Unnamed: 0
int64 0
172k
| title
stringlengths 5
345
| content
stringlengths 1
43.3k
| target
stringclasses 7
values |
|---|---|---|---|
0
|
Eng kuchli Android-smartfonlar, uchar mehmonxona va 81 dollarlik Redmi - hafta texnodayjesti
|
Eng kuchli Android-smartfonlarAvgust oyining eng kuchli Android-smartfonlari reytingi e’lon qilindi. Birinchi o‘rinni Asus ROG Phone 6 smartfoni egalladi. U Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 512 GB.Ikkinchi o‘ringa xuddi shu protsessor o‘rnatilgan iQOO 9T smartfoni joylashdi. Uning tezkor xotirasi 12 GB va doimiy xotirasi 256 GB.Snapdragon 8 Gen 1 protsessoriga ega ZTE Nubia Red Magic 7 uchinchi o‘rinni egalladi. Uning tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 25 GB. Shuningdek, ro‘yxatga Xiaomi 12S Ultra, Black Shark 5 Pro, Vivo X80, Motorola Edge 30 Pro, Vivo X80 Pro, Samsung Galaxy Z Fold4 hamda Xiaomi 12 Pro smartfonlari ham kiritilgan.Apple taqdimotiApple kompaniyasi iPhone 14 liniyasidagi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Bu safar kompaniya iPhone’larning mini modelidan voz kechdi hamda iPhone 14, iPhone 14 Plus, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellarini namoyish qildi.iPhone 14 va 14 Plus A15 Bionic protsessori bilan jihozlangan. Bu protsessor iPhone 13’dagi A15 protsessoridan 25 foizga kuchliroq. Videotasvirga olish stabilizatsiyasi uchun Action Mode funksiyasi qo‘shilgan. Orqa – asosiy kameralar kam yorug‘lik sharoitida ham ranglarni 49 foizga yorqinroq ko‘rsatadi, old – selfi kamera esa 38 foizga yorqinroq. Shuningdek, selfi kamerada ilk bor avtofokus funksiyasi paydo bo‘lgan.iPhone 14 bozorlarda 16 centyabrdan paydo bo‘ladi va uning AQShdagi narxi 799 dollar. iPhone 14 Plus esa 899 dollardan boshlanadi va 7 oktyabrdan bozorlarga chiqishi aytilmoqda.Asosiy kutilgan flagmanlar iPhone 14 Pro va Pro Max qurilmalarida o‘zgarishlar qatorida Always-on Display funksiyasi, ekranning yuqori qismidagi o‘zgarish hamda yaxshilangan kameralarni sanash mumkin.14 Pro va Pro Max’ning ekran yorug‘ligi 13 Pro’ga nisbatan 2 barobar oshirilgan – 2000 nit.14 Pro va Pro Max’ga yangi 6 yadroli A16 Bionic protsessor qo‘yilgan. Ishlab chiqaruvchilar u rasmlar bilan bir soniyada 4 trillion operatsiyani bajara olishini, shu bilan birga 40 foizga tezroq va 20 foiz ko‘proq energiya samaradorligini aytmoqda.AQShda iPhone 14 Pro 999 dollardan, iPhone 14 Pro Max 1099 dollardan boshlanadi. Ular 16 sentabrdan bozorlarga chiqishi kutilmoqda.Robot bosh direktorXitoydagi mobil ilovalar va onlayn o‘yinlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi NetDragon Websoft kompaniyasi Tan Yu deb nomlangan sun’iy ongga ega gumanoid robotni bosh direktor etib tayinladi.Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, robot ish jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Tan Yu barcha xodimlarning ish faoliyatini haqqoniy baholaydi.Robotning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan.Plastmassadan olmos olishAQSh va Germaniya olimlari SLAC Milliy laboratoriyasida plastmassadan olmos olish usulini topishdi. Tadqiqotchilar haddan tashqari yuqori bosim va harorat ostida uglevodorodlar sayyora yuzasidan bir necha kilometr pastda kristalli toshlarga aylanishi mumkinligini aniqlashgan. Shuningdek, Neptun va Uran kabi sayyoralarda qimmatbaho toshlar bulutlarda hosil bo‘lishi va yomg‘ir ko‘rinishida pastga tushishi ham taxmin qilingan.2017 yilda tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida polistiroldan mayda olmoslar olish usulini topishgan bo‘lsa, endilikda plastik chiqindilardan ham olmos olishga muvaffaq bo‘lishdi.81 dollarlik RedmiXitoyning Xiaomi kompaniyasi joriy yilda ishlab chiqarilgan eng arzon gadjeti - Redmi A1 smartfonini taqdim qildi. Modelning narxi atigi 81 dollarni tashkil etadi.Redmi A1'ga MediaTek Helio A22 protsessori o‘rnatilgan, 6,52 dyuymli IPS-displeyi bilan jihozlangan. Smartfon Android 12 operatsion tizimida ishlaydi, old kamerasi 5 Mp, orqa asosiy kamerasi 8 Mp, yordamchi kamerasi esa 2 Mp.Akkumulyator quvvati – 5000 mA/soat. Bluetooth 5.0, GNSS, ikkita sim karta va mikroSD karta joylashtirish imkoniyati mavjud.Uchar mehmonxonaYamanlik biotexnolog va ilmiy kommunikator Hoshim al-G‘ayli uchar mehmonxona loyihasini ishlab chiqdi va uni Sky Cruise deb atadi.Uchar mehmonxona atom energiyasidan quvvat oladi, bu esa uning doimiy ravishda havoda bo‘la olishiga imkon beradi.Mehmonlar unga samolyotlarda kelishadi, buning uchun Sky Cruise o‘z aerodromiga ega bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.G‘ayli konsepsiyasi doirasida sun’iy intellekt samolyotni bevosita boshqaradi, uchuvchilar esa faqat uning samarali ishlashini nazorat qiladi.Taxminlarga ko‘ra, bulut ko‘rinishidagi hashamatli bino bortida bir vaqtning o‘zida 5000 nafargacha mehmon yashashi mumkin bo‘ladi.Texnolog g‘oyasi va aerodinamika qonunlari o‘rtasidagi ziddiyat tufayli skeptiklar Sky Cruise "havo Titanigi" deb nomlashgan. Shuningdek, ular bortida yadro reaktori bo‘lgan samolyot shahar ustiga qulab tushsa, bu atom bombasi portlashiga o‘xshash dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan.
|
fan va texnika
|
1
|
Apple taqdimoti: Yangi qurilmalar, o‘zgarishlar va narxlar
|
7 sentabr kuni Apple kompaniyasi iPhone 14 liniyasidagi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot qanchalik kutilganini uni jonli efirda 3 millionga yaqin foydalanuvchi tomosha qilib o‘tirganidanoq sezish mumkin.Bu safar kompaniya iPhone’larning mini modelidan voz kechdi hamda iPhone 14, iPhone 14 Plus, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellarini taqdim qildi.Dastlab iPhone 14 va 14 Plus haqidaBu qurilmalarning ikkalasi ham A15 Bionic protsessori bilan jihozlangan. Bu protsessor iPhone 13’dagi A15 protsessoridan 25 foizga kuchliroq. Videotasvirga olish stabilizatsiyasi uchun Action Mode funksiyasi qo‘shilgan. Orqa – asosiy kameralar kam yorug‘lik sharoitida ham 49 foizga ranglarni yorqinroq ko‘rsatadi, old – selfi kamera esa 38 foizga yorqinroq. Shuningdek, selfi kamerada ilk bor avtofokus funksiyasi paydo bo‘lgan.Bu qurilmalar AQSh uchun jismoniy sim-kartasiz chiqadi, ya’ni e-sim karta yordamida ishlaydi. Shuningdek, AQSh va Kanadada noyabr oyidan boshlab qurilma egasi favqulodda holatlarga tushganda va aviahalokatlar sodir bo‘lganda sputnik orqali xabar qoldirish funksiyasi ishga tushishi kutilmoqda.iPhone 14 bozorlarda 16 centyabrdan paydo bo‘ladi va uning AQShdagi narxi 799 dollar. iPhone 14 Plus esa 899 dollardan boshlanadi va 7 oktyabrdan bozorlarga chiqishi aytilmoqda.Asosiy kutilgan flagmanlar iPhone 14 Pro va Pro Max qurilmalarida o‘zgarishlar qatorida esa — Always-on Display funksiyasi, ekranning yuqori qismidagi o‘zgarish hamda yaxshilangan kameralarni sanash mumkin.Asosiy o‘zgarish ekran tepasidagi kichik tirqishda, Apple uni dinamik orol, deya atagan. Ya’ni endilikda u bildirishnomalar turiga qarab eniga va bo‘yiga o‘z shaklini o‘zgartiradi. Tirqish ichidagi kameralar 30 foizga kichraygani tufayli, u endi kamroq xalaqit beradi.14 Pro va Pro Max’ning ekran yorug‘ligi 13 Pro’ga nisbatan 2 barobar oshirilgan – 2000 nit.iPhone’larga ilk bor qo‘shilgan Always-on Display funksiyasi yoqilsa, ekran – zaryad tugaguniga qadar yoniq turishi ta’minlanadi.14 Pro va Pro Max’ga yangi 6 yadroli A16 Bionic protsessor qo‘yilgan. Ishlab chiqaruvchilar u bir sekundda rasmlar bilan 4 trillion operatsiyani bajara olishini, shu bilan birga 40 foizga tezroq va 20 foiz ko‘proq energiya samaradorligini aytmoqda.Eng asosiy o‘zgarishlar bu – kameralarda bo‘ldi. Apple tarixida ilk marta 65 foizga kattaroq bo‘lgan 48 MP’lik kameralar paydo bo‘ldi. Bunga qadar Apple qurilmalari maksimum 12 MP’lik kameralar bilan jihozlanar edi.Bundan tashqari boshqa barcha kameralar ham 2-3 barobarga yaxshilangan. Kinoeffekt rejimida ham 4K yordamida tasvirga olish funksiyasi qo‘shilgan.Smartfonlar qora, oq, siyohrang hamda oltin ranglarda chiqarilgan, 128 gbdan 1 tbgacha xotiraga ega.AQShda iPhone 14 Pro 999 dollardan, iPhone 14 Pro Max 1 099 dollardan boshlanadi. Ular 16 sentabrdan bozorlarga chiqishi kutilmoqda.Bundan tashqari, taqdimotda Apple Watch’lar biryo‘la 3 xil yangi ko‘rinishi namoyish qilindi: Apple Watch 8, Apple Watch SE va Apple Watch Ultra.Apple taqdimotda Air Pods Pro 2-avlod simsiz quloqchinlarini ham namoyish qildi.
|
fan va texnika
|
2
|
Eng kuchli Android-smartfonlar reytingi e’lon qilindi
|
Birinchi o‘rinni Asus ROG Phone 6 smartfoni egalladi. U Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 512 GB. Ikkinchi o‘ringa xuddi shu protsessor o‘rnatilgan iQOO 9T smartfoni joylashdi. Uning tezkor xotirasi 12 GB va doimiy xotirasi 256 GB.Snapdragon 8 Gen 1 protsessoriga ega ZTE Nubia Red Magic 7 uchinchi o‘rinni egalladi. Uning tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 25 GB. Eng kuchli Android-smartfonlar ro‘yxatiga shuningdek, Xiaomi 12S Ultra, Black Shark 5 Pro, Vivo X80, Motorola Edge 30 Pro, Vivo X80 Pro, Samsung Galaxy Z Fold4 hamda Xiaomi 12 Pro smartfonlari kiritildi.
|
fan va texnika
|
3
|
Sun’iy intellekt va xavfsizlik. Robotlar odamlar ustidan hukmronlik qilishi mumkinmi?
|
Globallashgan dunyoda rivojlanishning asosiy omili texnik va texnologik taraqqiyot bilan belgilanadi. Shuningdek, ilmiy-texnologiyalar tarmog‘i, iqtisodiyot va xavfsizlik ham bir necha asrlardan beri bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, sinxron tarzda rivojlanib keladi. Bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy hayotga yangi omil – sun’iy aql jadallik bilan kirib keldi va kundalik turmushimizda faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, Google eng ko‘p izlangan buyruqlarni eslab qolish va tavsiya qilish imkoniga ega. Shu kabi ulkan ma’lumotlarni yig‘ayotgan korporatsiyalar ularni qayta tahlil qilish orqali siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga faol aralashmoqda. Ma’lumotlar bazasi ustidan nazorat o‘rnatish ko‘plab hukumatlarning asosiy maqsadiga aylanib ulgurdi.Sun’iy intellekt o‘zi nima?Sun’iy intellekt deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun’iy tizim tushuniladi. Ushbu atama, shuningdek, o‘rganish va muammolarni hal qilish kabi inson aqli bilan bog‘liq xususiyatlarni namoyish etadigan har qanday texnologiyaga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Sun’iy intellektning ideal xususiyati – bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobiliyatidir.AI dunyosi deyarli cheksizdir, u o‘sib borayotgan muhandislik va kompyuter imkoniyatlari hisobiga katta ta’sir ko‘rsatish qudratiga ega bo‘lib bormoqda. Turli tor funksiyalar, vazifalar va faoliyatlar allaqachon inson qobiliyati va undan yuqori darajada amalga oshirilishi mumkin, ba’zan esa insonga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.Tadqiqotlarga ko‘ra, keyingi o‘n besh yil ichida AI texnologiyalari jamiyat hayotiga boshqa har qanday erishilishi mumkin bo‘lgan yutuqlardan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi va global inqilob darajasidagi o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Bu ikki xil ta’sir segmentlari orqali xarakterlangan: birinchidan, AI texnologiyalarining kompaniyalar va bandlikka jiddiy ta’siri bo‘ladi. Shu munosabat bilan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan kompaniyalar va katta ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qiladigan tashkilotlar guruhlari paydo bo‘ladi, bu esa ular o‘rtasida global raqobatning kuchayishiga olib keladi. Ikkinchidan, odamlar sun’iy intellekt tufayli cheksiz qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Tobora qudratli kuchga aylanib borayotgan «dronlar»Oxirgi yillarda xalqaro munosabatlar tizimida yuz bergan ba’zi bir holatlar ham harbiy xavfsizlik va mudofaa tizimlarining bevosita va bilvosita AI texnologiyalariga bog‘lanib borayotganligini ko‘rsatadi. Xususan, 2021 yilda AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi bilan siyosiy muvozanatning o‘zgarishi faqatgina Afg‘onistonda sodir bo‘lmadi. Bu kabi jarayon Iroqda ham ro‘y berdi. Bu xalqaro tendensiya siyosiy va iqtisodiy markazlarning ko‘chishi bilan ham izohlanadi. Yanada e’tiborlisi, bu o‘zgarishlar faqatgina geografik nuqtayi nazardan emas, balki texnologik jihatdan ham sodir bo‘ldi. Dronlarning kashf etilishi va ularning bir qancha operatsiyalarda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi AQSh uchun endilikda ko‘plab hududlarda yirik xarajatlarga sabab bo‘luvchi bazalarni saqlab turishdan manfaat yo‘qligini ko‘rsatdi. Agar Afg‘oniston yoki Iroqda harbiy amaliyot zarur bo‘ladigan bo‘lsa, Vashington bu ishni Qatardan uchirilgan boshqaruvsiz texnikalar yordamida uddalashi mumkinligiga amin bo‘ldi. Z. Bjyezinskiy «Buyuk shaxmat doskasi»da ta’kidlaganidek, Moskva yoki Pekin bilan raqobatlashuv uchun ham zamonaviy dunyoda Afg‘oniston yoki Iroqda qo‘shin saqlab turish Qo‘shma Shtatlar uchun o‘z ahamiyati yo‘qotdi. Bunga sabab sifatida, bu raqobat maydoni quruqlik, dengiz yoki havo bo‘shliqlaridan kiber bo‘shliq yoki kosmik kengliklarga ko‘chgani bilan izohlanadi. Quruqlikda ko‘p sonli kontingentlarni ushlab turish o‘z dolzarbligini yo‘qotishi bilan AQSh va boshqa G‘arb davlatlari qo‘shinlarini bosqichma-bosqich evakuatsiya qila boshladi. Urush hududlarida quruqlikdagi askarlarning soni kamaytirilishi armiyalar ko‘proq eng zamonaviy raqamli texnologiyalarga, shu jumladan, sun’iy intellektga suyanishini taqozo etadi.AI urushda inson ishtirokini kamaytirish potensialiga ega. Birinchidan, sun’iy intellekt urush va urush bilan bog‘liq operatsiyalarda qatnashish uchun zarur bo‘lgan inson va mashina resurslarining taqsimlanishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ikkinchidan, sun’iy intellekt operatsiyalar tezligiga ta’sir qiladi, bu paradoksal ravishda qaror qabul qilish vaqtini kamaytiradi. Aytish mumkinki, so‘nggi o‘n yil ichida hech qanday yangi harbiy texnologiyalar mutaxassislar tomonidan dronlardan ko‘ra ko‘proq e’tiborga olinmagan, chunki dronlar axborot asrining zamonaviy urushlarida eng ko‘zga ko‘ringan texnologik vosita sifatida ommalashib bormoqda.So‘nggi harbiy harakatlarda kuzatilgan tendensiya ham strategik ustuvorliklarni tubdan o‘zgartirishga undadi. 2020 yilning kuzida Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida yuz bergan qisqa muddatli urushda armanlarning tanklarini ozarlar Turkiya tomonidan yetkazib berilgan arzon, uchuvchisiz dronlari yordamida yo‘q qildi. Bu apparatlar boshqaruvchi hayotiga xavf tug‘dirmagan holda nishonga zarba beradi. Ba’zi ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, aynan Qorabog‘ urushida dronlarning ta’siri «taktik o‘yinni o‘zgartirish» darajasida ahamiyat kasb etgan.Dronlar inson omili va moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytirgani uchun davlatlar bundan keyingi davrda urushlarga kirishi ko‘proq kuzatilishi mumkin. Bu esa, agar dron inqilobi amalga oshiriladigan bo‘lsa , davlatlar o‘zlarining mudofaa siyosatlarini sezilarli darajada qayta ko‘rib chiqishlari kerakligini anglatadi. Jangovar uchuvchisiz dronlar bir vaqtlar harbiy qudratli kuchlarning asosiy «fishka»si bo‘lib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda kichik davlatlar tomonidan ham ularga ega bo‘lishga harakat ortib bormoqda. Insoniyatning harbiy tarixi davomida yagona qurol tizimi butun urush davrining timsoliga aylangan davrlar bo‘lgan. O‘rta asrlarda ingliz kamonchilari tomonidan qo‘llanilgan uzun kamon boshqa dushman kuchlarining sarosimaga tushib qolishiga olib kelgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning harbiy muvaffaqqiyatida ham texnologik innovatsiyalarning o‘rni sezilarli darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Amerika fuqarolar urushi davrida AQSh prezidenti Avraam Linkoln o‘z harbiylari bilan aloqa qilish, strategiyani muvofiqlashtirish va qo‘shinlarni harakatlantirish uchun zamonaviy telegraf tizimidan foydalangan.Bugungi kunda ham AI texnologiyalarining mudofaa sohasida qo‘llanila boshlashi inqilob sifatida ko‘rilmoqda. Bu inqilobning avvalgi harbiy inqiloblardan farqli jihati sifatida AI texnologiyalarining avval ijtimoiy sohalarda, keyin esa harbiy sohalarda ham foydalana boshlashi bilan bog‘liq. Oldingi harbiy texnologik salohiyatga ega bo‘lgan qurollar, masalan yadro qurollari avval harbiy sohada qo‘llanilgan va keyinchalik kundalik hayotdagi tarmoqlarga integratsiya qilingani bilan xarakterlanadi. Bu esa ushbu davr mobaynida mudofaa sohasida tadqiqotlar uchun mablag‘larning tejalishiga imkoniyat ham yaratib berdi. Gitler Germaniyasining Ikkinchi jahon urushigacha yaratgan maxfiy qurollari singari, sun’iy intellektga asoslangan dronlar yoki robotlar ham dunyo muvozanatini o‘zgartirish potensialiga ega hisoblanadi. Shu sababli, ushbu texnologiya sohasidagi tadqiqotlar shaffof bo‘lishi va ishlab chiqilgan qurollar yadro quroli rejimidagi kabi xalqaro huquq normalari bilan cheklanishi kerak. Chunki tobora ilg‘orlashib borayotgan texnologiyalar insoniyat kelajagiga tahdidlarni ko‘paytirishi mumkin.Yangi dunyo «gigantlari»1648 yilda Vestfaliya shartnomasi bilan poydevori qo‘yilgan zamonaviy milliy davlatlar hukmronlik qilgan xalqaro tizimda kun sayin o‘z ta’siri va qudratini oshirib borayotgan yangi bir kuch paydo bo‘ldi. Ushbu yangi kuch – texnologik yutuqlar natijasida katta aylanmalarni boshqaruvchi global texnologik kompaniyalardir.10 yil oldin dunyodagi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatiga atigi ikkita texnologik kompaniya kirgan bo‘lsa, 2022 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu Top-10'talik ro‘yxatdan raqamli texnologiyalarga asoslangan to‘qqizta kompaniya o‘rin olgan.Bugungi kunda ushbu kompaniyalarning tovar aylanmasi va daromadi xalqaro tizimdagi ko‘plab milliy davlatlarning iqtisodiy salohiyatidan ham oshib ketdi. AI’ning yanada rivojlanishi esa texnologik taraqqiyot ildiziga bog‘langan ushbu kompaniyalarning yanada qudratli bo‘lishiga va ijtimoiy tengsizlikning ortishiga olib kelishi mumkin.Biror insonning ro‘yxatdan o‘tgan joyi haqidagi ma’lumot va Google qidiruv tarixi birlashganda, uning sog‘lig‘i, xarid qilish xulq-atvori va siyosiy imtiyozlari haqidagi juda ko‘plab batafsil axborotlar to‘plamiga ega bo‘lish mumkin. Bu esa ijtimoiy monitoring va kuzatishning eng katta ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bunday nazorat esa endi avvalgidek mehnat talab qilmaydi, chunki ommaviy profillash infratuzilmalari ham asosan algoritmga asoslangan. Bu esa avtomatlashtirishning ushbu tuzilmalarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan algoritmlar, dasturchilar va texnologiya kompaniyalarining davlatlar va xalqaro siyosiy institutlardan qisman mustaqil bo‘lgan yangi kuch manbasiga aylanib borishida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Sun’iy intellektning davlatlardagi siyosiy jarayonlarga ta’siriZamonaviy davrda siyosiy nomzodlar saylovchilarning ishonchini qozonishda va ularning qo‘llab-quvvatloviga erishish uchun cheklangan miqdordagi vositalarga ega. Ammo keyingi davrda sun’iy intellekt yordamida bu vositalar misli ko‘rilmagan darajada oshishi mumkin.Texnologiyalarning algoritmik baholashi parlamentda qaysi qonun loyihalari qabul qilinishi, saylovchilarni jalb qilish va muhim siyosiy masalalar haqida ko‘proq xabardor bo‘lishga yordam bera boshlaydi. Bu kabi foydalanish esa jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi, chunki sun’iy intellekt individual saylovchilarni manipulyatsiya qilish uchun ishlatilishi mumkin.Masalan, 2017 yilda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarda ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar va soxta xabarlarni tarqatish uchun siyosiy botlardan foydalanilgan. Botlar - bu ommaviy qo‘llab-quvvatlash illyuziyasini yaratish uchun bir tomonlama siyosiy xabarlarni agressiv ravishda tarqatish uchun dasturlashtirilgan avtonom tizimlar vazifasini o‘tagan. Ushbu jihatlarga urg‘u qaratgan ba’zi ekspertlar sun’iy intellektni “demokratiyani bug‘ib qo‘yuvchi” vosita sifatida ko‘rishmoqda.AI demokratiyaga zarar yetkazadi va avtoritarizmni kuchaytiradi, degan qarashlar ko‘paygan bo‘lsa-da, bu ko‘proq nisbiy, bir tomonlama tushunchadir. AI insoniyat taraqqiyotidagi har qanday muayyan rejim turiga qarshi yoki unga xos mafkuraviy qarama-qarshiliklarni ifodalamaydigan neytral pozitsiyani ifodalovchi muhim faktor vazifasini bajarishi kerak.AI «yopiq texnologiya» sifatida inson va mashinaning o‘zaro ta’sirida katta noxolislikni keltirib chiqaradi va ishtirok etishdan ko‘ra markazlashtirilgan boshqaruv tuzilmalarini mustahkamlaydi, degan qarashlar mavjud. O‘z navbatida sun’iy ong «elektron demokratiya» qaror topishida asosiy o‘rinni egallovchi omil sifatida ham ko‘riladi.Mutaxassislar bir paytlar internet boshqaruvini «demokratik» va «avtoritar» domenlarga ajratgan. Bugungi kunda esa dunyo «texno-demokratiya» va «texno avtokratiyalar» o‘rtasida bo‘linishni o‘z boshidan kechirmoqda. Shu nuqtai nazardan AI'ga asoslangan texnologiyalarning taraqqiyoti sabab dunyo demokratik va avtoritar xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan milliy yoki mintaqaviy doiralarga bo‘linib bormoqda. Shu jihatdan, kelajakda sun’iy intellekt texnologiyalaridan faol ravishda foydalanish demokratik davlatlarni yana demokratlashtirishi, avtoritar davlatlarni esa yanada avtoritarlashtirishi ehtimoli mavjud.Iqtisodiy taraqqiyot Accenture konsalting kompaniyasi tomonidan 12ta rivojlangan mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2035 yilga kelib sun’iy intellekt yillik global iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ikki baravar oshirishi mumkin. Ushbu o‘sish uchta muhim jihat bilan xarakterlangan. Birinchidan, bu innovatsion texnologiyalar tufayli mehnat unumdorligining (40 foizgacha) kuchli o‘sishiga olib keladi va ishchi kuchi bilan bog‘liq vaqtni yanada samarali boshqarish imkonini beradi. Ikkinchidan, AI yangi virtual ishchi kuchini yaratadi: bu "aqlli avtomatlashtirish" deya nomlanib, muammolarni hal qilish va o‘z-o‘zini boshqarish funksiyalariga ega bo‘ladi. Uchinchidan, iqtisodiyot turli tarmoqlarga ta’sir ko‘rsatadigan va yangi daromad manbalarini yaratadigan innovatsiyalarning tarqalishidan ham foyda ko‘radi.McKinsey Global instituti prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellekt 2030 yilga borib taxminan 13 trillion AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha iqtisodiy mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, bu esa global YaIMni har yili taxminan 1,2 foizga oshirish hisobiga amalga oshiriladi. Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy dunyoning eng xavfli jihati shundaki, u «G‘olib hamma narsani oladi» tamoyiliga asoslangan. Bu esa ijtimoiy keskinlik va xalqaro nizolarni yanada kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.Shuningdek, xalqaro maydonda neft va boshqa yoqilg‘i resurslariga bo‘lgan kurash kabi ma’lumotlar bazasi uchun raqobat kengayib boradi. Kiberxavfsizlik esa mamlakatlar daxlsizligining bir qismiga aylansa ham ajab emas. Doston Ahrorov
|
fan va texnika
|
4
|
Apple iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim etdi
|
Apple kompaniyasi iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim etdi. iPhone 14 6,1 dyuymli va iPhone 14 Plus 6,7 dyuymli ekranga ega. Ularga iPhone 13’dagi kabi A15 protsessori o‘rnatilgan.Yangi smartfon ilk bor faqat eSIM bilan ishlaydigan — SIM-karta solinmaydigan shaklda chiqarildi.Smartfonlar shuningdek, sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi, undan faqat favqulodda qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlar almashishda foydalanish mumkin. Ushbu funksiya noyabrdan AQSh va Kanadada yo‘lga qo‘yiladi.Smartfonlarning kameralari 12 Mp bo‘lib, yorug‘lik kam sharoitda ham sifatli suratga olishga moslashtirilgan.iPhone 14 16 sentabrdan 799 dollar, iPhone 14 Plus esa 7 oktyabrdan 899 dollar narxda sotuvga chiqariladi.
|
fan va texnika
|
5
|
Ayrim iPhone modellarida oktyabrdan boshlab WhatsApp ishlamaydi
|
2022 yil oktyabrdan boshlab ayrim Apple smartfonlarida WhatsApp messenjeri ishlamaydi. Bu haqda Gizchina portali xabar berdi.Qayd etilishicha, WhatsApp iOS 10 va 11 operatsion tizimlari o‘rnatilgan iPhone modellariga dasturiy ta’minotni kamida iOS 12ga yangilash to‘g‘risida xabar jo‘natmoqda. Dasturiy ta’minotni yangilamagan foydalanuvchilar 24 oktyabrdan boshlab messenjerdan foydalana olmaydi. Shu bilan birga iPhone 5 va iPhone 5C smartfonlari dasturiy ta’minoti iOS 12gacha yangilanmaydi. Bu smartfonlarda oktyabrdan boshlab WhatsApp ishlamaydi.
|
fan va texnika
|
6
|
Xitoydagi kompaniyaga robot bosh direktor etib tayinlandi
|
Xitoydagi mobil ilovalar va onlayn o‘yinlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi NetDragon Websoft kompaniyasi Tan Yu deb nomlangan sun’iy ongga ega gumanoid robotni bosh direktor etib tayinladi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi. «Sun’iy ong korporativ boshqaruv kelajagi ekanligiga ishonamiz. Tan Yu xonimning bosh direktorlikka tayinlanishi sun’iy ongdan foydalanishga bo‘lgan sa’y-harakatlarimiz isboti hisoblanadi», — dedi NetDragon Websoft raisi Detszyan Lyu.Robotning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan.Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, u ish jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Tan Yu barcha xodimlarning ish faoliyatini haqqoniy baholaydi.
|
fan va texnika
|
7
|
Samsung buklama planshetlar ishlab chiqarishda muammolarga duch keldi
|
Samsung buklama planshetlar ishlab chiqarishda muammolarga duch kelmoqda, deb xabar berdi The Elec nashri.Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya hozirda Galaxy Z Fold va Galaxy Z Flip buklama smartfonlarini ishlab chiqarishda ultrayupqa shishadan (UTG) foydalanadi, ammo u katta ekranli qurilmalar uchun mos kelmaydi.Mutaxassislarning qayd etishicha, OLED-displeyli buklama planshet va noutbuklarda UTG tashqi ta’sirlarga dosh berolmaydi.Buklama smartfonlar ekrani diagonali 7-8 dyuymni tashkil etadi, planshet va noutbuklar displeyi esa 10-20 dyuymga teng. Shu bois Samsung injyenerlari yangi material qidirishiga to‘g‘ri keladi.Insayderlarning bildirishicha, kompaniya shaffof poliimid plyonkadan foydalanishi mumkin. Samsung 2019 yilda chiqarilgan dastlabki Galaxy Fold smartfonida ushbu materialdan foydalangan, keyinchalik undan voz kechgandi.
|
fan va texnika
|
8
|
Xiaomi kompaniyasining eng ishonchsiz smartfonlari ma’lum qilindi
|
Gizchina portali Xiaomi kompaniyasining jiddiy nuqsonlarga ega eng ishonchsiz smartfonlarini ma’lum qildi.Ro‘yxatni Redmi Note 5, 7, 8, Xiaomi Mi A2 va Mi 6X ochib bergan. Qayd etilishicha, bu smartfonlar egalari ko‘pincha displeydagi muammolardan shikoyat qilgan. Gizchina buning sababi kompaniya sifatsiz displeylardan foydalanganligida deb yozgan.Redmi Note 9T, 9S va 9 Pro eng yomon barmoq izlari skaneriga ega smartfonlar sifatida ro‘yxatdan joy oldi. Ma’lumot berilishicha, sifatsiz shleyf sababli bu smartfonlarda daktiloskopik skanerlar tezda ishdan chiqqan. Ayrim Xiaomi Mi 8 egalari Wi-Fi-moduli noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Shikoyatlarga qaramasdan, bu xato to‘g‘rilanmagan. Ro‘yxatdan shuningdek, 2020 yilda chiqarilgan Poco M3 ham joy oldi. Smartfon ma’lum muddat ishlaganidan so‘ng yonmay qolgan. Old kamerasi bo‘rtib chiqqan Xiaomi Mi9T va Redmi K20 ham ishonchsiz telefonlar ro‘yxatiga kiritildi. Qayd etilishicha, bo‘rtib chiqqani sababli kameralar keyinchalik ishlamay qolgan. Xiaomi Mi 9 egalari kameradan 10 daqiqadan ortiq foydalangandan so‘ng qurilma qizib ketishi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Mazkur muammo bois uzoq davom etadigan videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan.
|
fan va texnika
|
9
|
Apple sentabrda 7 ta yangi gadjetni taqdim etadi
|
Ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yarim haftadan so‘ng amerikaliklar iPhone 14 smartfonining to‘rtta versiyasini, shuningdek, iPad planshetining uchta versiyasini namoyish qilishadi.Gajyetlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:- iPhone 14
- iPhone 14 mini
- iPhone 14 Pro
- iPhone 14 Pro Max
- iPad 10.2 (10-avlod)
- iPad Pro 12.9 (6-avlod)
- iPad Pro 11 (4-avlod)iPhone 14 smartfonining asosiy versiyasi narxi 799 dollarni tashkil qiladi. Avvalgi avlod smartfoni narxi ham xuddi shunday edi. Taxminlarga ko‘ra, kompaniya yangi modelga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirish uchun qurilma narxini oshirmoqchi emas.Shu bilan birga, Apple yangi smartfonlarning Pro-versiyalari (iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max) narxini ko‘taradi. Bunga nisbatan kattaroq sig‘imli flesh-xotira qo‘yilishi sabab bo‘lgan. iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellarining asosiy versiyalari 128 Gb flesh-xotira bilan jihozlangan bo‘lsa, 14-seriyadagi dastlabki Pro-qurilmalar esa 256 Gb xotiraga ega bo‘ladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max mos ravishda 1099 va 1199 dollar turadi. Bu esa avvalgi avlod modellariga nisbatan 10 foiz qimmatroqdir.
|
fan va texnika
|
10
|
iPhone 14 narxlari, Xitoydagi “osmon poyezdi”, koinotdagi issiqxona - hafta texnodayjesti
|
Yangi iPhone 14 taqdimotiga oz qoldiApple kompaniyasi 7 sentabrda iPhone 14 smartfonining yangi modellari taqdimotini o‘tkazadi. Sotuvlar boshlanishi esa 16 sentabrga belgilangan. Bu haqda o‘z manbalarga tayanib Bloomberg nashri xabar bermoqda.Shuningdek, taqdimot kuni Mac yangi kompyuterlari , iPad planshetlari hamda Apple Watch aqlli soatlarining uchta yangi modeli ham namoyish etilishi mumkin.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 14 modellarining narxlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:Apple taqdimot kunini va yangi smartfonlarning narxlarini rasman tasdiqlamagan.Uchuvchisiz vertolyotRossiyaning “Rostex” holdingi BAS-200 deb nomlanuvchi uchuvchisiz vertolyot sinovlari yakunlanganini e’lon qildi.Bu qurilmaning maksimal parvoz balandligi 3500 metr, uchish davomiyligi esa 4 soatni tashkil qiladi; soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanadi va 50 kilogrammgacha yuk ko‘tarishi mumkin.BAS-200 geologik qidiruv, o‘rmonlarni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, qidiruv-qutqaruv faoliyati kabi tarmoqlarda qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.Dunyodagi birinchi osma temiryo‘lXitoyda dunyodagi birinchi Red Rail nomli osma temiryo‘l sinovdan o‘tkazildi. 800 metr uzunlikdagi eksperimental yo‘l Xitoyning janubidagi Tszyansi provinsiyasining Singuo tumanida joylashgan.Quruvchilar 88 yo‘lovchiga mo‘ljallangan poyezdni o‘n metr balandlikka ko‘tara oladigan osma chiziq mexanizmini yasashda magnitlardan foydalangan.Tszyansi fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilarining fikricha, yangi “osmon poyezdi” amalda elektr energiyasini iste’mol qilmaydi va magnit maydon yordamida yo‘lning katta qismini bosib o‘tadi. Elektr energiyasi esa faqat tezlashtirish va sekinlashtirish uchun sarflanadi. Shuningdek, doimiy yuk tashish faoliyatiga ham kam miqdorda elektr quvvati kerak bo‘ladi.Ta’kidlanishicha, bunday yo‘lni qurish narxi metro liniyasini qurish narxining o‘ndan bir qismini tashkil etadi.Mahalliy transport ma’muriyatining ma’lum qilishicha, poyezd o‘rtacha 80 km/soat tezlikda harakatlanadi. Sinovlar jarayonida uning maksimal tezligi 120 km/soatgacha ko‘tarilgan.Marsda kislorod olish usuli topildiAQShning Massachusets texnologiya instituti rahbarligidagi xalqaro tadqiqotchilar guruhi plazma yordamida Mars sharoitida kislorod olish usulini ishlab chiqdi.Elektronlar is gazi molekulasi bilan to‘qnashganda uni parchalab, kislorod va gazlar aralashmasini hosil qiladi. Plazmadan ajralib chiqqan issiqlik kislorod ajralishiga yordam beradi. Olimlar bu nazariyani tajriba asosida isbotlab berishdi.Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu texnologiya Marsda yashash tizimi hamda yonilg‘ini qayta ishlash, qurilish materiallari va o‘g‘itlar ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan kimyoviy moddalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.Yangi aqlli quloqchinlarSennheiser kompaniyasi Momentum 4 Wireless simsiz quloqchinlarini taqdim etdi. Yangi mahsulot 23 avgustdan boshlab 350 dollar narxda sotuvga chiqadi.Quloqchinlar qulay yig‘iladigan dizaynda yaratilgan. Momentum 4 Wireless bir marta quvvatlanganda 60 soatgacha xizmat qilishi mumkin, 10 daqiqalik quvvat 6 soat musiqa tinglash uchun yetadi. Smart Pause funksiyasi esa quloqchinni yechganda ovoz avtomatik ravishda to‘xtashini ta’minlaydi.Shuningdek, Adidas kompaniyasi ham Zound Industries bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan RPT-02 Sol nomli simsiz quloqchinlarni namoyish qildi.Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri – u fotoelektrik panellar bilan jihozlangan. Bu esa quyosh nuri yoki bino ichidagi ozgina sun’iy yorug‘lik yordamida ham quvvatlantirish imkonini beradi.Bundan tashqari, quloqchinda quvvatlash uchun USB Type-C tirqichi ham bor. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, to‘liq quvvatlash yordamida quloqchin bilan 80 soatgacha musiqa tinglash mumkin.RPT-02 Sol avgust oyining oxirida sotuvga chiqishi ko‘zda tutilgan. Qurilmaning narxi 229 dollarni tashkil etdi.Koinotdagi ilk tijoriy issiqxonaRedwire korporatsiyasi Yerdan tashqari bog‘dorchilik bo‘yicha tadqiqotlarni kuchaytirish uchun 2023 yil bahorida koinotda o‘zining birinchi tijoriy issiqxonasini ishga tushiradi.Kompaniyaning loyiha menejyeri Deyv Ridning so‘zlariga ko‘ra, kosmik infratuzilma loyihasi NASA'ning Artemis va boshqa loyihalari uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.Artemis dasturi kosmonavtlarni Oyga jo‘natish va uzoq muddatli Oy koloniyasini tashkil etishni maqsad qilgan.Redwire kompaniyasining birinchi mijozi tijorat qishloq xo‘jaligi texnologiyasi bo‘yicha Dewey Scientific kompaniyasi bo‘lishi aytildi. Yangi loyiha insoniyatning kosmosda ekin yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishi kerak.Aqlli qamoqxonaBuyuk Britaniya hukumati 2025 yilda aqlli qamoqxona ochilishini e’lon qildi. Muassasa quyosh panellari bilan jihozlanadi, mahkumlar esa planshet va noutbuklarga ega bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati 400 million funt sterlingni (484 million dollar) tashkil etadi. Qurilish ishlarini 2022 yilning kuzidan boshlab “Kier” firmasi amalga oshirishni boshlaydi.Yangi muassasa Birlashgan Qirollik tarixidagi eng qimmat qamoqxona bo‘lib, jinoyatchilikni kamaytirish uchun yangi aqlli texnologiyalar bilan jihozlanadi.Mahkumlarga beriladigan gadjetlarda internetdan foydalanishga ruxsat berilmaydi, faqatgina o‘quv kurslarda qatnashish, ozodlikka chiqqandan keyin ish topish uchun yangi kasblar o‘rgatiladi. Bundan tashqari, gadjetlar yordamida mahkumlar qamoqxona shifokori qabuliga yozilish, kutubxonaga kitob olish uchun ariza berish, shuningdek, oilasiga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Ta’kidlanishicha, yangi aqlli qamoqxonada faqatgina yengil jinoyat sodir etgan shaxslar jazo o‘taydi.
|
fan va texnika
|
11
|
Huawei quvvati to‘liq tugaganidan keyin ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘lgan smartfonini taqdim etadi
|
Insayderlarning ma’lumot berishicha, sentabrda taqdimoti o‘tkaziladigan Huawei Mate 50 smartfoni maxsus imkoniyatlarga ega bo‘ladi. U xususan, quvvati to‘liq tugagandan keyin ham qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi.Smartfon Harmony OS 3.0 operatsion tizimida ishlaydi. Tizimda maxsus rejim bo‘lib, u qurilma batareyasi quvvati to‘liq tugaganidan keyin faollashadi. Mazkur rejim tufayli foydalanuvchi yana bir qancha vaqt aloqada qolishi mumkin bo‘ladi.Rejimdagi maxsus sozlamalar akkumulyatorda ozgina quvvat zaxirasini saqlab qoladi. Natijada smartfon egasi quvvat to‘liq tugaganidan keyin ham xabar yozishi yoki bir necha marta qo‘ng‘iroq qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon to‘rtta modifikatsiyada ishlab chiqariladi: Mate 50e, Mate 50, Mate 50 Pro va Mate 50 RS. Smartfonlarning boshqa texnik xususiyatlari haqida ma’lumot yo‘q.
|
fan va texnika
|
12
|
Lincoln kompaniyasi Model L100 haydovchisiz elektromobilini namoyish etdi
|
Lincoln kompaniyasi Pebble Beach Concours d’Elegance tanlovi uchun tayyorlangan Model L100 haydovchisiz elektromobilini namoyish etdi.Elektromobil futuristik dizayni va oynavandligi bilan ajralib turadi. U sun’iy ong va GPS uzatkichlari yordamida boshqariladi.Kuzov metallik bo‘yoq va akril qoplamadan iborat, ichki qismi qayta ishlangan charm bilan jihozlangan.Model L100 elektromobilida rul va pedallar yo‘q. Elektromobilning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan. Unga yangi avlod akkumulyator batareyalari va texnologiyalari o‘rnatilgani aytilmoqda.
