ucell “Cheksiz Internet” aksiyasi muddatini uzaytirmoqda
Local
13:03, 09.01.2013 // 7423
Ucell “Cheksiz Internet” aksiyasi muddatini uzaytirmoqda. Ucell Internet foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik – “Cheksiz Internet” xizmati 07.02.2013 gacha uzaytirildi. Foto: Ucell Shu bilan birga, endi siz smartfon uchun “Cheksiz Internet” xizmatiga 07.12.2012 dan 07.02.2013 gacha ulanishingiz mumkin. Ushbu xizmat smartfon egalari uchun tavsiya etiladi, ammo smartfonlardan boshqa qurilma ham foydalanishlari mumkin. Xizmatni abonent o‘z istagiga binoan 3G-modem, planshetlar yoki boshqa qurilmalarda ishlatishi mumkin. Aksiya haqida batafsil ma’lumotni Ucell saytidan topishingiz mumkin.
189,810
CES 2013: Mobil qurilmalar bir-biriga zaryad o‘tkazishi mumkin
Tech
12:30, 09.01.2013 // 4765
CES 2013: Mobil qurilmalar bir-biriga zaryad o‘tkazishi mumkin. Fulton Innovation kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasida o‘zining inqilobiy ahamiyatga ega texnologiyasini namoyish qildi. Ushbu texnologiya eCoupled deb nomlanib, uning yordamida ikkita mobil qurilma bir-biriga zaryad o‘tkazishi mumkin. eCoupled simsiz zaryadlash texnologiyasi. Foto: Engadget Kompaniya ushbu ishlanmani smartfon va planshet kompyuter misolida ko‘rsatib berdi: Smartfonning zaryadi oz qolgan, planshetda esa ortiqcha zaryad mavjud. eCoupled yordamida planshet o‘zidagi zaryadning bir qismini smartfonga o‘tkazishi mumkin. Buning uchun hech qanday sim yoki kabel shartmas, shunchaki smartfonni planshetning ustiga qo‘yish kifoya. Buni aksincha ham qilish mumkin, ya’ni smartfondagi zaryadni planshetga ham o‘tkazsa bo‘ladi. Bu narsa Qi standarti bo‘yicha simsiz zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalardagina ishlaydi. Ushbu standart elektromagnit induksiyasi vositasida elektr quvvatini o‘tkazishni nazarda tutadi.
189,811
CES 2013: Ko‘rgazma oldidan tayyorgarlik (FOTO)
Tech
11:41, 09.01.2013 // 4797
CES 2013: Ko‘rgazma oldidan tayyorgarlik (FOTO). Xabaringiz bo‘lsa, 8-yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida axborot texnologiyalari olamidagi yilning eng yirik voqeasi – CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasi boshlangan edi. Quyida sizning e’tiboringizga ana shu ko‘rgzma boshlanishidan avvalgi tayyorgarlik ishlaridan ba’zi rasmlarni taqdim etmoqchimiz. CES 2013 hududi. Foto: nomobile.ru Fotogalereya: CES 2013 ko‘rgazmasi oldidan [gallery columns="5" link="file" ids="797,798,799,800,801,802,803,804,805,806,807,808,809,810,811,812,813,814,815,816,817,818,819,820,821,822,823"] Fotosuratlar NOMOBILE.RU saytidan olingan.
189,812
CES 2013: Lenovo 10 kilogrammlik planshet namoyish qildi
Tech
11:14, 09.01.2013 // 6549
CES 2013: Lenovo 10 kilogrammlik planshet namoyish qildi. AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasida Lenovo kompaniyasi kattaligi o‘rtacha stol bilan teng bo‘lgan planshet kompyuterni namoyish qildi. “IdeaCentre Horizon Table PC” deb nomlangan ushbu planshet ekranining diagonali 27-duym bo‘lib (68,6 sm), uning og‘irligi 10 kilogramm . Planshetdan bir paytning o‘zida bir necha kishi foydalanishi mumkin Lenovo rasmiylarining aytishicha, ushbu planshetdan bir paytning o‘zida bir nechta odam foydalanishi mumkin. Uni, hatto, desktop kompyuter qilib ishlatsa ham bo‘ladi. Planshetga mashhur “Monopoliya” o‘yini oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi. 27-duymlik Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC planshet kompyuteri. Foto: Lenovo Ushbu ulkan planshet Windows 8 operatsion tizimi bazasida ishlaydi. U, asosan, ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar uchun juda qulay sanaladi. Qurilma bilan birgalikda maxsus aksessuarlar ham chiqarilgan: elektron “suyaklar”, 4 ta joystik va strayker.
189,813
Samsung Galaxy S4 fotosurati: haqiqiymi yoki soxta?
Tech
10:13, 09.01.2013 // 5702
Samsung Galaxy S4 fotosurati: haqiqiymi yoki soxta?. Shu kunlarda anons qilinishi kutilayotgan Samsung Galaxy S4 smartfoni haqida Internetda yetarlicha rasmlar tarqaldi. Lekin, ulardan oxirgisi haqiqatga ancha yaqin bo‘lishi mumkin, chunki uni shu paytgacha Samsung haqida to‘g‘ri taxminlarni yozib klegan SamMobile nashri chiqargan. Samsung Galaxy S4 fotosurati. Foto: SamMobile Qiziq tomoni, yuqoridagi rasmda ko‘rinib turganidek, smartfonda markaziy “Home” tugmasi yo‘q. Bungacha, Samsung o‘zining barcha S va Note oilasidagi telefonlariga ushbu tugmani qo‘yar edi. Siz nima deb o‘ylaysiz – bu fotosurat haqiqiymi yoki soxta?
189,814