Unnamed: 0
int64
0
172k
title
stringlengths
5
345
content
stringlengths
1
43.3k
target
stringclasses
7 values
172,300
Maykl Kerrik «MYu»da Mourino o‘rnini egallaydi
Joze Mourinoni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqargan «Manchester Yunayted» uning yordamchilaridan biri, jamoaning sobiq futbolchisi Maykl Kerrikni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlaydi.Sky Sports ma'lumotiga ko‘ra, 37 yoshli mutaxassis mavsum oxiriga qadar jamoani boshqarib turadi, u yaqin soatlar ichida jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.Mavsum yakunigacha «MYu» yangi bosh murabbiy qidiradi. Kerrik «Yunayted» safida 11 mavsum davomida to‘p surgan va o‘tgan mavsumda futbolchilik faoliyatini yakunlab, yozda Mourinoning murabbiylar shtabiga kirgandi.
sport
172,301
Mourino iste'foga chiqarildi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino lavozimini tark etdi. Bu haqda klub saytida rasman ma'lum qilingan.«Klub Jozega «Manchester Yunayted»dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaydi. Tez orada jamoani mavsum oxiriga qadar boshqarib turadigan yangi murabbiy nomi ma'lum qilinadi. Klub yangi bosh murabbiy izlashni boshlagan», — deyiladi «Yunayted» matbuot xizmati xabarida.Portugaliyalik mutaxassis uchun «qizil iblislar» boshqaruvidagi oxirgi o‘yin APLning 17-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yin bo‘lib qoldi.«MYu» joriy mavsumda APLning 17 turidan keyin peshqadam «Liverpul»dan 19 ochko ortda qolgan holda 26 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan. «Manchester Yunayted» o‘tgan hafta ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi. Dekabr oyidagi 5ta o‘yinda faqat bir marotaba g‘alaba qozonib, ikkitadan mag‘lubiyat va durang qayd etdi.Mourino «MYu»ga 2016 yilning mayida bosh murabbiy etib tayinlangandi. U 2016/17 yilgi mavsumda jamoa bilan Angliya Ligasi kubogida, Yevropa Ligasida va Angliya Superkubogida zafar quchdi.Angliya chempionatida esa Mourino boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» birinchi mavsumda oltinchi o‘rinni egalladi, 2017/18 yilgi mavsumda ikkinchi bo‘ldi.Mourino murabbiylik faoliyati boshida «Portu» bilan Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan (2003 yil) va keyin «Chelsi» bosh murabbiyiga aylangandi va 4 mavsum ishlagandi. Keyin u «Inter» va Madridning «Real» klublarida ham 3 mavsumdan ishlab, 2014 yili «Chelsi»ga qaytgandi. U 2016 yilning 17 dekabrida qoniqarsiz natijalar tufayli (bu paytda jamoa APL turnir jadvalida 16-o‘ringa tushib qolgandi, undan oldingi mavsumda Angliya chempioni bo‘lgani holda) iste'foga chiqarilgandi.Bundan avvalroq Mirror nashri «MYu» portugaliyalik mutaxassisni iste'foga chiqarsa, kompensatsiya miqdori 27 mln yevroni tashkil etishi to‘g‘risida xabar tarqatgandi.
sport
172,302
O‘zbekistonda «Yuventus» akademiyasi ochiladi
Bugun, 18 dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Italiyaning «Yuventus» klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Yurtimizga tashrif buyurgan mashhur futbol klubi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar jarayonida Turin politexnika universiteti kampusi bazasida «Yuventus akademiyasi»ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi», deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham tomonlar O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish, yangi tashkil etilayotgan akademiya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishgan.«Serquyosh yurtimizda sizlarni ko‘rib turganimda bag‘oyatda xursandman. Bizda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Xususan, yurtimizda «Yuventus» jamoasi muxlislari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Poytaxtimizda ushbu klub akademiyasi tashkil etilayotgani barchamiz uchun quvonchli yangilik bo‘ldi. Mazkur akademiyaning tashkil etilishi nafaqat ushbu muassasada, balki umuman o‘zbek futboliga jahonning ilg‘or tajriba va metodikalarini joriy etishi imkonini beradi deb o‘ylayman. Vazirligimiz ham o‘z navbatida klub bilan hamkorlik qilishga hamda akademiyani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor», – degan vazir Dilmurod Nabiyev.«Yuventus» klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero yurtimizda ushbu akademiyani tashkil etishdan maqsad o‘zbek yoshlariga futbol bilan professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish ekanligini ma'lum qilib o‘tgan.«Yuventus akademiyasi» faoliyati bolalarning futbol orqali jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek ularda futbol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Akademiya faoliyati kompleks yondashuvga asoslanib, yillik trening, shug‘ullanish oromgohi, yozgi oromgoh, o‘quv sessiyasi kabi jami oltita asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ma'lumot uchun, bugungi kunga kelib, «Yuventus akademiyasi» loyihasi Yevropa, Osiyo va Amerika qit'asida joylashgan 49ta mamlakatda amalga oshirilib, 100dan ortiq hududni va 15 ming nafardan ortiq bolalarni qamrab olgan.
sport
172,303
Mag‘lubi yo‘q liga
O‘zbekiston chempionatida «Navbahor», «Buxoro» kabi klublar mavsumning birinchi yarmida yetakchilar qatorida yurishdi, Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgandek ko‘rinishgandi, deyish ham mumkin. Ammo keyinchalik, «Navbahor» safar o‘yinlarida ochko olishni yig‘ishtirdi, «Buxoro» esa, umuman kurashdan chiqdi. Hammaning ko‘z o‘ngida go‘yoki OChL uchun loyiqroq, kuchliroq, baquvvatroq sanalgan «Lokomotiv» va «Paxtakor» uloqni ilib ketishdi.Tabiiy holat, hamma buni xuddi shunday qabul qiladi. Balki Buxorodayam hech kim «sochini yulmagan», ha endi, «Paxtakor» kuchli-da, deb qo‘ya qolishgandir. «Navbahor» ham o‘ziga o‘zi shunaqa degandir balki. Mavsum tugamasidan murabbiy almashtirilishi baribir, vaziyatni o‘nglash emas, balki Mo‘minjonov bilan bog‘liq mashmashalar, shuningdek, kelasi mavsum uchun qo‘yilgan qadam edi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Bir narsaga hayron qolaman, terma jamoamiz Janubiy Koreyaga yutqazsa, Erondan ortda qolsa, tabiiy qabul qila olmaymiz. Yutqazganimiz tabiiy holatku, Janubiy Koreya termasi futbolchilarining yarmi bundesligada o‘ynaydi, Yaponiyaning butun tarkibi Yevropada yuribdi, Eron milliy chempionati kuchli, deb hech kim aytmaydi. Ularda imkoniyat yuqori-da, bizning darajasiz shu axir, Osiyoda kuchli oltilikka kirdik-ku, demaymiz. «Nega yutqazdik?», «Ey voh!», «Nima haqqimiz bor edi yutqazishga?» va hokazo.