|
fan va texnika
|
13
|
Rossiyada sotuvi boshlangan Spark 9 Pro va insonga o‘xshash ilk robot - hafta texnodayjesti
|
Xiaomi’ning odamsimon robotiXiaomi kompaniyasi gapirish, his-tuyg‘ularni sezish va dunyoni 3D ko‘rinishda ko‘rishga qodir bo‘lgan insonga o‘xshash ilk robot - CyberOne taqdimotini o‘tkazdi.Robotning bo‘yi 177 santimetr, vazni 52 kilogramm, maksimal tezligi esa soatiga taxminan 3,6 kilometrni tashkil qiladi. U odamlarning 45 turdagi emotsiyalarini ajrata oladi, tanasi 13 ta bo‘g‘indan iborat bo‘lib, 21 ta harakatni amalga oshirishi mumkin.Qurilmaning narxi 89,1 ming dollardan 104 ming dollargacha baholangan.Meta’ning Blenderbot 3 chatbotiMeta kompaniyasining AI tadqiqot laboratoriyasi yangi zamonaviy chatbotni yaratdi.Qayd etilishicha, Blenderbot 3 deya nomlangan chatbot internetdan ma’lumotlarni topib, tahlil qilgan holda istalgan mavzu bo‘yicha suhbatni davom ettira oladi. Shuningdek, foydalanuvchilar ma’lumot qayerdan olinganini javoblarining ustiga bosish orqali tekshirib ko‘rishlari mumkin.Ilk fikrlarga ko‘ra, bot haqiqatan ham yozishmalar mavzusini aniq belgilash va suhbatni o‘zi boshlash imkoniyatiga ega.Google jarimaga tortildiAvstraliya federal sudi Google’ni 42,8 million dollar jarima to‘lashga majbur qildi. Bunga sabab sifatida kompaniya Android operatsion tizimi bilan ishlaydigan telefonlardan olingan shaxsiy joylashuv ma’lumotlarini to‘plash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni taqdim etgani keltirib o‘tilgan. Qayd etilishicha, taxminan 1,3 million avstraliyalik foydalanuvchilar zarar ko‘rishgan.Avstraliya raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat komissiyasi raisi Gina Kass-Gottliyebning ma’lum qilishicha, Google noqonuniy ravishda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlardan kontekstli reklama ko‘rsatish va foydalanuvchilarga ta’sir qilish uchun foydalangan. Yangi Spark 9 Pro smartfoniTecno kompaniyasi Rossiya bozorida Spark 9 Pro smartfonining sotuvi boshlanganini e’lon qildi.Yangi smartfon 60 gersli tasvir yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6,6 dyuymli IPS ekrani bilan jihozlangan. 4 GB operativ va 128 GB ichki xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi – 5000 mA•s bo‘lib, 18 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud. U 50, 32 va 2 Mp kameralar bilan jihozlangan, Android 12 operatsion tizimida ishlaydi.Smartfonning bahosi 15 990 rublni tashkil qiladi. Savdolar 8 avgustdan boshlangan.Robot “chumoli”Bristol universiteti olimlari chumolilar xatti-harakatiga taqlid qilgan holda ma’lumot to‘plovchi robot yaratdi.Tadqiqot ishini amalga oshirish uchun ikkita chumoli uyasi joylashgan sinov maydonchasi yaratilib, uning tepasiga turli yo‘nalishlarda harakatlana oladigan robot qurilmalar joylashtirilgan.Tajribalar shuni ko‘rsatganki, chumolilar yangi uyaga “rahbar”ga ergashib, yo‘lni eslab qolish orqali qaytish yo‘lini topadilar. “Rahbar” chumoli qolganlarga atrofga qarash va diqqatga sazovor joylarni eslab qolish imkoniyatini berishi kerak bo‘ladi.Tadqiqot mualliflari ta’lim insonlar hayotida nihoyatda muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan. Yangi tadqiqot boshqa tirik organizmlarda bilimlarni uzatish jarayoni qanday ekanini tushunishga yordam beradi. Bu ta’lim strategiyalari va usullarini ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.O‘zbekistondagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlarInnovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro‘yxati quyidagicha:Telegram – foydalanuvchilarning 80 foizi;WhatsApp – foydalanuvchilarning 22 foizi;Facebook Messenger – foydalanuvchilarning 6 foizi.Datareportal.com ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foizi internetdan, 18,3 foizi esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi.Mamlakatdagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq Instagram hisoblanib, foydalanuvchilar soni 4,8 mln nafardan ortiqni tashkil etadi. Yangi Galaxy Z Flip4 va Galaxy Z Fold4 smartfonlariSamsung kompaniyasi Galaxy Z Flip4 va Galaxy Z Fold4 buklama smartfonlarini taqdim etdi.Har ikki smartfonning ekran romlari kichraygan va og‘irligi kamaygan. Ekran Corning Gorilla Victus+ himoya oynasi bilan qoplangan. Smartfonlar namlikdan IPX8 standarti bo‘yicha himoyalangan.Galaxy Z Fold4 6,2 dyuymli tashqi va 7,6 dyuymli ichki displey bilan jihozlangan, displeylarning yangilanish chastotasi 120 Gs. Qurilma 12 Gb tezkor va 256/512 Gb/1 Tb doimiy xotira, 4400 mA•s akkumulyatorga ega.Smartfon boshqa Samsung qurilmalarini quvvatlash xususiyatiga ega. U ikkita sim-karta bilan va eSIM bilan ishlaydi.Uning old kamerasi 10 Mp, ichki displey 4 Mp kamera bilan jihozlangan. Asosiy modul 50 Mp, 12 Mp modullar, 10 Mp teleobektivga ega. Z Flip4 1,9 dyuymli tashqi va 6,7 dyuymli asosiy ekran bilan jihozlangan. Unga ham Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori o‘rnatilgan, faqat tezkor xotirasi 8 Gb va doimiy xotirasi 128, 256 yoki 512 Gb. Old kamerasi 10 Mp va asosiy kamerasi 12 Mp. Akkumulyator quvvati 3700 mA•s. Yangi Galaxy Z Fold4 Android 12L operatsion tizimi o‘rnatilgan dunyodagi birinchi smartfon bo‘ldi.
|
fan va texnika
|
14
|
Ovozli xabar yuborishni taqiqlash va Premium'ni boshqalarga sovg‘a qilish - Telegram'dan yangiliklar
|
12 avgust kuni Telegram messenjeri ilovaning yangi talqinini taqdim etdi.Endilikda Telegram Premium foydalanuvchilarida yangicha maxfiylik sozlamasi paydo bo‘ldi: ular o‘zlariga kimlar tomonidan ovozli va video xabarlar yuborilishi mumkinligini boshqara olishadi.Sozlamalar orqali muayyan odamlar yoki guruhlarning ovozli xabarlarni yuborish imkoniyatini cheklash yoki istisnolar kiritish mumkin. Shuningdek, pulli versiyada ma’lum shaxslardan kelgan ovozlarni doimiy ravishda matnga o‘girish rejimini yoqish mumkin.Yana bir imkoniyat – Telegram Premium obunasini boshqalarga 3, 6 yoki 12 oylik muddatga chegirma narxda sovg‘a qilish mumkin. Hadya qilingan obuna ushbu foydalanuvchiga maxsus xabar sifatida darhol boradi.Telegram Premium'ga obuna bo‘lish yoki uni hadya sifatida berish uchun @PremiumBot ochilgan.Bundan tashqari, ilovaning yangi talqini yangicha emojilar to‘plami va platformasini ham o‘z ichiga olgan – ular ham Premium-foydalanuvchilar uchun. Yangi animatsiyali emojilarni xabarlar matni va media izohlariga kiritish mumkin bo‘ladi. Premium foydalanuvchilarga hozircha 10 ta dastlabki maxsus emoji to‘plamidan iborat 500 ta emoji taqdim qilingan.Oddiy foydalanuvchilar ham o‘ziga yuborilgan animatsiyali emojilarni ko‘rishi hamda saqlangan xabarlar chatida saqlab, bepul foydalanishi ham mumkin.Shuningdek, yangilanishlar qatoriga boshqa interaktiv emojilar va yangi GIF'lar ham qo‘shilgan.Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida Telegram faol foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganini ma’lum qildi hamda eksklyuziv qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkonini beruvchi pulli obuna – Telegram Premium'ni taqdim etdi.
|
fan va texnika
|
15
|
Samsung Galaxy Z Flip4 va Galaxy Z Fold4 smartfonlari taqdim etildi
|
Samsung kompaniyasi Galaxy Z Flip4 va Galaxy Z Fold4 buklama smartfonlarini taqdim etdi.Har ikki smartfonning ekran romlari kichraygan va og‘irligi kamaygan. Ekran Corning Gorilla Victus+ himoya oynasi bilan qoplangan. Smartfonlar namlikdan IPX8 standarti bo‘yicha himoyalangan.Galaxy Z Fold4 6,2 dyuymli tashqi va 7,6 dyuymli ichki displey bilan jihozlangan, displeylarning yangilanish chastotasi 120 Gs. Qurilma 12 Gb tezkor va 256/512 Gb/1 Tb doimiy xotira, 4400 mA•s akkumulyatorga ega.Smartfon boshqa Samsung qurilmalarini quvvatlash xususiyatiga ega. U ikkita sim-karta bilan va eSIM bilan ishlaydi.Uning old kamerasi 10 Mp, ichki displey 4 Mp kamera bilan jihozlangan. Asosiy modul 50 Mp, 12 Mp modullar, 10 Mp teleobektivga ega. Z Flip4 1,9 dyuymli tashqi va 6,7 dyuymli asosiy ekran bilan jihozlangan. Unga ham Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori o‘rnatilgan, faqat tezkor xotirasi 8 Gb va doimiy xotirasi 128, 256 yoki 512 Gb. Old kamerasi 10 Mp va asosiy kamerasi 12 Mp. Akkumulyator quvvati 3700 mA•s. Yangi Galaxy Z Fold4 Android 12L operatsion tizimi o‘rnatilgan dunyodagi birinchi smartfon bo‘ldi.
|
fan va texnika
|
16
|
“Aqlli” ko‘zoynak, suzuvchi shahar va dunyodagi eng yengil noutbuk – hafta texnodayjesti
|
Suzuvchi shaharMaldiv orollari poytaxti Male shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududdagi suv havzalarida 20 ming kishini sig‘dira oladigan suzuvchi shahar qurilmoqda.Ushbu loyiha Gollandiyaning Waterstudio arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2009 yilda boshlangan va 2027 yilgacha to‘liq yakunlanishi kutilmoqda.Suzuvchi shaharda asosiy transport vositasi sifatida qayiqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu yerda mashinalar umuman bo‘lmaydi, ularning o‘rniga velosiped, elektr samokat va skuterlardan foydalaniladi.Qurilayotgan suzuvchi shahardagi ko‘chmas mulk narxi 150 ming dollardan 250 ming dollargacha baholanmoqda. Ilk xaridorlar 2024 yilda orolga ko‘chib o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Dunyodagi eng yengil noutbukYaponiyaning Fujitsu kompaniyasi og‘irligi 634 grammga teng Lifebook WU-X/G2 noutbukini taqdim etdi.Noutbukning displeyi 13 dyuym bo‘lib, qurilmaga Intel Core i5-1235U yoki i7-1255U protsessori o‘rnatilgan. Fujitsu Lifebook noutbukining tezkor xotirasi 32 GB, ichki xotirasi esa 256 GBdan 2 TBgacha yetkazilishi mumkin. U Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 6 simsiz modullari, SD-kartalar uchun tirqish va veb-kamera bilan jihozlangan. Noutbuk korpusi uglerod tolasidan ishlangan. U Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi. Fujitsu Lifebook WU-X/G2 bazaviy modeli narxi 1,3 ming dollardan boshlanadi. “Aqlli” ko‘zoynakXiaomi kompaniyasi videotasvirga tushirish imkoniyatini beruvchi Mijia Glasses Camera aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, qurilma ustida 2 yil ish olib borilgan.Aqlli ko‘zoynak 50 megapikselli keng burchakli kamera, shuningdek, tasvirni 5 martagacha kattalashtirish imkoniyatini beruvchi 8 megapikselli periskop telefoto linzasi bilan jihozlangan. Qurilma 100 daqiqagacha to‘xtovsiz videoga olishi mumkin, akkumulyator quvvati 1020 mA/soat.Mijia Glasses Cameraʼning taxminiy narxi 375-400 dollarni tashkil etishi mumkin.Smartfonlar bozorida pasayish kuzatildi2022 yilning ikkinchi choragida global miqyosda smartfonlar yetkazib berish 287 million donaga qisqargan, bu 2020 yilning ikkinchi choragidan beri qayd etilgan eng past choraklik ko‘rsatkichdir.Ushbu davrda Samsung 61,8 million dona smartfon yetkazib berib, umumiy bozorning 21 foiz ulushiga egalik qilgan.Apple bozorning 17 foiz ulushini egallab, 49,5 million dona smartfon yetkazib bergan. Keyingi pog‘onalarda Xiaomi, Oppo va Vivo kompaniyalari qayd etilgan.Oziq-ovqat chiqindilaridan sement ishlab chiqarildiTokio universiteti qoshidagi Sanoat fanlari instituti olimlari qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun oziq-ovqat chiqindilaridan foydalanadilar. Bu usul faqat karam barglari va apelsin po‘stlog‘i kabi meva va sabzavot qoldiqlaridan sement ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Tadqiqot natijalari umid baxsh etmoqda: oziq-ovqat chiqindilarining samarali bog‘lovchi modda ekani isbotlangan.Professor Yuya Sakai rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi yog‘och kukunidan qurilish materiallarini tayyorlashda keng qo‘llaniladigan «issiq presslash» usulidan foydalanmoqda. Bunda dengiz o‘tlari, karam barglari, apelsin, piyoz, qovoq va banan po‘stlog‘i quritiladi va kukun holatiga keltirilib, presslanadi. Olingan sement mustahkamligi bo‘yicha tijoriy portland sementdan qolishmagan. Tokio universiteti jamoasi tomonidan ixtiro qilingan usul qurilish sanoati va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga ham katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar texnologiya keng miqyosda joriy qilinsa, insoniyat an’anaviy sementga bog‘liqlikdan qutulishi mumkin. Hozirgi vaqtda global karbonat angidrid chiqindilarining qariyb 8 foizi sement ishlab chiqarish sanoati ulushiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ushbu usul issiqxona gazlari chiqindilarining eng katta manbalaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat chiqindilaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.Muzeyda ekskursiya tashkillashtiruvchi robotRossiyaning Promobot kompaniyasi yangi robot qo‘llanmasini ishlab chiqdi. Keng lingvistik baza tufayli robot o‘zi ishlayotgan joy haqida hamma narsani biladi va bu ma’lumotlarni unutmaydi.Qayd etilishicha, robotlar muassasaga yangi tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi va xodimlarning ishini osonlashtirishi kerak.Robot o‘z yo‘riqnomasida ham muzey xodimi, ham eksponat sifatida ko‘rsatiladi. Yangi texnologiya bir qancha vazifani bajara oladi: o‘z ekranida reklama materiallarini ko‘rsatish, mehmonlarning savollariga javob berish, guruhlarga muzey eksponatlari haqida aytib berish.O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarildiO‘zbekistonda 1 avgustdan boshlab Twitter, WeChat va “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘iga qo‘yilgan to‘siq olib tashlandi.Rasmiy xabarga ko‘ra, TikTok platformasi bilan muzokaralar davom etmoqda, natijalari yuzasidan qo‘shimcha xabar berilishi aytilgan.Ma’lumot uchun, mazkur ijtimoiy tarmoqlar 2021 yilning 2 iyul kuni bloklab qo‘yilgan edi.
|
fan va texnika
|
17
|
Yaponiyada ovqat qoldiqlaridan sement ishlab chiqarish usuli ixtiro qilindi
|
Tokio universiteti qoshidagi Sanoat fanlari instituti olimlari qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun oziq-ovqat chiqindilaridan foydalanadilar. Bu usul faqat karam barglari va apelsin qobig‘i kabi meva va sabzavot qoldiqlaridan sement ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Tadqiqot natijalari umid baxsh etmoqda: oziq-ovqat chiqindilarining samarali bog‘lovchi modda ekani isbotlangan.Professor Yuya Sakai rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi yog‘och kukunidan qurilish materiallarini tayyorlashda keng qo‘llaniladigan «issiq presslash» usulidan foydalanmoqda. Bunda dengiz o‘tlari, karam barglari, apelsin, piyoz, qovoq va banan po‘stlog‘i quritiladi va kukun holatiga keltirilib, presslanadi. Olingan sement mustahkamligi bo‘yicha tijoriy portland sementdan qolishmayapti.Oziq-ovqat qoldiqlarini qayta ishlashdan tashqari, yangi jarayon sement ishlab chiqarishdagi uglerod chiqindilarini kamaytirishi mumkin. Hozircha texnologiya faqat kichik miqyosda sinovdan o‘tkazildi. Ammo agar u sanoatda qo‘llash miqyosigacha kengaytirilsa (guruhning keyingi maqsadi), qurilish materiallari bozoridagi «o‘yin qoidalari»ni o‘zgartirishi mumkin.Tokio universiteti jamoasi tomonidan ixtiro qilingan usul qurilish sanoatiga va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga ham keng ko‘lamda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar texnologiya keng miqyosda joriy qilinsa, insoniyat an’anaviy sementga bog‘liqlikdan qutulishi mumkin. Hozirgi vaqtda sement ishlab chiqarish sanoati ulushiga global karbonat angidrid chiqindilarining qariyb 8 foizi to‘g‘ri keladi. Shuningdek ushbu usul issiqxona gazlari chiqindilarining eng katta manbalaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat chiqindilaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.
|
fan va texnika
|
18
|
Yaponiyada dunyodagi eng yengil noutbuk taqdim etildi
|
Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi og‘irligi 634 grammga teng Lifebook WU-X/G2 noutbukini taqdim etdi, deb xabar berdi Aroged portali. Noutbukning displeyi 13 dyuym bo‘lib, qurilmaga Intel Core i5-1235U yoki i7-1255U protsessori o‘rnatilgan. Fujitsu Lifebook noutbukining tezkor xotirasi 32 GB, ichki xotirasi esa 256 GBdan 2 TBgacha yetkazilishi mumkin. U Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 6 simsiz modullari, SD-kartalar uchun tirqish va veb-kamera bilan jihozlangan. Noutbuk korpusi uglerod tolasidan ishlangan. U Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi. Fujitsu Lifebook WU-X/G2 bazaviy modelining narxi 1,3 ming dollardan boshlanadi.
|
fan va texnika
|
19
|
Misr piramidalari kabi ulug‘vor: Saudiya Arabistoni osmono‘par shahar qurmoqchi – uzunligi 120 km
|
2021 yilda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon podshohlikning qurg‘oqchil shimoli-g‘arbiy qismidagi yerlarni o‘zlashtirish va Misr piramidalari kabi ulug‘vor narsani qurish topshirig‘ini bergandi.The Wall Street Journal arabistonlik shaharsozlarning rejalari bilan bog‘liq hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Unda juda katta loyiha tafsilotlari oydinlashadi.Mirror Line («Ko‘zgu liniyasi») – bu balandligi 488 metrgacha bo‘lgan ikkita bino bo‘lib, qirg‘oq, tog‘lar va cho‘l bo‘ylab 120 kilometrga parallel ravishda o‘tadi. Osmono‘par binolar bir-biri bilan piyodalar o‘tish joylari orqali bog‘lanadi, ularning ostidan tezyurar poyezd harakatlanadi.Arxitektorlar futbolni ham unutmagan – 305 metr balandlikda stadion joylashgan bo‘ladi.Turli manbalarga ko‘ra, osmono‘par shahar-binoda 5 milliondan 9 milliongacha odam yashashi mumkin bo‘ladi. Ular shahar bo‘ylab tezyurar poyezdlarda harakatlanishadi. Uning bir chetidan ikkinchi chetigacha 20 daqiqada borish imkoniyati bo‘ladi.Shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun fermalar tuzilmasi tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.Mega loyihaning qiymati 1 trillion dollarni tashkil etadi.Neom shahriga ham yana 500 milliard dollar sarflanadi. Bu nima?Saudiya davlat investitsiya jamg‘armasi nafaqat ingliz futboliga, balki Muhammad bin Salmonning aql bovar qilmas g‘oyalariga ham sarmoya kiritmoqda. 2017 yilda valiahd shahzoda (va dunyodagi eng yosh mudofaa vaziri, hozir u 36 yoshda) mamlakatning olis shimoli-g‘arbiy qismida, Qizil dengiz sohilida yangi shahar barpo etish rejasini e’lon qildi.Avtomobillarsiz, uglerod chiqindisiz aqlli shahar Neom nomini oldi (neo – «yangi», m – arabcha «mustaqbal» (kelajak) so‘zidan olingan).Neom tashabbusi «Saudi Vision – 2030» loyihasidan kelib chiqmoqda. Bu reja mamlakatning neftga qaramligini kamaytirish va iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga qaratilgan.Neom ko‘plab investitsiya imkoniyatlarini taqdim etishi kutilmoqda: shahar mavjud davlat tuzumidan mustaqil ravishda ishlaydi, o‘zining soliq va mehnat qonunlari, mustaqil sud tizimiga ega bo‘ladi.«Ko‘zgu liniyasi» osmono‘par binolari esa Neom markazida joylashadi. Shahar qurilishining boshlang‘ich budjeti 500 milliard dollarni tashkil qiladi. Shahzoda barcha ishlarni 2030 yilgacha yakunlash talabini qo‘ygan. Ammo, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, «Ko‘zgu liniyasi» 50 yil davomida, bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi.Ekologlar uzun osmono‘par binolar ko‘chmanchi qushlarning migratsiya yo‘llarini buzishidan, binolar ko‘zgusi esa ularni chalg‘itishidan xavotirlanishmoqda.Ammo asr qurilishidan Misr xursand bo‘lishi tabiiy. Chunki shahzoda Qizil dengizning qarama-qarshi qirg‘og‘ida joylashgan Sharm ash-Shayx turistik hududini rivojlantirishga ham katta sarmoya sarflashni rejalashtirmoqda.
|
fan va texnika
|
20
|
Elektr samolyotlari istiqboli. Ular qachon paydo bo‘ladi va kimga kerak?
|
Faradair kompaniyasi mahalliy parvozlar uchun mo‘ljallangan gibrid elektr samolyotini ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirmoqda. U 19 tagacha yo‘lovchi o‘rindig‘iga ega bo‘ladi, elektr motoridagi propeller esa dvigatel vazifasini bajaradi. Kichik gaz turbinasi elektr energiyasi manbayi bo‘ladi.Havoga ko‘tarish kuchini oshirish, shuningdek, kichik aerodromlarda uchish va qo‘nish uchun samolyotda uchta qanot bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Uni Birinchi jahon urushidagi qiruvchi samolyotlarga o‘xshatish mumkin. Biroq bu samolyot eng zamonaviy aerodinamik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi.Kompaniya rahbari Gil Kloulining so‘zlariga ko‘ra, boshqa samolyotlar bilan taqqoslaganda, bu mashinaning harakatlanuvchi qismlari sezilarli darajada kamroq bo‘lib, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, samolyot dvigateli kamroq shovqin va zararli chiqindilar chiqaradi.«Nega biz avtobuslardan foydalanganimiz kabi samolyotlardan muntazam ravishda foydalanmaymiz?» – deb savol qo‘yadi Klouli.«Bu asosan ekspluatatsiya xarajatlariga bog‘liq. Bundan tashqari, samolyot qanchalik katta bo‘lsa, shovqin ham shuncha baland bo‘ladi. Albatta biz kelajakdagi ekologik barqarorlik haqida o‘ylashimiz lozim. Shu tufayli, samolyotni nafaqat tejamkor, balki arzon, shovqinsiz va ekologik toza qilishga qaror qildik», – deb javob beradi uning o‘zi.Faradair bir-biridan unchalik uzoq bo‘lmagan shaharlar o‘rtasida tez va arzon sayohat qilish imkoniyatini yaratmoqchi: masalan, Londondan Manchesterga 25 funt sterlingga uchish mumkin, bu poyezd chiptasidan arzonroq.Uzoqroq va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ham bu samolyot juda qo‘l kelishi mumkin. U qisqa yo‘laklarda uchib, qo‘na oladi. Undan foydalanish natijasida oddiy yo‘llar yoki temiryo‘l liniyalariga katta hajmda investitsiya kiritishga hojat qolmaydi.Birinchi samolyot 2025 yilda havoga ko‘tarilishi, tijorat parvozlari esa esa 2027 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.Dunyo davlatlari atmosferaga uglerod chiqindilarini kamaytirish usullarini izlayotgan bir paytda, Faradair elektr aviatsiyasida salohiyatni ko‘rayotgan yagona kompaniya emas.Masalan, Kaliforniyada joylashgan Wright Electric kompaniyasi yaqin o‘n yil ichida 100 o‘rindiqli, to‘laqonli elektr samolyotini bozorga olib chiqishni rejalashtirmoqda. U mavjud Bae146 samolyoti negizida ishlab chiqariladi, biroq uning to‘rtta turbo dvigateli elektr parraklariga almashtiradi.Kompaniya allaqachon Easyjet loukosteri bilan hamkorlik qilyapti. Elektr samolyoti taxminan bir soat davom etadigan parvozlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, masalan, London – Parij, Nyu-York – Vashington yoki Hongkong – Taypey kabi yo‘nalishlarda.Biroq samolyot to‘liq elektrda emas, gibrid rejimda sinovdan o‘tkaziladi. Dastlab, BAe146 samolyotining 4 ta motoridan faqat bittasi elektr motoriga almashtiriladi. Agar sinov reja bo‘yicha o‘tsa, qolgan dvigatellar ham elektr motorlariga almashtiriladi.Wright Electric bosh direktori Jyeffri Englerning so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy xaridorlar bu yondashuvni ma’qullashmoqda va kelajakda o‘zlari ham yangi samolyotlar ishlab chiqarishda shunga amal qilishlari mumkin.«Biz aviakompaniyalar bilan gaplashganimizda, ularning vakillari nega to‘liq elektr samolyot qilish o‘rniga oldin gibriddan boshlamaysiz degan savolni berishdi», – deydi Engler.«Avtomobil sanoatida ham shunday bo‘lgan. Ular ham dastlab gibrid motorlardan boshlashgan. Biz bu imkoniyatni ko‘rib chiqmoqdamiz», – deya qo‘shimcha qiladi u.Samolyotni elektrlashtirishdagi asosiy qiyinchilik shundaki, hatto eng yaxshi akkumulyatorlar ham energiya sarfi bo‘yicha aviayoqilg‘i bilan raqobatlasha olmaydi. Bu shuni anglatadiki, elektr motorlarda uzoq masofalarga parvoz qilish hozircha imkonsiz.«Bugungi akkumulyatorlar hali bundan yiroqda», – deydi Shtutgart institutining aviamuhandislik fakulteti boshlig‘i doktor Andreas Stromayyer.1990-yillar o‘rtalaridan boshlab ushbu institut gibrid va elektr aviatsiya imkoniyatlarini o‘rganib kelmoqda. Bu yerda yaratilgan ikki o‘rindiqli eksperimental e-Genius elektr samolyoti ilk o‘n yil oldin havoga ko‘tarilgan.«Samolyotimiz uchun akkumulyator tizimlarini o‘zimiz qurdik», – deb tushuntiradi Stromayyer.«Biz bir kilogramm uchun 200 vatt/soat sarflash darajasiga yetdik. Ammo bizga 1000 yoki 1500 vatt kerak bo‘ladi. Shunday qilib, biz hali ham katta samolyot uchun talab qilinadigan quvvatdan ancha uzoqdamiz», – deb qo‘shimcha qildi u.Uning ishonchi komilki, texnologiyalar rivojlanishining hozirgi darajasida olti o‘rindiqli yengil elektr samolyoti yaratish mutlaqo oson.Uning so‘zlariga ko‘ra, 19 o‘rindiqli bo‘lgan kattaroq elektr samolyotini ishlab chiqarish ham mumkin. Ammo bunday mashina bugungi texnologiyalarning eng oldingi yutuqlaridan foydalinishiga, bu esa juda qimmatga tushishiga olib keladi.Isroilning Eviation kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan to‘qqiz o‘rindiqli Alice samolyoti zarur parametrlarga mos keladi. U 1000 kilometrgacha bo‘lgan masofaga faqat elektr dvigatelida uchish uchun mo‘ljallangan.Kattaroq mashina faqat elektr energiyasida ucha olmaydi va elektr motorlarini oddiy dvigatellar bilan birlashtirish yoki bortda o‘rnatilgan generatorlarga tayanish orqali gibrid sifatida ishlashi kerak.Doktor Stromayyer so‘zlariga ko‘ra, har ikkala turdagi samolyotlar uchun havo transportining keng tarmoqlarini yaratish salohiyati bor: kichik, to‘liq elektrlashgan samolyotlar, mikroavtobuslar kabi, yo‘lovchilarni mahalliy aerodromlardan mintaqaviy markazlarga tashiydi, u yerda 500 km masofaga uchadigan yirikroq gibrid samolyotlar kutib turadi.«Bu ancha zich transport tarmog‘i bo‘ladi, - deb tushuntiradi olim. - Bu Skandinaviya kabi mintaqalarda yoki avtomobil yo‘llarini qurish imkonsiz bo‘lgan tog‘li hududlarda foydali bo‘ladi».«Indoneziya, Polineziya kabi ko‘plab orollarga ega hududlar bor - ularni bir-biriga bog‘lash kerak. Dunyoning ko‘plab joylari bunday transport tarmoqlariga juda muhtoj», - deb xulosa qiladi ekspert.Eviation shu yil yozda Alice samolyotining sinovlarini boshlaydi.Ammo uzoq masofali parvozlar uchun elektr texnologiyasi juda ham talabgir bo‘lishi dargumon. Ehtimol, shuning uchun ham Airbus aviagiganti boshqa yo‘ldan bormoqchi.2017 yilda kompaniya Rolls-Royce va Siemens bilan hamkorlikda E-Fan X samolyoti prototipi ustida ish boshladi. Wright Electric loyihasi singari, u ham BAe146 samolyoti negizida edi. Biroq, 3 yildan so‘ng, dastur bekor qilindi. Airbus Upnext kompaniyasi bo‘limi boshlig‘i, doktor Sandra Bor-Sheffer buni to‘g‘ri qaror deb hisoblaydi.«Biz 2050 yilga borib uglerod chiqindilarini nolga tenglashtirishni maqsad qilganmiz. Bunga erishish uchun turlicha ishlaydigan ikki xil texnologiyadan foydalanishimiz kerak», – deydi u.Qisqa muddatli istiqbolda kompaniya qayta tiklanadigan yoki qayta ishlangan manbalardan olinadigan ekologik toza yonilg‘idan foydalanish orqali CO2 chiqindilarini kamaytirishni rejalashtirmoqda.Kelajakda Airbus atmosferaga chiqindi miqdorini kamaytirish maqsadida vodorodli dvigatellardan foydalanish niyatida.«Biz 2035 yilgacha vodorod bilan ishlaydigan va chiqindilar miqdori 0 ga teng bo‘lgan birinchi samolyotni bozorga chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, bizda kriogen va o‘ta o‘tkazuvchanlik bo‘yicha ishlaydigan jamoalarimiz ham bor. Biz kelajagimiz qanday bo‘lishini allaqachon o‘rganishni boshladik», – deb tushuntiradi u.
|
fan va texnika
|
21
|
Inson miyasiga o‘rnatilgan chip, rulsiz taksi va sayyoralararo kosmik poyezd – hafta texnodayjesti
|
Sudyaning robot maslahatchisiXitoy mamlakatdagi sud tizimini yaxshilash uchun sun’iy intellektdan foydalanadi. Zamonaviy texnologiya allaqachon qonunlar tavsiya etish, hujjatlarni tayyorlash va qaror qabul qilishdagi xatolarni aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.E’tiborli jihati, sudyalar har bir ish bo‘yicha AI bilan maslahatlashishlari kerak. Agar ular “robot” tomonidan tavsiya etilganidan boshqacha harakat qilsa, tushuntirish xati yozishlariga to‘g‘ri keladi.Pekinda ushbu tizim qo‘llanmoqda. Tanqidchilar AI “jazolash” huquqini qo‘lga kiritgani va odamlar ustidan hukmronlik qila boshlaganini ta’kidlamoqda.Avvalroq, Xitoyning Shanhay shahrida “raqamli prokuror” xizmatlaridan foydalanilayotgani xabar qilingandi. Sun’iy ong 17 mingdan ortiq ishni o‘rganib chiqib, prokurorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan va 97 foiz aniqlikda ayblov e’lon qilgan.40 mingta virtual ish o‘rniBirlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri hokimligi besh yil ichida 40 mingta virtual ish o‘rni yaratish va budjetga 4 mlrd dollar keltirishi mo‘ljallangan “Dubay metakoinoti” loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Strategiya besh yil ichida Dubaydagi blokcheyn-kompaniyalar sonini besh baravarga ko‘paytirishga qaratilgan. Hukumat foydalanuvchilar uchun xavfsiz va ishonchli platformalarning global standartlarini ishlab chiqish hamda infrastruktura yaratish ustida ish olib bormoqda.Sayyoralararo tezyurar kosmik poyezd“Kajima Construction” kompaniyasi va Yaponiyaning Kioto universiteti tadqiqotchilari tezyurar poyezdni koinotga olib chiqish loyihasi ustida ishlashmoqda.Qayd etilishicha, hamma ish ko‘ngildagidek bo‘lsa, odamlar boshqa sayyoralarga poyezdda borishi mumkin bo‘ladi. Bu borada dastlab Mars va Oyga odamlarni yuborish rejalari e’lon qilingan.Inqilobiy g‘oya mualliflarining fikricha, kosmik poyezd olti vagondan iborat bo‘ladi. Kosmosdagi harakat paytida esa uning barcha qismlari bitta kapsulaga ulanadi. Ba’zi ekspertlarning fikricha, bunday loyihani amalga oshirish uchun kamida 100 yil kerak bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, yaponiyalik tadqiqotchilar 2050 yilgacha o‘zlarining kosmik ekspressi prototipini ommaga taqdim etishga va’da berishmoqda.O‘zini o‘zi boshqaradigan yangi rulsiz taksiXitoyning Baidu kompaniyasi o‘zini o‘zi boshqaradigan taksi xizmati Apollo Go’ni namoyish etdi.Ma’lum qilinishicha, Apollo RT6’ning bahosi 250 ming yuan (31 ming funt sterling) bo‘ladi. Bu narx avvalgi modellarga qaraganda ancha arzon hisoblanadi. Mashinaning boshqaruv texnologiyasi 20 yillik tajribaga ega haydovchiniki bilan teng, deya baholangan.“Xarajatlarning katta qismini qisqartirish bizga Xitoy bo‘ylab o‘n minglab avtomatlashtirilgan transport vositalarini joylashtirish imkonini beradi”, deya ta’kidladi kompaniyaning hammuassisi va bosh ijrochi direktori Robin Li.Apollo RT6 2023 yilning ikkinchi yarmidan xizmat ko‘rsata boshlashi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichni 2025 yilgacha 65ta shaharga, 2030 yilgacha esa 100 ta shaharga yetkazish reja qilinmoqda.Ma’lumot uchun, 2018 yilda Xitoy robotlashtirilgan avtomobillarni butun mamlakat bo‘ylab sinovdan o‘tkazishga ruxsat bergan edi. 2021 yil noyabridan Baidu Pekinda o‘zini o‘zi boshqaradigan tijorat taksi xizmatini ishga tushirgan.Inson miyasiga chip o‘rnatildiNyu-Yorkdagi tibbiyot markazida amiotrofik lateral skleroz bilan og‘rigan bemor miyasiga neyrochip joylashtirildi. Qurilma fikrlarni o‘qiydi va kompyuterga buyruqlar beradi: bemor Internetdan foydalanishi, matn yozishi va elektron pochta orqali muloqot qilishi mumkin.Neyrochip Synchron startapi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, allaqachon Avstraliyadagi to‘rtta bemorga implantatsiya qilingan va hech qanday nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmagan.Startap o‘zining Stentrode qurilmasini 2016 yilda taqdim etgan edi. Neyrochip silindrsimon ichi bo‘sh simli to‘rga o‘xshaydi va bosh suyagini kesmasdan miyaga joylashtirilishi bilan ajralib turadi.Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqdaSamarqand turizm markazida 5G tarmog‘ini test qilish boshlangan. Bir qancha sinovlar davomida 5G tarmog‘ida internetdan yuklab olish tezligi 896 mb/sekundgacha, internetga yuklash tezligi esa 113 mb/sekundgacha ko‘tarilgan.“Ushbu markaz nafaqat xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy bo‘lmoqda, balki O‘zbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlari hamkorlikda antenna infratuzilmasini bitta machtada ko‘tarib, binolar ichida ham Active DAS tizimini hamkorlikda ishlatib, yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar ko‘rsatishlariga imkon yaratilmoqda”, deb yozgan AKT vaziri.
|
fan va texnika
|
22
|
4 sentdan 41 dollargacha – dunyodagi eng arzon va eng qimmat 1 Gb mobil internet
|
Cable.co.uk nashri dunyo mamlakatlaridagi mobil internet narxlari bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 233 ta mamlakat ichida 1 Gb internet trafik uchun o‘rtacha eng arzon narx Isroilda taqdim qilinmoqda – 1 Gb uchun 4 sent (taqriban 436 so‘mdan).Keyingi o‘rinlarda Italiya, San-Marino, Fiji orollari va Hindiston turibdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davlatlar hududi 90 foizdan 100 foizgacha 5G tarmog‘i bilan qoplangan.Qiziq tarafi, Qirg‘iziston ushbu reytingda 6-o‘rinni egallagan. Qo‘shnilarimizda 1 Gb internet trafik uchun o‘rtacha narx 17 sentni tashkil qilmoqda.Bu yil O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni 4 pog‘onaga – 19-o‘rindan 15-o‘ringa ko‘tarilgan. Nashr, 2022 yil 19 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 1 Gb internet trafik uchun o‘rtacha narxni 37 sentga (taqriban 4 ming 38 so‘mga) baholagan. O‘zbekistonda ushbu trafik uchun eng arzon taklif 13 sentdan bo‘lsa, eng qimmati 2,73 dollargacha baholanmoqda.Qo‘shni Qozog‘iston ham 1 Gb internet trafik uchun o‘rtacha 37 sentlik narx bilan ro‘yxatning 16-pog‘onasini band etgan.1 Gb internet trafik o‘rtacha narxi eng qimmat bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini Muqaddas Helena (41,6 dollar), Folklend orollari (38,45 dollar), San Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi (29,49 dollar), Tokelau (17,88 dollar) va Yaman (16,58 dollar) boshqarib turibdi.Turkmaniston esa 1 Gb internet trafik uchun o‘rtacha narxlar qimmatligi bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni band etmoqda. Bu davlatda mazkur hajmdagi trafik uchun o‘rtacha narx 2022 yil 16 may holatiga 14,27 dollarga baholangan.Cable.co.uk saytidagi interaktiv xarita orqali barcha davlatlardagi 1 Gb internet trafik uchun eng arzon, o‘rtacha va eng yuqori narxlarni ko‘rish mumkin.Reytingga Shimoliy Koreya, Vatikan, Eritreya, Marshall orollari, Kongo kabi bir nechta davlat kiritilmagan. Chunki ularning ba’zilarida faqatgina 2G tarmog‘i (qo‘ng‘iroq va SMS) ishlasa, ba’zilari bo‘yicha ma’lumot olishning iloji bo‘lmagan.
|
fan va texnika
|
23
|
Dubay 40 mingta virtual ish o‘rni yaratish rejasi haqida e’lon qildi
|
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri hokimligi besh yil ichida 40 mingta virtual ish o‘rni yaratish va budjetga 4 mlrd dollar keltirishi mo‘ljallangan «Dubay metakoinoti» loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Amirlik valiahd shahzodasi shayx Hamdon bin Muhammadning ma’lum qilishicha, hozirda Dubayda metakoinot va blokcheyn sohasida mingdan ortiq kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular milliy iqtisodiyotga 500 mln dollar foyda keltirmoqda.Strategiya besh yil ichida Dubaydagi blokcheyn-kompaniyalar sonini besh baravarga ko‘paytirishga qaratilgan. Hukumat foydalanuvchilar uchun xavfsiz va ishonchli platformalarning global standartlarini ishlab chiqish hamda infrastruktura yaratish ustida ish olib bormoqda. Shahardagi yirik kompaniyalar «Dubay metakoinoti»ga qo‘shilmoqda. Emirates aviakompaniyasi ushbu texnologiyadan foydalanishni kengaytirishini bildirdi, Damac Group developeri raqamli shaharlar qurish rejasini e’lon qildi.BAA bu yil boy emigrantlar keladigan asosiy nuqta bo‘lishi mumkin, deb prognoz qilmoqda Henley & Partners konsalting firmasi. Ularning taxminiga ko‘ra, yil oxiriga qadar Amirliklarga 4 ming nafar millioner ko‘chib o‘tadi. Bu 2019 yildagiga qaraganda 208 foizga ko‘p (1300 kishi). Henley & Partners taxminicha, Rossiyani bu yil 15 ming millioner tark etadi.
|
fan va texnika
|
24
|
Xiaomi avgustda o‘zining birinchi elektromobilini namoyish etadi
|
Xiaomi asoschisi va bosh direktori Ley Tszyun avgust oyida kompaniyaning ilk elektromobili prototipini namoyish etadi, deb xabar berdi Arena EV portali.Qayd etilishicha, taqdimotdan so‘ng uni yo‘llarda sinab ko‘rish boshlanadi. Elektromobil loyihasini Shanhayning HVST Automobile Design kompaniyasi jamoasi ishlab chiqqan. Xiaomi anchadan buyon o‘z avtomobil brendini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda. Yangi brendning marketing kampaniyasi prototip taqdimotidan so‘ng boshlanadi. Kompaniya avtomobil bo‘linmasini rivojlantirish uchun o‘tgan yili 10 mlrd dollar ajratgan. Xiaomi avtomobillari ishlab chiqariladigan zavod Ichjuan shahrida barpo etiladi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 300 ming dona avtomobilni tashkil etadi. Dastlabki bosqichda yiliga 150 ming donaga yaqin avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan, ilk modellar 2024 yilda sotuvga chiqadi.
|
fan va texnika
|
25
|
Super Oy hodisasi: Toshkentdan olingan suratlar
|
Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Oy o‘z orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasiga keldi, bu vaqtda Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi orasidagi masofa 357 ming kilometrni tashkil etdi – bu 2022 yil uchun minimum ko‘rsatkichdir.Perigey (Oyning Yerga maksimal yaqin kelishi) bilan bir kunda, Oyning rasman to‘lgan kuni ham 13 iyulga to‘g‘ri kelmoqda – ikki astronomik hodisa orasidagi vaqt 9 soatni tashkil etdi.Odatda Oy o‘z orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasiga yetgan vaqtdan kamida uch kun farq bilan Oy to‘lishi ro‘y beradi. Perigey va Oy to‘lishining bir kunga to‘g‘ri kelishi deyarli har yili kuzatiladi, biroq ular orasidagi farq bor-yo‘g‘i 9 kun bo‘lishi nisbatan noyob hodisa.Avvalroq NASA e’lon qilgan, “Jyeyms Uebb” teleskopi yordamida olingan ekzosayyoralarning beshta surati ko‘pchilikni hayratga solgan edi.
|
fan va texnika
|
26
|
Ekzosayyoralarda kosmik qoyalar va suv. «Jyeyms Uebb» teleskopining dastlabki beshta surati
|
«Jyeyms Uebb» teleskopi 2021 yil dekabrida koinotga uchirilgandi. Ishchi orbitaga chiqish uchun bir oycha vaqt ketdi. Keyin 5 oy davomida ko‘zgular korreksiya qilindi va ilmiy asboblar sozlandi. Teleskop 11 iyulda ilmiy dastur bo‘yicha ish boshlagan edi. «Bu tasvirlar Uebb biz hatto to‘g‘ri qo‘ya olmaydigan savollarga javob topishga yordam bera olishini namoyish qilmoqda. Bu savollar koinotimiz va undagi insonning o‘rnini yaxshiroq tushunishimizga yordam beradi», deydi NASA ma’muri Bill Nelson.Juda aniq va tiniq tasvirlar NASA hamkorlari tomonidan navbatma-navbat taqdim etildi.Kosmik qoyalar va yulduzlarning tug‘ilishiUshbu fotosuratdagi kosmik «manzara» aslida yulduzli osmondagi eng katta va eng yorqin obektlardan biri – Karina tumanligidagi (NGC 3324) ulkan kosmik changli bulutning bir chekkasidir. Ushbu tumanlik Yerdan 7,5 ming yorug‘lik yili masofasida joylashgan.Suratdagi ba’zi «qoyalar»ning uzunligi 7 yorug‘lik yiliga yetadi. Bulutdan ko‘tarilayotgan «bug‘» esa qizigan gaz va chang zarralari bo‘lib, tumanlik o‘sib borgan sayin ular ham uzluksiz ravishda otiladi. Ushbu bulutlarda birinchi yulduzlar tug‘ilgan.Galaktikalar va qora tuynuklar evolyutsiyasiStefan kvinteti — Pegas yulduz turkumidagi bir-biriga yaqin joylashgan beshta galaktikalar guruhi bo‘lib, astronomlar tomonidan 1877 yilda kashf etilgan. Ulardan 4 tasi 210-340 mln yorug‘lik yili masofasida joylashgan bo‘lib, bir-biri bilan doimiy bog‘liqlikda harakatlanadi.Bu hozirgacha suratga olingan beshta obektning eng kattasi: kvintet samoda to‘lin Oyga qaraganda besh baravar kamroq maydonni egallaydi.Tasvir 150 milliondan ortiq alohida piksellardan tashkil topgan va mingga yaqin alohida kadrlardan yig‘ilgan.Astronomlar fikriga ko‘ra, bunday zich galaktikalar guruhi koinotning ibtidosi davrida ancha keng tarqalgan va ularning zarralaridan qora tuynuklar paydo bo‘lgan.Suratdagi eng yuqorida joylashgan galaktikaning markazida (NGC 7319) o‘ta og‘ir massali qora tuynuk joylashgan bo‘lib, uning og‘irligi Quyoshnikidan taxminan 24 million marta katta.Ekzosayyoralar atmosferasi tarkibiQuyoshga o‘xshash yulduz atrofida aylanib yuruvchi uzoq ekzosayyora atmosferasida «Jyeyms Uebb» suvning aniq izlarini, shuningdek, atmosferada bulutlar borligini aniqladi.Shu bilan birga, sayyoraning o‘zi Yerga umuman o‘xshamaydi: u hajmi jihatidan bir necha baravar katta, asosan qizigan gazdan iborat va «issiq yupiterlar» turiga kiradi.Har qanday samoviy jismda ma’lum bir element yoki moddaning molekulalari borligini spektroskopiya yordamida aniqlash mumkin va Uebb bir necha yuz yorug‘lik yili masofasida joylashgan ekzosayyoralar atmosferasini tahlil qila oladi.Janubiy Halqaning ikkita variantiTasvir markazidagi xira yulduz atrofiga sochilayotgan chang va gaz bulutlari tufayli ming yillar davomida ko‘zdan yashiringandi.«Jyeyms Uebb» uni infraqizil sensorlari tufayli aniq ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.Gap shundaki, infraqizil to‘lqinlar ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinlaridan ancha uzun, o‘nlab va hatto yuzlab marta. Shuning uchun ular yulduzlararo bulutlardan qiyinchiliksiz o‘tib, ancha uzoqroqqa tarqaladi.NASA jamoatchilikka tasvirning ikkita versiyasini ko‘rsatdi – yaqin (chapda) va o‘rta infraqizil (o‘ngda) to‘lqinda.Uzoqni ko‘ramanBeshlikning so‘nggi surati – Karina tumanligidagi SMACS 0723 galaktika to‘plami. Bu suratni bir kun oldin Oq uydan jonli efirda prezident Jo Bayden dunyoga taqdim qilgandi.Bu koinotning hozirgi kungacha olingan eng tiniq va eng aniq infraqizil tasviridir. Uni olish uchun «Jyeyms Uebb» 12,5 soat davomida turli uzunlikdagi to‘lqinlarda yorug‘likni zarrama-zarra to‘plab chiqdi.Tasvirning o‘lchami qum zarrasidek bo‘lsa-da, unda minglab galaktikalar jam bo‘lgan. Ular orasida Koinot hali juda yosh – 1 milliardga ham kirmagan paytida tug‘ilganlar bor.
|
fan va texnika
|
27
|
Finlar yangi akkumulyator ixtiro qilishdi: uning asosi oddiy qumdan iborat
|
Turli davlatlar hukumatlari bu muammoni quyosh panellari, shamol generatorlari kabi tiklanuvchi energiya manbalari orqali hal qilishga intilmoqda. Lekin muammo shundaki, qishda quyoshli kun har doim ham bo‘lavermaydi. Ishlab chiqarilgan energiyasi litiydan tayyorlangan akkumulyatorlarda saqlanishi mumkin, u juda qimmatga tushadi va ancha joyni ham egallaydi.Yaqinda Finlandiyaning Polar Night Energy kompaniyasi ishlab chiqarilgan energiyani saqlashning juda arzon va o‘ta samarali texnologiyasini namoyish etdi. U ishlatilgan qurilish qumi bilan to‘ldirilgan ulkan batareya ko‘rinishida bo‘ladi. Nomidan juda qiziq ko‘rinyaptimi sizga ham?Yevropa davlatlarida qish og‘ir keladiFinlandiya Rossiya chegarasiga eng yaqin davlatlardan biri hisoblanadi. Rossiya gazisiz finlarga qishni o‘tkazib olish juda qiyin bo‘ladi — bu davlatda qish kunlari uzoq davom etadi, ayniqsa dekabr oyidan boshlab kunlar juda sovib ketadi.Qishning qahraton kunlarida turar joylar qanday isitilishi haqida siyosatchilar ham, oddiy fuqarolar ham hozirdan bosh qotirishmoqda. Quyosh va shamol stansiyalari orqali ishlab chiqariladigan «yashil» energiya manbalari orqali jon saqlash mumkindir, biroq Finlandiyaning quyoshli kunlari kam, shamol ham ko‘p esmaydi, shu sababli ular energiyaning doimiy ishlab chiqarilishini ta’minlay olishmaydi.Issiqlikni saqlovchi yangi akkumulyator Ishlab chiqarilgan energiyani saqlash uchun mo‘ljallangan akkumulyatorlar qimmat turadi va ko‘p joyni egallaydi, shu sababli Polar Night Energy hali o‘xshashi yaratilmagan, arzon va nisbatan ixcham muqobil akkumulyatorni namoyish etdi. U ichiga 100 tonna qum to‘ldirilgan ulkan konteynerni qurgan.«Qumli» akkumulyatorning ishlash prinsipi juda oddiy: quyosh va shamol orqali hosil qilinuvchi energiya qumli konteynerni qizitadi, u esa bu issiqlikni uzoq vaqt o‘zida saqlab turadi va zarurat tug‘ilganda uni uzatadi.Polar Night Energy kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qurilishda ishlatiladigan qumni Tselsiy shkalasi bo‘yicha 500 darajagacha qizdirish mumkin. Qumni isitish juda uzoq vaqt davom etadi, biroq uning harorati so‘nishi ham qariyb shuncha vaqt oladi.Shu sababli yangi akkumulyator issiqlikni bir necha oy davomida o‘zida saqlab turishi mumkinligi aytilmoqda. Bu esa qishning uzoq va sovuq kunlarini eson-omon o‘tkazib olish uchun yetarli bo‘ladi.Uylarni isitishning muqobil usuliKonteynerdagi qum o‘zi bilan maxsus sig‘imdagi havoni isitadi, bu issiqlik suvni qaynatadi va suv uyning isitish tizimiga uzatiladi. G‘oya juda o‘rinli va u turar joylarni isitishning an’anaviy usuli o‘rnini to‘liq bosa olmagan taqdirda ham, aralash ishlatish hisobiga isitish xarajatlarini kamaytirishi mumkin. Texnologiyaning yagona minus jihati — bunday konteynerda elektr energiyasini toza holda saqlashning imkoni yo‘q. Odamlarni arzon elektr energiyasi bilan ta’minlash juda yoqimli bonus bo‘lgan bo‘lardi.Ayni paytda «qumli» akkumulyator sinov rejimida ishlamoqda — ulkan idish Finlandiyaning Kankaanpyaa shahrida qurilgan. Qurilma mahalliy elektr stansiyasida joylashgan. U yerdan yaqin oradagi uylarga issiq suv uzatiladi. Aytish joizki, akkumulyatorda quyosh va shamol elektr stansiyasi ishlab chiqargan issiqlikning barchasi saqlanmaydi. «Yashil» energiya eng avval elektr tarmog‘ini to‘yintiradi, qumli qurilmaga esa ishlab chiqarilgan energiyaning ortiqchasi yo‘naltirilmoqda.Elektr stansiyasi direktori Pekka Passining aytishicha, issiqlikni bu tarzda saqlashning chindan ham hech qanday murakkab tomoni yo‘q. Ular bu narsani yasagan ilk kishilar bo‘lganidan xursand. Qandaydir ma’noda bu aql bovar qilmaydigan loyiha, biroq elektr stansiyasi direktori texnologiya muvaffaqiyat bilan yakunlanishiga ishonchi komil. Issiqlikni oddiy yo‘l bilan saqlash usuliga boshqa davlatlar ham qiziqish bildirishi mumkin, hammasi sinov ishlari qanday yakunlanishiga bog‘liq.Qayd etish joizki, Yevropadagi energetika inqirozi 2021 yilning kuzida — tabiiy gaz va boshqa energiya resurslari narxi keskin osha boshlagan paytdayoq boshlangandi.
|
fan va texnika
|
28
|
Tovushdan tez parvoz – fantastik orzumi yoki yaqin kelajakdagi voqelik?
|
O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab fuqarolik aviatsiyasi katta qadamlar bilan rivojlana boshladi. 80-yillarda tovushdan tez uchuvchi passajir samolyotlari paydo bo‘ldi. Ammo texnika, tejamkorlik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar ularning faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Yuqori tezlikdagi parvoz haqidagi orzular so‘nayotgan bir paytda Amerikaning Boom Technology kompaniyasi tovushdan tez uchuvchi passajir samolyotlarini qayta tiklash loyihasini taqdim qildi. Xo‘sh, tovushdan tez parvoz – fantastik orzu toifasidan chiqib, yaqin kelajakdagi voqelikka aylanadimi? Tovushdan yuqori tezlik nima? Har qanday tovush yer yuzasida 270-400 metr/sekund yoki 980-1470 kilometr/soat tezlikda tarqaladi. Aerodinamikada tezlik ko‘rsatkichi avstriyalik fizik olim Ernst Max (Ernst Mach) sharafiga M harfi bilan belgilangan. Tovushning tezligi balandlikka qarab o‘zgaruvchan bo‘ladi. 1 Max yer yuzasiga yaqin joyda 340 m/sekundga yoki 1224 km/soatga teng bo‘ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda tovushdan yuqori (>1 Max) tezlikda uchadigan passajir samolyotlari yo‘q. Ammo har doim ham shunday bo‘lmagan. Tovushdan tez uchadigan aviatsiya 1950-yillardan tovushdan tez uchadigan aviatsiya jadal rivojlana boshladi. Konstruktorlar samolyot barqarorligi va boshqarilishi, aerodinamik samaradorlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilishdi. Parvoz tezligining oshishi bilan birga uning balandligi 20 kilometrga yetdi. 1960-yillardan boshlab, tovushdan tez uchadigan samolyotlar ommaviy ishlab chiqarildi. Fan yutuqlari birinchi navbatda harbiy sohaga joriy qilindi. Sovetlarning MiG-17 (1949, tezlik M=1) qiruvchi samolyoti, Amerikaning North American F-100 Super Sabre (tezlik M=1,3) qiruvchi samolyoti, Convair B-58 Hustler (1956, tezlik M=2) bombardimonchisi, uzoq parvoz uchun mo‘ljallangan Lockheed A-12 (1962, tezlik M=3) razvedka samolyoti shular jumlasidan edi. Tovushdan tez uchuvchi passajir samolyotlari Ammo fuqarolik aviatsiyasida bunday bo‘lmadi – ko‘plab texnik va iqtisodiy muammolar tufayli tovushdan tez uchuvchi samolyotlar ommalashmadi. Tarixda ulardan atigi 2 ta bo‘lgan: sovetlarning Tu-144 samolyoti va Angliya-Fransiya hamkorligida ishlab chiqarilgan Concorde samolyoti. Tu-144 birinchi marta 1968 yil dekabr oyida havoga ko‘tarildi. Eng yuqori tezligi 2430 km/soat (>2 Max) bo‘ldi. Samolyot soatiga 38 tonna yoqilg‘i sarf qilar edi. 1975-1978-yillarda muntazam reyslarni amalga oshirdi. Texnika va tejamkorlik bilan bog‘liq ko‘plab muammolar, shuningdek, bir necha aviahalokatlar tufayli «pensiyaga chiqarildi». Concorde birinchi marta 1969 yil mart oyida parvoz qildi. Eng yuqori tezligi 2179 km/soat (>2 Max) bo‘ldi. Samolyot soatiga 20 tonna yoqilg‘i sarflar edi. 1976-2003-yillarda asosan London, Nyu-York va Parij o‘rtasida transatlantika va charter reyslarni muntazam ravishda amalga oshirdi. Xarajatlar oshib ketgani va iqtisodiy samaradorlik pasaygani, shuningdek, 2003 yilgi aviahalokat tufayli ekspluatatsiyasi to‘xtatildi. Concorde o‘z tarixi davomida 18 ming soatga yaqin vaqt parvoz qildi. Tovushdan tez uchuvchi va tijorat maqsadida foydalaniladigan samolyotlarning eng muhim kamchiliklari quyidagilar edi:Ushbu muammolar fuqarolik aviatsiyasida tovushdan tez uchuvchi samolyotlar «hayotini qisqartirdi». Hozirgi kunda fuqarolik aviatsiyasida 850 km/soat tezlik iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Tovushdan tez parvozlarni qayta tiklash orzusi Concorde so‘nggi marta havoga ko‘tarilganidan 13 yil o‘tgach, 2016 yilda Amerikaning Boom Technology kompaniyasi tovushdan tez uchuvchi yangi passajir samolyoti loyihasini e’lon qildi. Boom Technology — 2014 yilda tashkil qilingan startap kompaniya bo‘lib, uning maqsadi 45-55 o‘rinli, 2,2 Max (2335 km/soat) tezlikda uchadigan, tovushdan tez yo‘lovchi samolyotini yaratishdir. Loyihaga ko‘ra, u Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda, reaktiv samolyotlardan deyarli 2 barobar tez uchib borishi mumkin bo‘ladi, chipta narxi ikki tomonga taxminan 5 ming dollarni tashkil qiladi. 2016 yilda kompaniya rejalarini biroz o‘zgartirib, Boom Overture samolyoti konsepsiyasini taqdim qildi. U 1,7 Max (1800 km/soat) tezlikda uchuvchi, 65–88 yo‘lovchiga mo‘ljallangan, 8000 km masofaga qo‘nmasdan parvoz qiladigan samolyot bo‘lib, 2026 yilda birinchi parvozi, 2029 yildan muntazam qatnovlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, samolyot uchburchaksimon (deltasimon) qanotli konfiguratsiyaga ega bo‘ladi va kompozit (yengil) materiallardan quriladi. U uchta 20 ming ot kuchiga ega dvigatellar bilan ta’minlanadi. Tovushdan tez uchuvchi samolyotlar istiqboli Boom Technology kompaniyasining ta’kidlashicha, yaqin kelajakda bozorda tovushdan tez uchuvchi 1000 ta samolyot va 500 ta marshrutga ehtiyoj tug‘iladi. 1,7 Max tezlikda uchish Nyu-Yorkdan Londonga 6 soatda emas, balki 3 soat-u 30 daqiqada, Nyu-Yorkdan Frankfurtga 7 soat o‘rniga 4 soatda, San-Fransiskodan Tokioga 10 soat o‘rniga 6 soatda yetib olish imkonini beradi. 8000 km masofadan oshadigan parvozlarda samolyot yoqilg‘i quyish uchun qo‘nib olishi kerak bo‘ladi. Boom Overture samolyoti narxi intererni hisobga olmaganda 200 million dollar bo‘lishi rejalashtirilgan. Boom zavodi yiliga 100 ta samolyot yig‘ishni ko‘zlamoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, har bir o‘rindiq uchun sarflanadigan operatsion xarajatlar hozirgi keng fyuzelyajli samolyotlarga qaraganda past bo‘ladi. Boom Nyu-Yorkdan Londonga ikki tomonlama parvoz uchun 5 ming dollarlik tarifni ko‘zlamoqda. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Concorde samolyoti chiptasi hozirgi narxlarda 20 ming dollarga teng bo‘lgan. Bu uning yagona daromadli marshruti edi. Qayd qilish joizki, Boom Overture dastlabki bosqichda faqat badavlat odamlar uchun mo‘ljallangan tarifni taklif qilmoqchi. Boom Overture San-Fransisko-Tokio va Los-Anjyeles-Sidney kabi uzoq masofali yo‘nalishlar uchun 15 ta biznes-klass o‘rindiqli, shuningdek, 30 ta birinchi toifadagi bukiluvchan o‘rindiqli salonni taklif qilishi mumkin. Boom Technology kompaniyasi Boom Overture samolyoti uchun hozirgi kunda 76 ta buyurtma olgan. 2020 yil sentabr oyida kompaniya AQSh Harbiy-havo kuchlari bilan shartnoma imzoladi. Undan Overture samolyotini prezident foydalanadigan birinchi raqamli bort (Air Force One) sifatida ishlatish rejalari o‘rin olgan. 100 dollarlik parvoz Tovushdan tez uchuvchi aviatsiya uchta maqsadni ko‘zlaydi: biri sayohat vaqtini qisqartirish, ikkinchisi parvoz xarajatlarini arzonlashtirish va uchinchisi uglerod chiqindilarini kamaytirish. Boom Technology kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Bleyk Sholl Overture samolyotining bu maqsadlarga erisha olishiga ishonchi komil. «1960-yillarda foydalanilgan texnologiyalarda juda ko‘p narsa o‘zgardi. Samolyotsozlikda alyuminiy o‘rniga uglerod tolasidan foydalanilmoqda. Reaktiv dvigatellar shovqinsiz va tejamkor bo‘lish yo‘lida ajoyib yutuqlarga erishdi. Biz yangi, tovushdan tez samolyotni tezkor, mustahkam va ekologik toza qilamiz. Kelajakda parvoz narxini 100 dollarga tushiramiz, bu esa kengroq ommaga undan foydalanish imkonini beradi», - dedi u. To‘g‘ri, 4 soat ichida dunyoning istalgan nuqtasiga sayohat qilish uchun 100 dollar sarflash amalga oshmas orzu bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo Boom kompaniyasi yangi samolyotlarning ikkinchi va uchinchi avlodi ishlab chiqarilganida, ya’ni uzoq kelajakda bunga erishmoqchi. Boom oldidagi muammolar Boom Overture tashqi ko‘rinishi Concorde samolyotiga o‘xshash, qanotlari deltasimon bo‘ladi. Uning qiymati 75 foizga arzon bo‘lishi kutilmoqda. 55 o‘rinli samolyotning og‘irligi 77,1 tonna, uzunligi 52 metr va kengligi 18 metr bo‘ladi. O‘rindiqlar oralig‘idagi masofa 1,9 metrni tashkil qiladi, bu esa parvoz davomida yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik tug‘diradi. Boom Overture tovushdan tez samolyotlarga xos o‘ta yuqori shovqin bilan bog‘liq muammoni hal qilishi lozim. Uning shovqini Concorde samolyotidan 30 foizga past bo‘lishi, ya’ni parvoz paytida Boeing 777-300 samolyotidan ham past bo‘lishi rejalashtirilgan. Shovqinni cheklash uchun dvigatellar o‘lchamini kichraytirish, natijada, yoqilg‘i sarfini 30 foizga kamaytirish ko‘zlanyapti. Buning uchun Boom forsaj kameraga ega bo‘lmagan dvigatellardan foydalanmoqchi. Hozirgi vaqtda reaktiv qiruvchi samolyotlar xuddi shunday dvigatellar bilan jihozlangan. Ammo ularda tejamkorlik va fuqaro aviatsiyasi uchun muhim bo‘lgan ishonchlilik yo‘q. Boom aviatsiya dvigatellari ishlab chiqaruvchi Rolls Royce kompaniyasi bilan yangi dvigatellar borasida hamkorlik qilmoqda. Samolyot dizayniga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u taxminan Boeing 737 o‘lchamiga ega. Ammo salon torroq va yo‘lak atrofi bir qatorli o‘rindiqlardan iborat bo‘ladi. Bagaj o‘rindiqlar ostida saqlanadi.Salonning muhim jihati – katta illyuminatorlar bo‘lib, stratosfera sharoitida chiroyli manzarani tomosha qilish imkonini beradi. Overture samolyotining dastlabki sinov parvozlari 2026 yildan boshlanishi rejalashtirilgan. Nurmuhammad Said tayyorladi.
|
fan va texnika
|
29
|
Xiaomi kompaniyasi 12S va 12S Pro smartfonlarini namoyish etdi
|
Xiaomi kompaniyasi 12S va 12S Pro smartfonlari sotuvga chiqishini e’lon qildi. Har ikki smartfonga Snapdragon 8 Plus Gen 1 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, qurilmalar AnTuTu benchmarkida bir milliondan ortiq ball to‘pladi. Xiaomi modernizatsiya qilingan platforma kamroq energiya sarflashini ta’kidlamoqda.Xiaomi 12S diagonali 6,28 dyuymli AMOLED-ekranga ega. U 50, 13 va 5 Mp kameralar bilan jihozlangan. Smartfon 8K o‘lchamda videoga olishi mumkin. Akkumulyator sig‘imi 4500 mAs bo‘lib, u simli va simsiz quvvatlanish xususiyatiga ega.Xiaomi 12S Pro smartfoniga 6,73 dyuymli LTPO texnologiyasida tayyorlangan ekran o‘rnatilgan. Uning asosiy kamerasi 50 Mp bo‘lib, yana ikkita 50 Mp kameraga ega. Akkumulyator sig‘imi 4600 mAs. Qurilmalar sotuvi dastlab Xitoyda boshlanadi. Xiaomi 12S 4000 yuan (632 dollar), Xiaomi 12S Pro esa 4700 yuan (743 dollar) turadi.
|
fan va texnika
|
30
|
Huawei yangi smartfonlarini taqdim etdi
|
Huawei kompaniyasi Nova 10 va Nova 10 Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. Har ikki qurilma Snapdragon 778G protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, ularning tezkor xotirasi 8 Gb, doimiy xotirasi esa 128 yoki 256 Gb. Nova 10 6,6 dyuymli, Pro versiyasi 6,7 dyuymli OLED-ekranga ega.Smartfonlarning o‘ziga xos jihati ularning old kamerasidir. Yangi qurilmalarning old kamerasi 60 megapikselga teng. Nova 10 sig‘imi 4000 mA·s, Nova 10 Pro 4500 mA·s bo‘lgan akkumulyator bilan jihozlangan. Smartfonlar HarmonyOS 2 operatsion tizimida ishlaydi. Huawei Nova 10 narxi 400 va Huawei Nova 10 Pro narxi 550 dollarga teng.
|
fan va texnika
|
31
|
Nothing Phone 1 shaffof smartfonining narxi ma’lum qilindi
|
Nothing Phone 1 shaffof smartfonining 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotiraga ega versiyasining narxi 31 ming rupiy (398 dollar)ga teng bo‘ladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Android Authority portali xabar berdi. Nothing Phone 1 6,55 dyuymli OLED-displey bilan jihozlanishi kutilmoqda. Insayderlarning aytishlaricha, unga Snapdragon 778G Plus protsessori o‘rnatiladi. Nothing Phone 1 akkumulyatori sig‘imi 4500 mAsni tashkil etadi. Smartfon 50 Mp va 16 Mp bo‘lgan ikkita kamera bilan jihozlangan.Shaffof Nothing Phone 1 8/256 Gb va 12/256 Gb versiyalarda ham taqdim etiladi. Ularning narxi mos ravishda 410 va 462 dollarga teng bo‘ladi.Nothing Phone 1 taqdimoti 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
|
fan va texnika
|
32
|
Dunyoni o‘zgartirgan 10 ta avtomobil
|
Reytingga innovatsion yechimlarni taklif qilgan, yangi avtomobillar sinfini ochgan, inqilobiy dizayni bilan ajralib turgan yoki arzonligi va ishonchliligi tufayli mashhur bo‘lgan modellar kirgan. Shu tufayli ham ro‘yxatda juda arzon Trabant va Ford Mustang sportkari yonma-yon turadi. Reyting avtomobil sanoatining so‘nggi 100 yilini qamrab oladi.Forbes jurnaliga ko‘ra dunyoni o‘zgartirgan 10 ta avtomobil1. Ford Model T (1908)O‘rtahol sinf uchun hamyonbop bo‘lgan va seriyali tarzda ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk arzon avtomobil.«Tunuka Lizzi» nomi bilan tanilgan ushbu avtomobil Amerikaning Ford Motor Company kompaniyasi tomonidan 1908-1927 yillarda ishlab chiqarilgan. Bu millionlab seriyalarda chiqarilgan dunyodagi birinchi avtomobil edi.Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, Henri Ford yangi yengil avtomobilni o‘rtahol amerikaliklar uchun nisbatan arzon qilish orqali «Amerikani g‘ildiraklarga o‘tqazib qo‘ygan». Bunga innovatsiyalarni joriy qilish, qo‘lda yig‘ish o‘rniga konveyerdan foydalanish, avtomobil konstruksiyasini soddalashtirish, natijada tannarxni pasaytirish orqali erishildi.Model T 1908 yilda Amerika bozoriga 825-850 dollardan taklif etildi. Vaholanki, ko‘pchilik avtomobillarning narxi 1100-1700 dollar atrofida edi. 1916-17 yillarga kelib, tannarx pasaydi va avtomobilning narxi 350 dollarga tushdi.Model T dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ishlab chiqarilgan «butunjahon» avtomobilga aylandi. Xususan, Ford Motor Company filiallari Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Avstraliyada ochilgan edi.Hammasi bo‘lib 15 milliondan sal ko‘proq Ford Model T ishlab chiqarilgan.2. Volkswagen Beetle (1938)Dunyodagi eng ommaviy ishlab chiqarilgan avtomobil. U ixcham (kichik) avtomobillar uchun sifat standartiga aylandi.Volkswagen Käfer (nemischa Käfer – «Qo‘ng‘iz») – 1946 yildan 2003 yilgacha Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobil. Bu asosiy dizayni yillar davomida o‘zgartirilmagan holda ishlab chiqarilgan tarixdagi eng ommaviy avtomobildir. Jami 21,5 millionta «Qo‘ng‘iz» zavod konveyeridan chiqqan. Tarixda eng ko‘p sotilgan mashinalardan biri.Germaniyada Beetle 1970-yillarning o‘rtalariga qadar ishlab chiqarilgan, keyinchalik Lotin Amerikasidagi zavodlarga ko‘chgan. So‘nggi mashina 2003 yilda Meksikadagi zavoddan chiqib ketgan.3. Jaguar XK120 (1948 yil)Mutaxassislar uni dunyodagi eng chiroyli avtomobillardan biri deb hisoblashadi.Jaguar XK120 – 1948 yildan 1954 yilgacha Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan sport avtomobili. Seriyali avtomobilning maksimal tezligi 200,5 km/soat, maxsus tayyorlangani esa 219,83 km/soatni tashkil qilgan.Jaguar XK120 seriyali avtomobillar ichida eng tezkori bo‘lgan. 1951 yilda o‘tkazilgan 24 soatlik Le-Man poygasida birinchi o‘rinni egallagan.Jami 12078 ta Jaguar XK120 ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning 80 foizidan ortig‘i xorijga, asosan Amerikaga eksport qilingan.4. Trabant (1958)30 yil davomida Germaniya Demokratik Respublikasida (GDR) ishlab chiqarildi va Yevropadagi kommunistik lager mamlakatlari uchun «xalq avtomobili»ga aylandi.Trabant (nemischa Trabant – Sputnik) – Sharqiy Germaniyaning kichik avtomobillar brendi bo‘lib, Sachsenring Automobilwerke korxonasi tomonidan ommaviy ishlab chiqarilgan, GDR ramzlaridan biriga aylangan.Hammasi bo‘lib taxminan 3 millionta Trabant ishlab chiqarilgan, bu uni eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar qatoriga qo‘yadi. Trabant sotsialistik mamlakatlarga (asosan Chexoslovakiya, Polsha va Vengriya), shuningdek, bir qator kapitalistik mamlakatlarga – masalan, Gretsiya, Niderlandiya, Belgiya, Janubiy Afrika va hatto Buyuk Britaniyaga eksport qilingan.Ommaviy motorizatsiya muammosini hal qilish uchun mo‘ljallangan «xalq avtomobili» o‘ta hamyonbop, masalan, Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan GAZ-24 «Volga» avtomobilidan qariyb 3 barobar, VAZ-21011 avtomobilidan qariyb 2 barobar arzon bo‘lgan. Bu esa uni sotib olish uchun uzundan uzoq navbatlarni yuzaga keltirgan. Ba’zi xaridorlar uni qo‘lga kiritish uchun 10 yillab kutishgan.5. Porsche 911 (1964)Afsonaviy mashina, sport avtomobillarining standarti, Porsche brendining yuzi hisoblanadi.Porsche 911 (nemischa Neunelfer) — Germaniyaning Porsche AG kompaniyasi tomonidan 2 eshikli kupe yoki uning negizida kabriolet kuzovida ishlab chiqarilgan, 1964 yildan hozirgi kungacha turli modifikatsiyalarda chiqarilgan sportkar.911 modeli nisbatan arzonligi va yuqori quvvatga ega xususiyatlari tufayli jahon avtosportida eng ko‘p tarqalgan avtomobillardan biriga aylandi. Yillar davomida ralli bo‘yicha jahon chempionatlari, «Targa Florio» poygasi, 24 soatlik «Daytona», 12 soatlik «Sebring», 24 soatlik «Nyurburgring» kabi mashhur halqali poygalarda g‘olib bo‘lgan.6. Ford Mustang (1964)Qo‘shma Shtatlarda ushbu model bilan «mushaksimon avtomobillar», ya’ni dizayni xuddi mushaklar kabi bo‘rtib chiqqan sport kupelari davri boshlandi.Ford Mustang – bu Ford Motor Company tomonidan ishlab chiqarilgan mashhur Pony Car hisoblanadi. Amerikada bunday ibora bilan sportcha ko‘rinishda ishlab chiqarilgan, ammo yuqori quvvatli dvigatelga ega bo‘lmagan avtomobillar ataladi.Birinchi Mustang 1964 yilda konveyerdan chiqqan bo‘lib, hozirgi kunda uning 6-avlodi dunyo bo‘ylab kezmoqda. Ford kompaniyasining eng uzoq vaqtdan buyon ishlab chiqarilayotgan avtomobili hisoblanadi.Mustang sport kupelari va kabrioletlarining zamonaviy liniyasi sifatida yaratilgan bo‘lib, dastlab uzun kapot va qisqa paluba proporsiyasiga ega bo‘lgan. U avtomobilsozlikka yangi yo‘nalishdagi dizaynni taqdim qilgan. 2018 yil avgustiga kelib Ford 10 millioninchi Mustang konveyerdan chiqargan.7. AMC Eagle (1980)4 g‘ildiragi ham tortuvchi dunyodagi birinchi xetchbeklardan biri.AMC Eagle – American Motors Corporation (AMC) tomonidan 1979-87 yillarda ishlab chiqarilgan, o‘rta sinf uchun mo‘ljallangan yengil avtomobil.O‘sha paytda Eagle Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan 4 g‘ildiragi ham tortuvchi yagona yengil avtomobil edi. U katta yo‘llarda qulay va yomon yo‘llarda yaxshi harakatlanish imkonini beruvchi arzon avtomobil bo‘lgan.AMC Eagle birinchi krossover (yengil avtomobil va yo‘ltanlamas avtomobil o‘rtasidagi sinf) sifatida tanilgan. Ushbu sinf avtomobillarining peshqadami bo‘lgan. Jami 198 mingga yaqin Eagle ishlab chiqarilgan.8. Jeep Cherokee (1974)Dunyodagi birinchi o‘rta o‘lchamli, o‘rtacha narx kategoriyaga ega bo‘lgan yo‘ltanlamas.Jeep Cherokee – 1974 yildan 1983 yilgacha Amerikada ishlab chiqarilgan SUV (sport utility vehicle) yo‘ltanlamas toifaga kiruvchi, ammo asosan shaharda va asfalt yo‘lda foydalaniladigan avtomobil.Uning birinchi avlodi AQSh va Avstraliyadagi zavodlarda ishlab chiqarildi, shu sababli, avtomobillarning aksariyati ushbu davlatlarda tarqalgan.Jeep Cherokee ijobiy xususiyatlari orasida keng salon, kuchli dvigatel, mustahkam ramka tuzilishi va harakatlanish imkoniyatining yuqori ekanini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ammo uning yoqilg‘i sarfi yuqori ekani – kamchiliklaridan biri bo‘lgan. Jeep Cherokee amerika oilalarining sevimli avtomobillaridan biriga aylangan.9. Dodge Caravan (1984)Dunyodagi birinchi miniven.Dodge Caravan – Chrysler tomonidan 1984-2020 yillarda ishlab chiqarilgan minivenlar seriyasidir.Miniven (inglizcha minivan — «kichik furgon») — bitta hajmdagi kuzovga va kapotsiz yoki 1,5 hajmdagi kompanovkaga, uch qatorli o‘rindiqlarga ega yengil avtomobil. Odatda 8 ta o‘rindiqdan oshmagan.Dodge Caravan yo‘lovchi va yuk tashuvchi furgon sifatida taqdim etilgan. 1984 yildan beri butun dunyo bo‘ylab 15 millionga yaqin shunday miniven sotilgan.10. Toyota Prius (2000 yil)Ommaviy ravishda ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk gibrid avtomobil. Eng ko‘p sotilgan ekologik toza avtomobillardan biri.Toyota Prius 1997 yildan beri Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Benzin va elektr dvigatellari bilan jihozlangan dunyodagi birinchi gibrid yengil avtomobilidir. Model nomidagi lotincha Prius so‘zi «birinchi, dastlabki» deb talqin qilinadi.Avtomobilda zararli chiqindilarning darajasi past, shuningdek, yoqilg‘ini kam sarf qiladi. Ekologik tozaligi va dizaynining o‘ziga xosligi tufayli ko‘plab mukofot va sovrinlarga sazovor bo‘lgan. Yaponiyada, Shimoliy Amerika va Yevropada yilning eng yaxshi avtomobili sifatida tan olingan.Muhim jihati shundaki, Prius elektr energiya bilan quvvatlantirilmaydi, unga faqat benzin quyiladi. Kerakli elektr energiyani avtomobilning o‘zi ishlab chiqaradi. Uning gibrid tortish uskunasi shunday qurilganki, benzin dvigateli va elektromotor avtomobil g‘ildiraklari bilan bog‘lanib, eng samarali rejimda ishlaydi. Natijada, yoqilg‘i juda kam sarflanadi. Prius tom ma’noda avtomobilsozlikda inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan.Nurmuhammad Said tayyorladi.
|
fan va texnika
|
33
|
Avstraliyada Samsung chalg‘ituvchi reklama bergani uchun 10 mln dollar jarimaga tortildi
|
Samsung kompaniyasi Galaxy smartfonlarining suv o‘tkazmasligi to‘g‘risida chalg‘ituvchi reklama bergani uchun 9,7 mln dollar jarima to‘laydi. Bu haqda Avstraliya raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi ma’lum qildi. Komissiyaning bildirishicha, Samsung 2016 yil mart va 2018 yil oktyabri oralig‘ida kompaniya smartfonlaridan basseyn va dengizda cho‘milayotganda foydalanish mumkinligi aytilgan to‘qqizta reklama materiali chiqargan. Reklama kampaniyalari Facebook, Twitter, Instagram tarmoqlarida, kompaniya sayti va do‘konlarda o‘tkazilgan. Nazorat organi smartfondan suvda foydalanilganidan so‘ng muammolar paydo bo‘lgan yuzlab iste’molchilarning shikoyatlarini o‘rganib chiqqan. Ayrim holatlarda qurilmalar butunlay ishlamay qolgani aytilgan.Kompaniyaning Avstraliyadagi bo‘linmasi smartfonlar basseyn yoki dengiz suviga solinganida ularning quvvatlagich tirqishi korroziyaga uchrashi va ishdan chiqishini tan olgan.Qayd etilishicha, muammo Samsung Galaxy S7, S7 Edge, A5 (2017), A7 (2017), S8, S8 Plus va Note 8 smartfonlari bilan bog‘liq.
|
fan va texnika
|
34
|
Mercedes-Benz elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda
|
Mercedes-Benz kompaniyasi eActros LongHaul deb nomlangan elektr yuk mashinasini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.Yangi model litiy-temir-fosfat unsurlar asosida tayyorlangan batareya bilan jihozlanadi. Akkumulyator yarim soat ichida 20 foizdan 80 foizga quvvatlanadi.Og‘irligi 40 tonna bo‘lgan yuk mashinasi bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometrgacha yo‘l yurishi mumkin.Mercedes-Benz eActros LongHaul prototipi premerasi sentabr oyida Hannoverda bo‘lib o‘tadigan IAA Transportation ko‘rgazmasida namoyish etiladi. U 2023 yilda yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi, 2024 yildan esa turkum ishlab chiqarish boshlanadi.
|
fan va texnika
|
35
|
Ilmiy tarjimalarsiz rivojlanish bo‘lmaydi
|
100 mingga yaqin talabalarimizni o‘sha-o‘sha, ma’nan eskirgan kitoblar kutib turibdi. Bu ahvolda rivojlanish bo‘lmaydi.Uchinchi renessans dedik... Milliy g‘oya sifatida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman, ammo bu iborani urinish-harakatlarsiz ishlatish uning me’daga tegishi va alal-oqibat xonavayron bo‘lishiga olib keladi. Samara so‘zda emas, amalda. Rivojlanish esa ilmsiz bo‘lmaydi, ilm esa zamon talabiga javob beradigan kitoblarda.Ajdodlarimiz internet tugul, bosmahonalar ham yo‘q bo‘lgan davrda kitoblarni tarjima qilishni qoyillatishgan. Bu borada “Xalq so‘zi” gazetasida yaqinda chiqqan bir maqolada o‘qib qoldim:“Baytul hikmada 40 dan ortiq tarjimonlar qadimgi yunon tilidan, 14 nafar tarjimon sanskrit tilidan, 4 nafar tarjimon Xitoy tilidan ilmiy, tibbiy va falsafiy asarlarni arabchaga o‘girgan. Bundan tashqari, lotin, suryoniy, ibroniy tillardan tarjimonlar bo‘lgan. Ilmiy haqiqat diniy mansublikdan ustun qo‘yilgan. Bu asar majusiylarniki, bunisi kofirlarniki deb inkor qilinmagan. Ajdodlarimiz til o‘rganib, ilm ortidan dunyoni kezgan. Mahdudlik qobig‘iga o‘ralib qolmagan, turg‘unlik, mahalliychilik ularga yot bo‘lgan”.Demak, Islom Renessansining asosida inson zoti uchun foydali ilmlarning keng qabul qilinishi va asarlarning ommaviy ravishda tarjimasi yotgan ekan. Ajdodlarimiz qiyinchiliklarga qaramay 50 dan ortiq tarjimonlarni bir joyga yig‘ib, ularni jahonning eng muhim asarlarini tarjima qilish ishiga yo‘naltirgan ekanlar. Keyinchalik ushbu asarlar G‘arbga qayta eksport qilinib, Oksford va Kembrij kabi universitetlarda darslik sifatida o‘qitilgan. Ular ushbu asarlarni o‘rganib, ular asosida o‘zlarining yangi asarlarini yozishgan va yozishmoqda – ilmni rivojlantirishgan.Bizdachi, 21 asr kelib, resurs va imkoniyatimiz borligiga qaramay:Natijada O‘zbekistonda oliy ta’lim olayotgan yoshlar ma’nan eskirgan kitoblarni o‘qishyapti, eski qobiqqa o‘ralib qolishyapti.Buning achinarli natijasini tan olaylik.Bir misol – ilm dargohlarimizda rus tilida ta’lim oladigan va o‘zbek tilida ta’lim oladigan yoshlar o‘rtasida farq katta!Rus tili guruhlarida talabalarning fikrlashlari teran, jonli, o‘zlari tashabbuskor, milliy guruhlardagilar esa tor qobiqqa o‘ralgan, jonsiz, yuragida cho‘g‘i yo‘q. Vaholanki ular universitet ta’limini deyarli teng ilmiy darajada boshlashadi (aslida milliy guruhlar kirish ballari yuqoriligi uchun kuchliroq bo‘lishadi).Sababi oddiy: rus tili guruhidagilar Rossiya va Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlarda chop etilgan, nisbatan sifatli darsliklar va rus tilidagi boy internet ma’lumotlariga milliy guruhlardan ko‘ra ochiq bo‘lishadi, ularni ko‘p o‘qishadi. Ya’ni milliy guruhlardagi talabalar (asosiy kontingent) o‘qiydigan kitoblardan ko‘ra ko‘p va o‘ta boy manbalardan foydalangani sababli rus tili guruhlaridagi talabalarning darajasi ham tabiiy ravishda yuqori bo‘ladi, davlat tilida ta’lim olayotgan universitet talabalari qo‘shimcha manbalar bilan ishlashda juda qiynalishadi.Men uchun shaxsan bu alamli holat… Mas’ullar bunga hamon beparvo.Dunyo tajribasi qanday?Taniqli hamyurtimiz, matematik olim Erkinjon Karimov, o‘zinig “Marifat” gazetasida chiqqan maqolasida quyidagilarni aytgan:“2013 yilda Xitoyda ilmiy safarda bo‘ldim. Universitet talabalarining qo‘lida xitoy tilida yozilgan, dunyo bo‘yicha tan olingan darslik, monografiyalarni ko‘rib dastlab hayron bo‘ldim. Shuncha kitobni (aksariyati 600–700 betli) tarjima qilib chiqishga qancha resurs sarflanganini tasavvur qildim. Bunday tarjimalar natijasida xitoy tili ham ilmiy terminlarga boyigani shubhasiz. Asosiysi, chet tillarini yaxshi o‘zlashtirmagan talabalarda ham sifatli kontent bilan o‘z tilida tanishish imkoniyati borligidir”.Yechim nimada?Umumiy yechim – “dunyodan o‘rganish” rejimiga o‘tishimiz lozim. O‘zbekiston ta’lim tizimi yetti uxlab tushiga kirmagan boy ilmiy kontent tarjimasini kutib yotibdi. Biz chet eldan to‘xtovsiz ichkariga bilim tashishimiz darkor.Qilinishi kerak bo‘lgan harakatlar:1) Ilmiy adabiyotlar tarjimasi milliy dasturini joriy etish kerak. Unga har bir sohadan 2 nafardan jami 100 nafar mutaxassisni ishga yollab, 3-5-8 yillik dasturlar doirasida kamida 1000 ta kitob tarjimasi loyihasini amalga oshirish kerak. Ayniqsa, tibbiyot, geologiya, fizika, biologiya, ximiya kabi aniq fan sohalariga alohida e’tibor berish kerak.2) Hozirgacha bo‘lgan tajribamdan shuni aytishim mumkinki, yaxshi bir kitobning xorij nashriyotidan intellektual mulk huquqini sotib olib, bir necha ming nusxada chop etishga ko‘pi bilan 10 000 AQSh dollari ketadi. Aniq fanlarga doir kitoblar uchun ko‘proq mablag‘ talab etilishi ham mumkin. Demak, 10-20 million AQSh dollari evaziga bunday loyihani amalga oshirsa bo‘ladi.3) Hozirda fan tili – ingliz tili, shu sababli ilmiy maqolalar, monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining aksariyati ingliz tilidadir. Shuningdek, fransuz, nemis va rus tillarida ham ilmiy kontent ko‘p. Soha mutaxassislari va chet eldagi olim vatandoshlar bilan hamkorlikda 1-2 oy ichida kerakli kitoblar ro‘yxatini osonlik bilan shakllantirish mumkin. Keyin esa tarjimaga yeng shimarish lozim.4) Inglizcha – O‘zbekcha, Nemischa -O‘zbekcha, Yaponcha – O‘zbekcha, Fransuzcha – O‘zbekcha katta lug‘atlarni eng yangi va keng qamrovli ko‘rinishda tuzib chiqish lozim. Hozir bunday lug‘atlar deyarli yo‘q. Bunga uzog‘i bilan bir-ikki yil sarflash kerak. Hamda tez va sifatli ishlash kerak.Agar ish tizimli tashkil qilinsa, 8 yil ichida 1000 kitobni bemalol ona tilimizda o‘qishga muyassar bo‘lamiz. Bu ilm-fan rivojini keskin kuchaytirib yuborishiga aminman.Yechim bo‘lmaydigan yechimlarQuyidagi uslubni qo‘llagandan qo‘llamagan afzal:Tegishli vazirliklar universitetlarga bir tomonlama buyruq berishadi, “kitob tarjima qilinglar” deb, bu uslub ishlamagan va ishlamaydi ham. Sababi oddiy: ishi shundoq ham ko‘p professor-o‘qituvchilarning bunday ishlarga toqati ham, imkoni ham va ba’zan qobiliyati ham yo‘q. Universitet rektorlarida hech qanday moddiy va logistik imkoniyat yo‘q bunga.Alohida dastur kerak.Dastur doirasida tarjimaga jalb qilinadigan professor-o‘qituvchilarga kerakli ta’til va taqdirlashlar joriy qilinmog‘i kerak. Har bir kitob uchun mas’ul tarjimon-professorga 6-8 oylik ta’tillar berish lozim.Qayta ta’kidlayman – barchasini universitetlar va kafedralarga tashlab qo‘yish – katta mas’uliyatsizlik.Oliy ta’lim vazirligi, Innovatsiyalar va boshqa tegishli vazirliklar bu borada dunyodagi mashhur nashriyotlar bilan umumiy katta shartnomalar tuzib, litsenziyalarni olish va kerakli sonda yurtimizda nashr etilib chiqarilishi bo‘yicha barcha ishlarni tashkillashtirishi lozim.So‘ngso‘z o‘rnidaBir paytlar yurtimizda sodir etilgan Renessans nimaga tayanganini bildik. Uni takrorlamoqchi bo‘lsak, xususan o‘sha – bir paytlar qilingan ish – kitoblar tarjimasidan boshlashimiz kerak.Bu – umummilliy vazifa.Oliy ta’lim vaziri roppa-rosa bir yil oldin aniq fan sohalari bo‘yicha kitoblarni tarjima qilish masalasini ko‘tarib chiqqandi. Ammo undan keyin aniq bir harakat, loyiha ishlab chiqilmadi. Umid qilamanki, berilgan va’da bir katta loyihaga aylanadi. Aks holda sifatsiz kadr chiqarishda davom etamiz.Alisher Umirdinov,Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori,
huquq fanlari doktori
|
fan va texnika
|
36
|
Audi Hindistonda elektr rikshalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
|
Audi kompaniyasi Nunam nemis-hind startapi bilan hamkorlikda Hindiston uchun elektr rikshalar ishlab chiqarishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, rikshalarga e-tron elektromobillarining eski akkumulyatorlari o‘rnatiladi. Elektr rikshalarni quvvatlantirish uchun quyosh batareyalari o‘rnatilgan maxsus stansiyalar quriladi. Audi mutaxassislari elektr rikshalarning uchta prototipini ishlab chiqqan. Rikshalarni sinovdan o‘tkazish 2023 yili boshlanadi.