«Navbahor»ning «Paxtakor»ga boy berishini osonlik bilan, tabiiy tarzda qabul qila olgan aqlimiz nega terma jamoaga kelganda sovuqqon bo‘la olmaydi? Yaxshi savol bu. Aynan natija, oldiga qo‘yiladigan maqsad bobida aksariyat superliga klublarimiz egasizmikin, deb javob bergan bo‘lardim. Jamoalar kimning oldida qizarishi kerak mavsum oxiridagi muvaffaqiyatsizliklar uchun? Muxlislar befarq, klub hisobotlarida esa mavsum juda muvaffaqiyatli kechgani, oldingi yillardan farqli ravishda bu safar OChL uchun jiddiy kurashilgani ko‘rsatiladi, tamom. Befarq deganda, stadionda jamoani qo‘llab-quvvatlagan, mavsum oxiridagi mag‘lubiyatlardan aziyat chekkan mahalliy muxlislarni nazarda tutmadim. Yo‘q. Gap umuman, futbol jamoatchiligi haqida. Masalan, bir ming yetmish sakkiz muxlisi bo‘lgan «Lokomotiv» bir necha yil oldin oldiga maqsadlar qo‘ydi, bajarilmagach murabbiyni ishdan oldi, har bir gazeta navbati bilan «Lokomotiv»ni tanqid qilib chiqdi, ya'ni, klubga sarflanayotgan pullar bekorga ketyaptimi, jamoa qaysi yo‘nalishda rivojlanmoqda, o‘z maqsadiga erishdimi yoki yo‘qmi, shu jihatdan klubga katta mas'uliyat qo‘yildi, so‘ralyapti, tahlil qilinyapti, to‘g‘rimi?«Paxtakor» bilan ham shu. Shota Arveladze hali ham o‘z o‘rnida o‘tirgani bilan, unda ham bosim yuqori. Chempionlikdan boshqa natija unga ham muvaffaqiyatsizlik sanaladi. Muxlislar ham, futbol jamoatchiligi ham ularning natijalari borasida savol beradi.Shu jihatdan, peshqadamlardan boshqa jamoalarimizning maqsadi nima, kimning oldida mas'ul, qanday natija ular uchun muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadi? Biz bilamizmi?Bormi bor. «Metallurg» yarim yil o‘z uyida hammani yutishi mumkin, lekin yana yarim yil nima uchun o‘ynayotgani noma'lum bo‘ladi. «Qo‘qon 1912»ni yengish tugul, darvozasiga gol urish qiyindek tuyuladi, lekin bir qarasangiz, jamoa o‘z uyida beshtadan gol o‘tkazgan, murabbiy ham, rahbariyat ham buni tabiiy holdek qabul qilishga tayyor. 1-bosqichning so‘nggi turida, esingizda bo‘sa, «Qo‘qon 1912» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi. Ochkolar taqsimoti, «oltin ochko»lar tizimi shunaqa holatni yuzaga keltirdiki, o‘sha kuni agar «Qo‘qon 1912» g‘alaba qozonganda turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib olardi. Birinchi o‘ringa! O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. No‘'mon Hasanov esa, o‘yindan keyin baribir «Paxtakor» kuchli ekanini, «Qo‘qon»da imkoniyat yo‘qligini, baribir kuchli oltilikka kirish imkoniyati bo‘lmagani va hokazolar haqida xotirjam gapirib o‘tiribdi. Tasavvur qiling, Osiyo kubogida Koreyaga yutqazib kelgan Kuper «Koreya baribir kuchli edi, biz oddiy jamoamiz, hammasi joyida» deb tursa, qanday ta'sir qilardi muxlislarga?   Jamoalarimizning salohiyati qanaqa, o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ymoqda, vazifa bajarildimi, yo‘qmi, bajarilmagan bo‘lsa, qayerlarda xato qilindi? To‘g‘ri, bu aslida jurnalistlarning ishi. Lekin agar klubning o‘zidan, uning qarorlaridan mana shu energiya tarqalmasa, klub o‘z maqsadini aniq namoyon qilmasa, barcha gaplar bekor. Jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchradi, sabablar, u yoki bu deb har qancha yozilmasin, klubning o‘zi, «bu darajamiz, moliyaviy holatimiz uchun shu o‘rnimiz ham zo‘r» deb tursa, nima ham deyish mumkin? E'tibor berganmisiz, nega Angliya chempionati Ispaniya yoki Germaniyanikidan qiziqroq tuyuladi? Gap faqat ajoyib shartnomalar, dahshatli piar kampaniya va translyatsiyalarda emas faqat. Angliyada top-klublar ko‘p, deyish ham isbot talab etadi. Axir, biz top deydiganimiz o‘sha «Tottenhem» yoki «Manchester Yunayted» ham «Inter» va «Valensiya»ga yutqazib yurishadiku? Xo‘p, nimasi top ularning?Hamma gap klubning turnirga bo‘lgan maqsad va munosabatida. Misol uchun, Angliyada kamida 6 jamoa o‘z oldiga kuchli to‘rtlikka kirishni maqsad qiladi. Ha, masalan, «Vilyarreal» yoki «Ayntraxt» klubiyam shunaqa maqsad qo‘yishi mumkin, inkor etmayman. Lekin farqi, mabodo, «Arsenal» yoki «Chelsi» kuchli to‘rtlikka kira olmasa, so‘rov qattiq bo‘ladi. Sochini yuladiganlar ko‘p, mavsum butkul muvaffaqiyatsiz deb tan olinadi, murabbiylar ishdan ketadi, hammayoqda to‘polon. «Ayntraxt»dachi? Yo‘q. Jamoa Niko Kovach bilan sakkizinchi o‘rinni oladi va mutaxassisni «Bavariya» olib ketadi.«Valensiya» o‘zaro o‘yinlarda bugungi kunda «Yunayted»dan kuchli ekanini ko‘rsatgani bilan, tasavvur qiling, agar hozir «MYu» guruhda qolib ketib, «Valensiya» chiqqanda, nima bo‘lardi? Sensatsiya hisoblanardi, to‘g‘rimi? Ya'ni, gap jamoalarning bugungi holati, tarkibdagi muammolar va hatto moliyaviy ahvolida ham emas – gap klubning ma'lum bir turnirga nisbatan o‘zini qay shaklda qo‘yishida. O‘z maqsadini qay darajada shaffof va aniq qo‘ya olishida. Bir turnir qiziq bo‘lishi uchun, da'vogarlar soni sovrinlardan ko‘p bo‘lishi kerak. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Turnirning qiziqligi g‘oliblarga emas, omadsizlarning qanchalik ko‘p bo‘lishiga bog‘liq. Ispaniya chempionati yakuniga yetganida, sovrinsiz qolsa, «sochini yuladigan» jamoa nechta? Bitta. Yo «Real» yoki «Barselona». Germaniyada hech kim sochini yulmaydi. Fransiyadayam yo‘q. Angliyadachi? Eng muhim farq bu. Maqola Angliya haqida emas. Superligamizda sovrinli o‘rinlar nechtaligini bilmayman. Mabodo, Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini mana shunday sovrin deb qabul qilsak, keyingi yillardan O‘zbekiston uchun yanada kamroq yo‘llanma berishlarishi istagan bo‘lardim. Ana o‘shanda, balki biz ham, OChLga chiqa olmagani uchun «sochini yuladigan» klublarni ko‘rarmidik...Q.Aslanov
sport
172,304
Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisidan Ronaldu yoki Messi bilan jamoadosh bo‘lish haqida so‘rashdi
«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt «Yuventus» va «Barselona» klublari unga befarq qaramayotganiga munosabat bildirdi.«Italiya – yuqori darajadagi chempionatga ega mamlakat. Lekin men hozir «Ayaks» safida Niderlandiya chempionligi uchun kurashyapman. Biz Chempionlar ligasida ham qatnashyapmiz.Ronaldu bilan «Yuventus»da yoki Messi bilan «Barselona»da to‘p surishdan qay birini tanlayman? Men «Ayaks»da Hakim Ziyosh bilan o‘ynashni afzal bilaman», - degan de Ligtning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Janluka di Martsio.Eslatib o‘tamiz, amsterdamliklarning 19 yoshli sardori kecha «Golden Boy» mukofoti sohibi bo‘ldi. U ushbu mavsum Erediviziyaning 15 o‘yinida maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qilgan.
sport
172,305
Ronalduning agenti unda «Yuventus»ga o‘tish istagi qachon uyg‘onganiga aniqlik kiritdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti mijozining «Real»dan Turin klubiga o‘tishi jarayoni haqidagi ba'zi ma'lumotlarni ochiqladi.«Krishtianu «Yuventus»ga o‘tishni istayotgani haqida menga yanvar oyidayoq aytgan edi. O‘shanda men bu transfer amalga oshmasa kerak, degan fikrda edim. Lekin noto‘g‘ri o‘ylagan ekanman.Aprel oyida Turinda bo‘lib o‘tgan «Yuve»-«Real» o‘yinidan oldin Paratichi va Nedved («Yuventus»ning sport direktori va vitse-prezidenti – Tribuna) bilan uchrashganman. Shundan so‘ng Anelli («Yuventus» prezidenti) bilan ko‘rishdik. Ana shundan keyingina menda transferning imkoni borligiga ishonch uyg‘ondi. Yakunda esa muzokaralarga 2-3 oy vaqt ketdi», - degan Mendeshning so‘zlarini chop etdi Tuttosport.Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchining transfer qiymati 112 million yevroni tashkil etgan edi. U A Seriyada ortda qolgan 16ta turning barchasida qatnashib, 11ta gol va 5ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
sport
172,306
Klublar o‘rtasidagi JCh qoidalariga «Real»ga taalluqli kichik o‘zgartish kiritildi
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qoidalariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda AS xabar qilmoqda.Manbaga ko‘ra, JCh finalida qizil kartochka oladigan futbolchilar yevrokuboklardan bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi.Qoida hozirda faqatgina «Real»ga daxldor, chunki «qaymoqranglilar» JChda Yevropa nomidan to‘p surayotgan yagona klubdir. Demak, agar «Real» JCh finaliga yo‘l olsa va unda jamoaning qaysidir a'zosi maydondan chetlatilsa, u YeChLning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.Eslatib o‘tamiz, «Real» yarim finalda Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi bilan bellashadi. Bahsda ertaga – 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi bugun bo‘lib o‘tadigan «River Pleyt»-«Al-Ayn» bahsi natijasiga asosan aniq bo‘ladi.
sport
172,307
Messi «Barselona»da yana bir rekord o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining 16-turida «Barselona» «Levante»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.La Liga rasmiy tvitterida ma'lum qilinishicha, Messi yakshanba kuni Primeradagi 323-g‘alabasini qo‘lga kiritgan. U chempionatdagi yutuqli o‘yinlar soni bo‘yicha klub rekordchisi – Xavidan (322) o‘zib ketgan.Eslatib o‘tamiz, har ikkala futbolchi ham «Barselona» tarbiyalanuvchilari sanaladi. Xavi 1998-2015 yillarda ko‘k-anorrang libosda to‘p surgan, ayni paytda esa Qatarning «Al-Sadd» klubida o‘ynayapti.31 yoshli Messi esa La Ligada 2004 yil 16 oktabr kuni debyut qilgan. U – 572ta gol muallifi – «Barsa» tarixidagi eng yaxshi to‘purardir. Bu borada eng yaqin ta'qibchisi – Sesar Rodriges undan ikki barobardan ham kamroq – 232ta gol urgan.
sport
172,308
«Manchester Yunayted»ning Mourino bo‘yicha qarori ma'lum bo‘ldi
«Manchester Yunayted» klubi APL so‘nggi turida «Liverpul»ga 1:3 hisobida yutqazdi. Jamoa so‘nggi 6ta o‘yinda atigi 6 ochko jamg‘ardi xolos.Shundan so‘ng, bosh murabbiy Joze Mourinoning iste'foga chiqarilishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi.Ammo klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni iste'foga chiqarmaydigan bo‘ldi, deb xabar beradi The Guardian. Bundan tashqari, unga transferlar uchun qishda mablag‘ ajratiladi.APL joriy mavsumida «Manchester Yunayted» 26 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
sport
172,309
O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘oniston bilan o‘ynamaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Afg‘oniston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaydi, deb xabar beradi O‘FA.Avvalroq, Turkmaniston futbol federatsiyasining rasmiy saytida shu haqdagi xabar chiqqan va uni mamlakatimiz matbuoti ko‘chirib yozgan edi.O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bu xabarni noto‘g‘ri ekanini va ayni paytda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan terma jamoa 1ta nazorat o‘yinida maydonga tushishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. U yopiq tarzda bo‘lib o‘tadi. Hozircha raqib ma'lum emas.
sport
172,310
Chempionlar Ligasi 1/8 final o‘yinlarining taqvimi ma'lum bo‘ldi
Chempionlar Ligasi 1/8 finalining taqvimi e'lon qilindi.Dastlabki o‘yinlar 12, 13, 19 va 20 fevral kunlari o‘tkaziladi. Javob bahslari 5, 6, 12 va 13 mart kunlariga rejalashtirilgan. Chempionlar Ligasi, 1/8 final_x000D_ Dastlabki o‘yinlar  12 fevral_x000D_ «Manchester Yunayted» - PSJ_x000D_ «Roma» - «Portu»13 fevral_x000D_ «Tottenhem» - «Borussiya» Dortmund_x000D_ «Ayaks» - «Real»19 fevral:_x000D_ «Lion» - «Barselona»_x000D_ «Liverpul» - «Bavariya»20 fevral:_x000D_ «Shalke-04» - «Manchester Siti»_x000D_ «Atletiko» - «Yuventus»Javob bahslari 5 mart:_x000D_ «Borussiya» Dortmund - «Tottenhem»_x000D_ «Real» - «Ayaks»6 mart:_x000D_ PSJ - «Manchester Yunayted»_x000D_ «Portu» - «Roma»12 mart:_x000D_ «Manchester Siti» - «Shalke-04»_x000D_ «Yuventu» - «Atletiko»13 mart:_x000D_ «Barselona» - «Lion»_x000D_ «Bavariya» - «Liverpul»
sport
172,311
Mixael Shumaxerning sog‘lig‘i yaxshilanayotgani ma'lum qilindi
“Formula 1” poygalarining 7 karra chempioni Mixael Shumaxerning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.Ma'lum qilinishicha, 49 yoshli Shumaxer hech qanday moslamalarsiz, o‘zi mustaqil nafas olmoqda. Biroq sobiq poygachining sog‘lig‘i hali ham uzzukun parvarish va terapiyani talab qiladi. Ta'kidlanishicha, Shumaxerga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar haftasiga 50 ming funt sterlingni tashkil qiladi. U Shveytsariyada, Jyeneva ko‘li bo‘yidagi villasida tiklanmoqda. Shumaxer 2013 yil 21 dekabrda Alp tog‘larida chang‘i uchayotganda yiqilishi oqibatida bosh suyagi-miya jarohati olgan. Shundan keyin u komaga tushgan. 