|
fan va texnika
|
37
|
Telegram'ning “pulli” versiyasi va devor ortini “ko‘ruvchi” radar – hafta texnodayjesti
|
Telegram'ning premium versiyasiTelegram asoschisi Pavel Durov messenjerning avval e’lon qilingan qilingan pulli versiyasi taqdim etilishini ma’lum qildi.Hozircha Telegram Premium'ning obuna narxlari va qanday imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida rasman ma’lumot berilmadi. Internetda tarqalgan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, premium versiyaning taxminiy narxi bir oyga 5 dollarni tashkil qilishi mumkin.Durov foydalanuvchilar asosiy prioritetda qolishi uchun Telegram asosan reklama beruvchilar tomonidan emas, balki foydalanuvchilar tomonidan moliyalashtirilishi kerak, deb hisoblashini bildirgan.Shuningdek, ayni vaqtda ishlab turgan barcha funksiyalar bepul bo‘lib qoladi.Devor ortini “ko‘ruvchi” radarIsroilning Camero-Tech kompaniyasi devorlarning ortidagi obektlarni ham kuzatish imkonini beradigan yangi avlod portativ, yuqori samarali tasvir tizimini ishlab chiqdi.Ta’kidlanishicha, “Xaver 1000” radari harbiy kuchlar, huquqni muhofaza qilish idoralari, razvedka bo‘linmalari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchilarga ko‘plab yangi imkoniyatlar taqdim qiladi.Innovatsion qurilma sun’iy intellektga asoslangan tizim asosida ishlaydi va devor ortidagi odamning tana a’zolarigacha farqlay oladi.“Xaver 1000” 10,1 dyuymli sensorli ekran orqali boshqariladi, oddiy foydalanuvchi interfeysi bilan jihozlangan va olingan ma’lumotlarni yozib olish xususiyatiga ega.Tunda ishlatishga mo‘ljallangan smartfon20 megapikselli tungi kamera va termal tasvirlash xususiyatiga ega yangi Doogee S98 Pro taqdim qilindi. FHD+ displeyi bilan jihozlangan va Corning Gorilla Glass oynasi bilan himoyalangan smartfon yorug‘lik kam bo‘lgan holatlarda foydalanish uchun bir qancha qulayliklar beradi. Smartfonning texnik tavsifi quyidagicha:Akkumulyator: 6000 mA·s, 33 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud;Operatsion tizim: Android 12;Xotira: 8 GB tezkor, 256 GB ichki;To‘rtta navigatsiya tizimi: BeiDou, GLONASS, GPS va Galileo’ni qo‘llab-quvvatlaydi.Ishlab chiqaruvchilar tomonidan "o‘zga sayyoraliklardan ilhomlangan smartfon" deya ta’riflanadigan gadjet turli onlayn platformalarda sotuvga chiqarilgan.Birlashgan Yevropa uchun yagona standartYevropa Ittifoqi barcha gadjetlar uchun zaryadlovchi qurilmalarning yagona standartiga o‘tadi.Qayd etilishicha, 2024 yilning kuziga kelib, USB Type–C Yevropa Ittifoqidagi barcha mobil telefonlar, planshetlar va kameralar uchun umumiy zaryadlash portiga aylanadi.Bu iste’molchilarga yiliga 250 million yevro (267 million dollar) tejash imkonini beradi. Ushbu taklif rasman kuchga kirishi uchun Yevroparlament va Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat tomonidan ma’qullanishi kerak.Shuningdek, noutbuk ishlab chiqaruvchilarga yangi qoidalar kuchga kirganidan keyin moslashtirish jarayoni uchun 40 oy vaqt beriladi.Avvalroq, Apple kelajakdagi iPhone modellarini USB-C tirqish bilan jihozlashni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. “Aqlli” uzukGucci brendi Finlandiyaning Oura Health kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan Oura Ring “aqlli” uzugini taqdim qildi.Gadjet vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan Gucci x Oura Ring qora qoplamali titandan yasalgan va 18k sariq oltin bilan bezatilgan.Aqlli uzukning ichki yuzasida tana harorati, yurak urishi, nafas olish tezligi, faollik darajasi, uyqu sifati va foydalanuvchi tanasining boshqa parametrlarini kuzatuvchi bir nechta datchiklar mavjud. Yig‘ilgan ma’lumotlar xususiy smartfon ilovasiga yuboriladi va o‘sha yerda ularni tahlil qilish mumkin.Gucci x Oura Ring 950 dollarga baholanmoqda.Saratonga qarshi yangi doriAQSh tadqiqotchilari saratonga qarshi kurashuvchi yuqori samarador preparat yaratishdi.Yangi dori tadqiqotchilarni o‘ta xavfli kasallikka qarshi qanchalik samarali ekanligi bilan hayratda qoldirdi, chunki u klinik sinovning har bir a’zosini deyarli davolagan.Tadqiqot ostidagi barcha bemorlarda kimyoviy terapiya qo‘llanmasdan remissiya yuz bergan, ularning organizmidagi saraton hujayralari aniqlab bo‘lmaydigan darajagacha kamaygan. Bunaqasi saratonni davolash tarixida ilk marta ro‘y bermoqda.Bir quvvatlashda 45 kun ishlaydigan smart soat"Huami" va "Xiaomi" kompaniyalari hamkorlikda 45 kunlik batareya quvvatiga ega bo‘lgan Amazfit T-Rex 2 “aqlli” soatini namoyish etishdi.Smart soatning og‘irligi 66,5 grammga teng bo‘lib, 1,39 dyuymli AMOLED-ekrani bilan jihozlangan. 500 mA/s sig‘imli akkumulyatori 24 kungacha odatiy rejimda ishlay olish imkoniyatini beradi. Quvvatni tejash rejimida esa batareyaning ishlash muddati 45 kungacha yetadi.Amazfit T-Rex 2 31 maydan boshlab Xitoyda sotuvga chiqarilgan.
|
fan va texnika
|
38
|
Telegram tez orada yangi funksiyalarga ega premium versiyani taqdim etadi
|
Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerning avval ma’lum qilingan pulli versiyasi taqdim etilishini ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer ishga tushgach, deyarli 9 yildan buyon foydalanuvchilar uchun boshqa messenjerlardan ko‘ra ko‘proq imkoniyat va resurslar berib kelmoqda.“Ayni kunlarda chatlar, multimedia va fayllarni yuklash bo‘yicha biz o‘rnatgan cheklovlar (limitga) yetadigan boshqa raqib (boshqa messenjer) yo‘q. Shunga qaramay, ko‘pchilik mazkur cheklovlarni oshirishni iltimos qildi. Muammo shundaki, agar biz hamma uchun barcha cheklovlarni olib tashlasak, serverlar va trafik uchun sarflaydigan xarajatlarimiz boshqarib bo‘lmaydigan holatga keladi. Oqibatda esa bazm (bepul Telegram'ning o‘zi nazarda tutilmoqda – tahr.) hamma uchun tugagan bo‘lardi.Eng talabchan foydalanuvchilarimiz uchun mavjud funksiyalarni saqlab qolgan holda ko‘proq narsaga ega bo‘lishning yagona yo‘li – pulli obuna orqali limitni oshirish ekanini tushundik. Shu sababli, bu oyda biz xohlagan kishi obuna bo‘la oladigan Telegram premium obuna rejasini taqdim qilamiz. Unda tezlik, resurslar va boshqa qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkoni bo‘ladi”, – deya yozdi Durov o‘z kanalida.Messenjer asoschisi ayni vaqtda ishlab turgan barcha funksiyalar bepul bo‘lib qolishi, unga ko‘plab qo‘shimcha yangi funksiyalar qo‘shilishini bildirgan.Durovning aytishicha, foydalanuvchilar maxfiyligini saqlagan holda turli kanallarda berilayotgan reklamalar o‘ylanganidan ham ko‘ra yaxshiroq o‘zini oqlagan. Lekin, Durov foydalanuvchilar asosiy prioritetda qolishi uchun Telegram asosan reklama beruvchilar tomonidan emas, balki foydalanuvchilar tomonidan moliyalashtirilishi kerak, deb hisoblashini bildirgan.Hozircha Telegram Premium'ning obuna narxlari va qanday imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida rasman ma’lumot berilmadi. Internetda tarqalgan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, premium versiyaning taxminiy narxi bir oyga 5 dollarni tashkil qilishi mumkin.To‘lovdan so‘ng foydalanuvchilarda quyidagi yangi imkoniyatlar bo‘lishi aytilmoqda:Shuningdek, bunday foydalanuvchilarga Telegram tomonidan taqdim qilinayotgan reklamalar ko‘rsatilmaydi va boshqa funksiyalar ham bo‘lishi mumkin.
|
fan va texnika
|
39
|
Starlink O‘zbekistonga kirmoqchi. U taklif qilayotgan internet narxlari qanaqa?
|
Yaqinda Starlink rasmiy saytida loyiha doirasida sun’iy yo‘ldosh internetining ishga tushish hududi va vaqti aks etgan xarita e’lon qilindi. Unda ko‘rsatilishicha, loyiha O‘zbekistonda 2023 yildan ishlay boshlaydi.May oyida Starlink loyihasiga egalik qiluvchi SpaceX kompaniyasi vakili fazoviy texnologiyalar bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Toshkentga kelgan edi. AKT vazirligi va “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari u bilan uchrashuvda kompaniya va Starlink loyihasini O‘zbekistonga taklif qilgandi.Loyiha qachon ishga tushishi, qanday ishlashi, O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetidan nimalarni kutish mumkinligi, internet narxi qancha bo‘lishi kabilar hozircha noma’lum.O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirish rejalarini kechiktirgan2018 yilda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishi, bu mamlakatdagi “hayotni birdaniga o‘zgartirib yuborishi”, xususan internet tezligi oshishini aytgandi. Ammo shundan keyin bu yo‘nalishda deyarli yangilik bo‘lgani yo‘q.2022 yil martida “O‘zbekkosmos” direktori Shuhrat Qodirov aytdiki, sun’iy yo‘ldosh orqali olinadigan internet ancha sekin va katta mablag‘ talab qilgani uchun uni uchirish unchalik foydali emas. Qodirovning fikricha, O‘zbekistonda optik tolali internetni kengaytirish samaraliroq.5 yil oldingi gaplar amalga oshmay qolgani, yangi bayonotda esa O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishi hozir kun tartibida emasligi tasdiqlanganidan kelib chiqsak, Starlink interneti mamlakat telekommunikatsiya tarmog‘ini yangi bosqichga chiqarish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.Starlink interneti narxi va o‘zbekistonliklar cho‘ntagiOokla kompaniyasining Speedtest servisi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda mobil bo‘lmagan (Fixed Broadband) eng tez internet aloqasi Singapurda – soniyasiga 207,6 Mbit. O‘zbekiston bu borada 39,7 Mbit/soniya tezlik bilan 84-o‘rinni egallab turibdi.Starlink interneti loyihasi esa 500 Mbit/soniyagacha internet tezligi taklif qilyapti. Demak, bu – hozir eng yuqori tezlikdagi mobil internetdan ham kamida 2 barobar tez.Biroq yuqori tezlikdagi internetdan bahramand bo‘lishni hammaning ham cho‘ntagi ko‘tarmaydi. Sun’iy yo‘ldoshli internet qurilmalari paketini xarid qilish va oylik abonent to‘lovini to‘lab borish lozim. Starlink taklif etayotgan tariflar quyidagicha:Ko‘rinib turibdiki, tariflar arzon emas, shu bilan birga, sifatli internet narxlarini biznes uchun haddan tashqari qimmat deb bo‘lmaydi.Butun sayyoraga – tezkor internetStarlink loyihasi orbitaga 12 mingdan 30 mingtagacha sun’iy yo‘ldosh olib chiqib, Yerni 3 qator bo‘lib o‘rab olishni maqsad qilgan. Va u butun dunyoga sifatli internet yetkazib berishi kerak.Loyiha 2019 yilda ishga tushgan va 2022 yil may holatiga ko‘ra, Yerning quyi orbitasiga 2400 ta kichik sun’iy yo‘ldoshlar olib chiqilgan.Loyiha saytida yozilishicha, Starlink kabelli internetdan ancha tezroq ishlaydi va ko‘proq hududlarni qamrab oladi. An’anaviy sun’iy yo‘ldoshlar sayyoradan 35 ming kilometr uzoqlikda bo‘lsa, Mask taklif etayotgan Starlink Yerdan 550 kilometr uzoqlikda va shuning uchun ham u boshqa sun’iy yo‘ldoshlardan ancha tezroq ishlaydi.
|
fan va texnika
|
40
|
Eng ommabop smartfonlar va AQShning gipertovushli quroli – hafta texnodayjesti
|
Eng ommabop smartfonlarIDC tahlilchilari 2022 yilning birinchi choragida dunyo miqyosida eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi.Top beshtalikdan quyidagi qurilmalar o‘rin olgan:1. iPhone 132. iPhone 13 Pro Max3. Samsung Galaxy A124. iPhone 13 Pro5. Samsung Galaxy A32Sotilgan smartfonlarning umumiy soni va har bir modelning bozordagi ulushi oshkor qilinmagan.Apple ham USB-C tirqishga o‘tmoqchiApple kelajakdagi iPhone modellarini USB-C tirqish bilan jihozlashi mumkin. Shuningdek, Lightning ulagichi uchun mo‘ljallangan aksessuarlarning kelajakdagi smartfonlar bilan ishlashiga imkon beruvchi USB-C adapteri ham ishlab chiqariladi.Yangi smartfonlarni USB-C’ga o‘tkazish 2023 yildan boshlab amalga oshirilishi kutilmoqda.Qayd etilishicha, kompaniyaning bunday qaror qabul qilishiga ikkita sabab bor: qurilmalarni tezroq zaryadlash imkoniyatini yaratish va Yevrokomissiya tomonidan qabul qilingan USB-C’ni smartfonlar va boshqa qurilmalar uchun yagona zaryadlash portiga aylantirishni ko‘zda tutuvchi qaror.Apple Lightning ulagichlaridan butunlay voz kechishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.Solar City mikroavtomobiliGollandiyaning Squad Mobility startapi o‘zining birinchi elektromobili – Solar City Car’ni taqdim etdi. Elektromobilning tashqi ko‘rinishi golf mashinasiga o‘xshab ketadi. Orqa tomoniga o‘rnatilgan bir juft elektr motorning umumiy quvvati 2 kVt. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu elektromobilga 45 km/soat tezlikda harakatlanish va taxminan 100 kilometr masofani bosib o‘tish imkoniyatini beradi.Ta’kidlanishicha, Solar City Car 2023 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlanadi va narxi 6,5 ming dollarni tashkil etadi.TikTok’ga o‘yin o‘ynash funksiyasi qo‘shiladiTikTok ilova ichida o‘yinlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu funksiyaning qo‘shilishi reklamadan keladigan daromadning oshishiga va foydalanuvchilarning ko‘proq vaqt davomida platformada bo‘lishiga yordam beradi.Manbalarga ko‘ra, sinov Vetnamda HTML5 minio‘yinlari bilan amalga oshirilmoqda. Bu mazkur mamlakatda 35 yoshgacha bo‘lganlar ulushining yuqoriligi va texnik savodxonlik ko‘rsatkichlarining balandligi bilan izohlangan. Kelajakda esa kompaniya asosiy e’tiborini ByteDance tomonidan ishlab chiqilgan o‘yinlarga qaratmoqchi.Qayd etilishicha, o‘yinlardan tushgan daromad platforma va ishlab chiquvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.AQSh gipertovushli qurol sinovini o‘tkazdiAQSh harbiy-havo kuchlari AGM-183A ARRW (Air-Launched Rapid Response Weapon) gipertovushli raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi. «Samolyotdan ajralib chiqqanidan so‘ng, ARRW bloki kutilgan vaqt davomida yonib turdi va tovush tezligidan besh barobar yuqori gipertovush tezligiga yetdi», — deyiladi bayonotda.AQSh gipertovushli qurollarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan yagona davlat emas, ularning tezligi va harakati kuzatish hamda tutib olishni qiyinlashtiradi, deb yozadi Reuters agentligi. Suv ostidagi internet kabellaridan zilzilalarni aniqlashda foydalanilishi mumkinDengiz tubi orqali o‘tgan internet kabellaridan zilzilalar va sunamilarni aniqlashda, shuningdek iqlim o‘zgarishining okean oqimlarini qanday o‘zgartirishini kuzatib borishda foydalanish mumkin.Buyuk Britaniyaning Milliy fizika laboratoriyasi (NPL) olimlari Buyuk Britaniya va Kanada o‘rtasidagi optik tolali aloqa kabellarida sinov tajribasini o‘tkazishgan.«Yer yuzasining 70 foizi suvdan iborat, ammo barcha seysmik stansiyalar quruqlikda, chunki dengiz tubiga doimiy sensorlarni o‘rnatish juda qiyin va qimmat», deydi NPL xodimi Juzeppe Marra.
|
fan va texnika
|
41
|
“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti
|
Oq-qora ekranli smartfonXitoyning Hisense kompaniyasi 6,1 dyuymli E-Ink-displeyga ega A9 smartfonini namoyish etdi. Uning narxi 1800 yuan (265 dollar) deb baholangan.Hisense A9 smartfonida asosiy ekran sifatida elektron siyohli (E-Ink) ekrandan foydalanilgan. Bunday ekranlarga quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turganida ham ko‘rish darajasi yomonlashmaydi. Bundan tashqari, E-Ink-displeylar IPS yoki OLED ekranlarga nisbatan kamroq energiya sarflaydi. Smartfon 13 Mp asosiy va 5 Mp orqa kamera bilan jihozlangan, yon tomonida esa barmoq izlari skaneri joylashgan.Hisense A9ga Qualcomm Snapdragon 662 chipi o‘rnatilgan, uning doimiy xotirasi 128 GB, tezkor xotirasi esa 4 yoki 6 GB.Smartfonning akkumulyatori sig‘imi 4000 mAsga teng.iPod ishlab chiqarish to‘xtatiladiApple kompaniyasi iPod ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida e’lon qildi. Qayd etilishicha, qurilma sotuvi omborlar va do‘konlarda zaxiralar tugagunga qadar davom etadi.«Pleyer o‘z vaqtida yo‘lda musiqa tinglash uchun chiqarilgandi, biroq hozirda bu funksiya amalda barcha Apple qurilmalari, xususan, telefonlar, aqlli soatlar va planshetlarda ham mavjud», deyiladi kompaniya xabarida.Ma’lumot uchun, dastlabki iPod 2001 yilda paydo bo‘lgan. U qora va oq ekran, 5 Gb xotira va g‘ildirak ko‘rinishidagi mexanik boshqaruv tugmalariga ega bo‘lgan. Keyinroq Apple pleerning bir nechta versiyalarini chiqardi. Qurilma raqamli musiqa do‘konlari ommalashishiga katta hissa qo‘shgan. Dastlabki iPod chiqarila boshlangandan ikki yil o‘tgach, iTunes do‘konidan o‘n millioninchi qo‘shiq yuklab olingan.Qora tuynuk tasviriEvent Horizon Telescope (EHT) astronom va olimlar jamoasi birinchi marta Yer sayyorasi joylashgan Somon yo‘li galaktikasi markazidagi o‘ta massiv qora tuynuk Sagittarius A tasvirini e’lon qildi.Qayd etilishicha, odamlar olingan tasvir orqali qora tuynukning o‘zini ko‘ra olmaydi, chunki u mutlaqo qorong‘i. Faqatgina uning atrofidagi nur sochuvchi gazning o‘ziga xos alomatini ko‘rish mumkin.«Halqaning kattaligi Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi taxminlariga qanchalik mos kelishidan hayratda qoldik. Bu misli ko‘rilmagan kuzatishlar galaktikamiz markazida sodir bo‘layotgan jarayonlar haqidagi tushunchamizni ancha yaxshiladi», — deydi olim Jyeffri Bauer.Sagittarius A Yerdan taxminan 27 ming yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Qora tuynuk diametri Quyosh diametridan qariyb 17 marta katta hamda undan to‘rt million marta og‘ir.Qozog‘istonda turk dronlari ishlab chiqariladiQozog‘istonda Turkiyaning ANKA zarba beruvchi dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Türk Havacılık ve Uzay Sanayi AŞ (TUSAŞ) aerokosmik kompaniyasi xabar berdi.Qozog‘iston delegatsiyasining Anqaraga tashrifi doirasida TUSAŞ va Kazakhstan Engineering kompaniyalari o‘rtasida Qozog‘istonda ANKA dronlarini ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.Dronlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari ham Qozog‘istondagi qo‘shma korxonada olib boriladi.Qozog‘iston ANKA dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan birinchi xorijiy davlat bo‘ladi.“Piyoda yuradigan” mashinaHyundai UMV yoki Ultimate Mobility Vehicles deb ataladigan bir nechta piyoda yuradigan transport vositalari konsepsiyasi ustida ishlamoqda.Shu maqsadda kompaniya Bozmandagi universitetda taxminan 20 million dollarga yangi tadqiqot markazi quradi. Markaz qadam tashlab yuradigan avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ta’kidlanishicha, robotga o‘xshash yangi transport to‘rtta elektr g‘ildirak bilan jihozlanadi, ularning har biri bo‘g‘imli «oyoq»larga o‘rnatiladi. Ular har qanday yo‘nalish va sharoitda egilish, ko‘tarilish va qayrilishni biladi. To‘siqlardan oshib o‘tishi, qiyin cho‘qqilarga chiqishi va tushishi mumkin. Avtomobil to‘liq avtonom tartibda ishlaydi, shuning uchun uning salonida yo‘lovchilarga joy yo‘q.iPhone 14 Maxʼning xususiyatlariiPhone 14 Max joriy yilning kuz faslida sotuvga chiqarilishi reja qilingan. Manbaning yozishicha, smartfon 2248 x 1284 pikselli va 6,68 dyuymli OLED-displey bilan jihozlanadi. Shuningdek, A15 Bionic bir chipli tizimi asosida ishlab chiqariladi hamda 6 Gb LPDDR4X operativ xotira va 128 Gb yoki 256 Gb ichki flesh-xotiraga ega bo‘ladi.Smartfonning orqa tomonida 12 megapikselli ikkita tasvir sensoridan iborat qo‘sh kamera o‘rnatiladi. Bundan tashqari, old kameraning sifati yaxshilanishi va sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa qilish imkoniyati ham qo‘shilishi mumkin.Xabar qilinishicha, 6 Gb tezkor va 128 Gb flesh-xotiraga ega iPhone 14 Max versiyasi 900 dollardan sotuvga chiqariladi.Tarjimon ko‘zoynakYaqinda taqdim etilishi kutilayotgan Google Glass’ning prototipi video shaklida namoyish etildi. Aqlli ko‘zoynak real vaqt davomida linzada matn va tarjimani aks ettiradi. Unda Google Translate yordamida subtitrlar tuziladi. Yangi innovatsion texnologiya eshitish qobiliyatida nuqsoni bor insonlar uchun bir qancha qulay imkoniyatlarni taqdim etadi.«Biz til to‘siqlarini yengib o‘tish imkonini beruvchi texnologiya ustida ishlayapmiz», deydi Google kompaniyasining mahsulotlarni boshqarish bo‘yicha direktori Eddi Chun.Google Glass’ning xususiyatlari va texnik o‘ziga xosliklari haqida to‘liq ma’lumot berilmadi. Subtitr linzada qanday ko‘rinishi ham ochiqlanmagan.
|
fan va texnika
|
42
|
Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda taxminan qachon ishlashi ma’lum qilindi
|
SpaceX veb-saytidagi xaritada keltirilishicha, Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda taxminan 2023 yilda ishlashni boshlaydi.O‘zbekistonda 10-11 may kuni o‘tkazilgan “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasida ham Starlink loyihasining O‘zbekistonda ishlashi masalasi muhokama qilingandi.AKT vaziri va “O‘zbekkosmos” bosh direktori Toshkentga kelgan SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mak Villiams bilan uchrashuv o‘tkazib, Starlink’ning O‘zbekiston bozoriga kirish masalasini muhokama qilgandi. Biroq bu qachon amalga oshishi haqida ma’lumot berilmagan.SpaceX veb-saytidagi xaritada Starlink internetining hozir qaysi hududlarda ishlayotgani, yaqin kelajakda qayerda ishlashi va ishlamasligi ham ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, xizmat hozir asosan Shimoliy Amerika davlatlari, Janubiy Amerikaning ayrim hududlari, Yevropa va Avstraliyaning ma’lum bir hududlari, shuningdek, Yangi Zelandiyada ham ishlamoqda.Starlink ishga tushishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga Xitoy, Shimoliy Koreya, Rossiya, Belarus, Eron, Suriya, Kuba, Venesuela va Afg‘oniston kiritilmagan.
|
fan va texnika
|
43
|
Hisense oq-qora ekranli smartfonini namoyish qildi
|
Xitoyning Hisense kompaniyasi 6,1 dyuymli E-Ink-displeyga ega A9 smartfonini namoyish etdi. Uning narxi 1800 yuan (265 dollar) deb baholandi.Hisense A9 smartfonida asosiy ekran sifatida elektron siyohli (E-Ink) ekrandan foydalanilgan. Bunday ekranlar quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turganida ham ko‘rish darajasi yomonlashmaydi. Bundan tashqari, E-Ink-displeylar IPS yoki OLED ekranlarga nisbatan kamroq energiya sarflaydi. Smartfon 13 Mp asosiy va 5 Mp orqa kamera bilan jihozlangan, yon tomonida esa barmoq izlari skaneri joylashgan.Hisense A9ga Qualcomm Snapdragon 662 chipi o‘rnatilgan, uning doimiy xotirasi 128 GB, tezkor xotirasi esa 4 yoki 6 GB.Smartfonning akkumulyatori sig‘imi 4000 mAsga teng.
|
fan va texnika
|
44
|
Yurakni EKG qiladigan soat, BMW i7 elektrosedani va yangi Samsung Galaxy Jump2 – hafta texnodayjesti
|
Yurakni EKG qiladigan soatXitoyning Huawei kompaniyasi kengaytirilgan funksionalga ega «aqlli» Watch GT 3 Pro qo‘l soatini taqdim etdi.Soat 2 turda ishlab chiqarildi: 46 mm titan versiya va 43 mm keramik versiya. Birinchisi 1,43 dyuymli, ikkinchisi esa 1,32 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan.Watch GT 3 Pro‘ga elektrokardiogramma (EKG) funksiyasi ham qo‘shilgan. Shuningdek, aqlli soat yurak urishi tezligi, qondagi kislorod miqdori, tana harorati, uyqu sifati, stress darajasini ham ko‘rsata oladi.Watch GT 3 Pro‘ning narxi 380 dollardan boshlanadi.Samsung Galaxy Jump2Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yangi Samsung Galaxy Jump2 smartfonini taqdim qildi. Gadjet Full HD+ sifat hamda 120 gersli tasvir yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6,6 dyuymli displey bilan jihozlangan, ekrani Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. Old qismida 8 megapikselli selfi kamerasi o‘rnatilgan.Qurilmaning orqa tomoniga 4 ta: 50 megapikselli asosiy, 5 megapikselli keng burchakli va bir juft 2 megapikselli kameralar o‘rnatilgan. Smartfon Android 12 operatsion tizimi asosidagi One UI 4.1‘ tizimida ishlaydi.Samsung Galaxy Jump2 6 GB operativ va 128 GB ichki xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi – 5000 mA/soat bo‘lib, 25 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud. Barmoq izi skaneri smartfonning yon tomonida joylashgan.12 ta josus sun’iy yo‘ldoshJanubiy Koreya 12 ta razvedka sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqish va uchirish niyatida, deya xabar bermoqda «Xanguk kyonchje» gazetasi.Mamlakat Milliy mudofaa vazirligi bu maqsad uchun qariyb 3 trillion von (2,3 milliard dollar) sarflashni rejalashtirgan.Gazetaning yozishicha, Seul 2025 yilgacha o‘zi ishlab chiqargan beshta sun’iy yo‘ldoshni uchirishni mo‘ljal qilgan. Dasturni kengaytirish orqali Janubiy Koreya raketa va yadro dasturini rivojlantirayotgan KXDRga qarshi razvedka imkoniyatlarini yaxshilashni mo‘ljallamoqda.Financial Times gazetasining yozishicha, KXDR 2017 yildan buyon ilk yadroviy qurol sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.2022 yilning birinchi choragida eng ko‘p yuklab olingan ilovalarSensor Tower kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida TikTok eng ko‘p - 175 million marta yuklab olingan. Bu borada ikkinchi o‘rinda Instagram, uchinchi o‘rinda Facebook, to‘rtinchi o‘rinda WhatsApp qayd etilgan bo‘lsa, kuchli beshtalikni Telegram messenjeri yakunlab bergan.Umuman olganda, TikTok ishga tushirilganidan beri 3,5 mlrd martadan ortiq yuklab olindi. Bu ushbu ko‘rsatkichga ega beshinchi ilova va Meta kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan yagona platformadir. E’tiborli jihati, 2018 yil boshidan beri hech bir ilova TikTok‘dan ko‘proq yuklab olinmagan.Ilon Mask Twitter‘ni sotib oldiIlon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 mlrd dollar evaziga xarid qildi. Qayd etilishicha, kompaniya aksiyadorlari o‘zlariga tegishli har bir oddiy aksiya uchun 54,2 dollardan olgan.Tadbirkor bir qancha o‘zgarishlarni taklif qilgan - nashr etilgan kontentga cheklovlarni yumshatishdan tortib, soxta akkauntlarni yo‘qotishgacha.Ilon Mask - sayyoraning eng badavlat odami hisoblanib, Forbes jurnali uning boyligini 273,6 mlrd dollarga baholagan, bu qiymat asosan u rahbarlik qiladigan Tesla kompaniyasi aksiyalaridan kelib chiqib hisoblangan. Mask nomi bilan bog‘liq yana bir mashhur firma SpaceX aerokosmik kompaniyasidir. BMW i7 elektrosedaniBMW kompaniyasi 7 Series yangi avlodiga kiruvchi i7 elektrosedanini namoyish qildi.Yangi model xDrive60 versiyasida 544 ot kuchiga ega ikki dvigatelli (oldi 258 ot kuchiga, orqasi esa 313 ot kuchiga ega) elektr stansiyasi, to‘liq g‘ildirakli uzatma va bir quvvatlanishda 590 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradigan akkumulyator bilan jihozlanadi.BMW i7‘ning sotuvi 2022 yil oxirida boshlanishi ko‘zda tutilgan. Elektrokarning 660 ot kuchiga ega flagman versiyasi – BMW i7 M70 xDrive modifikatsiyasining taqdimoti esa 2023 yilga mo‘ljallangan.
|
fan va texnika
|
45
|
Samsung The Freestyle portativ proyektoriga oldindan buyurtma berish aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi
|
25 aprel kunidan Samsung kompaniyasining The Freestyle portativ proyektorlariga oldindan buyurtma berish boshlandi. 25 mayga qadar oldindan buyurtma qilsangiz, sovg‘a sifatida Galaxy Tab A 8.0 plansheti va proyektor uchun g‘ilofni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Xaridorlar uchun portativ qurilmani saqlash va kontentni boshqarish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochilmoqda –istalgan joyda va istalgan vaqtda o‘z kichik kinoteatringizga ega bo‘lishingiz mumkin.Kinoteatr - istalgan joyda Samsung kompaniyasining aqlli proyektori yordamida endi kontentni istalgan yuzalar ustida tomosha qilishingiz mumkin. Film tomosha qilayotganda yonbosh tushmoqchi bo‘lsangiz, bir harakat bilan “ekran”ni devordan shiftga ko‘chirishingiz mumkin. Tasvir proyeksiyasi istalgan bir xil rangli tekis yuza: stol, devorlar, eshiklarda ajoyib ko‘rinadi.Qulay va ixcham qurilmani har doim biror tadbirga, sayrga yoki safarda o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Ko‘p funksiyali The Freestyle proyektor, ovoz kuchaytirgich va hatto chiroq sifatida ham ishlaydi. Proyektor kontentni boshqarishda sizga misli ko‘rilmagan erkinlik beradi.Natijada, tomoshabinlar o‘lchami 30 dan 100 dyuymgacha bo‘lgan “ekran”ni qo‘lga kiritadilar. Tasvir avtomatik ravishda yorqinlashadi va translatsiya paytida tiniqlashadi. Ko‘p yo‘nalishli dinamik keng ko‘lamli va yuqori sifatli tovush taqdim etadi.Yangi qurilmalarning egalari sevimli fotosuratlari, filmlari va videoroliklariga aqlli kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Smart TV’ga ulangan proyektor uy kinoteatri formatida har qanday kontentni uzata oladi.The Freestyle qurilmasini oldindan buyurtma qilganda oladigan sovg‘alaringizOldindan buyurtma berish imkoniyatidan O‘zbekiston aholisi 25 maygacha foydalanishlari mumkin. Noyob proyektor xaridi uchun yoqimli qo‘shimcha sifatida – The Freestyle uchun g‘ilof va Galaxy Tab A 8.0 planshetlari kabi sovg‘alarga ega bo‘lasiz.G‘ilof proyektorni chang va namlikdan, linzani esa tirnalish va shikastlanishdan himoya qiladi. Endi yo‘lda bo‘lgan paytda qurilmangiz xavfsizligi haqida qayg‘urishingiz shart emas: kinotomosha har qanday ob-havo sharoitida bo‘lib o‘tishi muqarrar.Galaxy Tab A 8.0 plansheti sevimli video tasvirlaringiz yoki fotosuratlaringizni tomosha qilish uchun juda mos keladi. Ammo uni proyektorga ulasangiz, aynan shu kontentni katta ekranda namoyish qilishdan bir olam unutilmas taassurotlarni olishingiz mumkin.Aksiya (havolani qo‘shing) butun O‘zbekiston bo‘ylab amal qiladi.Sovg‘alar soni cheklangan. The Freestyle portativ proyektorining imkoniyatlari bilan Samsungning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.Facebook: fb.com/SamsungUzbekistanInstagram: @samsunguzbekistanTelegram: t.me/SamsungUzbekistanSayt: samsung.uzReklama huquqi asosida
|
fan va texnika
|
46
|
Ilon Mask Twitter’ni 44 mlrd dollarga sotib oldi
|
Ikki haftacha oldin Ilon Mask Twitter xo‘jayinlariga kompaniyani unga sotishni taklif qilib, bu ijtimoiy tarmoqda ro‘yobga chiqarilmagan ulkan salohiyat borligi va o‘zi buni amalga oshira olishini aytgandi.Kelishuvning qisqacha tarixiAprel oyida Mask 2,89 mlrd dollar evaziga Twitter aksiyalarining 9,2 foizini sotib olib, kompaniyaning eng yirik aksioneriga aylangandi.Keyinchalik Twitter Maskka kompaniya boshqaruvida qatnashishni taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgandi. Aprel oyi o‘rtalarida Twitter Maskni aksiyalar bilan bog‘liq firibgarlikda ayblab sudga berdi.Bir hafta muqaddam istiqboli noaniq bo‘lib turgan kelishuv o‘tgan hafta oxirida, Mask kompaniya aksiyadorlarini chaqirib, ular bilan bitimning moliyaviy tafsilotlarini bo‘lishganidan keyin tezlashib ketdi.Aksiyadorlar bosimi ostida qolgan Twitter har bir aksiya uchun 54,20 dollar taklif qilgan Mask bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda xabarlar paydo bo‘lganida birjada Twitter aksiyasi bahosi 6 foizga ko‘tarildi.Hozirgi kelishuv Mask 9 foiz aksiyani sotib olganini e’lon qilgan kundagidan 40 foiz qimmatroqqa tuzildi.Shu bilan birga bu o‘tgan yili Twitter belgilagan va savdolashgan 70 dollarlik narxdan ancha past.Endi Twitter kompaniyasi rahbariyati aksiyadorlardan kelishuvni ma’qullash uchun ovoz berishni so‘raydi.Twitter qanday o‘zgaradi?Ilon Mask allaqachon bir qancha o‘zgarishlarni taklif qilgan - nashr etilgan kontentga cheklovlarni yumshatishdan tortib soxta akkauntlarni yo‘qotishgacha.Ilon Mask - sayyoraning eng badavlat odami hisoblanib, Forbes jurnali uning boyligini 273,6 mlrd dollarga baholagan, bu qiymat asosan o‘zi rahbari bo‘lgan Tesla kompaniyasi aksiyalari hisobiga. Mask nomi bilan bog‘liq yana bir mashhur firma - SpaceX aerokosmik kompaniyasidir.«So‘z erkinligi — demokratiya shakllanishining asosi, Twitter esa raqamli shahar maydoni, bu yerda insoniyat kelajak hayoti uchun muhim masalalar muhokama qilinadi. Men Twitter’ni avval hech qachon bo‘lmagan eng zo‘r darajaga olib chiqmoqchiman. Twitter katta salohiyatga ega, uning yangi qirralarini ochish, foydalanuvchilar hamda kompaniya bilan hamkorligimiz boshlanishini intiq bo‘lib kutyapman», degan Mask kelishuv haqida e’lon qilarkan.Oq uy kelishuv borasida munosabat berishdan tiyildi.«Twitter’ga kim egalik qilishidan qat’i nazar, AQSh prezidenti anchadan buyon yirik ijtimoiy tarmoqlarning ulkan ta’siri, ularning kundalik hayot tarzida egallagan hokimligi borasida qayg‘urib keladi. Bu platformalar keltirayotgan zarari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Prezident bu maqsadlarga erishish imkonini beruvchi fundamental islohotlar o‘tkazish tarafdori hisoblanadi...» - degan Oq uy rasmiysi Jyen Psaki.Tramp qaytmaydiTwitter’dagi akkaunti bloklangan AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp blok yechilgan taqdirda ham bu ijtimoiy tarmoqqa qaytmasligini aytgan.«Men umid qilamanki, Ilon Twitter’ni sotib oladi, chunki u bu ijtimoiy tarmoqni yaxshilaydi, u yaxshi odam. Ammo men Truth’da qolaman», degandi Tramp fevralda o‘zi ochgan yangi ijtimoiy tarmoqni nazarda turib.Ilon Mask - Twitter’ning eski va doimiy foydalanuvchisi. Uning tarmoqdagi folloverlari soni 80 milliondan oshadi, u Twitter’da nima yozmasin, bu gap shu zahoti butun internetga yoyiladi.U Twitter’dan o‘z kompaniyalari, jumladan SpaceX va Neuralink haqidagi yangiliklarni bo‘lishish uchun doimiy tarzda foydalanadi. Bundan tashqari, u tez-tez memlar e’lon qiladi va bu unga biznes, kosmos yoki avtomobillarga qiziqmaydiganlar orasida ham mashhurlik keltiradi.