sport
172,312
Fransiyada Ronaldu surati tushirilgan giyohvandlik moddalari topildi
Fransiyaning Marsel shahri politsiyasi narkodilerdan yarim kilogramm miqdordagi giyohvandlik moddasini musodara qildi.U beshta paketga o‘ralgan bo‘lib, har biriga «Yuventus» hujumchisi Ronaldu surati yopishtirilgan edi. Huquqni himoya qiluvchi idora xodimlari umumiy hisobda 517 gramm marixuana va 50 gramm kokainni musodara qilishdi.
sport
172,313
Samarqandda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Samarqand shahridagi olimpiya zaxiralari tayyorlash markazida kattalar (erkaklar) o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati final janglari bo‘lib o‘tdi.2020 yilgi Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik sifatida yangicha 8ta vazn toifasida o‘tkazilgan mamlakat birinchiligida g‘oliblar aniqlandi.52 kg vazn toifasida Toshkent shahrining «Dinamo» ko‘ngillilar jamiyati vakili sifatida ishtirok etgan Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov finalda Toshkent viloyatining «Dinamo» ko‘ngillilar jamiyati vakili Xudoynazar Fayzovni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bronza medallari farg‘onalik Abrorjon Qodirov va Toshkent shahri vakili Nodirjon Mirzaahmedovga nasib etdi.57 kg vazn toifasida Toshkent shahri vakili Abdulhay Shorahmatov Toshkent shahrining «Dinamo» ko‘ngillilar jamiyati vakili Otabek Xolmatovni texnik nokautga uchratdi. Bu vaznda bronza medallarini Toshkent viloyati vakili Hasanjon Turdikeldiyev va farg‘onalik Mirazizbek Mirzaxalilov qo‘lga kiritishdi.63 kg vazn toifasida Toshkent viloyati vakili Aliyor Nuraliyev Toshkent viloyati Mudofaa vazirligi sport klubi vakili, Osiyo o‘yinlari sovrindori Shunqor Abdurasulovni texnik nokautga uchratdi. Bronza medallariga esa buxorolik Shukurjon Rahimov hamda andijonlik Kamrobek Eshmatov ega chiqishdi.69 kg vazn toifasida Jizzaxning «Dinamo» ko‘ngillilar jamiyati vakili, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Bobo-Usmon Boturov yana bir Osiyo o‘yinlari g‘olibi, andijonlik Iqboljon Xoldorovni 3:2 hisobida yengib chempion bo‘ldi. Uchinchi o‘rin shohsupasiga esa farg‘onalik Fazliddin Meliboyev va Toshkent viloyatining «Dinamo» ko‘ngillilar jamiyati vakili Jahongir Rahmonov chiqishdi.75 kg vazn toifasida Samarqand shahri vakili Fanat Qahramonov buxorolik Odiljon Aslonovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chempion bo‘ldi. Bronza medallari toshkentlik Oqmurod G‘afforov va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Otabek Turdixo‘jayevga nasib etdi.81 kg vazn toifasida samarqandlik bokschi Xurshid Abdullayev Toshkent viloyati Mudofaa vazirligi sport klubi vakili Dilshodbek Ro‘zmetov ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchinchi o‘rin shohsupasiga farg‘onalik bokschilar — Kozimbek Mardonov va Akmalbek Qosimov chiqishdi.91 kg vazn toifasida Toshkent viloyati Mudofaa vazirligi sport klubi vakili Madiyor Saidrahimov Toshkent shahrining «Dinamo» ko‘ngillilar jamiyati vakili, Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Rustam To‘laganovni 4:1 hisobida yengdi. Uchinchi o‘rin shohsupasiga buxorolik bokschilar — Profsor Rorimsha va Sardor Yormuhammedov chiqishdi.+91 kg vazn toifasida buxorolik bokschi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi Ulug‘bek Mubinov farg‘onalik Obidjon Tohirovni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bronza medallari esa Toshkent viloyati «Dinamo» ko‘ngillilar jamiyati vakili Mirzohidjon Abdullayev va farg‘onalik Rustamjon Ismoilovga topshirildi.G‘oliblarga medallar, diplomlar bilan birgalikda esdalik sovg‘alari ham topshirildi.  Shuhrat Shokirjonov,_x000D_ Kun.uz muxbiri
sport
172,314
Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlandi
Yevropa Ligasining pley-off bosqichi ishtirokchilari Shveytsariyaning Non shahrida tashlangan qur'a natijasida 1/16 finaldagi raqiblarini bilib oldi.Qur'a tartibiga muvofiq, jamoalar ikkita savatchaga ajratildi. 12ta guruh g‘oliblari va YeChLdan kelib qo‘shilgan eng yaxshi natijaga ega 4 jamoa – jami 16ta klub birinchi savatdan, YeChLning qolgan 4 klubi hamda guruhlarda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar ikkinchi savatdan joy oldi. Qoidaga ko‘ra, o‘zaro guruhdosh va bir mamlakat vakillari to‘qnash kelmasligi ta'minlandi.Qur'a quyidagi natijalarni taqdim etdi:«Viktoriya» Plzen (Chexiya) — «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya)_x000D_ «Bryugge» (Belgiya) — «Zaltsburg» (Avstriya)_x000D_ «Rapid» (Avstriya) — «Inter» (Italiya)_x000D_ «Slaviya» (Chexiya) — «Genk» (Belgiya)_x000D_ «Krasnodar» (Rossiya) — «Bayyer» (Germaniya)_x000D_ «Tsyurix» (Shveytsariya) — «Napoli» (Italiya)_x000D_ «Malmyo» (Shvetsiya) — «Chelsi» (Angliya)_x000D_ «Shaxtyor» (Ukraina) — «Ayntraxt» (Germaniya)_x000D_ «Seltik» (Shotlandiya) — «Valensiya» (Ispaniya)_x000D_ «Renn» (Fransiya) — «Betis» (Ispaniya)_x000D_ «Olimpiakos» (Gretsiya) — «Dinamo» Kiyev (Ukraina)_x000D_ «Latsio» (Italiya) — «Sevilya» (Ispaniya)_x000D_ «Fenerbaxche» (Turkiya) — «Zenit» (Rossiya)_x000D_ «Sporting» (Portugaliya) — «Vilyarreal» (Ispaniya)_x000D_ BATE (Belarus) — «Arsenal» (Angliya)_x000D_ «Galatasaroy» (Turkiya) — «Benfika» (Portugaliya).Bosqichning dastlabki o‘yinlari 14 fevralda, javob uchrashuvlari esa 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqa g‘olibi 29 may kuni Bokudagi «Olimpiya» stadioni mezbonlik qiladigan final bahsida aniqlanadi.
sport
172,315
Klopp chempionlikka, Mourino iste'foga yaqinlashdi. Angliyada tur yakunlari
Dam olish kunlarida Angliya Premer-ligasida 17-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Turning markaziy bahsi Liverpulda «Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasida kechdi.«Liverpul» - «Manchester Yunayted» - 3:1 (1:1) Gollar: Mane, 24 (1:0). Lingard, 33 (1:1). Shaqiri, 73 (2:1). Shaqiri, 80 (3:1)._x000D_ «Liverpul»: Alisson, Klayn, van Deyk, Lovren, Robertson, Fabinyu, Vaynaldum, Keyta (Shaqiri, 70), Saloh, Roberto Firmino, Mane (Henderson, 84)._x000D_ «Manchester Yunayted»: de Xea, Lindelef, Yang, Bayi, Dalot (Fellaini, 46), Matich, Errera (Marsiyal, 79), Lingard (Mata, 85), Darmian, Lukaku, Reshford._x000D_ Ogohlantirishlar: Dalot, 26. Lukaku, 40._x000D_ Hakam: Atkinson (Angliya)._x000D_ 16 dekabr. Liverpul. «Enfild» stadioni.Pogba yana zaxirada_x000D_ Bu katta o‘yindan avval BBC saytida so‘rovnoma o‘tkazildi va ikki jamoa futbolchilaridan 11 futbolchini ajratib ko‘rsatish so‘raldi. O‘tgan mavsum birinchi davrasida, oktabr oyida bo‘lib o‘tgan o‘yindan oldin o‘tkazilgan shunday so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, muxlislar «Liverpul»dan faqat Mane va Koutinoni tanlashgandi. Bir yil o‘tib esa barchasi butunlay o‘zgardi, bu safar «Liverpul»ning 10 futbolchisi tanlandi - 10:1.Jamoatchilik tanlagan «MYu»ning yagona futbolchisi esa Pol Pogba edi. Lekin ushbu klub tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi zaxirada qoldirildi. Bu endi sensatsiya emas, murabbiy bilan munosabatlarini yomonlashtirib olgan futbolchi joriy mavsumda kamdan-kam boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olmoqda. Fransiyalik futbolchi jahon chempionatidan keyingi ta'tildan juda kech qaytgandi va murabbiy bilan nizolashib, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan yana bir marcha u shu mavsumdayoq klubni tark etib, «Yuventus»ga qaytishi haqida xabarlar tarqaldi.Mourino «Arsenal»ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi bir hujumchi bilan harakat qildi (faqat bu safar boshlang‘ich tarkibda Antonio Marsiyal emas, Romelu Lukaku chiqdi), yagona hujumchi ortida Lingard va Reshford harakat qildi (3-4-2-1). Bundan tashqari, himoyada Darmian harakatlandi, mashg‘ulot vaqtida jarohatlangan Smolling o‘rnini Bayi egalladi.Matich muammosi_x000D_ «Chelsi»da Matich devor edi. Avvaliga Mourino uchun, keyin Konte uchun. Aynan shu sifati uchun Mourino uni Manchesterga olib keldi. Lekin bunday futbolchilar oddiy vaziyatlarda xato qilmasligi kerak. Mourinoning futbol falsafasida asosiysi - xato qilmaslik.Yetti pasdan ikkitasi aniq, ikki marcha to‘p yo‘qotish va keraksiz joyda burchak jarimasi. Bu Neymanyaning ilk o‘n daqiqadagi statistikasi. To‘p yo‘qotishlardan biri «MYu» qarshi hujumga o‘tganida ro‘y berdi va bu qarshi hujum De Xea darvozasi tomon burchak to‘pi belgilanishi bilan yakunlandi. Matich o‘yin boshida oddiy qarorlar qabul qilishda adashdi. O‘yinning ilk yarim soatida mehmonlar raqib tomonga atigi 14 marcha aniq pas uzatishdi. Shundan 7tasi chap qanotdan. Maydon markazidan o‘yin bo‘lmadi. Hujum himoyaga qarshiYurgen Klopp esa hujumkor tarkib tanladi - 4-2-3-1. Shaqiri boshlang‘ich tarkibdan chetda qoldi, Keyta birinchi bo‘limda o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan chap qanotda harakat qildi va maydon markazida Fabino hamda Veynaldumga yordam berib turdi. Tarkib deyarli ideal darajada edi.Mourino tanlagan tarkib esa dastlab hujumda o‘ynashga harakat qildi, bir safar to‘p darvoza to‘riga borib ham tushdi. Ammo bu vaziyatda Lukaku shundoq ham darvoza to‘riga qarab ketayotgan to‘pga intildi va hakam ofsayd qayd etdi. Ammo o‘yinning 15 daqiqaligida baribir «Liverpul» ustunlik qildi - zarbalar berish bo‘yicha ko‘rsatkich bu vaqtga kelib 7:1 ko‘rinishini olgandi. De Xea vaziyatlardan birida Roberto Firminoning o‘ta xavfli zarbasini qaytarib, jamoasini goldan saqladi.Fabinoning erkinligi_x000D_ «Liverpul»ning eng ortda harakatlanadigan yarimhimoyachisi bu o‘yinda raqib darvozasi tomon zarba berish borasida ikkinchi bo‘ldi. Fabino 5ta zarbasidan 4tasini jarima maydoni tashqarisidan yo‘lladi. Matich va Errera (keyin Fellayni) Veynaldum va Firminoni qo‘riqlash bilan band bo‘lishdi, Reshford qanotda qoldi, Lingard ortga qaytmadi va Fabino emin-erkin harakatlanib, istagan joyidan zarba beraverdi.Uning zarbalari ochko keltirmagan bo‘lsada, uning zargarona pasi golga olib keldi.«Liverpul» bu o‘yinda g‘alaba qozonishi zarur edi, bir kun oldin tur o‘yinini o‘tkazgan «Manchester Siti» «Everton» ustidan g‘alabaga erishib (3:1), turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgandi. «Liverpul» birinchi bo‘lib gol urdi, «MYu» himoyachilari Maneni nazardan qochirishdi va u Fabino tomonidan darvozabon hududiga tashlab berilgan to‘pni mahorat bilan o‘ziga bo‘sundirib, uni De Xeaning oyoqlari orasidan o‘tkazdi.I still can’t get over this pass from Fabinho and that control + finish from Mane. World class goal. pic.twitter.com/5HzxRtNG3z«Manchester Yunayted» natija uchun o‘ynashda davom ettirdi va o‘z imkoniyatini kutdi. Bittagina vaziyat tug‘ildi va Alissoning xatosidan keyin Lingard hisobni tenglashtirdi.Lingard with the equaliser! Thanks for the help Alisson! #LIVMUN #MUFC #GGMU pic.twitter.com/7s3A0stjScMourino endi futbolchilarning joylarini o‘zgartirib, o‘yin ko‘rsata boshladi. Birinchi bo‘limda jamoa 4-4-1-1 sxemasiga o‘tdi, ikkinchi bo‘limda Fellayni maydonga chiqishi bilan bu sxema ham 4-3-3ga o‘zgardi. Buning evaziga De Xea darvozasi oldida xavfli vaziyatlar kamaydi. Raqib zarba berishda davom etar, lekin «MYu» durangni saqlab qolishga yaqinlashar edi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar hujumga o‘tishni xayoliga ham keltirishmadi.Kloppning «hid bilish» qobiliyati«Liverpul» bosimni oshirishi kerak edi va Klopp ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida toliqqan Keyta o‘rniga baquvvat Shaqirini tushirdi. Shveytsariyalik futbolchi odatda 4-2-3-1 sxemasida qanotdan joy olardi, ammo Klopp uni raqib himoyasini markazdan parchalash uchun tushirgandi. Bu ish berdi: maydonga chiqqaniga 3 daqiqa bo‘lmasidan Shaqiri «Liverpul»ni oldinga olib chiqdi.#LIVMUN Shaqiri, Liverpool Mercenary destroying Manchester United🔥 pic.twitter.com/BkXrh8MPiyJozening xatosi_x000D_ Mourino asabiylasha boshladi, Errerani o‘yindan oldi va Marsiyalni tushirdi. Maydon markazi hujumni kuchaytirish uchun qurbon qilindi. Ammo va-bank o‘zini oqlamadi. Shaqiri yana yana bo‘sh qoldirildi va uning kuchli zarbasi rikoshet orqali darvoza to‘riga borib tushdi. 🔴🔴 Liverpool’s 3 - 1 goal by Xherdan #Shaqiri 80’⚽️ #LIVMUN #LIVMAN pic.twitter.com/5M04SWQsp7Mehmonlar raqibni pressing qilishmadi, chuqur himoyaga yotib olishdi, raqibga keng hudud qoldirishdi. Mehmonlar himoyachilari raqibning 14 zarbasini to‘sishdi. Bu oldindan ma'lum taktika edi: siz istaganingizcha tepavering, biz to‘sganimizcha to‘samiz. Ammo bunday vaziyatda rikoshetdan qochishning imkoni yo‘q edi, zarbalarning biri bo‘lmasa boshqasi rikoshet tufayli darvozaga kirib ketishi ehtimoli yuqori edi.Shveytsariyalik futbolchi esa shunday vaziyatlardan biridan unumli foydalandi va asosiy tarkibga haqli ekanini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.