|
fan va texnika
|
47
|
Videokontent tasviri uchun yangi qurilma: HUAWEI nova 9 tez orada O‘zbekiston bozoriga kiradi
|
HUAWEI kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga yuqori texnologiyali nova 9 smartfonini taqdim etadi. Bu zoomerlar va videokontent yaratuvchilarni shakllantirishga qaratilgan o‘rta toifa qurilmasidir. Yangi HUAWEI nova 9 o‘zbekistonliklarga may oyining boshida taqdim etiladi.HUAWEI yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan, bardoshli va yengil korpusni foydalanuvchilar uchun odatiy holga aylantirgan. O‘rta narx toifasidagi yangi model ham zamonaviy “premium” dizaynga ega.Qurilmaning yuqori texnologiyali kamerasi ham premium sinfga tegishli. 50 megapikselli (40 foiz ko‘proq yorug‘lik o‘tkazish imkonini beruvchi RYYB rangli filtrga ega) asosiy kamera hatto tunda va past yorug‘lik sharoitida ham ajoyib natijalarni taqdim etadi. 32 MP old kamera ijtimoiy tarmoqlar ixlosmandlariga yoqib tushadi.Nova seriyasining dizayni koinot mavzusiga bag‘ishlangan — masalan, asosiy kameraning dizayni Saturn halqalarini eslatadi. Nova 9 yupqa va yengil bo‘lib, og‘irligi bor-yo‘g‘i 175 grammga teng. O‘zbekistonda qurilma ikki xil: qora va yulduzli ko‘k ranglarda sotiladi. Ikkinchi rang ushbu model uchun maxsus yaratilgan. Qoplama shunday qilinganki, rang yorug‘likka qarab o‘zgaradi va tuslarning ajoyib o‘yini hosil bo‘ladi.“Eng qiziqarli yangi funksiyalardan biri bu Vlog rejimi bo‘lib, u ham asosiy, ham old kamera va ikkita orqa kamera bilan suratga olish yoki rasm ichidagi rasmni ko‘rish imkonini beradi, bu kontent yaratuvchilar uchun qulaylik yaratadi. Nova 9, shuningdek, ikkita kamerada 4K formatida video yozib olish imkonini beradi, shu bilan birga kontentni oldindan o‘rnatilgan Petal Klip video tahrirlash ilovasi yordamida yaxshilash mumkin”, — deydi HUAWEI Device’ning Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi direktori Fan Jinyong.Yangi HUAWEI nova 9 smartfoni takomillashtirilgan Qualcomm Snapdragon 778G 4G protsessori, shuningdek, o‘tgan yilning oxirida jahon miqyosida bozorga chiqarilgan EMUI 12 interfeysining so‘nggi versiyasiga ega.Shuningdek, EMUI 12 smartfon tizimi qurilmalarning o‘zaro aqlli ta’sir funksiyasini tezlashtiradi va HUAWEI Vision, FreeBuds, MatePad va MateBook kabi bir nechta qurilmalarning boshqalar bilan oson ulanishi imkonini beradi.Reklama huquqi asosida
|
fan va texnika
|
48
|
Dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik, tishlarni «qulflaydigan» innovatsion qurilma – hafta texnodayjesti
|
Dunyodagi eng uzun shisha ko‘prikVetnamda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik qurildi, deb xabar bermoqda UPI. Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan mazkur o‘tish joyi uzunligi 631 metrni tashkil etadi va 30 aprel kuni ochilishi rejalashtirilgan.Bungacha Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Chjansze (430 metr) dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik sifatida qayd etib kelinayotgandi. Sayyohlik hududi rasmiylarining ta’kidlashicha, baland va uzun shaffof ko‘prikni qurishda Fransiyaning St. Gobain kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan super temperli oynalardan foydalanilgan. Bax Long ko‘prigi bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.GM Rossiya bozorini tark etmoqdaAmerikaning General Motors avtokonserni Rossiya bozorini to‘liq tark etadi. Avtomobillar va ehtiyot qismlar yetkazib berish to‘xtatiladi, Rossiyadagi ofis xizmatchilari esa ishdan bo‘shatiladi.Bunga Rossiya hukumati tomonidan 11 martdan boshlab AQShdan «qimmat avtomobillar» importiga kiritilgan cheklov ham sabab bo‘lishi mumkin.GM 2015 yilda Qrim annexia qilinishi fonida Rossiyada ishlab chiqarishni sezilarli darajada qisqartirgandi. Shundan so‘ng konsern AQShdan faqat qimmat Chevrolet va Cadillac modellarini yetkazib berayotgandi.Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki uch oyi davomida Rossiyada 266ta Chevrolet va 162ta Cadillac avtomobillari sotilgan.Avvalroq UzAuto Motors ham Rossiyaga avtomobil eksportini to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.Ovqat ta’mini sho‘rroq his qilishga yordam beradigan “chopstik”larYapon tadqiqotchilari ratsionida natriy miqdorini kamaytirishga muhtoj bo‘lganlar uchun kompyuterlashtirilgan tayoqchalar ixtiro qilishdi. Bu “chopstik”lar ovqat ta’mini sho‘rroq his qilishga yordam beradi.Meiji universiteti professori Homei Miyashita va ichimlik ishlab chiqaruvchi Kirin holdingi tomonidan yaratilgan tayoqchalar bilakka taqiladigan mini-kompyuter va elektr stimulyatsiyasi yordamida ta’mni kuchaytiradi.Tayoqchalar zaif elektr oqimi yordamida ovqatdan natriy ionlarini so‘rib olib og‘izga yo‘naltiradi va sho‘r hisni tuyishga sabab bo‘ladi.“Natijada, sho‘r ta’m 1,5 baravarga kuchayadi”, deydi professor Miyashita.Yangi Redmi 10 PowerXiaomi kompaniyasi yangi Redmi 10 Power smartfonini taqdim qildi. Gadjetga Snapdragon 680 protsessori o‘rnatilgan, 8 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi esa 6000 mA/soatni tashkil etadi va 18 Vtli tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud.Redmi 10 Power 5 megapikselli old kamera va 50 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan. Uning yonidan chuqurlikni o‘lchashga mo‘ljallangan 2 megapikselli datchik o‘rin olgan. Barmoq izi skaneri ham kamera moduli yonida joylashgan.Yangi smartfon narxi 195 dollarni tashkil etadi. Tishlarni “qulflaydigan” qurilmaYangi Zelandiyaning Otago universiteti va Buyuk Britaniya olimlari global semizlik muammosiga qarshi kurashish uchun maxsus apparat yaratishdi.DentalSlim Diet Control – stomatolog tomonidan yuqori va pastki tishlarga o‘rnatiladigan ichki og‘iz qurilmasi bo‘lib, tishlarni qulflaydi. Qulf maxsus magnitdan tayyorlangan. Burilma o‘rnatilgach, og‘izni 2 millimetr ochib suyuqlik iste’mol qilish mumkin, biroq gapirish va nafas olishga xalaqit bermaydi.Tadqiqotda qatnashgan ishtirokchilar 2 haftada 6,36 kg vazn yo‘qotishgan. Otago universiteti sog‘liqni saqlash fanlari bo‘yicha yetakchi tadqiqotchisi Pol Brutonning qayd etishicha, qurilma ortiqcha vazn bilan kurashayotgan kishilar uchun xavfsiz. Uni stomatolog o‘rnatadi, foydalanuvchi o‘zi yechib qo‘yishi mumkin. Bitta qulfni ikkinchi marta ham ishlatsa bo‘ladi.Snapchat Facebook va Twitter’dan tezroq rivojlanmoqdaSnapchat 2022 yil birinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi.Qayd etilishicha, mazkur davr mobaynida ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilari soni 332 millionga yetgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, 18 foizga ko‘pdir. Shuningdek, kompaniya aksiyalari ham yillik nisbatda 38 foizga oshib, 1,06 milliard dollarga baholanmoqda.«Kompaniya 44 foiz o‘sishni kutgandi, biroq Rossiya-Ukraina urushi boshlanib ketganidan keyin reklama beruvchilar soni kamayib ketdi», deyiladi hisobotda.O‘z navbatida, Facebook o‘tgan chorakda birinchi marta faol foydalanuvchilar yo‘qotilgani haqida xabar bergan. Twitter esa AQShda 2 foizga, jahon miqyosida 15 foizga o‘sgan.«Renault» «AvtoVAZ»dagi ulushini sotmoqchiFransiyaning «Renault» konserni «AvtoVAZ»dagi 67,6 foiz aksiyalarini sotmoqchi. Xarid qilish uchun potensial mijozlar sifatida Rostec shu’ba korxonasi, shuningdek, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tuzilmalari ko‘rsatilmoqda. Ushbu ulush qiymati 1,2 mlrd yevroni tashkil etishi mumkin. Ma’lumot uchun, 23 mart kuni «Renault» Rossiyadagi faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilayotganini e’lon qilgandi. Keyinroq konsern Ukrainadagi voqealar, shuningdek, butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar fonida «AvtoVAZ»dagi ulushini sotishni yechim sifatida ko‘rayotganini ma’lum qilgan.Agarda fransuz kompaniyasi Rossiyadan to‘liq chiqib ketsa va butlovchi qismlar ta’minot zanjiri uzilsa, «AvtoVAZ» atigi uch xil: Granta, Niva va Vesta modelidagi avtomobillarni ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi.
|
fan va texnika
|
49
|
Yaponcha innovatsiya: ovqat ta’mini sho‘rroq his qilishga yordam beradigan tayoqchalar ixtiro qilindi
|
Yapon tadqiqotchilari ratsionida natriy miqdorini qamaytirishga muhtoj bo‘lganlar uchun kompyuterlashtirilgan tayoqchalar ixtiro qilishdi. Bu “chopstik”lar – tayoqchalar ovqatning ta’mini sho‘rroq his qilishga yordam beradi.Meiji universiteti professori Homei Miyashita va ichimlik ishlab chiqaruvchi Kirin holdingi tomonidan yaratilgan tayoqchalar bilakka taqiladigan mini-kompyuter va elektr stimulyatsiyasi yordamida ta’mni kuchaytiradi.Tayoqchalar zaif elektr oqimi yordamida ovqatdan natriy ionlarini so‘rib olib og‘izga yo‘naltiradi va sho‘r hisni tuyishga sabab bo‘ladi.“Natijada, sho‘r ta’m 1,5 baravarga kuchayadi”, deydi professor Homei Miyashita.Miyashita va uning laboratoriyasi texnologiyaning inson sezgisiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bir qancha usullarini tadqiq qilishgan. Ular ekranda namoyish qilinadigan taomning ta’mini uzata oluvchi televizor prototipini ham ishlab chiqishgandi.Texnologik ravishda sho‘r ta’mni kuchaytirib beruvchi tayoqchalar yaponlar uchun foydali bo‘lishi kutilyapti. Sababi bu xalq sho‘rroq ovqat ratsionini ma’qul ko‘radi. Voyaga yetgan yapon kuniga o‘rtacha 10 gramm tuz iste’mol qiladi. Bu – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan normadan karrasiga ko‘proq.Natriy ko‘p iste’mol qilinishi qon bosimi, insult va boshqa kasalliklarga sabab bo‘ladi.“Bu kasalliklardan saqlanish uchun kamroq tuz iste’mol qilish kerak. Agar biz an’anaviy tarzda kamroq tuz iste’mol qilishga o‘tmoqchi bo‘lsak, yo ratsionimizdan sevimli taomlarimizni chiqarib tashlashimiz yoki ta’mi g‘alati ovqatlarni yeyishimizga to‘g‘ri keladi”, deydi Kirin holdingi tadqiqotchisi Ay Sato.Tadqiqotchilar o‘zlarining “chopstik”larini takomillashtirib, keyingi yil boshidan uni tijoratlashtirishni reja qilishgan.
|
fan va texnika
|
50
|
Mercedes elektromobili bir marta quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi
|
Mercedes-Benz kompaniyasi Vision EQXX elektromobilning sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi. Elektromobil Germaniyaning Zindelfingen shahridan yo‘lga chiqib, Shveytsariya va Italiya hududi orqali Fransiyaning Kassis shahrigacha 1000 kilometrdan ortiq masofani bir marta quvvatlanishda bosib o‘tgan. Qayd etilishicha, sinov turli ob-havo sharoitlari, dengiz sathidan turli balandlikda, har xil tezliklarda o‘tkazilgan. Elektromobil manziliga yetib kelganida uning batareyasida yana 15 foiz quvvat qolgan.Vision EQXX butun yo‘l davomida 9 litr benzinga teng elektr energiyasi sarflagan. Elektr energiyasining o‘rtacha sarfi 100 kilometrga 8,7 kVt/soatni tashkil etgan.Shu tarzda Mercedes-Benz 2021 yil iyulda bergan va’dasini bajardi. Kompaniya o‘shanda Vision EQXX eng tejamkor va uzoq yo‘l bosuvchi elektromobil bo‘lishini bildirgandi.
|
fan va texnika
|
51
|
O‘zbekistonda sun’iy intellekt rivojida qanday to‘siqlar mavjud? Bu haqida dasturchilardan eshitamiz
|
Dasturchilar Alisa (Yandex), OK Google (Google) va Siri (Apple) kabi ovozli qidiruv tizimlarining o‘zbek tilidagi varianti bo‘lgan UzbekVoice loyihasini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar haqida o‘zaro suhbatlashishdi.Dunyoda sun’iy ong orqali boshqaruv rivojlanayotgan davrda mushkul ishning o‘zi qolmayapti. Oddiy ovozli xabar orqali boradigan hududni aniqlash, matnni tarjima qilish, kerakli ma’lumotni topishda ham ovozli dasturlar juda qo‘l keladi. Ammo ularga ingliz yoki rus tillarida gapirish kerak.Endi O‘zbekistonda ham shunday dasturlar yaratildi va qo‘rqmasdan unga o‘zbek tilida murojaat qilib, tarjimalarda, matnlar yaratishda, xaritadan foydalanishda yordam so‘rash mumkin. Eng qizig‘i u orqali avtomobil boshqarish imkoniyati ham mavjud. Sun’iy ong asosida boshqariladigan bunday kerakli va qiziqarli dasturlar haqida Kun.uz dasturchisi Botir Ziyatov o‘zining Youtube sahifasida birinchi bo‘lib ma’lumotlar berib bormoqda. Kanalda O‘zbekistondagi IT mutaxassislari bilan suhbatlar va tahlillar taqdim etib boriladi.Ko‘rsatuvning navbatdagi sonida o‘zbek tilida ishlaydigan ovozli yordamchi dastur haqida ma’lumot berildi.2021 yilda o‘zbek tilida sun’iy intellekt bilan ishlash uchun UzbekVoice loyihasi ustida ish boshlangan edi. Loyihaning maqsadi o‘zbek tilidagi date set yig‘ish va undan bepul foydalanish uchun boshqalarga ham ulashish. UzbekVoice dasturi asoschisining aytishicha, o‘zbekcha ovozli yordamchi dasturida hozir 270 soatlik ma’lumotlar mavjud va ulardan butun dunyo miqyosida foydalanish mumkin. Muallif aslida bu hali kamligini, keyingi dovon 1000 soat, 10 ming soat bo‘lishini aytadi. Shuningdek, bu borada o‘zi duch kelayotgan muammolarga to‘xtalib o‘tadi:“Sun’iy intellektni yaratish uchun kattaroq hajmli ma’lumotlar bazasi kerak bo‘ladi. Shu ma’lumotlarni yig‘ishga kirishganmiz. Bu masalada Sun’iy intellektni rivojlantirish institutidan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti – tahr.) muammolarimizni so‘rashdi. Sun’iy intellektni rivojlantirish avvalo tilni rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shuning uchun ovozli yordamchi dasturimizga kerakli texnikalarimiz yetishmasligini aytganimizda mas’ul shaxs Sun’iy intellekt instituti tomonidan mablag‘ ajratilishi mumkinligini aytdi. Uchrashuvda bu masalani ko‘targanimizda afsuski, bu mablag‘lar boshqa resurslarga ajratilishini aytishdi va biz rad javobini oldik”,- deydi loyiha asoschisi.Xo‘sh, o‘zbek tilidagi dastur shu bilan to‘xtatiladimi? Yoki O‘zbekistonda sun’iy intellekt qachon rivojlanadi?Sahifani kuzatib borish orqali bu savollarga javob olish, yurtimizda sun’iy intellekt orqali yaratilayotgan innovatsion g‘oyalarni birinchi bilish va bu sohada yanada ko‘proq bilimlar olish mumkin.
|
fan va texnika
|
52
|
Bill Geyts havodan toza suv olish bo‘yicha startapga sarmoya kiritdi
|
Microsoft asoschisi Bill Geytsning Breakthrough Energy venchur fondi havodan suv oluvchi gidropanellar ishlab chiqaradigan Source Global startapiga sarmoya kiritdi, deb xabar berdi CNBC.Startapga ayni paytgacha 150 mln dollar sarmoya kiritildi. Investorlar orasida BlackRock va Lightsmith kompaniyalari hamda Duke Energy holdingi bor.Source Global bosh direktori Kodi Frizen panellarni 2014 yilda, Arizona universitetining muhandislik maktabida ishlab yurgan vaqtida ixtiro qilgan. Bir yildan keyin esa panellarni ishlab chiqarish bo‘yicha startapni yo‘lga qo‘ygan.Dastlabki 40ta gidropanel 2018 yilda Keniyada o‘rnatilgan, hozirda bu panellardan 52 mamlakatda foydalanilmoqda.Gidropanelning tashqi ko‘rinishi quyosh batareyasini eslatadi, faqat u elektr o‘rniga suv ishlab chiqaradi. Bita panelning narxi 2 ming dollar turadi.
|
fan va texnika
|
53
|
Rossiyada Instagram’ning muqobili, narxi qimmatlayotgan elektromobillar va yangi iPhone 14 – hafta texnodayjesti
|
Yangi iPhone 14Apple kompaniyasi joriy yilning sentabr oyida to‘rtta yangi iPhone modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda: 6,1 dyuymli iPhone 14, 6,7 dyuymli iPhone 14 Max, 6,1 dyuymli iPhone14 Pro va 6,7 dyuymli iPhone 14 Pro Max.iPhone 14’ning ikkala Pro modeli ham yangi A16 Bionic chipga va boshqa iPhone modellariga qaraganda kattaroq operativ xotiraga ega bo‘lishi kutilmoqda.Ba’zi manbalarga ko‘ra, iPhone 14 smartfoni 799 dollardan, iPhone 14 Pro Max esa 1199 dollardan sotuvga chiqarilishi mumkin.Huawei’ning 108 megapikselli kameraga ega yangi smartfoniHuawei kompaniyasi Nova 9 SE smartfoni taqdimotini o‘tkazdi. Qualcomm Snapdragon 680 protsessori bilan jihozlangan yangi gadjetning ekrani 6,78 dyuym, kadr chastotasi esa 90 Gs.Asosiy kamerasi 108 megapikselga teng. Kamerada shuningdek, 8 Mp (keng burchakli obektiv bilan), 2 Mp (makro suratlar uchun) va 2 Mp (manzarani tahlil qilish uchun) datchiklar mavjud.Nova 9 SE akkumulyatori sig‘imi 4000 mA·s. Smartfon HarmonyOS 2.0.1 operatsion tizimida ishlaydi. Xitoyda tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 128 Gb bo‘lgan Nova 9 SE 340 dollar deb baholanmoqda. Tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 256 Gb.li versiyasi esa salgina qimmatroq — 370 dollar.Instagram’ning Rossiyadagi mahalliy muqobiliTelegram asoschisi Pavel Durovning sinfdoshi Aleksandr Zobov va tadbirkor Kirill Filimonov tomonidan Rossgram nomli platforma ishga tushirildi.Rossgram Instagram’dagi barcha odatiy funksiyalarga ega bo‘ladi. Hozirda mualliflar blogerlar va hamkorlarga turli imtiyozlarga ega bo‘lgan yangi ijtimoiy tarmoqning birinchi foydalanuvchilari bo‘lishni taklif qilishmoqda.Ta’kidlanishicha, Rossgram qo‘shimcha monetizatsiya vositalarini taqdim etadi. Xususan, kontentga pulli kirish, kraudfanding (mablag‘ yig‘ish) va referal dastur.Avvalroq, «Roskomnadzor» Rossiya hududida Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirishni cheklab qo‘ygandi.Xiaomi’ning xalqaro bozor uchun mo‘ljallangan smartfonlariXiaomi kompaniyasi xalqaro bozor uchun mo‘ljallangan Xiaomi 12, Xiaomi 12 Pro va Xiaomi 12X smartfonlarini namoyish etdi.Asosiy model hisoblanuvchi Xiaomi 12 Pro Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 6,73 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan. Unga har biri 50 Mp bo‘lgan uchta kamera o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 4600 mAs.Xiaomi 12 sal oddiyroq – uning ekrani 6,3 dyuymga teng. Smartfon 50, 13 va 5 Mp bo‘lgan uchta kamera bilan jihozlangan. Akkumulyatorining sig‘imi 4500 mAs bo‘lib, simli va simsiz quvvatlanish xususiyatiga ega.Xiaomi 12X esa 12-model bilan bir xil, faqat unga Snapdragon 870 protsessori o‘rnatilgan va simsiz quvvatlanish xususiyati yo‘q.Xiaomi 12X 650 dollar, Xiaomi 12 Pro esa 1000 dollarga baholanmoqda.Tesla elektromobillari narxini oshirdiTesla kompaniyasi elektromobillari narxi oshirilganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, bu joriy oy davomidagi ikkinchi marta narx oshirilishidir. Endilikda bazaviy Model 3 elektromobili narxi 46990 dollardan boshlanadi va Model X Tri narxi 138990 dollarga teng bo‘ladi. Kompaniya narxlar ko‘tarilishini chiplar yetishmovchiligi va logistika zanjiridagi uzilishlar bilan izohlagan.Bundan tashqari, Rossiya-Ukraina nizosi tufayli elektromobil ishlab chiqarishda foydalaniladigan metallar (po‘lat, nikel va palladiy) narxi ko‘tarilgan.Shuningdek, xomashyoning keskin sur’atlarda qimmatlashishi tufayli Tesla’ning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Xitoyning BYD kompaniyasi ham elektromobillari narxini 471 dollardan 942 dollargacha oshirishga majbur bo‘lgan.Audi zavodlaridan biri faoliyatini to‘xtatdiAudi kompaniyasi yetkazib berish tizimidagi uzilishlar sababli Germaniyaning Nekkarzulm shahridagi zavodi ishini to‘xtatdi.Qayd etilishicha, bunga Ukrainadan olib kelinuvchi butlovchi qismlar yetishmayotgani, shuningdek, pandemiya sababli logistikaning buzilishi va yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi kabi muammolar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.Nekkarzulmdagi zavodda Audi A6, A7, A4, A5 modellari ishlab chiqarilardi.
|
fan va texnika
|
54
|
Huawei 108 megapikselli kameraga ega yangi smartfonini namoyish etdi
|
Huawei kompaniyasi Nova 9 SE smartfoni taqdimotini o‘tkazdi. Yangi gadjet Qualcomm Snapdragon 680 protsessori bilan jihozlangan. Smartfon ekrani 6,78 dyuym bo‘lib, kadr chastotasi 90 Gs.Asosiy kamera 108 megapikselga teng. Kamerada shuningdek, 8 Mp (keng burchakli obektiv bilan), 2 Mp (makro suratlar uchun) va 2 Mp (manzarani tahlil qilish uchun) datchiklar mavjud.Nova 9 SE akkumulyatori sig‘imi 4000 mA·s. Smartfon HarmonyOS 2.0.1 operatsion tizimida ishlaydi.Xitoyda tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 128 Gb bo‘lgan Nova 9 SE 340 dollar deb baholanmoqda. Tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 256 Gbli versiyasi esa salgina qimmat — 370 dollar.
|
fan va texnika
|
55
|
Rossiyada Telegram bloklanmadi. Durov chindan FSB bilan murosa qildimi?
|
«Durov FSB bilan murosa qildi»Rossiya Davlat dumasi deputati, Axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oleg Matveychev «Pod’yom» nashri bilan suhbatda Rossiya Telegram'ni bloklamoqchi emasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram siyosiy jihatdan betaraf va tarafkashlik qilish uchun asosi ham yo‘q. Shuningdek, deputatning fikricha, Pavel Durov Rossiya Federal xavfsizlik xizmati – FSB bilan kelishib olgan.«Durov FSB bilan murosaga keldi. Albatta, bu mening xo‘jaligimda bilganingizni qiling, qabilidagi kelishuv emas, shunchaki unga insonlar hayoti muhimligi, terrorchilar aynan Telegram orqali muloqot qilishi tushuntirilgan. Tezkor tadbirlar davomida agar terrorchi yoki kimdir kuzatuvga olingan bo‘lsa, [Telegram'ga] so‘rov yuboriladi. Telegram barcha xavfli sub’yektlarni kuzatish imkonini berdigan qurilma o‘rnatgan», degan deputat sensatsion bayonotida.U Telegram'da Facebook yoki Instagram'da bo‘lgani kabi senzura va manipulyatsiya yo‘qligi, Telegram shunchaki blogerlar uchun maydon va hozircha u bilan hamkorlik qilsa bo‘lishini aytgan.«Rossiyaga senzura siyosatini qo‘llasa, qotillikka chorlovni e’lon qilishga ruxsat bersa, albatta, Telegram'da ham muammolar paydo bo‘ladi. Durov hozirda katta oqimni qabul qilib olmoqda. Odamlar Facebook va Instagram'dan yoppasiga Telegram'ga o‘tayotgan bir vaqtda Durov uni ham bloklashlariga sabab yaratib nima foyda topadi?» deya qo‘shimcha qilgan deputat.Pavel Durov ko‘p marta o‘z mesenjyeri eng ishonchli axborot almashish vositasi ekani haqida gapirgan. Matveychevning so‘zlari esa Telegram'ga nisbatan ishonch pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.Telegram'dagi «Kod Durova» kanali bu borada messenjer rahbariyatidan munosabat olishga harakat qilgan. Kanalning Telegram rahbariyatiga yaqin manbasi deputatning Durov FSB bilan kelishib olgani haqidagi gapiga shunday javob bergan: «Masxarabozlar».Bu javobni e’lon qilgan Telegram-kanal Durovning yaqinda o‘z kanaliga joylagan murojaatini qayta o‘qishni tavsiya etgan. «Telegram-kanallar Ukrainadagi voqealar fonida borgan sari tekshirilmagan ma’lumotlar tarqatiladigan makonga aylanib bormoqda. Rossiya va Ukrainadagi foydalanuvchilardan Telegram'da tarqatilayotgan har bir xabarga gumon bilan qarashlarini so‘ragan bo‘lardim. Biz Telegram'dan millatlararo nizo uyg‘otishda vosita sifatida foydalanishlarini istamaymiz», deb yozgandi Durov.«Kod Durova» kanali Pavel Durovga aloqasi yo‘qligi haqida kanal izohida ham yozib qo‘ygan. Shu bilan birga messenjerdan «haqiqiy» (verified) ko‘k belgisini olgan ushbu kanalda Telegram haqida insayd ma’lumotlar berib boriladi. Messenjer haqidagi rus tilidagi xabarlar ushbu kanalda tarqatilishiga Telegram hozircha raddiya bergani yo‘q.«Kod Durova» kanali bu borada yana bir xabarni ulashdi. Unda iPhones.ru saytida e’lon qilingan xabar keltirilgan.iPhones.ru saytida «Eksklyuziv: Telegram Durov FSB bilan kelishganini rad etdi» sarlavhali xabar berilgan. Unda yozilishicha, Telegram vakili Remi Von iPhones.ru bilan suhbatda Pavel Durov va FSB murosaga kelgani haqidagi xabarlarni rad etgan. «Bu bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday qiyin pallada Telegram haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishayotganidan afsusdamiz», deb Remi Vonning so‘zlarini keltirgan «Kod Durova» kanali.Yana bir manba Telegram'dan ayni damda 700 milliondan ortiq odam foydalanishi, ulardan faqatgina 7-8 foizi rossiyaliklar ekaniga e’tibor qaratgan. Xabarda Telegram «jon saqlash uchun» Rossiya hukumati bilan kelishishi shart emasligi ta’kidlangan.Pavel Durov Telegram dunyodagi eng ishonchli axborot almashish vositasi ekani haqida ko‘p gapirgan. Taqqos sifatida u o‘z raqobatchisi WhatsApp'ni ko‘p tanqid qilgan. 2021 yil WhatsApp foydalanuvchilarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni Facebook kompaniyasiga (endilikda Meta) bera boshlashi haqida ma’lum qilgach, foydalanuvchilar yoppasiga Telegram'ga o‘ta boshlagandi.Bu voqeadan keyin bir necha kun ichida Telegram foydalanuvchilari soni 500 millionga yetgandi. Durov shu bahonada yana bir marta asosiy raqobatchisi manziliga tanqidlar yog‘dirgandi: «Odamlar ortiq texnologik monopollar qo‘lida o‘yinchoq bo‘lishni, ma’lumotlari tarqalish xavfi bilan yashashni istamaydi. Endilikda yarim milliardlik auditoriyaga ega Telegram xavfsizlikni xohlaydiganlar uchun qulay joyga aylandi. Biz bu mas’uliyatni tushunamiz va sizni uyaltirib qo‘ymaymiz», degandi Telegram asoschisi.Oldinroq Durov foydalanuvchilardan WhatsApp'ni telefondan o‘chirib tashlashni ham tavsiya qilgan. Durov Facebook ko‘p marta josuslik dasturlarida ishtirok etgani haqida gapirib, Telegram muvaffaqiyat sirini aniqlash uchun Mark Tsukerberg butun boshli guruh yollagani haqida gapirgandi. «Ularning isharini osonlashtiray. Muvaffaqiyatimizning bitta siri bor: o‘z foydalanuvchilaringizni hurmat qiling», degandi Durov.Telegram va Rossiya: birinchi bloklash muvaffaqiyasiz kechgandi2018 yil Telegram va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi. FSB Durovdan maxsus nazoratdagi jinoyatchilarning Telegram yozishmalarini aniqlash uchun ularni shifrdan chiqarishni so‘raydi. Durov esa bu boshqa millionlab foydalanuvchilarning daxlsizligiga raxna solishini aytib, FSB talabiga ko‘nmaydi. Oqibatda Rossiyada Telegram messenjerini bloklash boshlanadi. Dastlabki kunlarda buni uddalashdi ham, ammo keyinchalik qo‘shimcha serverlar yordamida cheklovni «aylanib o‘tgan» Telegram Rossiyada ishlashda davom etdi.2020 yil iyun oyiga kelib Rossiyada Telegram'ni bloklash to‘xtatildi. Birinchidan, bunga texnik jihatdan erisha olishmadi. Ikkinchidan, rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Durov terrorizmga qarshi kurashishini ma’lum qilgach, «Roskomnadzor» Bosh prokuratura bilan kelishgan holda Telegram messenjerini bloklash talabini olib tashlagandi. Ko‘p o‘tmay, Telegram bloklanishining tashabbuskori bo‘lmish «Roskomnadzor»ning o‘zi ham messenjerda kanal ochdi.
|
fan va texnika
|
56
|
Rossiyadagi OAV kanallarini bloklayotgan YouTube va Samsung’ning hamyonbop smartfonlari – hafta texnologik dayjesti
|
Samsung’dan hamyonbop smartfonlar Samsung kompaniyasi yangi, arzon modeldagi smartfonlar – Galaxy M23 va M33 taqdimotini o‘tkazdi. Har ikkala smartfonga 6,6 dyuymli TFT-displeylar (1080p) o‘rnatilgan. Smartfonlarning tashqi ko‘rinishi bir-biridan farqlanadi, Galaxy M23 3ta, Galaxy M33 esa 4ta orqa kameraga ega.Shuningdek, Galaxy M33ning batareyasi sig‘imliroq — 6000 mAs, qo‘shimcha 2 MP makrokamerasi mavjud va operativ xotirasi ham kattaroq – 6 GBdan 8 GBgacha. Galaxy M23’ning batareya sig‘imi – 5000 mAs, xotirasi esa 4/128 GB.Ushbu hamyonbop smartfonlarning narxi va qachondan boshlab sotuvga chiqarilishi ma’lum qilinmagan.YouTube Rossiyadagi ba’zi OAV kanallarini bloklashni boshladiYouTube Rossiyaning davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari kanallarini bloklashni boshladi.«Bugundan boshlab Rossiyaning davlat tomonidan moliyalashtiriladigan YouTube kanallarini bloklaymiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.Shuningdek, platforma Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus operatsiyasi» to‘g‘risidagi videolarni o‘chirishni ham davom etadi.Avvalroq, YouTube Rossiya auditoriyasi uchun monetizatsiya to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.Renaultʼning yangi Austral krossoveriRenault kompaniyasi 2022 yilda Yevropa bozoriga chiqadigan yangi model – Austral krossoverining taqdimotini o‘tkazdi.Yangi krossover dizayni Renault Megane E-Tech uslubida yaratilgan Nissan Qashqai krossoverining CMF-CD3 platformasi asosida qurilgan. Yuqori versiyalarda to‘liq o‘tkazgich 4Control Advanced g‘ildirakli haydovchi shassisi bilan birlashtirilgan.Yangi model jihozlari qatoriga 30 dan ortiq elektron haydovchi assistentlari ham kiradi. Yangi Renault Austral’ni ishlab chiqarish Ispaniyadagi zavodda yo‘lga qo‘yiladi va model sotuvi yil oxirida boshlanadi hamda bozorga faqat gibrid versiyalarda chiqadi.O‘zbek olimlari tomonidan kashf qilingan yangi rezonans zarrachaO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Behzod Yo‘ldoshev ilmiy rahbarligidagi o‘zbek fizik-olimlar guruhi jahonda ilk bor yangi elementar zarracha mavjudligini eksperimental tarzda ko‘rsatib berishdi. Bir nuklonga 3.4 GeV energiyali karbon yadrolarining o‘zaro to‘qnashuvlari tahlili natijasida ikkita proton va bitta pi-mezondan iborat sakkiz kvarkli tizimda yangi rezonans zarracha topilgan.Kashf etilgan qisqa yashovchi zarrachaning massasi 2118 ± 1 MeV/c2ga teng bo‘lib, uning yashash davri kuchli o‘zaro ta’sir vaqtiga qaraganda nisbatan katta bo‘lgan.Eronning dron va raketalar joylashtirilgan yerosti bazasiEron raketalar va zarba beruvchi dronlar joylashtirilgan yerosti bazasini namoyish etdi.Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-kosmik kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaning so‘zlariga ko‘ra, yangi harbiy bazadan bir vaqtning o‘zida 60ta dron havoga ko‘tarilishi mumkin.Qayd etilishicha, Eron dronlari dushmanning havo hujumidan mudofaa tizimini yakson qila oladi. Dronlarning parvoz masofasi 2 ming kilometrni tashkil etadi.Bazada shuningdek, «yer-yer» sinfidagi raketalar ham joylashgan.Telegram’da yangilanishTelegram messenjeri navbatdagi 8.6 raqam ostidagi yirik yangilanishni amalga oshirdi. Endilikda platforma foydalanuvchilari cheksiz bulut xotirasi bilan har biri 2 GBgacha bo‘lgan istalgan faylni yuborishi va ularga istalgan qurilmadan kirishi mumkin. Fayllar faol tarzda yuklab olinayotganida qidiruv panelida yangi belgi paydo bo‘ladi.Qayd etilishicha, iOS ilovasidagi biriktirmalar menyusi dizayni Android ilovasiga yetib olishi uchun to‘liq yangilangan. Kamera funksiyasining galereyaga integratsiyasi yaxshilangan va yangi navigatsiya menyusi rasmlar, fayllar, joylashuv axborotini ulashish va boshqalarga tezkor kirish imkonini beradi. Yangilangan fayllar rukni oxirgi yuborilgan fayllarni ko‘rsatadi va ularning nomi asosida qidirish imkonini beradi.Android va MacOS ilovalarida, hisobga kirish usuli ravon yangi animatsiyalar bilan to‘ldirilgan.Apple taqdimoti8 mart kuni Apple’ning joriy yildagi ilk tadbiri o‘tkazildi va unda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan yangi gadjetlar namoyish etildi.Ma’lum qilinishicha, iPhone 13 smartfonlarining barcha modellarini yashil rangda ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, M1 protsessorli yangi iPad Air uchun ham taqdim etildi, kompaniya uni oldingi avlod makbuklariga o‘rnatgandi. Qurilmaning ishlash qobiliyati oldingisiga nisbatan 2 barobarga oshgan. Yangi «masalliq» iPad Airʼni sotuvda bo‘lgan Windows-noutbuklarning aksariyatidan tezroq ishlashini ta’minlaydi.64 GBdan 256 GBgacha bo‘lgan xotirada taqdim etilayotgan yangi iPad Air’ning narxi AQShda 599 dollardan boshlanadi va 18 martdan sotuvga chiqadi.
|
fan va texnika
|
57
|
«Aqlli» radarlar, qulab tushgan «uchar taksi», Nokia’ning «cho‘ntakbop» smartfoni – hafta texnologik dayjesti
|
Nokia’ning «cho‘ntakbop» smartfoniHMD kompaniyasi o‘zining Nokia G21 smartfonini namoyish etdi. Yangi smartfon avvalgi G20 modelidan ekrani bilan farq qiladi – u 90 Gsli diagonali 6,5 dyuym bo‘lgan HD+ displey bilan jihozlangan. Smartfonning old kamerasi 8 Mp.Unga sakkiz yadroli Nokia G21 protsessori o‘rnatilgan. Smartfon 4/6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga ega.G21 Android 11 operatsion tizimida ishlaydi, ammo tez vaqt ichida 12-versiyagacha yangilanishiga va’da berilmoqda.Smartfonga uchta - 50 Mp bo‘lgan bitta asosiy va 2 Mp bo‘lgan ikkita kamera o‘rnatilgan.Akkumulyator sig‘imi 5050 mAchni tashkil etadi.Yangi Nokia G21 smartfonining narxi 186 dollardan boshlanadi.Qulab tushgan «uchar taksi»AQShda uchuvchisiz harakatlanadigan Joby uchar taksisining sinov modellaridan biri qulab tushdi. Besh o‘rinli elektr aerotaksi soatiga 435 km tezlikda harakatlangan.Joby Aviation o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon aerotaksi ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.Shuningdek, Volocopter, eHang, Lilium va Vertical Aerospace kabi kompaniyalar ham aerotaksi yaratish ustida ish olib bormoqda.Avvalroq, Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi uchar avtomobilda tarixdagi ilk shaharlararo parvozni amalga oshirgandi. AirCar deb nomlangan mashina Slovakiyaning Nitra va Bratislava shaharlari o‘rtasidagi 85 kmlik masofani 35 daqiqada uchib o‘tgan.Kosmosga sayohat qilish chiptalariVirgin Galactic Holdings Inc kompaniyasi 16 fevral kunidan suborbital parvozlar uchun chipta sotishni boshladi. Kompaniya joriy yil oxirida kosmik turistlar parvozini boshlashni rejalashtirgan.Birinchi bosqichda orbitaga ming kishi parvoz qilishi kutilmoqda, so‘ngra ular soni oshadi.Parvozlar Nyu-Meksikodan amalga oshiriladi, har bir parvoz davomiyligi 90 daqiqani tashkil etadi.Chipta 150 ming dollar miqdoridagi depozit bilan birgalikda 450 ming dollarga tushadi.iPhone 14 xotirasi rekord darajada kengaytiriladi2022 yilning kuzida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 14 modellarining operativ xotirasi 8 gigabaytga kengaytiriladi. Bu haqda «MacRumors» Janubiy Koreyaning «Naver» blogiga tayanib, xabar bermoqda. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 14 allaqachon ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorlanmoqda.Eslatib o‘tamiz, hozirgi iPhone 13 Pro va 13 Pro Max 6 GB operativ xotiraga ega.iPhone 14 taqdimoti sentabr yoki oktyabrda bo‘lishi kutilyapti. Turkumdan to‘rt model: iPhone 14/14 Pro va 6,7 dyuymli iPhone 14 Max/14 Pro Max o‘rin oladi.Operativ xotirasidan tashqari, iPhone 14 ning barcha modellarida ichki xotira ham maksimumga yetkazilishi mumkin: kichiklarida — 512 GB dan 1 TB gacha, kattalarida — 2 TB gacha. «Aqlli» radarlarTurkiyaning "ÜÇ NOKTA" kompaniyasi Namangan viloyati markazida 10 million dollarlik investitsion loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida “aqlli radar sistemalari”ning yangi avlodi namoyish qilingan. Lazer tizimi bilan ishlovchi ushbu sistemaga qarshi har xil antiradar uskunalari ish bermasligi, tizim yo‘llar va chorrahalardagi harakatni tartibga solishi ta’kidlangan.O‘zbekiston elektromobillar masalasida Xitoyni asosiy hamkor qilib tanlamoqchi«O‘zavtosanoat» Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi – BYD Auto Industry bilan anglashuv memorandumi tuzdi. Shu asosda tomonlar O‘zbekistonda elektromobillar, elektrobuslar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara boshlaydi.BYD (Build Your Dreams) Xitoydagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. 2021 yilning 9 oyi davomida faqatgina Tesla BYD’ga qaraganda ko‘proq elektromobillar ishlab chiqargan.Avvalroq, investor Uorren Baffet qo‘llab-quvvatlovidagi ushbu kompaniya 2022 yilda 1,2 mln donagacha elektromobil sotmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.Firibgar dasturlarning 74 foizi rus hakerlarinikiChainalysis tahlillariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha firibgar dasturlar orqali uyushtirilgan hujumlarning to‘rtdan uch qismi (74 foiz) ortida rossiyalik hakerlar turibdi.Umuman olganda, hakerlik guruhlari o‘tgan bir yil ichida kriptovalutada 400 million dollardan ortiq pul «ishlagan». Ushbu mablag‘larning 9,9 foizdan ortig‘i Evil Corp guruhi hissasiga to‘g‘ri kelgan.E’tiborli jihati, tadqiqotchilar rus tilida muloqot qilgan yoki Rossiya va MDH mamlakatlaridagi kompyuterlarga zarar yetkazmaydigan kodlarni yozgan barcha hakerlarni — «rus» sifatida tasniflagan.
|
fan va texnika
|
58
|
Nokia yangi budjet smartfonini namoyish etdi
|
HMD kompaniyasi o‘zining Nokia G21 smartfonini namoyish etdi, deb xabar berdi GSMArena.Yangi smartfon avvalgi G20 modelidan ekrani bilan farq qiladi – u 90 Gsli diagonali 6,5 dyuym bo‘lgan HD+ displey bilan jihozlangan. Smartfonning old kamerasi 8 Mp.Smartfonga sakkiz yadroli Nokia G21 protsessori o‘rnatilgan. U 4/6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga ega.G21 Android 11 operatsion tizimida ishlaydi, ammo tez vaqt ichida 12-versiyagacha yangilanishiga va’da berilmoqda.Smartfonga uchta - 50 Mp bo‘lgan bitta asosiy va 2 Mp bo‘lgan ikkita kamera o‘rnatilgan.Akkumulyator sig‘imi 5050 mAchni tashkil etadi.Nokia G21 smartfoni narxi 186 dollardan boshlanadi.