«Liverpul» uchinchi goldan keyin ham to‘xtamadi va raqib darvozasi tomon xavf solishda davom etdi. Veynaldum ham gol urishi mumkin edi, Saloh ham o‘z nomini tabloga yozdirishi mumkin bo‘ldi, ammo hisob o‘zgarmadi.3:1 - «Liverpul» birinchi o‘ringa qaytdi va keyingi 5 yil ichida o‘z maydonida ilk marcha «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi. Oxirgi 6 o‘yinda 6 ochko olgan «qizil iblislar» esa 6-o‘rinda qoldi va Mourinoning iste'fosi haqida navbatdagi xabarlar to‘lqini boshlandi. Bu mavsum uning uchun oxirgisi bo‘lishi mumkin.O‘yindan keyingi matbuot anjumanida ham Joze yangi gap o‘ylab topa olmadi. U raqib kuchli ekanini tan oldi va jamoa muxlislariga bu mavsum «oltinchi o‘rindan pastga tushib ketmaslik»ka va'da berdi.«Arsenal» 4 oy ichida ilk marcha yutqazdi«Sautghempton» – «Arsenal» 3:2 Gollar: 1:0 – 20 Ingz, 1:1 – 28 Mxitaryan, 2:1 – 44 Ingz, 2:2 – 53 Mxitaryan, 3:2 – 85 Ostin._x000D_ «Sauthempton» – Makkarti, Vestergor, Yosida, Targett, Bednarek, Redmond (Long, 63), Xeyberg, Armstrong (Djonson, 90), Romeu, Valeri, Ingz (Ostin, 71)._x000D_ «Arsenal» – Leno, Lixtshtayner (Meytlend-Naylz, 74), Monreal, Bellerin (Lyakazett, 46), Koselni, Genduzi, Chaka, Mxitaryan, Torreyra, Ivobi (O‘zil, 70), Obameyang._x000D_ Ogohlantirishlar: Bednarek (51), Koselni (60), Armstrong (71).«Arsenal» Unai Emeri rahbarligida Angliya chempionatini «Manchester Siti» (0:2) va «Chelsi»ga (2:3) qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyat bilan boshlagandi. Shundan keyin londonliklar APLda 14 uchrashuvda mag‘lub bo‘lishmadi, barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlar qo‘shib hisoblanganda, 23 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etildi. Lekin bu seriya Sauthemptondagi «Sent-Meri» stadionida yakunlandi.Unai Emeri «avliyolar»dan bunday o‘yin kutmagani aniq. Jamoa ayni vaqtda turnir jadvalining quyi qismida joylashgandi. Birinchi bo‘limda «kanonirlar» to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik qilishdi - 62 foiz. Ammo zarbalar berish borasida ortda qolishdi 3-9 (2-5). Mezbonlar hujumchisi Denni Ingz birinchi bo‘limda Bernd Leno darvozasiga ikki gol yo‘lladi. Birinchi gol urilgan vaziyatda o‘ng qanot himoyachisi Ektor Bellerin jarima maydoni ichiga to‘p uzatilishiga qarshilik qila olmadi, Loran Koselni va Granit Chaka esa Ingz bilan to‘p uchun kurashni boy berishdi. Ikkinchi gol urilgan vaqtda esa jarima maydoniga to‘p uzatilgan vaqtda na Lixtshtayner va na Koselni to‘pni to‘sa olishdi. Bir tomondan Chaka va Lixtshtayner markaziy himoyachilar emas, «Arsenal»ning markaziy himoyachilari bu o‘yinda ishtirok eta olishmagani uchun (Sokratis va Mustafi diskvalifikatsiya qilingan, Rob Holding, Sead Kolashinats va Mavropanos jarohat olgandi).Genrix Mxitaryan «Arsenal»ni qutqarib qolishga urindi. Armanistonlik futbolchi mezbonlarning gollariga ikki marcha javob qaytardi. Birinchi bo‘lim oxirida mehmonlar yana bir asosiy futbolchisini yo‘qotishdi - Ektor Bellerin jarohatlandi.Ikkinchi bo‘limda «Arsenal» yanada hujumkorroq o‘ynadi va to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlikni 72 foizgacha oshirdi, «to‘pchilar» zarbalar berish bo‘yicha ham oldinga o‘tib ketishdi - 10:3 (aniq zarbalar bo‘yicha - 2:2). Lekin Mxitaryanning ikkinchi goli mehmonlarning oxirgi goli bo‘lib qoldi, «Sauthempton» qarshi hujumda omadga erishdi va Lenoning to‘pga chiqishdagi qo‘pol xatosi evaziga g‘alabani o‘ziniki qildi. Endi «Arsenal» peshqadam «Liverpul»dan 11 ochko ortda qolgan holda beshinchi o‘rinda.Tur natijalariTurnir jadvalidagi holat
sport
172,316
«Metallurg» va «So‘g‘diyona» Superligadan chetlashtirilishi mumkin
O‘zbekiston PFL “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublarini Superligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqilishi bo‘yicha jiddiy ogohlantirdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.Xabarga ko‘ra, “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament”ga muvofiq klublarni litsenziyalash bo‘yicha PFL ishchi guruhi “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublarida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.O‘rganishlar jarayonida ikkala futbol klublari stadionlari maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o‘rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari ta'mirtalab holatga kelib qolganligi aniqlangan.Bundan tashqari, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko‘rilmagan, moliyaviy qarzdorliklar bartaraf etilmagan, shuningdek, “So‘g‘diyona” stadionida OAV xodimlari uchun yetarlicha sharoit yaratilmagan. Mazkur kamchiliklar “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublari tomonidan joriy yil 25 dekabrga qadar bartaraf etilishi lozim. Aks holda O‘zbekiston Professional futbol ligasining klublarni litsenziyalash bo‘yicha ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klublarini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
sport
172,317
«Liverpul» - «Bavariya», «Atletiko» - «Yuventus». YeChL qur'asi natijalari
Bugun, 17-dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasi nimchorakfinal bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.Qur'adan avval jamoalar ikkita savatchaga ajratildi. Birinchi savatga guruh g‘oliblari, ikkinchi savatdan guruhda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar o‘rin olishdi.Qur'a natijalariga ko‘ra, amaldagi chempion «Real»ga nisbatan osonroq raqib - «Ayaks» tushdi, amaldagi finalchi «Liverpul» esa «Bavariya» bilan kuch sinashadi. Qayd etish kerakki, bu ushbu ikki jamoaning YeChL tarixida ilk marta o‘zaro to‘qnashishidir. Yana bir shunday juftlik esa «Manchester Yunayted» va «PSJ» klublaridan iborat. Turnir favoritlaridan biri - Lionel Messi boshchiligidagi «Barselona» «Lion»ni sinovdan o‘tkazadi, Ronaldu boshchiligidagi «Yuventus» chorak finalga chiqish uchun «Atletiko» bilan bellashadi.Qur'a natijalari: «Shalke-04» — «Manchester Siti»_x000D_ «Atletiko» — «Yuventus»_x000D_ «Manchester Yunayted» — «Pari Sen-Jyermen»_x000D_ «Tottenhem Hotspur» — «Borussiya» (Dortmund)_x000D_ «Lion» — «Barselona»_x000D_ «Roma» — «Portu»_x000D_ «Ayaks» — «Real» «Liverpul» — «Bavariya»Chempionlar ligasida 1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari 12, 13, 19 va 20-fevral kunlarida o‘tkaziladi. Javob uchrashuvlari 5, 6, 12 va 13-mart kunlariga belgilangan. Guruh g‘oliblari birinchi o‘yinni safarda, javob o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazishadi.15-mart kuni Yevropaning eng kuchli 8 jamoasi 1/4 final uchun qur'ada navbatdagi raqiblarini bilib olishadi.Chempionlar Ligasi finali 2019-yil 1-iyun kuni Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida o‘tkaziladi.
sport
172,318
O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a'zosi Yaponiya klubiga o‘tdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan himoyachi Doston Tursunov Yaponiyaning «Renofa» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Yamaguchi prefekturasi jamoasining rasmiy saytida xabar berilgan.Bitim ikki yilga mo‘ljallab imzolangan, ya'ni tomonlar 2020 yil oxiriga qadar hamkorlik qilishga kelishib olishgan.«Renofa Yamaguchi» Yaponiya ikkinchi divizioni vakili hisoblanadi. Klub yakunlangan mavsumda 22 jamoa orasidan 8-o‘rinni egalladi.Ma'lumot uchun, 23 yoshli Doston «Neftchi», «Qo‘qon-1912» va «Metallurg» kabi klublar sharafini himoya qilgan. 2018 yilgi mavsumni u farg‘onaliklar tarkibida o‘tkazdi. Tursunov O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi oldidan Turkiyada o‘tkazilayotgan so‘nggi yig‘iniga jalb etilgan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasining boshqa bir a'zosi Fozil Musayev ham Yaponiya chempionatida ishtirok etadi: u ikki yildan buyon Jyey-ligada «Jubilo Ivata» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shuningdek, o‘tgan hafta yarimhimoyachi Ikrom Aliboyev «Lokomotiv»dan Janubiy Koreyaning «Seul» klubiga o‘tgan edi.
sport
172,319
Ronalduning ilk derbisi, «Napoli»ning so‘nggi daqiqadagi goli – Italiyada tur voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 16-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.«YuVeNTUS» TURIN DeRBISIDA G‘ALABA QOZONDI«Torino» va «Yuventus» o‘rtasidagi Turin derbisi qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tdi. «Buqalar» nomdor raqibiga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. Birinchi bo‘limda mezbonlarning biroz ustunligi sezildi. Ular Belotti sa'y-harakatlari bilan bir necha marcha raqib darvozasiga xavf solib turishdi.Ikkinchi bo‘limda «Yuventus» vaziyatni tenglashtirdi va mezbonlar darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyatlarni vujudga keltirdi. Shulardan birida darvozabon Ichaso hujumchi Manjukichni chalib yiqitdi. Belgilangan penaltini Ronaldu aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Bu portugaliyalik to‘purarning chempionatdagi 11-goli bo‘ldi.Shundan so‘ng, «Torino»ning shashti ancha pasaydi. «Yuventus» esa xotirjamlik bilan o‘yinni g‘alabali yakungacha olib bordi. Ronaldu Italiyadagi ilk derbisida g‘alaba qozondi.«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘yindan so‘ng, g‘alabaga quyidagicha izoh berdi: «Bunday o‘yinda ko‘p gol urish amri mahol edi. Raqib tezlikni pasaytirgach, o‘yinni nazorat qila boshladik. Bundan tashqari, uch kun oldin Chempionlar Ligasi o‘yinini o‘tkazgandik. Yigitlar hamjihatlik bilan to‘p tepishdi. Hozircha jamoa yaxshi formada, muhimi shu», - dedi Allegri.Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1) Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu._x000D_ Torino – Sirigu (Ichaso, 20), Itstso, Nkulu, Jiji, Rinkon, Ayna (Berenger, 85), Ansaldi (Parijini, 75), Bazelli, Meyte, Dzadza, Belotti._x000D_ Yuventus – Perin, De Shilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Jan, Pyanich, Matyuidi, Dibala, Manjukich, Ronaldu._x000D_ Ogohlantirishlar: Dzadza (27), Pyanich (48), Jan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90).«NAPOLI» SO‘NGGI DAQIQADA «KALYaRI» QARShILIGINI SINDIRDI«Napoli» safarda «Kalyari» bilan o‘ynadi. Anchelotti tarkibda sezilarli rotatsiya qildi, natijada, jamoa muammolarga duch keldi. Birinchi bo‘limda «Kalyari» mehmonlarning kam sonli hujumlarini osonlikcha qaytarib turdi. Ikkinchi bo‘limda Anchelotti jamoani uyg‘ota oldi va neapolliklar xavfli vaziyatlar sonini keskin oshirishdi. «Kalyari» himoyachilari ter to‘kib, ularni bartaraf qilishdi. Jamoa ba'zan xavfli qarshi hujumlarga o‘tib turdi. Ospina mahoratini namoyish qilmaganida, mezbonlar hisobni ochishi ham mumkin edi. Shundan so‘ng, Anchelotti maydonga Mertens, Insine va Kalexonni tushirdi. Natijada, so‘nggi daqiqalarda jamoa g‘alaba keltiruvchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Milik jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, «Napoli»ga muhim uch ochkoni keltirdi. Bu g‘alabadan so‘ng, neapolliklar peshqadam «Yuventus»dan 8 ochkolik farqni saqlab qolishdi.O‘yindan keyin Karlo Anchelotti hujumchi Milikning o‘yiniga yuqori baho berdi. «Milik – jiddiy futbolchi. U qiyin vaziyatlarda jamoaga yordam bera oladi. Bu o‘yinda muammolar bo‘lishi kutgan edik. Asosiy tarkib futbolchilarining yo‘qligi bunga sabab bo‘ldi. Men ularga biroz dam bermoqchi edim. Ikkinchi bo‘limda Milik va Mertensni tushirdim, keyin vaziyat o‘nglandi», - dedi murabbiy.Kalyari – Napoli 0:1 (0:0, 0:1) Gol: 0:1 – 90 Milik.«INTeR» QIYINChILIK BILAN «UDINeZe»NI MAG‘LUB ETDI«Inter» o‘z maydonida «Udineze» bilan o‘ynadi. Mezbonlar zarbalar, jarimalar, burchak zarbalari soni bo‘yicha katta ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, atigi 1ta gol evaziga g‘alaba qozonishdi. «Inter» bu o‘yinni yaxshi o‘tkaza olmadi, jamoada charchoqlik alomatlari borligi sezilib turdi.Birinchi bo‘limda Keyta va Ikardining uzoq masofadan yo‘llagan zarbalarini darvozabon Musso qaytara oldi. Ikkinchi bo‘limda, Ikardi penalti ishlab oldi va o‘zi uni aniq amalga oshirdi. Shundan so‘ng, «Inter» himoyada ishonchli harakat qilib, o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.O‘yindan keyin «Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti qo‘yidagi fikrlarni bildirdi: «Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, biz bosimni his qilayotgandik. Bugungi g‘alaba bizga ancha yengillik beradigan bo‘ldi. «Udineze» jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, biz hujumkor o‘ynadik va maqsadimizga erishdik. «Inter» oldinga qarab boraveradi».Inter – Udineze 1:0 (0:0, 1:0) Gol: 1:0 – 76, penalti Ikardi.