|
fan va texnika
|
59
|
«Josus» ijtimoiy tarmoqlar va eng kuchli smartfonlar reytingi – hafta texnologik dayjesti
|
«Josus» ijtimoiy tarmoqlarYouTube va TikTok foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini boshqa ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda ko‘proq to‘playdi, deb xabar bermoqda CNBC nashri URL Genius marketing kompaniyasi tadqiqotlariga tayangan holda.Tadqiqot Apple gadjetlarida mavjud bo‘lgan App Activity Recording funksiyasidan foydalangan holda, 10 xil ijtimoiy media ilovalari: YouTube, TikTok, Twitter, Telegram, LinkedIn, Instagram, Facebook, Snapchat, Messenger va WhatsApp’da o‘tkazilgan.Tahlilchilar eng shubhali ilovalar sifatida YouTube va TikTok’ni qayd etgan. Ushbu platformalar bir yoqishda 14 tadan tashqi ulanishni amalga oshirgan. Bu ko‘rib chiqilgan boshqa ilovalarga nisbatan ikki baravar ko‘p. Facebook, WhatsApp, Snapchat va Messenger bu jihatdan eng past ko‘rsatkich (bittadan tashqi ulanish)ni namoyon etgan.Qayd etilishicha, YouTube foydalanuvchilarning ma’lumotlarini asosan o‘z manfaatlari yo‘lida: foydalanuvchiga aloqador reklamalarni namoyish etish uchun ularning joylashgan joyi, onlayn qidiruv tarixi va boshqa harakatlarini kuzatib boradi.Xitoyning ByteDance texnologiya gigantiga tegishli bo‘lgan TikTok esa tashqi manbalarga foydalanuvchilarning ma’lumotlarini to‘plash imkoniyatini beradi, bundan qanday maqsad ko‘zlangani esa noma’lum. Yangi Galaxy Tab S8 planshetlariSamsung kompaniyasi o‘zining yangi Galaxy Tab S8 planshetlari turkumini taqdim etdi.Undan uchta —Galaxy Tab S8, Galaxy Tab S8+ va Galaxy Tab S8 Ultra modellari joy olgan.Planshetlarga Snapdragon 8 Gen 1 protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 8, 12 yoki 16 Gb, doimiy xotirasi 128, 256 yoki 512 Gbni tashkil etadi. Barcha planshetlarning old kamerasi 12 Mp, asosiy kamerasi esa 13 va 6 Mpga teng.Galaxy Tab S8 11 dyuymli LTPS-displeyga, qolgan ikki qurilma esa 12,4 va 14,6 dyuymli Super AMOLED ekranga ega. Planshetlar 45 Vtli quvvatlagich bilan jihozlangan, akkumulyatorlari sig‘imi modeliga qarab 8000 mA•s, 10 090 mA•s va 11 200 mA•sga teng.Yangi planshetlar sotuvi mart oyida boshlanadi.Yanvar oyining eng kuchli smartfonlariAnTuTu portali joriy yilning yanvar oyidagi eng kuchli smartfonlar reytingini e’lon qildi.Ro‘yxatning birinchi va ikkinchi pog‘onalarini iQOO 9 Pro va iQOO 9 smartfonlari band etgan.Shuningdek, kuchli beshtalikka Realme GT2 Pro, OnePlus 10 Pro hamda Xiaomi 12 Pro modellari kiritilgan.Mazkur smartfonlarning barchasi Snapdragon Gen 1 protsessori bilan jihozlangan.TAG Heuer’ning yangi avlod «aqlli» soatlariShveytsariyaning TAG Heuer soat brendi «aqlli» soatlarning yangi avlodi – Connected Calibre E4 modelini taqdim qildi.Yangi soatlarning diametri 42 va 45 millimetrni tashkil etadi va ekrani yoqut kristalli bilan himoyalangan.Shuningdek, Snapdragon 4100 Plus protsessori, Bluetooth 5.0’ni qo‘llab-quvvatlash va kun davomida qayta zaryadlanmasdan ishlashni ta’minlaydigan kengaytirilgan batareya tizimi qo‘shilgan. Soat yangi magnit dok-stansiya bilan quvvatlanadi.Yangi TAG Heuer soatlari 2022 yil mart oyida sotuvga chiqariladi. Diametri 42 mm bo‘lgan soat narxi 1,8 ming dollardan, 45 mm model narxi esa 2 ming dollardan boshlanadi.General Motors Spark, AvtoVAZ esa Lada Granta ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchiGeneral Motors (AQSh) avtokonserni 2022 yilning avgustidan boshlab Spark avtomobili ishlab chiqarilishini to‘xtatadi. Bu 2021 yilda ushbu modelning sotuvi keskin pasayib ketgani bilan izohlangan.Hozirda kompaniya uchta rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarmoqda: Camaro, Corvette va Malibu.«O‘zavtosanoat» axborot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Spark ishlab chiqarish to‘xtatilishi reja qilinmagan.Shuningdek, AvtoVAZ ham Lada Granta avtomobillari o‘rniga 2023 yildan boshlab B-klassidagi yangi modellar turkumi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.Samolyot mehmonxonaFransiyada utilizatsiyaga jo‘natilishi lozim bo‘lgan Airbus A380 samolyoti mehmonxonaga aylantiriladi, deb xabar berdi Aerotime Hub.Havo kemasi 31ta - standart ikki o‘rinli, uch yoki to‘rt kishilik yarim lyuks va ikkita lyuks nomerdan iborat bo‘ladi.Mehmonxona majmuasi tarkibiga shuningdek, 60 o‘rinli restoran ham kiradi. Airbus A380 —Airbus S.A.S kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dunyodagi eng ulkan avialayner hisoblanadi. Uning balandligi 24, uzunligi 73 metr. Samolyotning uchta klassdagi modeliga 525 nafar, bir klassdagi modeliga 853 nafar yo‘lovchi sig‘adi.Maskning sayyoralararo kosmik kemasiSpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Starship kosmik kemasining yangilangan versiyasi taqdimotini o‘tkazdi.Starship tizimi kosmik kema va Super Heavy tashuvchi-raketasidan iborat. Hozirda kompaniya tizimni ko‘p marta foydalaniladigan qilish hamda Oy va Marsga parvozlarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Kema kosmosga chiqqanidan so‘ng, tashuvchi-raketa ajraladi va parvoz minorasiga qaytadi. Kelgusida tizimdan har 6-8 soatda foydalanish mumkin bo‘ladi. Maskning ta’kidlashicha, Super Heavy tashuvchi-raketasi kosmosga uchirilgan eng yirik Saturn V raketasidan ham kuchliroq. Hozirda raketa 29ta dvigatelga ega, kelajakda dvigatellar soni 33ta bo‘lishi mumkin.
|
fan va texnika
|
60
|
Ikki o‘rinli mitti avtomobil BMW kompaniyasini bankrotlikdan qanday asrab qolgandi?
|
1950-yillar nemis avtomobilsozlik kompaniyalari uchun og‘ir keladi. Ikkinchi jahon urushida barcha zavodlar aviazarbalar oqibatida vayron bo‘lgan, ularni qayta tiklab ishni yangitdan boshlash kerak edi.Nemis avtomobilsozlarining qiyin vaziyatga tushib qolishi ularga raqobatchi bo‘lgan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya avtomobil sanoatining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Endi nemislar qanday qilib bo‘lsa ham yo‘qotgan mavqeyini qaytarib olishi zarur edi. Shu jumladan, BMW kompaniyasi ham.BMW kompaniyasi azaldan sifatga jiddiy e’tibor bergan holda avtomobil ishlab chiqargan. Kompaniya avtomobillarini asosan o‘ziga to‘qlar sotib olar, ular orasida o‘rtahollarning cho‘ntagi ko‘taradigan arzon avtomobil yo‘q edi. Urush tufayli vaziyat o‘zgaradi. Endi odamlar qimmat avtomobillarni sotib ololmasdi.Shundan so‘ng kompaniya jamiyatning barcha qatlamlariga mo‘ljallangan hamyonbop hamda tejamkor avtomobil chiqara boshlaydi va bu ish BMW'ni bankrot bo‘lishdan saqlab qoladi.Kompaniyaning qisqacha tarixiBMW kompaniyasiga 1916 yilda Karl Fridrix Rapp asos solgan. 1917 yilda u rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniya nomi Bayerische Motoren Werke AG (Bavariya motor zavodi) qisqartmasidan olingan. Kompaniya avtomobillardan tashqari aviatsiya va avtomobil sanoati uchun dvigatellar hamda mototsikllar ishlab chiqargan. Keyinchalik SSSRda ishlab chiqarilgan «Ural» va «Dnepr» mototsikllari ham aynan BMW kompaniyasi mahsuloti hisoblanadi. Sovetlar BMW R71 mototsiklini ruxsat olmasdan ishlab chiqargan.Nemislardan o‘g‘irlangan «Ural» va «Dnepr» mototsikllari: nega tog‘liklar ulardan hamon foydalanmoqda?Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng nemis avtomobilsozlik kompaniyalari orasida eng qiyin vaziyatga BMW tushadi. Kompaniyaning asosiy beshta zavodidan to‘rttasi SSSR nazorati ostida bo‘lgan sharqiy Germaniyada joylashgandi. Shu sababli kompaniya ulardan umidini uzadi. G‘arbiy Germaniyada joylashgan yagona zavod ham aviazarbalar oqibatida butunlay vayron bo‘lgandi.Kompaniya 1947 yilda ittifoqchilardan (AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya) qayta faoliyat uchun ruxsat oladi va Germaniya g‘arbidagi zavodni qayta tiklay boshlaydi. Ammo barchasini boshidan boshlash qiyin bo‘ladi. Buning ustiga boshqa avtomobilsozlik kompaniyalari bilan raqobatga kirishish oson emasdi. Ana shunday holatda kompaniya bankrot bo‘lish yoqasiga kelib qoladi.NajotKompaniya 1951 yilda urushdan keyingi ilk rusumi – BMW 501 avtomobilini ishlab chiqaradi. Ushbu avtomobilning narxi juda qimmat bo‘lib, urushda batamom vayron bo‘lgan Germaniya aholisida qimmat avtomobillarni sotib olishga pul yo‘q edi. Shu sababli BMW 501 uncha ommalashmaydi.Ana shu joyda kompaniya rahbariyati bankrot bo‘lib qolmaslik uchun hammani birday qiziqtira oladigan, tejamkor hamda hamyonbop avtomobil ishlab chiqarish lozimligini anglab yetadi.1954 yilda Jyeneva avtosalonida namoyish etilgan, italiyalik avtomobilsozlar ishlab chiqargan ikki o‘rinli Isetta rusumli avtomobili BMW rahbariyatining e’tiborini tortadi. Ushbu avtomobil ixcham va tejamkor bo‘lib, shahar sharoitiga juda mos edi.Shundan so‘ng kompaniyada mazkur rusumni ishlab chiqarish uchun uning litsenziyasini sotib olish muhokama qilinadi.Isetta 1950-yillarning boshida Italiyaning uy-ro‘zg‘or buyumlari va motoroller ishlab chiqaruvchi Iso SpA kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtiradi. Kompaniya rahbari Rivolta Renso mazkur avtomobil ixcham va tejamkor bo‘lishi talabini qo‘yadi. Shu tariqa kompaniyaning ikki nafar muhandisi rahbarning talabiga mos tushadigan avtomobil loyihasini yaratishadi.Ular yaratgan avtomobil motorollerdan biroz farq qilardi xolos. Ammo uning imkoniyatlari ancha yaxshi edi. Avtomobil ikki o‘rinli bo‘lib, unga 9,5 ot kuchiga ega tejamkor dvigatel o‘rnatilgandi. Italiyaliklar yangi avtomobilga kompaniya nomiga hamohang tarzda Iso Isetta deb nom berishadi.Italiya kompaniyasining moliyaviy imkoniyatlari uncha yuqori emasdi. Shu sababli ular ixcham avtomobilning litsenziyasini sotishga qaror qilishadi.1954 yilda Fransiyaning VELAM kompaniyasi italiyaliklardan Iso Isetta avtomobilini ishlab chiqarish litsenziyasini sotib oladi. Oradan biroz o‘tib, fransiyaliklar mazkur avtomobil kuzovidan foydalanish huquqini BMW ga sotadi. 1955 yilda litsenziya braziliyaliklarga ham sotiladi.Shu tariqa, ushbu ixcham avtomobil Fransiyada VELAM Isetta, G‘arbiy Germaniyada BMW Isetta, Braziliyada esa Romi-Isetta nomi bilan chiqariladi.BMW Isetta1955 yilda BMW kompaniyasi Isetta’ning kuzovidan foydalanishni qo‘lga kiritgach, unga 13 ot kuchi quvvatiga teng dvigatel o‘rnatib ishlab chiqara boshlaydi. BMW Isetta tez orada GFR aholisining sevimli avtomobiliga aylanadi. Avtomobil ayniqsa shaharlarda yashovchilar o‘rtasida tez ommalashadi. Mazkur mashina tejamkor, ixcham bo‘lish bilan birga, narxi ham arzon edi. O‘sha paytda u 2650-2710 marka sotilgan.1956 yilda Suvaysh kanali bo‘yicha mojaro kelib chiqadi. Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir Buyuk Britaniya va Fransiyadan uning egaligini tortib oladi. Oqibatda urush boshlanib, kanal yopilib qoladi. Shundan so‘ng Yevropa mamlakatlarida yonilg‘i inqirozi boshlanadi. Bu holat tejamkor avtomobil ishlab chiqarayotgan BMW kompaniyasiga qo‘l keladi va BMW Isetta’ga talab keskin oshib ketadi. Kompaniya yaxshi daromad ola boshlaydi.1964 yilgacha BMW kompaniyasi 160 ming dona BMW Isetta sotadi. Bu o‘sha davr uchun yaxshi natija edi. Kompaniyaning raqobatchilari bu paytda yirik o‘lchamli, yonilg‘i sarfi ko‘p bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarardi. Oradan biroz o‘tib, BMW ham Isetta’ning 3 eshikli, 4 o‘rinli rusumini ishlab chiqarishga o‘tadi va u qulaylikda raqobatchilar ishlab chiqarayotgan qimmat avtomobillardan uncha qolishmasdi.Sakkiz yil davomida Isetta uch xil ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Ularning 1 eshikli, 2 o‘rinli varianti BMW Isetta 250, BMW Isetta 300 nomlari bilan, 3 eshikli, 4 o‘rinlisi BMW Isetta 600 nomi ostida bozorga chiqarilgan. O‘sha paytda BMW Isetta’ning eng ajralib turgan joyi unda rul chambaragi eshikda joylashgan edi. Ya’ni mitti avtomobilning yagona eshigi uning old tarafiga o‘rnatilgan va rul chambaragi unga biriktirilgandi.BMW Isetta’ning raqobatchilariO‘tgan asrning 50-yillarida ixcham va tejamkorlikda Isetta avtomobillari yagona emasdi. Yana bir qator avtomobilsozlik kompaniyalari bunday turdagi avtomobillarni ishlab chiqargan. Ular orasida eng mashhuri Volkswagen Beetle edi. Volkswagen Beetle avtomobil ixlosmandlari orasida «qo‘ng‘izcha» nomi bilan mashhur.Volkswagen mazkur ixcham avtomobilni ishlab chiqarishni 1938 yildan boshlagan. Urushdan so‘ng Volkswagen kompaniyasi ham aynan Volkswagen Beetle tufayli tez oyoqqa turib olgandi. Mazkur avtomobil 2003 yilgacha yangilangan holda ishlab chiqarilgan.Urushdan so‘ng BMW Isetta’ga raqobat qilganlardan yana biri Fransiyaning Citroën kompaniyasi tomonidan 1948 yildan boshlab ishlab chiqarilgan Citroën 2CV avtomobili edi. Mazkur avtomobilning narxi juda arzon bo‘lgani uchun u asosan o‘rtahol va undan past darajada yashayotgan fransiyaliklar orasida juda ommalashadi. Citroën 2CV avtomobili 1990 yilgacha ishlab chiqarilgan.Messerschmitt KR200 – ushbu avtomobil ikkinchi jahon urushida Germaniya armiyasini samolyot bilan ta’minlagan Messerschmitt kompaniyasining mahsuloti edi. Gap shundaki, urush tugagandan so‘ng ittifoqchilar mazkur kompaniyaga samolyot ishlab chiqarishni taqiqlab qo‘yishadi. Shundan so‘ng Messerschmitt mototsikl, motoroller va nogironlar uchun motorli aravacha ishlab chiqara boshlaydi.Oradan biroz o‘tib, kompaniya uch oyoqli Messerschmitt KR200 – kabinali motoroller ishlab chiqara boshlaydi. Bu motorollerlar urushdan so‘ng iqtisodiy holati yaxshi bo‘lmagan ko‘plab odamlar uchun tejamkor transport vositasi rolini bajaradi.Mazkur motorollerning tashqi ko‘rinishi avtomobilning o‘zi edi. Messerschmitt KR200 1955 yildan 1964 yilgacha ishlab chiqarilgan. Messerschmitt kompaniyasi 1956 yilda yana samolyot ishlab chiqarish uchun ruxsat oladi. Shundan so‘ng kompaniya Messerschmitt KR200 ishlab chiqaruvchi bo‘limini sotib yuboradi. 1962 yildan boshlab Messerschmitt KR200 ga talab keskin kamaya boshlaydi va 1964 yilda uni ishlab chiqarish to‘xtatiladi.BMW Isetta’ning texnik tavsiflari:Ishlab chiqarish boshlangan yil: 1955 yil (Iso Isetta 1953 yildan, VELAM Isetta 1954 yildan, Romi-Isetta 1955 yildan);Ishlab chiqargan davlat: Germaniya Federativ Respublikasi (Fransiya va Braziliyada ham ishlab chiqarilgan)Platforma: Iso IsettaBMW kompaniyasi BMW Isetta avtomobillarining muvaffaqiyatli savdosi ortidan bankrot bo‘lishdan saqlanib qoladi, balki yaxshi foyda ham ko‘radi. BMW Isetta avtomobillari nafaqat Germaniyada, balki Yevropaning boshqa davlatlarida ham odamlarning sevimli avtomobiliga aylana oldi. Shu sababli, 1957 yilda BMW Buyuk Britaniyada ham BMW Isetta avtomobillarini ishlab chiqara boshlaydi. 1958 yilda Fransiya kompaniyasi VELAM Isetta avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatgach, BMW Isetta’ning savdo ko‘rsatkichi yana oshadi.BMW kompaniyasining oyoqqa turishiBMW Isetta tufayli bankrot bo‘lishdan saqlanib qolgan kompaniya 1959 yilda BMW 700 rusumli avtomobil ishlab chiqara boshlaydi. Ushbu avtomobil 2 o‘rinli bo‘lib, tashqi ko‘rinishi ancha zamonaviy edi. Shu sababli u ham tez ommalashadi.Kompaniya olti yilda BMW 700 avtomobilidan qariyb 200 mingta ishlab chiqarib, sotishga erishadi. Mazkur avtomobil 1959 yildan 1965 yilgacha ishlab chiqarilgan. BMW 700 avtomobili BMW R67 mototsiklining dvigateli o‘rnatilgan holda ishlab chiqariladi. Mazkur dvigatelning quvvati 32 ot kuchiga teng bo‘lib, u soatiga 125 kilometr tezlikka erisha olgan.BMW 700 avtomobili kompaniyaning BMW Isetta’dan keyingi eng yaxshi loyihasi edi. Aynan shu rusumdagi avtomobillarning muvaffaqiyatli savdosidan keyin BMW bankrot bo‘lish xavfidan batamom qutulib ketadi.BMW hozirgi kundaBugun BMW dunyo avtomobilsozlik kompaniyalari orasida o‘z o‘rniga ega. Kompaniya avtomobillar ishlab chiqarish va ularning savdosi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallaydi. BMW rusumlarining aksariyati qimmat va kompaniya endilikda arzon avtomobillarni umuman ishlab chiqarmaydi.Birgina misol, BMW 2021 yilda qimmat avtomobillar savdosida Mercedes-Benz va Tesla’ni ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, kompaniya 2021 yilda 2,2 million dona avtomobil ishlab chiqarib sotgan va umumiy hisobda 10-o‘rinni egallagan.O‘tgan asrning 50-yillarida bankrotlik yoqasida turgan kompaniyaning so‘nggi yillardagi aylanma mablag‘i 100 milliard yevrodan oshiqroqni tashkil etmoqda. Sof foydasi esa 5-6 milliard yevroga yetgan. Bugun BMW korxonalarida 130 ming nafardan ziyod ishchi-xodim bor va kompaniya aktivlari 200 milliard yevrodan oshmoqda.BMW dunyo avtomobil sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgach bir qator kompaniyalarni sotib oldi. Jumladan, 1994 yilda Buyuk Britaniyaning Rover Group kompaniyasini, 1998 yilda inglizlarning yana bir mashhur kompaniyasi – Rolls-Royce Motors’ni xarid qildi.G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi
|
fan va texnika
|
61
|
Samsung yangi Galaxy Tab S8 planshetlarini taqdim etdi
|
Samsung kompaniyasi o‘zining yangi Galaxy Tab S8 planshetlari turkumini taqdim etdi.Turkumdan uchta —Galaxy Tab S8, Galaxy Tab S8+ va Galaxy Tab S8 Ultra planshetlari joy oldi.Planshetlarga Snapdragon 8 Gen 1 protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 8, 12 yoki 16 Gb, doimiy xotirasi 128, 256 yoki 512 Gbni tashkil etadi. Barcha planshetlarning old kamerasi 12 Mp, asosiy kamerasi esa 13 va 6 Mpga teng.Galaxy Tab S8 11 dyuymli LTPS-displeyga, qolgan ikki qurilma esa 12,4 va 14,6 dyuymli Super AMOLED ekranga ega. Planshetlar 45 Vtli quvvatlagich bilan jihozlangan, akkumulyatorlari sig‘imi modeliga qarab 8000 mA•s, 10 090 mA•s va 11 200 mA•sga teng.Qurilmalarga S Pen stiluslari qo‘shimcha qilingan.Yangi planshetlar sotuvi mart oyida boshlanadi.
|
fan va texnika
|
62
|
Elektromobillarni quvvatlaydigan yo‘l va yilning eng ko‘p avtomobil sotgan kompaniyalari – hafta texnologik dayjesti
|
Elektromobillarni harakat paytida quvvatlaydigan yo‘lBosh ofisi Isroilning Tel-Aviv shahrida joylashgan Electreon Wireless kompaniyasi AQShning Detroyt shahrida elektr transport vositalarini harakatlanayotgan vaqtida zaryadlash imkonini beruvchi yo‘l quradi. Loyiha 2023 yilgacha to‘liq ishga tushishi reja qilingan.Yo‘l elektr transport vositalarini harakatlanayotgan yoki to‘xtab turgan holatda induktiv zaryadlash deb ataladigan tizim orqali quvvatlaydi.Elektrlashtirilgan yo‘l taxminan 1,5 kilometrga cho‘ziladi, loyihaga 1,9 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.Electreon Wireless ushbu infratuzilmani Shvetsiya, Isroil va Italiya yo‘llarida sinovdan o‘tkazgan.Bundan keyin Volkswagen faqat elektromobillar ishlab chiqaradiTsvikkau shahridagi Volkswagen avtozavodi ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatdi va dunyoda birinchi bo‘lib faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tdi.Qayd etilishicha, shu vaqtga qadar hech bir ishlab chiqaruvchi bunday qilmagan. Zavodni moslashtirish uchun 1,2 mlrd yevro sarflangan va yiliga 300 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvati yaratilgan.Tsvikkauda Audi Q4 e-tron va Q4 e-tron Sportback, Cupra Born hamda ID.3, ID.4 va ID.5 elektromobillari ishlab chiqariladi.Tesla avtomobillaridagi nosozlikTesla Inc kompaniyasi xavfsizlik kamari taqilmaganligi to‘g‘risidagi ovozli signal bilan bog‘liq muammo sababli 817 ming 143 dona (2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model S va Model X, 2017-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model 3s va 2020-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model Y) modellarini chaqirib oladi.AQSh trassalardagi harakat xavfsizligi milliy boshqarmasining (NHTSA) bildirishicha, kompaniya avtomobillarida xavfsizlik kamari taqilmaganligi to‘g‘risidagi ovozli signal har doim ham ishlamaydi.2021 yilda eng ko‘p avtomobil sotgan kompaniyalarToyota 2021 yil dunyo bo‘ylab eng ko‘p avtomobil sotgan kompaniya bo‘ldi. Avtokonsern savdosi 10,5 million donani tashkil etgan.Ikkinchi o‘rinni 8,9 million dona avtomobil savdosi bilan Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi egallagan.Shuningdek, o‘tgan yilda Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi 7,8 million dona avtomobil bilan global avtomobil savdosi bo‘yicha uchinchi o‘rinni band qilgan.Telegram'ning yangilangan 8.5 versiyasiTelegram jamoasi ilovaning yangilangan 8.5 versiyasini taqdim qildi. Ushbu yangilanishlarda oson yaratiladigan videostikerlar, ixcham animatsiyali reaksiyalar, ko‘rilmagan reaksiyalarni tekshirish tugmasi, chatlar orasidagi yaxshilangan navigatsiya va boshqa yangiliklar mavjud.Telegram oddiy videolardan o‘giriladigan stikerlarni ham qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini qo‘shmoqda. Natijada, istalgan foydalanuvchi istalgan videomuharrir dasturi yordamida batafsil animatsiyali stikerlarni oson yaratishi mumkin.Reaksiyalar animatsiyalari ixchamlashmoqda, kattaroq effekt yuborish uchun menyudagi reaksiyani bosib turish kerak bo‘ladi.Shuningdek, interaktiv emojilar kabi reaksiyalar endi sinxronlanadi, natijada qabul qiluvchilar animatsiyalarni real vaqt rejimida ko‘radi.Reaksiyalar faqat hissiyotlarni ifodalashdan tashqari savollarga ham javob berishi inobatga olinib, endi ular o‘qilganlik belgisiga ham ega bo‘ladi.O‘zbekistonda eng ko‘p foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoqlarSenat ma’lumotlariga ko‘ra, “Facebook”da 4,7 mln, “Instagram”da 3,7 mln, “Linkedln”da 288 ming, “Telegram”da 18 mln, “Odnoklassniki”da 16,7 mln, “Twitter”da 51,6 ming va “V-kontakte”da 2,6 mln o‘zbekistonlik foydalanuvchilar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qilmoqda.Shu bilan bir qatorda, oxirgi yillarda shiddat bilan ommaviylashib borayotgan TikTok tarmog‘ida qancha foydalanuvchi borligi ochiqlanmagan.Shimoliy Koreyaning tovushdan 16 barobar tez uchgan ballistik raketasiShimoliy Koreya rekord masofani bosib o‘tgan ballistik raketa uchirdi. 30 daqiqa mobaynida Yer yuzasi bo‘ylab 800 kilometr masofaga uchgan va dengizga qulashdan avval 2000 kilometr yuqoriga chiqqan raketa Yaponiya iqtisodiy zonalari chegaralaridan tashqariga tushgan.Janubiy Koreyaning Yonhap agentligiga ko‘ra, uchish vaqtida raketaning maksimal tezligi 16 Max’ni tashkil etgan, bu tovush tezligidan 16 marta yuqori. Manba so‘zlariga ko‘ra, raketa KXDR 2017 yilda sinovdan o‘tkazgan «Xvason-12»ga o‘xshash bo‘lgan.Shimoliy Koreya 2017 yil oxiridan buyon qit’alararo harakatlanuvchi ballistik raketalar va yadroviy sinovlar moratoriysiga amal qilgan holda bu kabi sinovlarni o‘tkazmayotgandi.
|
fan va texnika
|
63
|
Maskning odamsimon robotlari va eng tezkor superkompyuter - hafta texnologik dayjesti
|
Ilon Maskning odamsimon robotlariOptimus nomli inson ko‘rinishidagi robotlar ishlab chiqarish Tesla kompaniyasining joriy yildagi eng muhim ishlanmasi bo‘ladi. Bu haqda kompaniya rahbari va asoschisi Ilon Mask investorlar bilan o‘tkazilgan videokonferensiya davomida aytib o‘tgan.Maskning ta’kidlashicha, kelajakda robot ishlab chiqarish Tesla uchun avtomobil biznesidan ko‘ra muhimroq bo‘lishi mumkin va ishchi kuchi tanqisligini yengishda yordam beradi.Robot taqdimoti ilk bor o‘tgan yilning avgust oyida o‘tkazilgandi. Uning bo‘yi taxminan 173 sm, vazni — 57 kg bo‘ladi va 8 km/soat tezlikda yura oladi, 20 kg gacha bo‘lgan narsalarni ko‘tarish qobiliyatiga ega.U sun’iy intellekt tizimi, shuningdek, Tesla elektromobillarida qo‘llaniladigan datchiklar to‘plami bilan jihozlanishi kutilmoqda. Robotning yuz qismi o‘rniga foydali ma’lumotlarni ko‘rsatadigan monitor o‘rnatiladi.Dunyodagi eng tezkor superkompyuterMeta sun’iy intellektga asoslangan superkompyuter – AI Research SuperCluster (RSC) yaratilishini e’lon qildi. RSC 2022 yilning o‘rtalarida ishlab chiqarilishi reja qilingan. Bu haqda kompaniya saytida chop etilgan press-relizda ma’lumot berilgan.«Biz sun’iy intellektga asoslangan dunyodagi eng tezkor superkompyuterlarni 2022 yilning o‘rtalarida to‘liq ishlab chiqamiz va AI Research SuperCluster'ni ommaga taqdim etamiz», deyiladi xabarda.Qayd etilishicha, RSC superkompyuteri trillionlab amallarni bajarish, yuzlab tillarda ishlash, matn, audio va videolarni osonlik bilan tahlil qilish, to‘ldirilgan reallik vositalarini ishlab chiqish va boshqa ko‘p narsalarni qo‘llash mumkin bo‘lgan eng yaxshi sun’iy intellekt modellarini yaratish imkonini beradi.Ishlab chiquvchilarning fikricha, RSC keyingi yirik hisoblash platformasi – “metaverse” texnologiyalarini yaratish uchun imkoniyatlar ochadi.iPhone to‘lov terminali vazifasini ham bajarishi mumkinApple yaqin oylarda iPhone’dan to‘lov terminali sifatida foydalanish imkoniyatini beradigan funksiya joriy qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg.Ayni paytda iPhone tashqi terminalga ulangan holdagina to‘lovlarni qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bloomberg manbalariga ko‘ra, kompaniya yaqin oylarda operatsion tizim yangilanishi bilan ushbu funksiyani iPhone’ning o‘ziga olib kirishni rejalashtirmoqda.Ushbu qaror Apple’ga to‘lov terminallarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi Square bilan raqobat qilish imkonini berishi mumkin.Lamborghini to‘liq elektromobil ishlab chiqarishga o‘tmoqchiLamborghini avtokonserni 2023 yildan boshlab faqatgina ichki yonuv dvigatelli (faqatgina benzinda yuradigan) avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi, deya xabar bermoqda Bloomberg.Kompaniya dastlab gibrid quvvati o‘rnatilgan seriyali avtomobillarini taqdim etadi. 2025 yildan boshlab esa to‘liq elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tish reja qilingan.Avtokonsern elektromobillar va gibridlar ishlab chiqarishga o‘tish uchun 1,5 milliard yevro ajratadi.Robot «jarroh»Jon Hopkins universiteti tadqiqotchilari jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan robot (Smart Tissue Autonomous Robot yoki STAR) cho‘chqaning yumshoq to‘qimalarida laparoskopik jarrohlik amaliyotini mustaqil tarzda, inson omilisiz amalga oshirgan. Bu avtomatlashtirilgan jarrohlik amaliyotini hayotga tatbiq etish yo‘lidagi juda katta qadam sifatida baholanmoqda.Universitet muhandislik maktabining mashinasozlik bo‘yicha dotsenti Aksel Krigerga ko‘ra, robot allaqachon to‘rtta hayvonni muvaffaqiyatli operatsiya qilgan va bu ishni odamlarga qaraganda ancha yaxshi amalga oshirgan. UzAuto Motors Rossiyaga «Tracker» va «Onix» sotmoqchiUzAuto Motors Rossiya bozoriga «Chevrolet Tracker» krossoveri va u bilan bir xil markadagi «Onix» sedanini olib kiradi.Kompaniyaga yaqin manbalarga ko‘ra, «Tracker» 2022 yilning dekabri yoki 2023 yilning yanvaridan, «Onix» esa 2023 yilning yozidan Rossiyaga eksport qilina boshlashi mumkin.O‘zbekistonning o‘zida «Tracker» krossoveri 2022 yilning sentyabrida, «Onix» sedani esa 2023 yil martida sotuvga chiqishi mumkin. Bu haqda dilerlar uchun o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilingan.O‘lchami bo‘yicha Hyundai Creta’ga o‘xshash bo‘lgan «Chevrolet Tracker» krossoveri Xitoyda 2019 yildan beri sotilmoqda va narxi 119 ming yuandan (1,4 million rubl) boshlanadi. «Onix»ning ham global miqyosidagi savdosi xuddi shu yili boshlangan. Sedan Braziliyada eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lib, uning narxi 68,3 ming realni (940 ming rubl) tashkil qiladi.
|
fan va texnika
|
64
|
UzAuto Motors’dan «xushxabar», Jeepʼning gibrid krossoverlari – hafta texnologik dayjesti
|
TikTok va Instagram’dan pullik obuna xizmatiXitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok mualliflarga o‘z kontentiga obuna bo‘lganlik uchun to‘lov olish imkonini beruvchi yangi servisni sinovdan o‘tkazmoqda.Hozirda mazkur ilovada foydalanuvchilar mualliflarga virtual sovg‘a jo‘natishi, mualliflar esa sovg‘alarni haqiqiy pulga almashtirish imkoniyati mavjud.Avvalroq Instagram blogerlar guruhi orasida pullik obuna xizmatini sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. Yangi servis mualliflarga bevosita translatsiya va storislarni faqat pul to‘lagan obunachilarga ko‘rsatish imkonini beradi. Instagram 2023 yilgacha mualliflardan bu funksiya uchun komissiya olmaydi.O‘tgan yili Twitter shunga o‘xshash Super Follows funksiyasini yo‘lga qo‘ygandi.Jeepʼning gibrid krossoverlariJeep kompaniyasi Yevropa bozori uchun Renegade va Compass krossoverlarining gibrid versiyalarini taqdim etdi.e-Hybrid versiyalar 130 ot kuchiga ega 1,5 litr hajmlik benzinli turbo dvigatel va 7 pog‘onali robot uzatish qutisiga birlashtirilgan 20 ot kuchiga ega 48 voltli elektr motor bilan jihozlangan.Hozirda yangi krossoverlarga Italiya, Fransiya va Germaniya bozorlarida buyurtma berish imkoniyati mavjud. Keyinchalik modellar boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘ladi. Jeep endilikda faqat gibrid modellardagi avtomobillar ishlab chiqarishni reja qilmoqda.Video o‘yinlar segmentidagi eng qimmatli savdo xaridi Microsoft rekord miqdordagi xaridni amalga oshirib, video o‘yinlar yaratuvchisi Activision Blizzard kompaniyasini 68,7 milliard dollarga sotib oldi.Bu video o‘yinlar segmentidagi eng qimmatli savdo xaridi bo‘ldi. Ushbu kompaniya mashhur Call of Duty o‘yinining asoschisi hisoblanadi. Activision Blizzard aksiyasi egalari har bir qimmatli qog‘oz uchun 95 dollardan olgan. Bu esa aksiyalarning 14 yanvar holatidagi birja narxidan 45 foizga ko‘p degani. Microsoft xarid haqida e’lon qilgach, aksiyalar narxi 88 dollargacha qimmatlagan.Zararli gazlarni yutadigan «suyuq daraxt»Hypergiant Industries kompaniyasining injyener-tadqiqotchilari zararli gazlarni yutishda daraxtlardan 400 barobar samaraliroq bo‘lgan biologik reaktor prototipi – «suyuq daraxt»ni yaratdi. Reaktor nafaqat havoni tozalaydi, balki qo‘shimcha tarzda xavfsiz yoqilg‘i ishlab chiqaradi.90x90x120 sm o‘lchamga ega, uncha katta bo‘lmagan bunday qurilma 300 kvadrat metr maydonda joylashgan daraxtlar o‘ziga yutadigan gazlar miqdori kabi samara ko‘rsatgan.Olimlar bu qurilmani Yeos deb nomladi. Bunday qurilmalarni shaharning istalgan joyiga o‘rnatish mumkin.UzAuto Motors’dan navbatdagi «xushxabar»UzAvto Lacetti va Cobalt'ni magnitolasiz sotishga o‘tdi. Mikrochiplar tanqisligi sabab koreyalik hamkorlar magnitola yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatdi, deb xabar qildi kompaniya. Lacetti va Cobalt uchun pul to‘lab qo‘yganlarga ikki xil variant taklif etildi:1. Xaridor mashinasini salondan oladi, magnitolani esa bozordan o‘zi sotib oladi. Kompaniya magnitola va uni o‘rnatish xarajatlarini qoplab beradi. Qoplab beriladigan summa chegarasi ko‘rsatilmagan.2. Xaridor mashinasini salondan oladi va magnitolasiz minib yuradi. Qachon UzAvto Motors’ga bu qurilma yetib kelsa, o‘shanda bepul o‘rnattiradi. Lekin u qachon yetib kelishi mutlaqo noma’lum. Samsung’dan «eng ilg‘or Galaxy»Samsung kompaniyasi 2022 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan onlayn tadbirida Galaxy S22 Ultra smartfonini namoyish etadi. Bu haqda kompaniya mobil bo‘lim mudiri Tae Mun Ron ma’lum qilgan. Yangi qurilma haqida ma’lumot yo‘q, biroq kompaniya modelni Galaxy S oilasidagi «eng ilg‘or» smartfon va «sanoat qoidalarini qayta yozadigan» gadjet deb atagan. Yangi Galaxy S22 Ultraʼning tungi suratlar va videolarni yanada tiniqroq va yorqinroq taqdim etishi hamda maksimal funksionallikni ta’minlashiga va’da qilingan.O‘zbekistonning «Lochin» dronlariO‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufida Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.Mazkur markaz tomonidan xalqaro texnik talab va standartlarga to‘liq javob beradigan «Lochin» nomli uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.Ta’kidlanishicha, ikki xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan. Markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yig‘ish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur yig‘uv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.
|
fan va texnika
|
65
|
Eng serdaromad YouTube blogerlari va yangi smartfonlar – hafta texnologik dayjesti
|
Honor buklanuvchi smartfonini taqdim etdiXitoyning Honor kompaniyasi Honor Magic V deb nomlangan birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etdi.Qurilma 2272x1984 piksel bo‘lgan 20 santimetrli ichki displey bilan jihozlangan. Uning tashqi displeyi 16,4 santimetr bo‘lib, 2560x1080 pikselga teng.Smartfonning qalinligi 6,7 mm va uzunligi 141,1 mm. Buklangan holda esa o‘lchami mos ravishda 14,3 mm va 72,7 mm.Gadjet Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 4750 mA/s batareyaga ega. Batareya 15 daqiqa ichida 50 foiz quvvat oladi.Smartfonning operativ xotirasi 12Gb, ichki xotirasi esa 256 yoki 512 Gb.Honor Magic V uchta 50 megapikselli kamera va 42 megapikselli selfi-obektiv bilan jihozlangan.Smartfon narxi 9999 yuanni (1575 dollar) tashkil etadi.Xiaomi'dan 12ta yangi smartfonXitoyning Xiaomi kompaniyasi 12ta yangi smartfoni ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Xiaomiui sayti xabar berdi.Qurilmalar turli - Xiaomi, Redmi va Poco brendlari ostida ishlab chiqariladi.Sayt manbasining so‘zlariga ko‘ra, barcha modellar aprel oyida taqdim etiladi.Bo‘lajak taqdimot to‘g‘risida kompaniyaning Hindistondagi boshqaruvchi direktori va vitse-prezidenti Manu Kumar Jayn ham ma’lumot bergan. U Redmi Note turkumidagi yangi smartfon tizerini namoyish etgan.Eng serdaromad YouTube blogerlariForbes jurnali o‘tgan yil natijalari bo‘yicha YouTube platformasida eng ko‘p daromad topgan blogerlar reytingini e’lon qildi.Reytingda birinchi o‘rinni 23 yoshli Jimmi Donaldson (MrBeast nomi bilan tanilgan) egalladi – uning daromadi 2021 yilda 54 mln dollarni tashkil etgan. Yil natijalariga ko‘ra, Donaldsonning roliklari 10 mlrd martadan ortiq ko‘rilgan.Ikkinchi o‘ringa aktyor, bokschi va bloger Jyeyk Pol joylashdi – uning daromadi 45 mln dollarga teng bo‘lgan.Uchinchi o‘rindan joy egallagan geymer Markiplier esa o‘tgan yili 38 mln dollar ishlagan.Evergrande’ning birinchi elektromobiliXitoyning Evergrande kompaniyasi o‘zining birinchi elektromobili Hengchi 5’ni taqdim qildi. Elektromobilni ishlab chiqarish belgilangan muddatdan 12 kun oldin yakunlangan.Avvalroq, bir necha modellardagi elektromobillar taqdim etilgan bo‘lsa-da, hozircha faqat Hengchi 5’ni ishlab chiqarish boshlangan. Elektromobil bir quvvatlanishda taxminan 700 kilometr masofaga harakatlana oladi, narxi esa 31,4 ming dollarni tashkil etadi.Kiberhujumga uchragan Ukraina hukumatiUkraina Tashqi ishlar vazirligi va boshqa bir qator davlat idoralari veb-saytlari kiberhujumga uchradi.«Ukrainlar! Sizning barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz umumiy tarmoqqa yuklandi. Kompyuterdagi barcha ma’lumotlar yo‘q qilindi, ularni qayta tiklashning iloji yo‘q. Qo‘rqing va bundanda yomonini kuting», deyiladi Ukraina TIV rasmiy saytida paydo bo‘lgan ukrain, rus va polyak tillaridagi ogohlantirish xabarida.Ukraina Xavfsizlik xizmati dastlabki dalillarga ega, kiberhujum ortida Rossiya maxfiy xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan xakerlik guruhlari turgan bo‘lishi mumkin.Insonga ko‘chirib o‘tkazilgan hayvon yuragiAmerikalik shifokorlar birinchi marta 57 yoshli Devid Bennetga genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqaning yuragini muvaffaqiyatli transplantatsiya qildi.Operatsiya sakkiz soat davom etgan. Shifokorlarning aytishicha, bemorning ahvoli yaxshi. Transplantatsiya qilingan organ regenerativ tibbiyot sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan Amerikaning Revivicor kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.Donor hayvonda o‘tkazilgan genetik modifikatsiyalarga transplantatsiyadan keyin yurakning kengayishiga yo‘l qo‘ymaydigan o‘sish genini bloklash, shuningdek, uning bemor organizmida yaxshiroq ildiz otishi uchun cho‘chqa genomiga bir necha inson genlarini qo‘shish kabilar kiradi.
|
fan va texnika
|
66
|
Xiaomi 12ta yangi smartfonini taqdim etadi
|
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 12ta yangi smartfoni ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Xiaomiui sayti xabar berdi.Qurilmalar turli - Xiaomi, Redmi va Poco brendlari ostida ishlab chiqariladi. Sayt manbasining so‘zlariga ko‘ra, barcha modellar aprel oyida taqdim etiladi.Bo‘lajak taqdimot to‘g‘risida Xiaomi kompaniyasining Hindistondagi boshqaruvchi direktori va vitse-prezidenti Manu Kumar Jayn ham ozroq ma’lumot bergan. U Redmi Note turkumidagi yangi smartfon tizerini taqdim etgan.
|
fan va texnika
|
67
|
Honor buklanuvchi smartfonini taqdim etdi
|
Xitoyning Honor kompaniyasi Honor Magic V deb nomlangan birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etdi.Qurilma 2272x1984 piksel bo‘lgan 20 santimetrli ichki displey bilan jihozlangan. Uning tashqi displeyi 16,4 santimetr bo‘lib, 2560x1080 pikselga teng.Smartfonning qalinligi 6,7 mm va uzunligi 141,1 mm. Buklangan holda esa o‘lchami mos ravishda 14,3 mm va 72,7 mm.Gadjet Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 4750 mA/s batareyaga ega. Batareya 15 daqiqa ichida 50 foiz quvvat oladi.Smartfonning operativ xotirasi 12Gb, ichki xotirasi esa 256 yoki 512 Gb.Honor Magic V uchta 50 megapikselli kamera va 42 megapikselli selfi-obektiv bilan jihozlangan.Xabar qilinishicha, smartfon narxi 9999 yuanni (1575 dollar) tashkil etadi.
|
fan va texnika
|
68
|
Xitoyning «sun’iy quyosh» loyihasi, kuzovining rangi o‘zgaradigan BMW – hafta texnologik dayjesti
|
Kuzovining rangi o‘zgaradigan BMWBMW kompaniyasi Las-Vegasdagi CES 2022 ko‘rgazmasida innovatsion bo‘yoq sxemasiga ega iX elektr krossoverini namoyish etdi.Birgina tugmachani bosish bilan BMW iX kuzovining rangi o‘zgaradi.Kompaniya shuningdek, iX M60 elektr krossoverining kuchaytirilgan versiyasini ham taqdim etdi.Elektromobilning motori quvvati 619 ot kuchiga teng. U 3,8 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi.Xitoyning «sun’iy quyosh» loyihasiXitoyning EAST termoyadroviy reaktori sinovdan o‘tkazildi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.Qayd etilishicha, qurilma plazmasi Quyoshdan besh baravar kuchliroq qizigan va “sun’iy quyosh” 1056 soniya yoki 17 daqiqa ishlagan.Ushbu loyihadan maqsad, cheksiz sof energiya ishlab chiqarishdir.Agentlikning ta’kidlashicha, termoyadroviy energiya xavfli chiqindi ajratib chiqarmaydi, «sun’iy quyosh» uchun kerakli xomashyo esa Yer yuzida cheklanmagan miqdorda topiladi. Yonilg‘i sifatida vodorod izotoplaridan foydalaniladi.Loyiha Xitoyga 943 milliard dollarga tushgan.Eng qimmat kompaniyalar reytingiAmerika IT-konsernlari dunyoning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.Bozor qiymati qariyb 3 trln dollarga yetgan Apple ro‘yxatda birinchi pog‘onada joylashdi. Kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi bir yil ichida 31 foizga oshgan.Microsoft ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kompaniya aksiyalari yil davomida 52 foizga qimmatlashgan, bozor qiymati esa 2,57 trln dollar deb baholanmoqda.Uchinchi o‘ringa joylashgan Alphabet kompaniyasining bozor qiymati 1,96 trln dollarga yetgan.Ikki yil avval dunyo reytingida birinchi o‘rinda bo‘lgan Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi to‘rtinchi o‘ringa tushgan. Undan keyingi o‘rinni 1,72 trln dollar kapitalizatsiya bilan Amazon egallagan.Dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshYaponiya 2023 yilda dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni uchiradi. Bu haqda Kyodo agentligi ma’lum qildi.Yaponiyalik mutaxassislarning fikricha, kosmik apparatni 10 santimetrlik kichik kvadrat shaklida qurish rejalashtirilmoqda. Sun’iy yo‘ldoshning tashqi qatlami yog‘ochdan ishlanadi. Uning tashqi tomonida quyosh batareyalari, ichki qismida esa antennali elektron jihozlar o‘rnatiladi.Qayd etilishicha, sun’iy yo‘ldoshlarni yog‘ochdan ishlash arzonroq. Hozirgi sun’iy yo‘ldoshlar alyuminiydan qilingan.Kioto universiteti professori Doining so‘zlariga ko‘ra, agar reja amalga oshirilsa, koinotga qiziquvchi bolalar ham o‘zlarining sun’iy yo‘ldoshlarini yaratishlari mumkin bo‘ladi.Sony ham elektromobillar ishlab chiqarmoqchiSony elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘linmasini tashkil etadi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytilmoqda.Kompaniya rahbari Ken’itiro Yosida Las-Vegasdagi Consumer Electronics Show ko‘rgazmasida elektromobillar bozoriga kirish rejalashtirilganini e’lon qildi.«Biz Sony elektromobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz», — dedi u.Sony 2020 yildagi ko‘rgazmada Vision-S elektromobili prototipini namoyish etgandi. O‘sha yilning dekabrida elektromobil Yevropa yo‘llarida sinovdan o‘tkazildi.Buyuk Britaniya gipertovushli raketa ishlab chiqishni rejalashtirmoqdaRossiyada gipertovushli raketalar mavjudligi bois London gipertovushli qurol ishlab chiqishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Toni Radakin ma’lum qildi.«Bizda bunday raketalar yo‘q, ammo bo‘lishi shart», — dedi Radakin.U shuningdek, oxirgi 20 yil ichida Rossiya suvosti kemalarining faolligi misli ko‘rilmagan darajada oshganini aytdi. Radakinning so‘zlariga ko‘ra, bu suvosti kabellari tizimiga xavf solishi mumkin.«Dunyodagi axborot va trafikning katta qismi aynan ular orqali o‘tadi», — dedi Radakin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil dekabrda Rossiya «Tsirkon» gipertovushli raketalarini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgandi.
|
fan va texnika
|
69
|
BMW kuzovi rangini o‘zgartira oladigan elektromobilini namoyish etdi
|
BMW kompaniyasi Las-Vegasdagi CES 2022 ko‘rgazmasida innovatsion bo‘yoq sxemasiga ega iX elektr krossoverini namoyish etdi.Birgina tugmachani bosish bilan BMW iX kuzovi rangi o‘zgaradi.Kompaniya shuningdek, iX M60 elektr krossoverining kuchaytirilgan versiyasini taqdim etdi.Elektromobilning motori quvvati 619 ot kuchiga teng. U 3,8 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi.
|
fan va texnika
|
70
|
SIM-kartalarsiz Apple, «Raqamli prokuror», Marsda olingan yangi fotosuratlar - hafta texnologik dayjesti
|
SIM-kartalarsiz Apple AQShning Apple kompaniyasi SIM-kartalarsiz smartfon ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday smartfonlarda SIM-kartalar o‘rniga eSIM qo‘llanadi. Ushbu texnologiya telefonni jismoniy tashuvchiga (SIM-karta) bog‘lamagan holda bir yoki bir nechta raqamni qo‘llash imkonini beradi.Ta’kidlanishicha, Apple AQShdagi mobil aloqa operatorlari bilan bu borada muzokaralar o‘tkazib, ularga virtual SIM-karta (eSIM) bilan jihozlangan smartfonlar chiqishiga tayyor turishni tavsiya qilgan.Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2022 yilning 2-yarmidan SIM-kartalar uchun raz’yomlar bo‘lmagan smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Ushbu yangilik nafaqat yangi iPhone 14 modellarida, balki hozirda ishlab chiqarilayotgan iPhone 13larga ham tatbiq etiladi.Xiaomi’dan uchta yangi smartfonXitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. Barcha smartfonlar tasvirning yangilanish chastotasi 120 Gsni tashkil qiluvchi va HDR10+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi displey, tezkor xotira va quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. Xiaomi 12Narxi: 8+128 Gbli versiya – 3699 yuan (580 dollar), 8+256 Gb – 3999 yuan (627 dollar), 12+256 Gb – 4399 yuan (690 dollar).Xiaomi 12 ProNarxi: 8+128 Gb – 4699 yuan (738 dollar), 8+256 Gb – 4999 yuan (784 dollar), 12+256 Gb – 5399 yuan (847 dollar).Xiaomi 12XNarxi: 8+128 Gb – 3199 yuan (502 dollar), 8+256 Gb – 3499 yuan (550 dollar), 12+256 Gb – 3799 yuan (597 dollar).Smartfonlar Xitoyda 1 yanvardan sotuvga chiqarilgan.Marsda olingan yangi fotosuratlarXitoyning «Tyanven-1» zondi Marsda olgan yangi fotosuratlarni e’lon qildi.Suratlarda zond va Marsning umumiy tasviri, «Tyanven-1» qurilmasi, sayyoraning shimoliy qutb qalpog‘i va Mars yuzasini suratga olayotgan «Chjurong» marsoxodi aks etgan. Qayd etilishicha, zond va marsoxod me’yordagidek faoliyat olib bormoqda.«Tyanven-1» zondi 527 kundan beri ishlamoqda, u Yerdan 350 mln km masofada joylashgan.Marsoxod o‘tgan vaqt davomida 1400 metr masofani bosib o‘tdi. Ikki qurilma Marsga oid jami 560 Gb ma’lumot to‘plagan.«Tyanven-1» 2020 yil 23 iyulda Marsga jo‘natilgandi. Zond yetti oydan so‘ng — 2021 yil 10 fevralda sayyoraga yetib borgan.To‘liq o‘zini o‘zi boshqaruvchi yuk mashinasiAQShning Arizona shtatida haydovchisiz va masofadan boshqarilmaydigan yuk mashinasi dunyoda birinchi marta umumiy yo‘llar bo‘ylab yurdi. Bu haqda transport vositasini ishlab chiqqan TuSimple kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, mashinaning sinovi 22 dekabrda, tungi vaqt o‘tkazilgan. O‘zi boshqariluvchi yuk mashinasi 80 daqiqa vaqt ichida 130 km yo‘l bosib o‘tgan.Mashina sinov vaqtida chorrahalardan muvaffaqiyatli o‘tgan, zarurat yuzaga kelganda harakatlanish polosasini o‘zgartirgan va bunda yo‘ldagi boshqa mashinalar bilan hamjihatlikda harakatlangan. Kompaniya yuk mashinani ishlab chiqish ustida 1,5 yil ish olib borgan.«Raqamli prokuror»Xitoyning Shanhay shahridagi rayon prokuraturalaridan birida ayblov xulosasini tuzish uchun sun’iy ongdan foydalanildi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.Qayd etilishicha, sun’iy ong 2015 yildan 2020 yilgacha Shanhay sudlarida ko‘rilgan 17 mingdan ortiq ishni o‘rganib chiqqanidan so‘ng prokurorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan.«Raqamli prokuror» 97 foiz aniqlikda ayblov e’lon qiladi.Xabar qilinishicha, «raqamli prokuror» Shanhayda keng tarqalgan kredit kartalari bilan tovlamachilik qilish, qimor o‘yinlari tashkil etish, avtomobilni xavfli boshqarish, qasddan jarohat yetkazish, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatish, o‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha hukm chiqaradi.Tesla avtomashinalaridagi nosozliklarAQShning Tesla kompaniyasi 500 mingga yaqin Model 3 va Model S elektrokarlarini yukxona va kapotdagi muammolar sababli ortga chaqirtirib oladi. Bu haqda kompaniyaning AQSh yo‘llardagi harakat xavfsizligi boshqarmasiga (NHTSA) yo‘llagan maktubiga tayanib Barron’s nashri xabar bermoqda.Kompaniya NHTSA’ni 2017—2020 yillarda ishlab chiqarilgan Model 3 va 2014-2021 yillarda ishlab chiqarilgan Model S avtomobillarida yukxona va kapotning ochib-yopilishida muammolar borligidan xabardor qilgan.
|
fan va texnika
|
71
|
Xiaomi uchta yangi smartfon taqdim qildi
|
Kompaniya Xiaomi 12’ni iPhone 13’ga qiyoslab, uning raqobatchisi deb atagan.Barcha smartfonlar tasvirning yangilanish chastotasi 120 Gsni tashkil qiluvchi va HDR10+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi displey, tezkor xotira va quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. Quyida smartfonlarning texnik ko‘rsatkichlari keltirilgan.Xiaomi 12
O‘lchami: eni 69,9 mm
Og‘irligi: 180 g
Displey: 6,28 dyuymli, 2400×1080, AMOLED, 120 Gs, HDR10+
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1, 3,0 GGs, Adreno
Xotira: 8/12 GB tezkor, 128/256 GB doimiy
Kamera: 50 Mp, f/1,9 (asosiy) + 13 Mp, f/2,4 (keng burchakli) + telefoto + 32 Mp (old)
Batareya: 4500 mA-soat, 67 Vtli tezkor quvvatlagich, 30 Vtli simsiz quvvatlagich
Operatsion tizim: Android MIUI 13
Aloqa: USB-C, Wi-Fi 802.11ax, Bluetooth 5.2, GPS, LTE, 5G, NFC
Korpusi rangi: qora, ko‘k, binafsharang, yashil
Narxi: 8+128 GBli versiya – 3699 yuan (580 dollar), 8+256 GB – 3999 yuan (627 dollar), 12+256 GB – 4399 yuan (690 dollar).Xiaomi 12 Pro
O‘lchamlari: 163,6×74,6×8,16 mm
Og‘irligi: 205 g
Displey: 6,73 dyuymli, 3200×1440, AMOLED, 120 Gs, HDR10+
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 1, 3,0 GGs, Adreno
Xotira: 8/12 GB tezkor, 128/256 GB doimiy
Kamera: 50 Mp, f/1,9 (asosiy) + 50 Mp, f/1,9 (portret) + 50 Mp, f/2,2 (keng burchakli) + 32 Mp (old)
Batareya: 4600 mA-soat, 120 Vtli tezkor quvvatlagich, 50 Vtli simsiz quvvatlagich
Operatsion tizim: Android MIUI 13
Aloqa: USB-C, Wi-Fi 802.11ax, Bluetooth 5.2, GPS, LTE, 5G, NFC
Korpusi rangi: qora, ko‘k, binafsharang, yashil
Narxi: 8+128 GB – 4699 yuan (738 dollar), 8+256 GB – 4999 yuan (784 dollar), 12+256 GB – 5399 yuan (847 dollar).Xiaomi 12X
O‘lchami: eni 69,9 mm
Og‘irligi: 176 g
Displey: 6,28 dyuymli, AMOLED, 120 Gs
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 870, 3,2 GGs, Adreno 650
Xotira: 8/12 GB tezkor, 128/256 GB doimiy
Kamera: 50 Mp, f/1,88 (asosiy) + 13 Mp, f/2,4 (keng burchakli) + telefoto + 32 Mp (old)
Batareya: 4500 mA-soat, 67 Vtli tezkor quvvatlagich
Operatsion tizim: Android MIUI 13
Aloqa: USB-C, Wi-Fi 802.11ax, Bluetooth 5.2, GPS, LTE, 5G, NFC
Korpusi rangi: qora, ko‘k, binafsharang
Narxi: 8+128 GB - 3199 yuan (502 dollar), 8+256 GB – 3499 yuan (550 dollar), 12+256 GB – 3799 yuan (597 dollar).
Smartfonlar Xitoyda 1 yanvardan sotuvga chiqariladi.
|
fan va texnika
|
72
|
Apple SIM-kartalarsiz smartfonlar ishlab chiqaradi - OAV
|
AQShning Apple kompaniyasi SIM-kartalarsiz smartfon ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday smartfonlarda SIM-kartalar o‘rniga eSIM qo‘llanadi. Ushbu texnologiya telefonda jismoniy tashuvchiga (SIM-karta) bog‘lamagan holda bir yoki bir nechta raqamlarni qo‘llash imkonini beradi, deb xabar berdi MacRumors nashri.Ta’kidlanishicha, kompaniya AQShdagi mobil aloqa operatorlari bilan bu borada muzokaralar o‘tkazib, ularga virtual SIM-karta (eSIM) bilan jihozlangan smartfonlar chiqishiga tayyor turishni tavsiya qilgan.Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2022 yilning 2-yarmidan SIM-kartalar uchun raz’yomlar bo‘lmagan smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Ushbu yangilik nafaqat yangi iPhone 14 modellarida, balki hozirda ishlab chiqarilayotgan iPhone 13’larda ham tatbiq etiladi.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, SIM-karta raz’yomidan voz kechish qurilmaning yaroqlik muddatini oshirishga imkon beradi.Shu bilan birga, “simka”siz iPhone’lar faqat AQSh bozori uchun ishlab chiqarilishi ehtimoli mavjud.
|
fan va texnika
|
73
|
Telegram ishida uzilishlar kuzatildi
|
Telegram foydalanuvchilari messenjer ishidagi uzilishlardan shikoyat qildi. Bu haqda Downdetector saytida ma’lum qilindi.Uzilishlar Toshkent vaqti bilan soat 22:05 dan so‘ng boshlandi. Foydalanuvchilarning 44 foizi ilova ishida muammolar paydo bo‘lgani, 38 foizi xabar jo‘natib bo‘lmayotgani va 18 foizi serverga ulanishning imkoni yo‘qligini bildirgan.Messenjer faoliyatidagi uzilishlar haqida Rossiya, Ukraina, O‘zbekistondagi foydalanuvchilar ma’lum qilgan.Shuningdek, Belarus va Polshada ham messenjer ishida nosozliklar kuzatilgani aytilmoqda.Telegram qo‘llab-quvvatlash markazi vakili Davronbek Rustamov jamoa mazkur kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlayotganini bildirib, foydalanuvchilarga @TeleUz proksisidan foydalanib turishni tavsiya qilgan.
|
fan va texnika
|
74
|
2021 yilning eng yaxshi smartfonlari, ekrandagi taom ta’mini uzatuvchi televizor, yangi iPhone SE - hafta texnologik dayjesti
|
2021 yilning eng yaxshi smartfonlariAndroid Authority portali tahririyati 2021 yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxatini tuzdi.Portal talqiniga ko‘ra, Google Pixel 6 modeli joriy yildagi eng yaxshi smartfon deb topilgan.2-o‘rinni Samsung Galaxy S21 Ultra egalladi. Reyting mualliflarining fikricha, ushbu model Samsung taklif qilishi mumkin bo‘lgan “eng yaxshi jihatlar bilan ta’minlangan”.3-o‘rinni Pixel 6 Pro va Galaxy Z Fold3 smartfonlari egallagan. Ikkala qurilma ham teleobektivlar bilan jihozlangan.Keyingi o‘rinlarni Apple’ning ikkita modeli – iPhone 13 va 13 Pro Max egalladi. Reyting mualliflari Apple smartfonlari bunday “past” baholanganini ular o‘tgan yilgi modellardan uncha farq qilmasligi bilan tushuntirishgan. Ekrandagi taom ta’mini uzatuvchi televizorYaponiyaning Meydzi universiteti professori Gomey Miyasita ekranida namoyish qilinuvchi taomning ta’mini uzata oluvchi televizor prototipini ishlab chiqdi. Miyasita buning uchun Taste the TV (Televizorni tatib ko‘r) deb nomlangan qurilma yaratgan. U turli aromatizatorlardan iborat 10ta tyubikni o‘z ichiga olgan. Ushbu “ta’mlar” aralashtirilib, televizorda ko‘rsatiluvchi taom ta’mini hosil qiladi. So‘ngra olingan ta’m suyuqlik ko‘rinishida televizor ekrani ustidagi gigiyenik plyonkaga surtiladi. Taom ta’mini his qilish uchun esa plyonkani yalash kerak bo‘ladi. “Bundan maqsad odamlarga uyda qolgan holda o‘zlarini go‘yoki dunyoning narigi burchagidagi restoranga tashrif buyurgandek hisni berishdan iborat”, deb aytgan loyiha muallifi. Apple’dan yangi iPhoneApple kompaniyasi yaqin vaqt ichida uchinchi avlod iPhone SE smartfonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar berdi ITHome.Nashr manbalarining ma’lumot berishicha, uchinchi avlod iPhone SE 4,7 dyuymli IPS-displey va Touch ID tugmasiga ega bo‘ladi.Qurilmaning tezkor xotirasi 3 gigabaytni tashkil etadi. Smartfon 12 megapikselli kamera bilan jihozlanadi.Qayd etilishicha, yangi iPhone SE smartfonining asosiy xususiyati – 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashida. Tahlilchilar uning narxi o‘zgarmasligini aytishmoqda. Smartfonning avvalgi versiyasi narxi 400 dollardan boshlanadi.Hindistondan “yer-yer” sinfidagi raketaHindiston bir sutka ichida ikki bor “yer-yer” sinfidagi Pralay raketasi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib ANI agentligi xabar bermoqda.“Hindiston 150-500 kilometr masofadagi nishonni yo‘q qiluvchi Pralay raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu sutka davomidagi ikkinchi muvaffaqiyatli sinovdir”, — degan agentlik manbalari.Qayd etilishicha, raketa sinov davomidagi barcha vazifalarni bajargan.Xiaomi’dan navbatdagi smartfonXiaomi kompaniyasi yangi flagman smartfoni Xiaomi 12’ni namoyish qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfon Gorilla Glass Victus oynasi bilan himoyalangan 6,28 dyuymli yuqori aniqlikdagi displeyga ega. Undagi ranglar chuqurligi 10 bitni tashkil qiladi.Smartfon Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va tezkor quvvatlanish uchun litiy-kobalt oksididan ishlangan akkumulyator bilan jihozlangan. Gadjetning taqdimoti 28 dekabrga belgilangan. U 2022 yilning 1-choragida sotuvga chiqariladi.TikTok ommaboplik bo‘yicha Google’ni ortda qoldirdiTikTok qisqa videoroliklar platformasi eng ommabop domenlar reytingida yetakchi bo‘ldi, deb yozadi Cloudflare.Mazkur platforma ommaboplik borasida Google’ni ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi.Ommabop domenlar orasida uchinchi o‘rin Facebook’ka nasib etdi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili TikTok ommaboplik bo‘yicha 7-o‘rinni egallagandi.Reytingda top-10talik quyidagicha joylashgan:1. TikTok.com2. Google.com3. Facebook.com4. Microsoft.com5. Apple.com6. Amazon.com7. Netflix.com8. YouTube.com9. Twitter.com10. WhatsApp.com
|
fan va texnika
|
75
|
2021 yilda kompyuter o‘yinlari savdosi 180 milliard dollarni tashkil qildi
|
2021 yilda dunyoda kompyuter o‘yinlariga jami 180 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflangan. Bu haqda Newzoo marketing kompaniyasining kompyuter o‘yinlari savdosi haqidagi hisobotida ma’lum qilindi.Tahlilchilar ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuter o‘yinlari bozorining umumiy tushumi 180,3 mlrd dollarga yetgan va bu qiymat 2020 yildagiga nisbatan 1,4 foiz ko‘proqni tashkil qiladi. Shuningdek, dunyoda 3 mlrddan ko‘proq odam kompyuter o‘yinlari ixlosmandi ekani aniqlangan.Mobil gadjetlar – planshetlar va smartfonlar uchun mo‘ljallangan o‘yinlar eng katta daromad keltirgan. Ularga umumiy hisobda 93,2 mlrd dollar sarflangan va bu 2020 yildagiga nisbatan 7,3 foiz ko‘proqdir.Umuman olganda, planshetlardagi o‘yinlar savdosidan 11,7 mlrd dollar, smartfonlar - 81,5 mlrd dollar, o‘yin konsollari - 50,4 mlrd dollar, shaxsiy kompyuterlar - 36,7 mlrd dollar, brauzer o‘yinlari - 2,6 mlrd dollar, qutidagi o‘yinlar va ularning raqamli nusxalari savdosidan 34,1 mlrd dollar olingan. Bundan tashqari, joriy yilda bulutli o‘yinlar servislari bozori daromadlari ham oshgan va 1,57 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kibersport yil davomida bir mlrd dollar daromad keltirgan.
|
fan va texnika
|
76
|
Xiaomi yangi smartfonini namoyish qildi
|
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfon Gorilla Glass Victus oynasi bilan himoyalangan 6,28 dyuymli yuqori aniqlikdagi displey oladi. Undagi ranglar chuqurligi 10 bitni tashkil qiladi. Smartfon Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va tezkor quvvatlanish uchun litiy-kobalt oksididan ishlangan akkumulyator bilan jihozlangan. Gadjetning taqdimoti 28 dekabrga belgilangan. U 2022 yilning 1-choragida sotuvga chiqariladi.
|
fan va texnika
|
77
|
2021 yilning eng yaxshi smartfonlari ma’lum qilindi
|
Portal talqiniga ko‘ra, 600 dollarlik Pixel 6 smartfoni undan qimmatroq turuvchi Pixel 6 Pro kabi funksiyalarni taklif qiladi. “Shubhasiz, Google Pixel 6 narx va sifat jihatidan 2021 yilda ishlab chiqarilgan eng yaxshi smartfondir”, deb aytilgan portalda. 2-o‘rinni Samsung Galaxy S21 Ultra egalladi. Reyting mualliflarining fikricha, ushbu model Samsung taklif qilishi mumkin bo‘lgan “eng yaxshi jihatlar bilan ta’minlangan”.“Agar siz telefonga mo‘maygina pul sarflay olsangiz, unda Galaxy S21 Ultra’da quvvatlagichdan tashqari, siz istagan barcha narsa bor”, deb ta’kidlab o‘tishgan reyting mualliflari.3-o‘rinni Pixel 6 Pro va Galaxy Z Fold3 smartfonlari egallagan. Ikkala qurilma ham teleobektivlar bilan jihozlangan.Keyingi o‘rinlarni Apple’ning ikkita modeli - iPhone 13 va 13 Pro Max egalladi. Reyting mualliflari Apple smartfonlari bunday “past” baholanganini ular o‘tgan yilgi modellardan uncha farq qilmasligi bilan tushuntirishgan. Ta’kidlanishicha, ming dollardan qimmatroq turuvchi gadjet Apple taklif qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi mahsulotga ega bo‘lishni istovchi foydalanuvchilargagina muhim. Aksariyat foydalanuvchilarga 600-800 dollar turuvchi modellar kifoya qiladi.
|
fan va texnika
|
78
|
Apple yangi iPhone ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
|
Apple kompaniyasi yaqin vaqt ichida uchinchi avlod iPhone SE smartfonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar berdi ITHome.Nashr manbalarining ma’lumot berishicha, uchinchi avlod iPhone SE 4,7 dyuymli IPS-displey va Touch ID tugmasiga ega bo‘ladi.Qurilmaning tezkor xotirasi 3 gigabaytni tashkil etadi. Smartfon 12 megapikselli kamera bilan jihozlanadi.Qayd etilishicha, yangi iPhone SE smartfonining asosiy xususiyati – 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashida. Tahlilchilar uning narxi o‘zgarmasligini aytishmoqda. Smartfonning avvalgi versiyasi narxi 400 dollardan boshlanadi.Smartfon 2022 yilning birinchi yarmida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
|
fan va texnika
|
79
|
Marsda topilgan muz zaxiralari, o‘q o‘tkazmaydigan iPhone, lazer quroliga ega dron – hafta texnologik dayjesti
|
O‘q o‘tkazmaydigan iPhoneRossiyaning Caviar brendi iPhone 13 Pro va Pro Max smartfonlarining o‘q o‘tkazmaydigan Stealth 2.0 versiyalarini taqdim etdi.Smartfonlar Black va Titanium versiyalarida taqdim etiladi va to‘pponchadan otilgan o‘qqa bardosh bera olishi aytilmoqda.Ta’kidlanishicha, Black va Titanium modellaridan 99 donadan ishlab chiqariladi. 128 Gb doimiy xotiraga ega iPhone 13 Pro negizidagi Black modeli 379 ming rubl, Titanium esa 374 ming rubldan sotuvga chiqariladi. 1 Tb xotiraga ega iPhone 13 Pro Max Black va Titanium esa mos ravishda 484 ming va 479 ming rubldan sotiladi.Toyota’dan elektromobillar ishlab chiqarish uchun 70 milliard dollarToyota Motor Corp prezidenti Akio Toyoda kompaniya taqdimotida ekologik sofroq avtotransportni rivojlantirish va atrof-muhitga chiqariladigan chiqindilar hajmini qisqartirish bo‘yicha rejalarini taqdim etdi.Elektrlashgan avtomobillar ishlab chiqarilishi uchun 70 mlrd dollar sarmoya qilinadi. Bu summaning yarmini 2022 yildan 2035 yilgacha ajratish rejalashtirilgan.Buning natijasida Toyota 2030 yilga borib elektromobillari savdosi yiliga 3,5 mln mashinani tashkil qilishiga umid qilmoqda. Bu vaqtgacha kompaniya mijozlarga Toyota va Lexus brendlari ostida 30 ta modeldagi elektromobillarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Elektromobillar sedan, yo‘ltanlamas, ixcham avtomobillar, tijorat transport vositalari segmentlarida ishlab chiqariladi.Taqdimot davomida kompaniya kelgusida ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan 16 ta elektromobil konseptini namoyish qilgan.Marsdagi muz zaxiralariRossiya va Niderlandiya olimlari “EkzoMars-TGO” zondi yordamida Marsning Mariner vodiysida katta miqdorda muz zaxiralarini aniqlashdi. Ta’kidlanishicha, muz topilgan maydon Ladoga ko‘lidan deyarli 2,5 marta katta.Mariner vodiysi ulkan kanonlar tizimi bo‘lib, ular Qizil sayyoraning janubiy yarimsharida joylashgan. Ularning uzunligi 4,5 ming kmni, chuqurligi 11 kmni tashkil qiladi.Avvalroq olimlar qadimda Qizil sayyorada ko‘llar, daryolar va hattoki okean bo‘lganini aytishgan. Biroq Marsda suv sayyora atmosferasining katta qismi bilan birga 3,5 mlrd yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan.AQSh harbiy-dengiz kuchlarining lazer quroliAQSh harbiy-dengiz kuchlari USS Portland harbiy kemasida o‘rnatilgan lazer qurolining navbatdagi sinovini o‘tkazdi. Sinovlar Sharqiy Afrika va Arabiston yarimorolini ajratib turuvchi Adan ko‘rfazida bo‘lib o‘tgan.Adan ko‘rfazi Yaman joylashgan Arabiston yarimorolini yuvib turadi. Yamanda 2014 yildan beri fuqarolik urushi davom etmoqda va mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Xodiyni qo‘llab-quvvatlovchi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi va isyonchi husiylar o‘rtasida kurash bormoqda.AP axborot agentligining yozishicha, lazer quroli husiylar Qizil dengizda qo‘llaydigan masofadan boshqariluvchi minalashtirilgan qayiqlarga qarshi ishlatilishi mumkin.Dunyodagi eng uzun temir yo‘l yo‘nalishiLaosning Boten va Ventyan shaharlari o‘rtasida temir yo‘l uchastkasi foydalanishga topshirilishi hisobiga temir yo‘l transporti tarixidagi eng uzun yo‘nalish paydo bo‘ldi. Endilikda Portugaliya poytaxti Lissabondan Singapurgacha bo‘lgan 18,65 ming kilometrlik yo‘lni poyezdda Parij, Moskva va Pekin orqali 3 haftada bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.Ushbu yo‘nalish Portugaliyadan Singapurgacha 13 ta davlat hududidan o‘tadi. Yo‘nalishni Portugaliyaning Lagush shahridan boshlash mumkin. U yerdan poyezdda Lissabongacha, so‘ngra Madridgacha borish, Ispaniya poytaxtidan esa yana boshqa poyezdda Parijgacha va yo‘nalishni shu tariqa davom ettirish mumkin. Rossiya hududi orqali yo‘nalish Transsibir magistrali orqali o‘tib, so‘ngra Mo‘g‘ulistonni kesib o‘tadi va Xitoy tomon yo‘naladi.Mask karbonat angidriddan yonilg‘i olmoqchiAmerikalik tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi atmosferadagi karbonat angidrid CO2 gazidan raketa yonilg‘isi olish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushiradi. Bu haqda Maskning o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.“SpaceX atmosferadan karbonat angidrid olib, uni raketa yonilg‘isiga aylantirish bo‘yicha dasturni ishga tushirmoqda. Agar sizga qiziq bo‘lsa, bizga qo‘shiling”, deb yozgan tadbirkor.U loyiha Marsga parvozlarni amalga oshirish va uni zabt etishda muhim ekanini ma’lum qilgan. Hozirda kompaniya Oy va Marsga odamlar hamda yuklarni yetkazishga mo‘ljallangan Starship sayyoralararo fazoviy kemasining birinchi orbital parvoziga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Qizil sayyora atmosferasining 96 foizi aynan karbonat angidriddan iborat.Lazer quroliga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi dronTurkiya lazer quroliga ega bo‘lgan dunyodagi ilk dronni sinovdan o‘tkazdi. Eren deb nom olgan dron 500, 300 va 100 metr masofadan nishonlarni muvaffaqiyatli tarzda yo‘q qilgan.“TÜBİTAK va ASİSGUARD mudofaa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan Eren droni lazer yordamida portlovchi qurilmalarni masofadan turib yo‘q qila oladi”, – deyiladi xabarda.Ta’kidlanishicha, dronning maksimal parvoz balandligi 3 ming metrni tashkil etadi.
|
fan va texnika
|
80
|
O‘q o‘tkazmaydigan iPhone taqdim etildi
|
Stealth 2.0 kolleksiyasiga smartfonlarning Black va Titanium versiyalari kirgan. Ta’kidlanishicha, zirhga ega smartfonlar to‘pponchadan otilgan o‘qqa bardosh bera oladi.Black versiyasi zirhli texnika va jangovar vertolyotlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan “TsIT” korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan BR-2 sinfidagi o‘q o‘tkazmaydigan zirhga ega. Ushbu modelda kameralar bloki yo‘q. Titanium modeli esa zarbalarga bardoshli titandan tayyorlangan bo‘lib, unda barcha kameralar mavjud.Ta’kidlanishicha, Black va Titanium modellaridan 99 donadan ishlab chiqariladi. 128 Gb doimiy xotiraga ega iPhone 13 Pro negizidagi Black modeli 379 ming rubl, Titanium esa 374 ming rubldan sotuvga chiqariladi. 1 Tb xotiraga ega iPhone 13 Pro Max Black va Titanium esa mos ravishda 484 ming va 479 ming rubldan sotiladi.
|
fan va texnika
|
81
|
Toyota elektromobillar ishlab chiqarishga 70 milliard dollar sarmoya qiladi
|
Toyota Motor Corp prezidenti Akio Toyoda kompaniya taqdimotida ekologik sofroq avtotransportni rivojlantirish va atrof-muhitga chiqariladigan chiqindilar hajmini qisqartirish bo‘yicha rejani taqdim etdi. Bu rejaning asosiy yo‘nalishlari elektr privodda harakatlanuvchi gibrid va to‘liq elektrlashgan yangi avtomobillarni ishlab chiqish va ommaviy ravishda ishlab chiqarishdan iborat.“Avvallari men to‘liq elektrlashgan avtomobillar ishlab chiqarilishiga uncha qiziqish bildirmaganman. Biroq hozirda buning aksi”, deb tan olgan kompaniya rahbari. Kompaniyada ta’kidlanishicha, bu maqsadga erishish uchun 70 mlrd dollar sarmoya qilinadi. Bu summaning yarmini 2022 yildan 2035 yilgacha ajratish rejalashtirilgan. Buning natijasida Toyota 2030 yilga kelib elektromobillari savdosi yiliga 3,5 mln mashinani tashkil qilishiga umid qilmoqda. Bu vaqtgacha kompaniya mijozlarga Toyota va Lexus brendlari ostida 30 ta modeldagi elektromobillarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Elektromobillar sedan, yo‘ltanlamas, ixcham avtomobillar, tijorat transport vositalari segmentlarida ishlab chiqariladi.Taqdimot davomida kompaniya kelgusida ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan 16 ta elektromobil konseptini namoyish qilgan.Ayni vaqtda kompaniyaning modellar qatorida bor-yo‘g‘i bir dona seriyali ishlab chiqariluvchi elektr model - bZ4X krossoveri mavjud.
|
fan va texnika
|
82
|
Guruh va kanallarda kontent himoyasi, anonim postlar, qurilmalarni yangicha boshqarish imkoniyati – Telegram’da yangilanishlar
|
Endilikda Telegram’dagi guruh va kanallarda boshqalar kontentni saqlashining oldini olish, muayyan vaqt muddatlaridagi xabarlarni o‘chirib tashlash, ulangan qurilmalarni yangicha usullarda boshqarish, ommaviy guruhlarda kanal nomidan anonim post qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. 7 dekabr kuni Telegram jamoasi tomonidan bir qancha o‘zgarishlar bilan messenjerning yangilangan versiyasi taqdim qilindi.Guruh va kanallarda himoyalangan kontentEndi kontent yaratuvchilar materiallarini faqat ular tanlagan auditoriya ko‘rishi uchun guruh va kanallaridan ko‘chirishni taqiqlashi mumkin. Buning uchun guruh va kanallar egalari xabarlarni uzatish imkoniyatini cheklashi mumkin. Agar uzatish cheklansa, foydalanuvchilar bevosita mediani saqlay olmaydi va skrinshot qila olmaydi.Xabarlarni sana asosida o‘chirishTelegram foydalanuvchilari o‘z yozishmalari tarixini to‘liq nazorat qila oladi va xabarlarni suhbatning boshqa ishtirokchilaridan izsiz o‘chirib tashlashi mumkin. Bugungi yangilanish biror shaxsiy chatda muayyan kun yoki vaqt oralig‘idagi xabarlar tarixini tozalab tashlash imkonini ham beradi. Taqvimni ochish uchun chat bo‘ylab aylantirayotganingizda qalqib chiqadigan sana paneli bosiladi va qaysi kunlarni tozalab tashlash tanlanadi.Muayyan sanalar uchun chat tarixini tozalash hozircha faqat yakkama-yakka chatlarda ishlaydi, lekin istalgan chatda xabarlar yuborilganidan bir kun, bir hafta yoki bir oy keyin avtomatik o‘chirib tashlanadigan qilib sozlash mumkin.Ulangan qurilmalarni boshqarishTelegram’dan barcha qurilmalarda bir vaqtda foydalanish mumkin. Qurilmalar menyusi foydalanuvchining hisobiga qayerdan kirilganini boshqarish imkonini beradi. Yangilangan versiyada desktop (kompyuter orqali) qurilmasini tez ulash uchun yangi tugma hamda muayyan vaqtdan keyin nofaol ilovalarda hisobdan avtomatik chiqish uchun sozlama kiritilgan.Ro‘yxatdagi istalgan qurilmani bosib, u haqdagi axborotni ko‘rish va u chaqiruvlar yoki yangi maxfiy chatlarni qabul qila olishini boshqarish mumkin.Ommaviy guruhlarda anonim post qilish imkoniyatiOmmaviy guruhlar va kanallar chatlarida xabar yuborganda kanal sifatida ko‘rinish imkoniyati qo‘shildi. Buning uchun xabar paneli yonidagi profil rasmi bosiladi va kanallardan birini tanlash kerak bo‘ladi. Shundan keyin foydalanuvchi yuboradigan xabarlar uning shaxsiy hisobi o‘rniga kanal nomi va rasmi bilan ko‘rinadi.Telegram jamoasining ma'lum qilishicha, endilikda ayrim mobil qurilmalarda Telegram’dan SMS orqali kodlarni olish o‘rniga login chaqiruvini qabul qilish va chaqiruv qilgan telefon raqamining bir nechta raqamini kiritish imkoniyati taklif qilinadi.Shuningdek, biror guruh yoki kanalga qo‘shilish so‘rovi yuborilganda uning admini xabar bilan javob bersa, chatning yuqori qismida uning guruhi yoki kanali nomi ko‘rinadi.«Bu yangilanishdan boshlab bot adminlari admin bo‘lgan chatlarida qo‘shilishni so‘rayotgan foydalanuvchilar bilan hatto foydalanuvchi oldin bot bilan muloqot qilmagan bo‘lsa ham bog‘lanishi mumkin. Bu cheksiz imkoniyatlarni ochadi: qo‘shilishdan oldin shunchaki guruh chati qoidalarini qabul qilishdan tortib, sinov testidan o‘tish, kanal yaratuvchilariga kichik xayriya qilishgacha», – deyiladi xabarda.Bundan tashqari, dasturning Android qurilmalarida foydalanuvchilar uchun yangi chat mavzulari paydo bo‘lgan. iOS foydalanuvchilari uchun esa avvalroq Android’larga berilgan bir qancha imkoniyatlar qo‘shilgan.
|
fan va texnika
|
83
|
Britaniyada «kelajak samolyoti» ishlab chiqildi
|
Britaniya Aerokosmik texnologiyalar institutida dunyo aviatsiyasining kelajagiga aylanishi mumkin bo‘lgan samolyot ishlab chiqildi, deb yozadi Bloomberg.Buyuk Britaniya hukumati ushbu samolyotni ishlab chiqishga 15 mln funt sterling bergan.Yangi avialayner vodorod yonilg‘isida ishlaydi va ekologiyaga xavf solmaydi. Model ikkita turboventilyatorli dvigatel va vodorod saqlashga mo‘ljallangan kriogen baklar bilan jihozlangan. Yonilg‘ini minus 250 daraja haroratda ham saqlash mumkin.Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, layner 279 nafar yo‘lovchini reaktiv dvigatelli samolyotlardagi kabi tezlik va qulaylikda Londondan San-Fransiskoga olib kelishi mumkin.
|
fan va texnika
|
84
|
Eng tezkor smartfonlar, Oydagi «sirli uy» surati, suzuvchi shahar – hafta texnologik dayjesti
|
Eng tez ishlaydigan smartfonlarXiaomi kompaniyasining Black Shark 4S Pro smartfoni tezkorlik reytingida ketma-ket ikkinchi oy birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda AnTuTu saytida ma’lum qilindi.Mazkur smartfon Snapdragon 888+ protsessori bilan jihozlangan.Uning tezkor xotirasi 16, doimiy xotirasi 512 gigabaytni tashkil etadi. Tezkorlik testida gadjet 875 mingdan ko‘proq ball to‘pladi.Ikkinchi o‘ringa joylashgan ZTE Nubia Red Magic 6S Pro qariyb 853, undan keyingi o‘rindagi Vivo iQOO 8 Pro 847 ming ball to‘play olgan.Tadqiqotchilarning qayd etishicha, dastlabki o‘ntalikdan o‘rin egallagan smartfonlar Qualcomm kompaniyasi protsessorlarida ishlaydi.Bolalar uchun mo‘ljallangan kvadrosiklTesla kompaniyasi rasmiy saytida bolalar uchun mo‘ljallangan Cyberquad for Kids elektr kvadrosikli sotuvi boshlandi.Kvadrosikl 8 yoshdan oshgan bolalarga mo‘ljallangan.Cyberquad kvadrosiklining vazni 55 kg bo‘lib, u 68 kg og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi.Elektr kvadrosikl soatiga 16 kmgacha tezlikda harakatlana oladi. Akkumulyator bir marta quvvatlantirilganida 25 km yo‘l bosish mumkin, uni to‘liq quvvatlantirish uchun 5 soatcha vaqt ketadi. Cyberquad for Kids 1,9 ming dollardan taklif etilmoqda.Oyning orqa tomonidagi «sirli uy» suratiXitoyning «Yuytu-2» lunoxodi Oydan kub shaklidagi sirli jism suratini jo‘natdi. Bu haqda jurnalist Endryu Jons o‘z Twitter sahifasida xabar qildi.Hozircha bu borada batafsil ma’lumot olish imkoni yo‘q, chunki «sirli uy»ning tasviri unchalik aniq emas.Oyning bu qismida kraterlar ko‘p bo‘lib, bu jism asteroid zarbasi natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.«Yuytu-2» 2019 yilda Fon Karman krateri joylashgan hududga qo‘ngan bo‘lib, u Oyning orqa tomoniga yetib kelgan birinchi lunoxod hisoblanadi.Yilning eng yaxshi o‘yin va ilovalariApple kompaniyasi Apple qurilmalari uchun 2021 yilning eng yaxshi 15 o‘yini va ilovalari ro‘yxatini e’lon qildi.Ta’kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchilarga o‘z qiziqishlari bilan mashg‘ul bo‘lish, yangi ijodiy imkoniyatlarini ochish va yangi taassurotlar olishda yordam bergan. Among Us simulyatori eng yaxshi o‘yinlar sirasiga kiritildi. Apple shuningdek, Bumble tanishuvlar ilovasi, Canva dizayn dasturi va qora tanlilarga tegishli tamaddixonalar haqida ma’lumot beruvchi EatOkra ilovasini eng yaxshi ilovalar deb topdi.Bundan tashqari, iPhone uchun mo‘ljallangan League of Legends: Wild Rift, iPad uchun mo‘ljallangan Marvel Future Revolution o‘yinlari va LumaFusion videodasturi ham ro‘yxatdan o‘rin egalladi.50 dollarlik hushtakMilliarder va Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask yangi gadjetni taqdim etdi. U Twitter sahifasida Cyberwhistle hushtagi sotuvi boshlanganini e’lon qildi.Maskning so‘zlariga ko‘ra, Cyberwhistle – oddiy hushtak emas, balki premium-toifadagi kolleksion gadjet. U zanglamaydigan po‘latdan ishlangan va ko‘rinishi Cybertruck elektromobilini eslatadi.“Cybertruck elektromobilidan ilhomlanib cheklangan miqdorda chiqarilgan Cyberwhistle hushtagi zanglamaydigan tibbiyot po‘latidan tayyorlangan premium toifadagi kolleksiya buyumi hisoblanadi”, — deyiladi mahsulot haqida.Cyberwhistle narxi 50 dollar bo‘lib, uning dastlabki partiyasi sotib bo‘lingan.Suzuvchi shaharJanubiy Koreyaning Pusan shahri qirg‘oqlarida suzuvchi shahar qurish rejalashtirilyapti. U toshqin va zilzilalardan himoyalangan bir necha sun’iy orollardan iborat bo‘ladi. Shahar quyosh energiyasidan quvvat oladi, uning aholisi esa o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi.Shahar oltiburchak shaklida bo‘ladi. Ma’lum qilinishicha, orollar dengiz sathi bilan birga ko‘tarilib, toshqin xavfini yo‘qotadi. Shahar zilzila, bo‘ron va sunamilardan himoya qiluvchi infratuzilma bilan jihozlanadi.Loyiha mualliflari shaharni qurish qiymatini 200 million dollarga baholagan. Ma’lum qilinishicha, dunyodagi ilk suzuvchi shahar 2025 yilga borib quriladi.
|
fan va texnika
|
85
|
Eng tez ishlaydigan smartfonlar reytingi e'lon qilindi
|
Xiaomi kompaniyasining Black Shark 4S Pro smartfoni tezkorlik reytingida ketma-ket ikkinchi oy birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda AnTuTu saytida ma'lum qilindi.Mazkur smartfon Snapdragon 888+ protsessori bilan jihozlangan.Uning tezkor xotirasi 16, doimiy xotirasi 512 gigabaytni tashkil etadi.Tezkorlik testida gadjet 875 mingdan ko‘proq ball to‘pladi.Ikkinchi o‘ringa joylashgan ZTE Nubia Red Magic 6S Pro qariyb 853, undan keyingi o‘rindagi Vivo iQOO 8 Pro 847 ming ball to‘play oldi.Tadqiqotchilarning qayd etishicha, dastlabki o‘ntalikdan o‘rin egallagan smartfonlar Qualcomm kompaniyasi protsessorlarida ishlaydi.
|
fan va texnika
|
86
|
Tesla bolalar uchun mo‘ljallangan kvadrosiklini sotuvga chiqardi
|
Tesla rasmiy saytida bolalar uchun mo‘ljallangan Cyberquad for Kids elektr kvadrosikli sotuvi boshlandi.Kvadrosikl 8 yoshdan oshgan bolalarga mo‘ljallangan.Cyberquad kvadrotskilining vazni 55 kg bo‘lib, u 68 kg og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi.Elektr kvadrosikl soatiga 16 km.gacha tezlikda harakatlana oladi. Akkumulyator bir marta quvvatlantirilganida 25 km yo‘l bosish mumkin, uni to‘liq quvvatlantirish uchun 5 soatcha vaqt ketadi.Cyberquad for Kids 1,9 ming dollardan taklif etilmoqda.
|
fan va texnika
|
87
|
“Siemens” O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
|
Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi O‘zbekistonda past va yuqori kuchlanishli elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaradi. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov va korxona vakillarining Germaniyaga safari davomida shunday kelishuvga erishilgan. Bu haqda uyushma Axborot xizmati xabar qilmoqda.Ma'lum qilinishicha, uyushma tarkibiga kiruvchi “O’zelektroapparat-Electroshield” korxonasi Germaniyaning Myunxen shahrida “Siemens” kompaniyasi bilan kelishuv bitimini imzolagan.Past va yuqori kuchlanishli transformatorlar, quyosh panellari uchun konvertorlar, “aqlli uy” loyihalari uchun yuqori texnologiyalarTa'kidlanishicha, nemis kompaniyasi bosh direktori A. Liberov, ““Siemens” O‘zbekiston bilan texnologik hamkorlik qilishga tayyor”ligini bildirgan. Qolaversa, kompaniya “mamlakatda “yashil energetika” sohasida tejamkor texnologiyalarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratish”ni reja qilgan.
|
fan va texnika
|
88
|
Facebook foydalanuvchilarga lentadagi postlar va ularning mavzusini sozlash imkonini beradi
|
Facebook foydalanuvchilarga o‘z lentalarini ko‘proq nazorat qilish imkonini beruvchi funksiya sinovlari boshlangani haqida ma'lum qildi. Ijtimoiy tarmoq sozlamaga uchta band qo‘shdi: do‘stlar, oila, guruhlar, shuningdek, sahifa va jamoat arboblari. Meta kompaniyasi blogida shu haqida yozilgan.Hozircha sinov ingliz tilidagi foydalanuvchilar uchun ishga tushirilgan. Kompaniya tomonidan qayd etilishicha, u “kam sonli foydalanuvchilar”nigina qamrab oladi. Qolgan foydalanuvchilarda esa ushbu funksiya yaqin haftalarda paydo bo‘ladi.Shuningdek, ijtimoiy tarmoq reklama beruvchilarga muayyan mavzu sohalaridagi kontentni olib tashlash imkonini beradi. Masalan, siyosat, ijtimoiy masalalar, jinoyat va hodisalar. “Reklama beruvchi bir va bir necha mavzuni aniqlasa, u holda o‘z lentasida mana shu mavzuni ko‘rishni istagan foydalanuvchilar mazkur reklamani ko‘rishmaydi”, deyiladi kompaniya blogida.
|
fan va texnika
|
89
|
Vodorodli samolyot, OIV va bezgakka qarshi vaksina. 2022 yilda qanday texnologiyalar paydo bo‘lishi kutilmoqda?
|
The Economist 2022 yilda turli yo‘nalishlarda kutilayotgan sinovlar, startaplar to‘plamini e'lon qildi.Quyosh geoinjyeneriyasiVulqonlarni atmosferaning yuqori qatlamiga olib chiquvchi chang va kul sovitish ta'siriga ega: 1991 yilda Filippinda Pinatubo vulqoni otilishi Yerni bir necha yil davomida 0,5 darajaga sovitgandi.Quyosh nurlarini boshqarish sifatida ma'lum bo‘lgan quyosh geoinjyeneriyasi ham nazariy jihatdan xuddi shunday qila olishi mumkin. 2022 yilda Harvard universiteti olimlari SCoPEx nomli tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirishgan.Ular 2 kg noma'lum materialni tashlab yuboradigan havo sharini stratosferaga uchirishadi. Keyin esa u quyosh energiyasiga qanday reaksiya qilishi va uni tarqatishini o‘lchaydi.Issiqlik nasoslariDunyoda energiya iste'molining to‘rtdan bir qismi qish faslida binolarda issiqlikni ushlab turish ulushiga to‘g‘ri keladi. Odatda bu ko‘mir, gaz va neftni yoqishga bog‘liq. Issiqlik nasoslaridan foydalanish – istiqbolli muqobil variant. Muzlatkich – ana shunday qurilmaga misol bo‘ladi.Issiqlik nasosi qizitilganida muzlatkich kabi ishlaydi, biroq qarama-qarshi yo‘nalishda: atrofdagi sovuqroq havodan issiqlikni oladi va uni isitilayotgan xonaga chiqaradi.San-Fransiskogi Gradient startapi sovitish va isitishning gibrid tizimida ishlaydi. Uning qurilmalari deraza tokchasiga ikki tomondan o‘rnatiladi. U 2022 yilda savdoga chiqariladi.Vodorodda ishlaydigan samolyotlar2022 yilda vodorod yonilg‘isi elementlariga ega ikki o‘rinli samolyot sinovdan o‘tkazilishi kerak. U Niderlandiyadagi Delft texnologiya universitetida qurilyapti. Kaliforniyaning ZeroAvia startapi 20 o‘rinli samolyot sinovini yakunlashni rejalashtirgan.Kaliforniya Universal Hydrogen kompaniyasining 40 o‘rinli samolyoti 2022 yil sentabr oyida havoga ko‘tariladi. CO2ni to‘g‘ridan to‘g‘ri ushlab qolish2022 yilda Kanadaning Carbon Engineering kompaniyasi Texasda havoni bevosita ushlab qolish texnologiyasiga ega korxonani (direct air capture, DAC) qurishga kirishadi. U mazkur texnologiyaga ega dunyodagi yirik korxona bo‘ladi. Bu yerda yiliga 1 mln tonna SO2 ushlab qolinadi.Shveytsariyaning ClimeWorks kompaniyasi 2021 yilda Ispaniyada DAC ishlab chiqarish korxonasini ochdi. Amerikaning Global Thermostat kompaniyasining ikkita sinov zavodi mavjud.Vertikal fermalarBuyuk Britaniyada Jones Food Company 2022 yilda maydoni 13 750 kv metrga teng dunyodagi yirik fermani ochadi. Amerikaning AeroFarms kompaniyasi ham Virginiyada o‘zining eng katta fermasini tashkil qiladi, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham kengayishni rejalashtirishyapti.Yelkanli konteyner kemalar2022 yilda Fransiyaning Michelin kompaniyasi yelkani shishiriladigan yuk kemasini jihozlaydi. Bunday yelkan yonilg‘i sarfini 20 foizga kamaytirishi kutilmoqda.Yaponiyaning MOL yuk tashuvchi kemalar kompaniyasi avgust oyida kemaga teleskopik qattiq yelkanni o‘rnatishni rejalashtiryapti. Naos Design kompaniyasi sakkizta kemani buriladigan va yig‘iladigan qattiq “yelkanlar” bilan jihozlaydi.VR mashg‘ulotlarVR mashg‘ulotlar pandemiya davrida fitnes klublar yopiq bo‘lgan vaqtda ommalashdi. Ayni vaqtda bozorda Oculus Quest 2 arzon garniturasi paydo bo‘ldi. Uning yangilangan modeli 2022 yilda chiqadi.Bu vaqtda Yevropada virtual reallikdagi mashg‘ulotlar uchun Supernatural ilovasi chiqarilishi mumkin. U hozirda faqat Shimoliy Amerikada mavjud.OIV va bezgakka qarshi vaksinalarModerna Covid-19’ga qarshi vaksinalarda qo‘llanayotgan mRNA-texnologiyasi asosida OIV vaksinasi ustida ish olib boryapti. U allaqachon klinik sinovlarning dastlabki bosqichida, tadqiqotning birinchi natijalari 2022 yilda olinishi rejalashtirilgan.BioNTech bezgakka qarshi mRNA-vaksina ustida ish olib boryapti. Uning klinik sinovlari 2022 yilda boshlanishi kerak. Oksford olimlari ham bezgak va OIV vaksinalari ustida ish olib borishyapti.Suyak implantlarini 3D printerdan chiqarishParticle3D va A.D.A.M. startaplari 2022 yilda odamga implantatsiya qilish uchun 3D printerda suyaklar chiqarishga umid qilishmoqda. Har ikki kompaniya ham bosib chiqarish uchun asosi kalsiydan iborat mineraldan foydalanadi, implantlar esa bemorlar kompyuter tomografiyasi asosida buyurtmaga tayyorlanadi.Aerotaksi2022 yilda vertikal uchish va qo‘nish elektrosamolyotlaridan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun sertifikatlashtirish uchun bir necha kompaniyalar sinov o‘tkazishadi.Kaliforniyaning Joby Aviation kompaniyasi o‘ndan ortiq besh o‘rinli aerotaksi qurmoqchi.Germaniyaning Volocopter kompaniyasi esa 2024 yil Olimpiy o‘yinlarida havo taksisini ishga tushirishni rejalashtirgan. Bu kabi startaplar orasida eHang, Lilium va Vertical Aerospace ham bor.Fazo turizmi2021 yilda Richard Brensonning Virgin Galactic, Jyef Bezosning Blue Origin hamda Ilon Maskning SpaceX kompaniyalari fuqaro ekipajlarini fazoga yuborishdi. 2022 yilda har uchala kompaniya yanada ko‘proq yo‘lovchilarni jalb etishga umid qilishmoqda.Dronlarda yetkazishGoluey grafligida havo bo‘ylab kitoblar, yegulik va dorilarni yetkazib beruvchi Irlandiyaning Manna startapi butun mamlakat va Buyuk Britaniyaga kengayishni rejalashtiryapti. Google’ning shu'ba korxonasi Wing AQSh va Finlandiyada dronlarda yetkazib berishni sinovdan o‘tkazyapti.Bolgariyaning Dronamics startapi 39ta Yevropa aeroporti o‘rtasida yuklarni yetkazib berish uchun dronlardan foydalanmoqchi.Tovushdan tez bo‘lgan samolyotlar2022 yilda NASA’ning x-59 QueSST (quiet supersonic technology so‘zlarining qisqartmasi) birinchi sinov parvozini amalga oshiradi. U Kaliforniyaning “Edvard” aviabazasida o‘tkaziladi. Bu muhim, chunki birinchi tijoriy tezuchar Concorde avialayneri quruqlik ustida tovushdan tez ucha olmagan.Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, NASA regulyatorlar yer ustida tovushdan tez bo‘lgan parvozlarga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashiga umid bildirmoqda.3D’da chiqarilgan uylar2022 yilda Kaliforniyaning Mighty Buildings kompaniyasi Rancho Miraj shahrida 3D’da chiqarilgan 15ta uy qurilishini yakuniga yetkazadi. Texasning ICON startapi Ostin yaqinida 100ta uydan iborat rayon qurilishini boshlashni rejalashtirgan. Bu shunga o‘xshash loyihalarning eng yirigi bo‘ladi.Uyqu texnologiyalariUyqu sifatini yaxshilash uchun Kremniy vodiysida uyqu trekeri, matrasni sovitish va isitish qurilmalari, “aqlli” uyg‘otkich va boshqa texnologiyalar anchadan beri qo‘llanadi. Google uyquni kuzatish funksiyasiga ega ikkinchi avlod Nest Hub’ni namoyish etdi. Amazon ana shunday qurilmani 2022 yilda chiqarishni rejalashtirgan.Har bir odamga moslashtirilgan ovqatlanishAQShda har bir odamga moslashtirilgan ovqatlanishga ixtisoslashtirilgan kompaniyalar ishga tushirilgach, boshqa bozorlarga kirib borish hamda diabet va bosh og‘rig‘ini davolashda ana shu texnologiyalarni qo‘llash uchun regulyatorlar ruxsatini olishga erishish rejalashtiriladi. Nashrlar bu borada muayyan startaplarni keltirmagan.Salomatlik trekerlari2021 yilda Fitbit va Apple Watch kabi qurilmalar asosan fitnes trekerlar sifatida foydalanilyapti. Biroq telemeditsina rivojlanishi bilan iste'molchi va tibbiyot o‘rtasidagi chegara yo‘qolib bormoqda. “Aqlli” soatlar hozirda qondagi kislorod ko‘rsatkichini o‘lchashi, EKG qilishi mumkin.Qondagi glyukoza va alkogol miqdori, arterial qon bosimi va tana haroratini o‘lchash keyingi funksiyalar bo‘lishi mumkin.Metakoinot2022 yilda metakoinot videoo‘yin, ijtimoiy tarmoq va “kishini o‘ziga jalb etuvchi yangi taassurotlar yaratish” uchun boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni o‘zida mujassamlaydi. Minecraft, Roblox va Fortnite kabi o‘yinlar metakoinotni yaratish yo‘lidagi qadamlar, Facebook esa o‘z nomini Meta deb o‘zgartirdi.Kvant hisob-kitoblarKvant kompyuteri imkoniyatlari ko‘rsatkichlaridan biri – kubitlar soni. Masalan, 2021 yilda xitoylik jamoa 66 kubitli tizim Zuchongzhi 2’ni ishga tushirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, superkompyuter o‘zining eng yaqin raqobatchisi — Google Sycamore’dan million marta kuchliroq. IBM 2022 yilda 433ta kubitga va 2023 yilda 1000ta kubitga yetishni mo‘ljallayapti.Virtual inflyuyenserlarVirtual bloger va modellar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntlarini yuritishyapti. Bunga bir misol amerikalik o‘ylab topilgan 19 yoshli model Lil Mikela. Uning Instagram’da 3 mln obunachisi bor. Bunday virtual inflyuyenserlar soni ortishi kutilyapti.NeyrointerfeyslarIlon Maskning “fikr kuchi” bilan videoo‘yin o‘ynovchi maymunni namoyish etgan Neuralink kompaniyasi 2022 yilda o‘z qurilmasini odamlarda sinamoqchi. Synchron kompaniyasi bu kabi sinovlarni boshlash uchun Amerika regulyatorlari roziligini oldi. To‘qqiz yoshli maymunga tasvirga olishdan taxminan olti hafta oldin Neuralink chiplari o‘rnatildi. Uni rag‘batlantirish uchun trubkada bananli smuzi berildi.Sun'iy go‘sht va baliq2022 yilda bir necha startaplar sun'iy go‘sht va baliq savdosiga ruxsat olishi mumkin. Masalan, Isroilning SuperMeat startapi tovuqli burgerlar savdosiga ruxsat olishni mo‘ljallayapti. Kaliforniyaning Finless Foods startapi esa “tunets balig‘i” savdosini boshlashga umid qilyapti.
|
fan va texnika
|
90
|
Rul va pedallarsiz ilk avtomobil, suzib yuruvchi eko-shahar, ishonchli va ishonchsiz avtomobillar reytingi – hafta texnologik dayjesti
|
Rul va pedallarsiz ilk avtomobilApple kompaniyasi o‘z avtomobilini ishlab chiqish jarayonini tezlashtirmoqda va uni butunlay avtonom boshqaruvga yo‘naltiryapti.Avtomobilda rul orqali boshqaruv va pedallar bo‘lmaydi, deya taxmin qilinyapti. Biroq qo‘lda boshqarish avariyaviy rejimi bilan jihozlash masalasi hali muhokama qilinyapti, deya yozmoqda Bloomberg.Salon markazida iPad’ga o‘xshagan katta sensor ekran bo‘ladi. Uning yordamida foydalanuvchilar yo‘lda ketish vaqtida axborot-ko‘ngilochar tizimni qo‘llashi mumkin. Avtomobil Apple’da mavjud servis va qurilmalarga integratsiya qilinadi.Boshqaruv tizim uchun asosiy mikrosxema deyarli tayyor. U avtonom boshqarish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni sun’iy idrok yordamida qayta ishlovchi ko‘plab neyron protsessorlardan iborat.Apple o‘zining boshqaruvchisiz avtomobilini to‘rt yildan keyin chiqarishni maqsad qilgan. Muddatlar o‘zgaruvchan. Bu maqsadga 2025 yilda erishish kompaniyaning avtonom boshqaruv tizimini yaratishni tugatish imkoniyatlariga bog‘liq. Agar Apple bu maqsadga erisha olmasa, loyihani chetga surib qo‘yishi yoki dastlab boshqaruv texnologiyalari u qadar mukammal bo‘lmagan avtomobil ishlab chiqarishi ham mumkin.Ishonchli va ishonchsiz avtomobillar reytingiAmerikaning mashhur Consumer Repors jurnali eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Reyting jurnal klubiga a’zo bo‘lgan avtomobil egalarining so‘nggi 12 oy ichida muayyan modellar bo‘yicha tajribalari, duch kelgan muammolar va umumiy qulayliklar haqidagi fikr-mulohazalari asosida tuzilgan.Navbatdagi reytingda o‘ntalikdan to‘qqiztasini Yaponiya va Koreya brendlari — Toyota, Lexus, Mazda, Honda, Subaru, Kia avtomobillari egallagan. Reytingning eng yuqori pog‘onasida Lexus GX yo‘ltanlamasi.Birinchi o‘ntalikda Yevropa avtomobil brendlarining bitta ham modeli yo‘q, Amerika modellaridan esa faqat bittasi — Cadillac XT5 krossoveri joy olgan.Reytingning eng quyi qismida Mercedes-Benz GLE krossoveri joylashgan. Shuningdek, so‘nggi o‘nlikdan Ford Explorer, Ford Mustang, Chevrolet Corvette, Volvo XC 90, Volkswagen Tiguan, Tesla Model Y modellari ham o‘rin olgan.Suzib yuruvchi eko-shaharSaudiya Arabistonida Oksagon deb nomlangan suzib yuruvchi ekologik shahar qurilishi boshlandi. Bu haqda mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ma’lum qildi, deb xabar berdi Neom.Bu Qizil dengiz sohilida suzib yuruvchi sakkizburchak shaklidagi shahar bo‘ladi. U faqat sof energiya yordamida ishlaydi va eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadi.Oksagon maydoni Nyu-York hududidan 33 marta katta bo‘ladi va dunyodagi eng ilg‘or logistik markaz bo‘lishi aytilmoqda.Shahar qurilishi 2030 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.Elektron HummerAQSh prezidenti Jo Bayden General Motors kompaniyasining Detroytdagi yangi GM Factory Zero zavodi ochilishida ishtirok etdi. Bu marosim davomida Bayden kompaniya ishlab chiqargan yangi elektron Hummer pikapini haydab ko‘rdi.AQSh prezidenti yangi Hummer'dagi maxsus Crabwalk rejimini ham sinab ko‘rdi. Bu rejimda mashinaning to‘rtta g‘ildiragi birdaniga buriladi. Bu tor joylarda mashinani burib olishda qulaylik yaratadi.«Bu pikap mendagi Corvette'dan uch baravar og‘ir, lekin ancha tezkor. Hummer – juda zo‘r mashina», deb Baydenning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.Elektrlashtirilgan GMC Hummer EV 2020 yil yakunida namoyish qilingandi. Mashinaning eng zo‘r versiyasi umumiy ming ot kuchiga ega uchta agregatdan iborat. Mashinaning akkumulyatori bir to‘ldirilganda 550 km harakatlanish uchun yetarli bo‘ladi, narxi hozircha 110 ming dollarga baholangan va keyinchalik arzonlashishi kutilmoqda.Huawei’ning ilk elektromobiliHuawei kompaniyasi o‘zining ilk elektromobilini namoyish etdi. Avatr brendi ostidagi elektromobil taqdimoti Guanchjou avtosalonida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Autohome.Elektromobil Changan va CATL kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarilgan.Mashina 4 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi. Bir marta quvvatlanish orqali 700 kilometrgacha yo‘l bosadi.Bundan tashqari, elektromobil to‘rtinchi darajali avtopilotga ega bo‘lib, imkoniyatlari bo‘yicha Tesla tizimidan ustun turadi.Elektromobilni seriyali ishlab chiqarish 2022 yil bahordan boshlanadi.Apple mijozlari qurilmalarini o‘zlari ta’mirlashi mumkin bo‘ladiApple kompaniyasi Self Service Repair dasturini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan sotiladigan original ehtiyot qismlardan foydalangan holda mijozlar o‘z qurilmalarini o‘zlari ta’mirlashlari mumkin bo‘ladi. Apple dasturni 2022 yil boshida AQShda, yil davomida esa yana bir qator mamlakatlarda ishga tushiradi.Dastlab mazkur taklifdan iPhone 12 va iPhone 13 smartfon egalari foydalanishlari mumkin. Keyinroq esa kompaniya M1 chipli Mac kompyuterlari, jumladan, MacBook Air, 13 dyuymli MacBook Pro, Mac mini va 24-dyuymli iMac’ni mustaqil ta’mirlash uchun ham ehtiyot qismlarni taqdim etadi.
|
fan va texnika
|
91
|
Apple’ning ilk avtomobili butunlay boshqaruvchisiz - rul va pedallarsiz bo‘ladi
|
Avtomobilda rul orqali boshqaruv va pedallar bo‘lmaydi, deya taxmin qilinyapti. Biroq qo‘lda boshqarish avariyaviy rejimi bilan jihozlash masalasi hali muhokama qilinyapti, deya yozmoqda Bloomberg.Interer Canoo tomonidan taqdim etilgan Lifestyle’dagi dizaynda bo‘ladi. Unda limuzindagi kabi yo‘lovchilar bir-biriga qarama-qarshi tomonda o‘tiradi.Salon markazida iPad’ga o‘xshagan katta sensor ekran bo‘ladi. U yordamida foydalanuvchilar yo‘lda ketish vaqtida axborot-ko‘ngilochar tizimni qo‘llashlari mumkin. Avtomobil Apple’da mavjud servis va qurilmalarga integratsiya qilinishi kerak.Boshqaruv tizim uchun asosiy mikrosxema deyarli tayyor. U avtonom boshqarish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni sun'iy idrok yordamida qayta ishlovchi ko‘plab neyron protsessorlardan iborat.So‘nggi bir necha yil davomida Apple kompaniyasining avtomobil bo‘limi rivojlanishning ikki yo‘li ustida tadqiqot olib bordi: birinchisi, avtonom boshqaruvining cheklangan imkoniyatlariga esa model va ikkinchisi, inson aralashuvini talab etmaydigan to‘liq avtonom avtomobil yaratish. Loyihaning yangi rahbari, Apple Watch dasturiy ta'minot bo‘limi boshlig‘i Kevin Linch boshchiligida muhandislar ikkinchi variantga e'tibor qaratishdi.Bloomberg’ning qayd etishicha, bu qaror erishib bo‘lmas maqsadga o‘xshaydi. Avtomobil sanoatining ko‘plab gigantlari avtonom transport vositalari ustida yillab ish olib borishgan, biroq inson ishtiroki talab etilmaydigan modelga deyarli yaqinlashishmadi. Tesla ham, Waymo ham, boshqa kompaniyalar ham bu borada katta muvaffaqiyatga erishmadi.Apple o‘zining boshqaruvchisiz avtomobilini to‘rt yildan keyin chiqarishni maqsad qilgan. Muddatlar o‘zgaruvchan. Bu maqsadga 2025 yilda erishish kompaniyaning avtonom boshqaruv tizimini yaratishni tugatish imkoniyatlariga bog‘liq. Agar Apple bu maqsadga erisha olmasa, loyihani chetga surib qo‘yishi, yoki dastlab boshqaruv texnologiyalari u qadar mukammal bo‘lmagan avtomobil ishlab chiqarishi mumkin.
|
fan va texnika
|
92
|
Kelajakka qadam: IBM kvant kompyuter uchun yangi chipni taqdim etdi
|
Bunday mashinalar kompyuter texnologiyalarida inqilobni amalga oshiradi va eng kuchli klassik protsessorlarning kuchi yetmagan masalalarni bajara oladi.Biroq ko‘plab amaliy murakkabliklar laboratoriyadan ommaviy ishlab chiqarishga yuboriladigan modellarni yaratish imkonini bermaydi.Yangi chip 127 kubit (kvant bit)ga ega. Bu esa IBM’ning avvalgi kvant kompyuterlaridan ikki marta ko‘proq. Kubit – kvant kompyuterlarda axborot birligi. Kompaniya Eagle (“Burgut”) nomini olgan yangi protsessor maishiy kvant kompyuterini yaratishda muhim bosqich deb hisoblaydi.Ayrim ekspertlar Eagle’ni baholash uchun katta ma'lumotlar talab etilishini qayd etmoqda.So‘nggi yillarda kvant protsessorlarga bo‘lgan qiziqish keskin o‘sdi. Chunki u kompyuter quvvatini sifatli tarzda o‘zgartirishi mumkin. Bu esa yangi material va dorilar hamda sun'iy idrok rivojiga hissa qo‘shadi.Klassik kompyuterlarda axborot birligi bit deb nomlanadi va u yo nolga yoki birga teng bo‘lishi mumkin. Biroq bitning kvant ekvivalenti bir vaqtning o‘zida ham nol, ham bir bo‘lishi mumkin.Kvant mexanikaning ushbu fundamental tamoyili kvant superpozitsiya deb ataladi, u bir vaqtning o‘zida bir necha holatlarda mavjud bo‘lishi mumkin.Har bir qo‘shimcha kubit protsessor quvvatini taxminan ikki marta oshiradi. Eagle – IBM kompaniyasining uchinchi kvant protsessori. 2019 yilda kompaniya 27 kubitli Falcon (Lochin) protsessorini, bir yildan keyin esa 65 kubitli Hummingbird (Kolibri) protsessorini taqdim etgandi.“Kvant protsessorlar nazariy jihatdan deyarli barcha sohalarni o‘zgartirish hamda zamonamizning eng yirik muammolarini hal qilishda yordam berishga qodir”, - dedi IBM tadqiqot bo‘limi direktori va vitse-prezident Dario Gil.Ostindagi Texas universiteti kvant dasturlash bo‘yicha mutaxassisi Skott Aaronson o‘z blogida IBM tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda kvant dasturlashdagi olg‘a siljishni baholash imkonini beruvchi asosiy parametrlar mavjud emasligini qayd etdi.2016 yilda IBM ko‘plab foydalanuvchilarga kvant dasturlash imkonini bergan ilk kompaniya bo‘ldi.
|
fan va texnika
|
93
|
Apple mijozlari qurilmalarini o‘zlari ta'mirlashi mumkin bo‘ladi
|
17 noyabr kuni Apple kompaniyasi Self Service Repair dasturini e'lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan sotiladigan original ehtiyot qismlardan foydalangan holda mijozlar o‘z qurilmalarini o‘zlari ta'mirlashlari mumkin bo‘ladi. Apple dasturni 2022 yil boshida AQShda, yil davomida esa yana bir qator mamlakatlarda ishga tushiradi.Dastlab mazkur taklifdan iPhone 12 va iPhone 13 smartfon egalari foydalanishlari mumkin. Keyinroq esa kompaniya M1 chipli Mac kompyuterlari, jumladan, MacBook Air, 13 dyuymli MacBook Pro, Mac mini va 24-dyuymli iMac’ni mustaqil ta'mirlash uchun ham ehtiyot qismlarni taqdim etadi.Apple mijozlari original ehtiyot qismlarni onlayn xarid qilishlari mumkin. Internet do‘konda jami 200dan ortiq ehtiyot qism va instrumentlar taqdim etiladi.Birinchi bosqichda mijozlar smartfon uchun ekran, kamera va akkumulyatorlar xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Kelajakda esa boshqa ehtiyot qismlar ham chiqariladi.Apple qurilma egalariga uy sharoitida ta'mirlash bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalarni taqdim etadi. Kompaniya ularni AQShda dastur yo‘lga qo‘yilganidan keyin o‘z saytida e'lon qiladi.Agar qurilma egasi ta'mirlash jarayonida uni buzib qo‘ymasa, mustaqil ta'mirlash qurilma uchun kafolatni bekor qilmaydi. Biroq Apple’da dastur elektron qurilmalarni ta'mirlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lganlar uchun mo‘ljallangani ta'kidlangan.
|
fan va texnika
|
94
|
Huawei o‘zining ilk elektromobili taqdimotini o‘tkazdi
|
Huawei kompaniyasi o‘zining ilk elektromobilini namoyish etdi. Avatr brendi ostidagi elektromobil taqdimoti Guanchjou avtosalonida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Autohome.Elektromobil Changan va CATL kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarilgan. Xususan, CATL akkumulyatorlarni, Huawei esa multimedia va onlayn-texnologiyalarni tayyorlagan. Mashina 4 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi. Bir marta quvvatlanish orqali 700 kilometrgacha yo‘l bosadi.Bundan tashqari, elektromobil to‘rtinchi darajali avtopilotga ega bo‘lib, imkoniyatlari bo‘yicha Tesla tizimidan ustun turadi.Elektromobilni seriyali ishlab chiqarish 2022 yil bahordan boshlanadi.
|
fan va texnika
|
95
|
Yilning eng yaxshi ixtirolari, Oyga parvozni kechiktirgan NASA, boshqaruvchisiz yuk mashinasi – hafta texnologik dayjesti
|
2021 yilning eng yaxshi ixtirolariTime nashri 2021 yilning eng yaxshi ixtirolarini e’lon qildi.Mualliflar eng yaxshi dasturlar deb ma’lumotlar izlovchi Neeva, Subdial trevoga tugmasi dasturlari va interfaol xarita MTA Live Subway Map’ni topishgan.“VR va AR” bo‘limiga Lenovo ThinkReality A3 Smart va Qualcomm Snapdragon XR2 virtual reallik ko‘zoynaklari, Google Maps uchun to‘ldirilgan reallik rejimi kiritilgan.“Iste’molchilik elektronikasi” bo‘limidan Paper Shoot Camera fotoapparati, Samsung Galaxy Z Flip3 buklanuvchi smartfoni, Framework Laptop noutbugi, Vecnos IQUI “aqlli” selfi-tayoqchasi, JLab JBuds Frames smart-ko‘zoynaklari joy olgan.Sog‘liqni saqlash tizimidagi eng yaxshi ixtirolar qatoriga koronavirus va bezgakka qarshi vaksinalar kiritilgan.Hyundai’dan retrofuturizm uslubidagi elektromobilHyundai kompaniyasi qayta tiklangan va modifikatsiya qilingan Heritage seriyasidagi ikkinchi avtomobilni namoyish etdi.Kompaniya Mitsubishi bilan birgalikda chiqargan 1986 yil Grandeur sedani modelini yangiladi.Avtomobilning tashqi ko‘rinishi deyarli 80-yillardagi kabi, biroq unga pikselli svetodiod fara va chiroqlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ayrim bezak elementlari xrom bilan qoplangan.Mashina ichida hamma narsa o‘zgartirilgan: ovoz va boshqaruv paneliga ega keng formatli sensor ekran o‘rnatilgan, fon yoritgichi va ko‘zgu effektidagi tom qo‘yilgan. Bundan tashqari, soatlarni saqlash uchun maxsus slot va virtual pianino kabi yashirin detallar ham bor.Xitoy kompaniyasidan Homtruck elektr yuk mashinasiYangi elektr yuk mashinasi Yevropa, Koreya, Yaponiya va Shimoliy Amerika bozorlariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.Homtruck metanoldagi gibrid elektr dvigatel va faqat elektr dvigatelda taqdim etiladi. Yuk mashinasida dush, hojatxona, bir kishilik karavot, muzlatgich, oshxona hududi va kir yuvish mashinasi bo‘ladi.Elektr yuk mashinasi boshqaruvchisiz mashina haydash texnologiyasidan qisman foydalanadi. Uzoq vaqt yurish davomida mashinalar bir-biri bilan hamkorlik qilishi, xavfsiz tezlik va masofani saqlab turishi mumkin.2026 yilga borib kompaniya avtonom boshqarish funksiyasini yaxshilashni va 2030 yilgacha esa Homtruck’ni to‘liq boshqaruvchisiz elektr yuk mashinasiga aylantirishni rejalashtirmoqda.NASA Oyga parvoz sanasini o‘zgartirdiAQSh Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish bo‘yicha milliy boshqarmasi Oyga parvoz va qo‘nish sanasini 2025 yilga ko‘chirdi.Bundan tashqari, parvoz muddati o‘zgartirilishiga texnik murakkabliklar ham ta’sir o‘tkazdi. 2017 yilda sobiq prezident Donald Tramp administratsiyasi 2024 yilni astronavtlarning Oyga qo‘nishi sanasi deb belgilagan edi. Bungacha mazkur jarayon 2028 yilga rejalashtirilayotgandi.Blue Origin kompaniyasi NASA’ning Oyga yangi missiyasi uchun qo‘nish modulini loyihalash bo‘yicha SpaceX’ning tanlanishiga qarshi chiqishga harakat qildi. Jyeff Bezos kompaniyasi ham Dynetics mudofaa pudratchisi sifatida bu vazifani bajarishga da’vogar edi.
|
fan va texnika
|
96
|
«Bu texnologiya odamlarga manfaat keltirishi mumkin» – Putin o‘zbekistonlik qizlarning IT loyihasini maqtadi
|
12 noyabr kuni «Rossiya 24» telekanalida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ishtirokida o‘tkazilayotgan «Sun'iy intellekt olamiga sayohat» mavzusidagi Al Journey 2021 xalqaro konferensiyasida O‘zbekistondan IT Queens jamoasi chiqishi namoyish etildi.O‘zbekistonlik qizlar Deepfake’larni aniqlash bo‘yicha o‘z yechimini namoyish etdi.«Biz IT Queens jamoasi vakillarimiz. Oliy ta'lim muassasalariga tayyorlovchi o‘quv markazida tanishganmiz. Shu fursatdan foydalanib, bizga Deepfake’larni aniqlash bo‘yicha o‘z yechimimizni namoyish etish uchun berilgan imkoniyat uchun minnatdorlik bildirib o‘tamiz.Endi asosiy maqsadga o‘tsak: Deepfake bu haqiqiy suratlar, videolar asosida sun'iy intellekt asosida sintezlashtirilib tayyorlangan soxta rasm va videolardir. Bu texnologiya tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda va uni nafaqat katta siljish, balki katta xavf desak ham bo‘ladi. Chunki bu orqali firibgarlik, shantaj, obro‘sizlantirish, shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlashda ishlatish mumkin.Hozir barchamiz yuzdan tanib olish texnologiyalari bilan tez-tez duch kelyapmiz. Soxtalashtirilgan rasmlar qanchalik xavfli ekanini bilishimiz kerak. Bizning vazifamiz neyrotizimlarni deepfake texnologiyasi orqali yaratilgan rasmlarni aniqlashga o‘rgatish edi. Bizda buning uchun haqiqiy odamlarning rasmlari va Deepfake texnologiyalari orqali yaratilgan rasmlar ma'lumotlar bazasi mavjud edi. Bir vaqtning o‘zida soxta rasmlarning javoblarini ham neyrotizimga yuklagan edik va bu orqali bizda haqiqiy va soxta rasmlarni belgilariga ko‘ra aniqlash imkoni paydo bo‘ldi.Bizda mavjud bo‘lgan ozgina ma'lumotlar bilan neyrotizimni mukammal mashq qildirish imkoni bo‘lmagani uchun bor rasmlarni argumentatsiya qildik. Ya'ni mavjud rasmlarning fonlari, ranglarini va ayrim jihatlarini o‘zgartirib, 13 mingta rasmga ega bo‘ldik. Muhimi — neyrotizimimiz faqatgina rasmdan tanib olishi emas, balki soxta rasmlarni belgilariga qarab ajrata olishga o‘rgatish edi.Olingan tajribalar natijasida biz yaratgan neyrotizim 99 foiz aniqlik bilan qaysi rasm haqiqiy, qaysisi soxtaligini aniqlay oldi. Biz bu ulkan natijadan hayratga tushdik, chunki bu sun'iy aql bilan birinchi ishlashimiz edi.Ha, bu oxirgisi ham emas. Bizga bu masalaga yechim topish juda qiziq bo‘ldi.Bir tomondan bu o‘z yechimini kutayotgan masala bo‘lsa, boshqa tomondan neyrotizimlarning rivojlanishi o‘yinlar yaratish, kino industriyasi rivojida katta yutuq bo‘ladi», — deya loyihasini tanishtirdi qizlar.Putin qizlarning loyihasi haqida ijobiy fikr bildirdi.«Oxirida so‘z olgan qizimiz eng muhimini o‘zi ta'kidlab o‘tdi. Bu texnologiya orqali, avvalo, odamlarga manfaat keltirish mumkin. Texnologiya orqali yuqori sifatli va talabgir mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Yana bir jihati – sizlar bu yechimlaring bilan insonlar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilyapsizlar. Bu yechim orqali sizlar qanchalik texnologik rivojlanish ilgari ketmasin to‘g‘ri yechim topish imkoni borligini isbotladinglar. Bu avval ham bo‘lgan, hozir ham bor. Rahmat sizlarga mehnatlaring uchun, omad», – dedi RF prezidenti.Ma'lumot uchun, IT Queens jamoasi a'zolari 257-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Lana Nasrullina, Anastasiya Korolyova, Mirzo Ulug‘bek tumani 279-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yuliana Lutsenko hamda Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Kseniya va Anastasiya Badyandir.Ular Yunusobod tumanida joylashgan General lessons o‘quv markazi tinglovchilari bo‘lib, 2021 yil o‘tkazilgan AIJ nomli Xalqaro Konferensiyaning «Sun'iy intellekt va IT yo‘nalishi»ning Data lady maxsus nominatsiya yo‘nalishining eng kuchli ayollar jamoasi, deb topildi.
|
fan va texnika
|
97
|
Hyundai retrofuturizm uslubidagi elektromobilni namoyish etdi
|
Kompaniya Mitsubishi bilan birgalikda chiqargan 1986 yil Grandeur sedani modelini yangiladi. Bu haqda Hyundai saytida xabar qilingan.Avtomobilning tashqi ko‘rinishi deyarli 80-yillardagi kabi, biroq unga pikselli svetodiod fara va chiroqlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ayrim bezak elementlari xrom bilan qoplangan.Mashina ichida hamma narsa o‘zgartirilgan: ovoz va boshqaruv paneliga ega keng formatli sensor ekran o‘rnatilgan, fon yoritgichi va ko‘zgu effektidagi tom qo‘yilgan. Bundan tashqari, soatlarni saqlash uchun maxsus slot va virtual pianino kabi yashirin detallar ham bor.Konsept yagona nusxada. Hozircha u Seuldagi Hyundai Motorstudio Goyang markazidagina namoyish etildi. Kompaniya Grandeur avtomobiligacha Heritage seriyasida Pony hetchbekini ham namoyish etgandi.
|
fan va texnika
|
98
|
2021 yilning eng yaxshi ixtirolari ma'lum qilindi
|
Ma'lumotlarni xavfsiz izlovchi dastur, virtual reallik ko‘zoynaklari va Samsung buklanuvchi smartfoni 2021 yilning eng yaxshi ixtirolari deb topildi.Time nashri tomonidan har yil e'lon qilinuvchi yilning eng yaxshi ixtirolari ro‘yxatidan bir necha o‘nlab gadjet, texnologiya va ixtirolar joy oldi. Ular bir nechta toifaga bo‘lingan.Jurnal mualliflari “Dasturlar” bo‘limiga ma'lumotlar izlovchi Neeva, Subdial trevoga tugmasi dasturlarini, interfaol xarita MTA Live Subway Map’ni kiritishgan.“VR va AR” bo‘limiga Lenovo ThinkReality A3 Smart va Qualcomm Snapdragon XR2 virtual reallik ko‘zoynaklari, Google Maps uchun to‘ldirilgan reallik rejimi kiritilgan.“Iste'molchilik elektronikasi” bo‘limidan Paper Shoot Camera fotoapparati, Samsung Galaxy Z Flip3 buklanuvchi smartfoni, Framework Laptop noutbugi, Vecnos IQUI “aqlli” selfi-tayoqchasi, JLab JBuds Frames smart-ko‘zoynaklari joy olgan.Sog‘liqni saqlash tizimidagi eng yaxshi ixtirolar qatoriga koronavirus va malyariyaga qarshi vaksinalar kiritilgan.Shuningdek, Looking Glass Portrait uch o‘lchamli fotoramkasi, Roborock S7 robot-changyutgich, Apple M1 Pro protsessori, LG G-seriyasidagi televizorlar, Adidas va Nike futuristik krossovkalari ham yilning eng yaxshi ixtirolari deb topilgan.Time 2020 yilda PlayStation 5 va Xbox Series X o‘yin pristavkalarini, Samsung Sero televizorini, Nvidia GeForce Now videoo‘yinlar bulutli servisini, Microsoft Surface Duo buklanuvchi smartfonini yilning eng yaxshi ixtirolari deb topgandi.
|
fan va texnika
|
99
|
NASA Oyga parvoz sanasini o‘zgartirdi
|
NASA ma'muri Bill Nelson buni Jyeff Bezos tomonidan Blue Origin da'vosi tufayli Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Oyga qo‘nish modulini ishlab chiqish bo‘yicha shartnomaga vaqt yo‘qotilgani bilan bog‘ladi, deya yozmoqda CNBC.Bundan tashqari, parvoz muddati o‘zgartirilishiga texnik murakkabliklar ham ta'sir o‘tkazdi. 2017 yilda sobiq prezident Donald Tramp administratsiyasi 2024 yilni astronavtlarning Oyga qo‘nishi sanasi deb belgilagan edi. Bungacha mazkur jarayon 2028 yilga rejalashtirilayotgandi.Blue Origin kompaniyasi NASA’ning Oyga yangi missiyasi uchun qo‘nish modulini loyihalash bo‘yicha SpaceX’ning tanlanishiga qarshi chiqishga harakat qildi. Jyeff Bezos kompaniyasi ham Dynetics mudofaa pudratchisi sifatida bu vazifani bajarishga da'vogar edi.Har ikki kompaniya bu qaror bo‘yicha AQSh Hisob palatasida e'tiroz bildirgan. Biroq palata shikoyatlarni rad etgan. Shundan keyin Blue Origin sudga murojaat qilgandi.
|
fan va texnika
|
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.