«ROMA» MUVAFFAQIYaTSIZ SeRIYaGA BARHAM BeRDI«Roma» o‘z uyida «Jyenoa» bilan o‘ynadi. Rimliklar juda qiyin va irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. «Jyenoa» ikki marcha hisobda oldinda borishiga qaramay, yakunda g‘alabani boy berdi.Birinchi bo‘lim gollarga boy tarzda o‘tdi. Har ikkala jamoa hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. «Jyenoa» hujumchisi va A Seriya to‘purari Pyontek 17-daqiqada hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida jamoalar uchta gol urib, tanaffusga 2:2 hisobidagi durang natija bilan yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limda Kristante tomonidan urilgan gol mezbonlarga muhim g‘alabani keltirdi.«Roma» bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko o‘yindan keyin quyidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Biz avvalgi bahslardagi xatolarni chuqur tahlil qilib chiqdik. G‘alaba bizga jamoaviy ruhni qaytardi, bu eng muhimi edi. Qatorasiga uchta o‘yinda g‘alaba qozonmay, katta bosim ostida qolgan edik. Endi «Roma» qayta tiklanishi kerak».Roma – Jyenoa 3:2 (2:2, 1:0) Gollar: 0:1 – 17 Pyontek, 1:1 – 31 Fasio, 1:2 – 33 Xilemark, 2:2 – 45 Klyuyvert, 3:2 – 59 Kristante.A SeRIYa 16-TUR NATIJALARI15 dekabrInter – Udineze 1:0 (0:0, 1:0) Gol: 1:0 – 76, penalti Ikardi.Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1) Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu.16 dekabr Kalyari – Napoli 0:1 (0:0, 0:1) Gol: 0:1 – 90 Milik.Roma – Jyenoa 3:2 (2:2, 1:0) Gollar: 0:1 – 17 Pentek, 1:1 – 31 Fasio, 1:2 – 33 Xilemark, 2:2 – 45 Klyuyvert, 3:2 – 59 Kristante.SPAL – Kevo 0:0Sampdoriya – Parma 2:0 (0:0, 2:0) Gollar: 1:0 – 66 Kaprari, 2:0 – 69 Kualyarella.Fiorentina – Empoli 3:1 (1:1, 2:0)/ Gollar: 0:1 – 23 Krunich, 1:1 – 40 Miralyas, 2:1 – 59 Simeone, 3:1 – 78 Dabo.Frozinone – Sassuolo 0:2 (0:1, 0:1) Gollar: 0:1 – 43, avtogol Ariaudo, 0:2 – 58 Berardi.17 dekabr_x000D_ Atalanta – Latsio18 dekabr_x000D_ Bolonya – MilanA SeRIYa JADVALIA SeRIYa TO‘PURARLARI12 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa, 2 pen)11 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 3)10 - Chiro Immobile (Latsio, 2)9 - Fabio Kvalyarella (Sampdoriya), Mauro Ikardi (Inter, 3)8 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Arkadiush Milik (Napoli)A SeRIYa 18-TUR O‘YINLARI 26 dekabrFrozinone - MilanBolonya - LatsioAtalanta - YuventusFiorentina - ParmaKalyari - JyenoaSampdoriya - KevoSPAL - UdinezeTorino - EmpoliRoma - SassuoloInter - Napoli«YuVeNTUS» YeVROPADAGI ENG YaXShI STARTNI QAYD ETDI«Yuventus» Italiya chempionatining 16-turida «Torino»ni mag‘lub etdi (1:0). O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan penalti orqali urildi.Massimiliano Allegri jamoasi A Seriyada qatorasiga yettinchi o‘yinda g‘alaba qozondi.Italiya chempionatining joriy mavsumida «Yuventus» 15 g‘alabaga erishdi va 1 o‘yinda durang qayd etdi. Bu esa Yevropa ligalaridagi eng yaxshi startning takrorlanishi bo‘ldi. Dastlabki 16 turda bunday natijani «Tottenhem» (1960/61), «Barselona» (2012/13) va «Manchester Siti» (2017/18) ham qayd etgan.UYeFA «MILAN»NI JAZOLADIUYeFA «Milan» klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun jazoladi. Football Italia xabariga ko‘ra, «rossoneri» Yevropa Ligasidagi ishtiroki orqali ishlab topgan mukofot pullaridan (12 million yevro) mahrum qilindi. Bundan tashqari, navbatdagi 2ta mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etish uchun jamoa 21 nafardan ortiq futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydigan bo‘ldi.UYeFA «Milan»ga 2021 yil 30 iyuniga qadar qarzlardan to‘liq qutulib, musbat byudjyetga chiqish talabini qo‘ydi. Aks holda, klub 2022/23 va 2023/24 mavsumida yevrokuboklardan chetlatiladi. Klub UYeFAning bu qarori ustidan Sport arbitraj sudiga shikoyat qilmoqchi.IKARDI «INTeR» BILAN YaNGI ShARTNOMANI KeLIShIB OLDI«Inter» hujumchi Mauro Ikardi bilan yangi bitim shartlari borasida kelishuvga erishdi. Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, shartnoma muddati 2023 yilgacha mo‘ljallanmoqda. Futbolchining maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 7 million yevroni tashkil etadi.25 yoshli Mauro 2013 yildan buyon «neradzurri» sharafini himoya qilib keladi. U joriy mavsumda A Seriyaning 12ta o‘yinida qatnashib 8ta gol urgan va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan. YeChLda esa 6ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol muallifi bo‘ldi.RONALDU «YuVeNTUS»NING A SeRIYaDAGI YuBILeY GOLIGA MUALLIFLIK QILDI«Yuventus» Italiya chempionati 16-turida «Torino» ustidan g‘alabaga erishdi. «Olimpiko di Torino» stadionida kechgan Turin derbisi mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada penaltidan unumli foydalangan Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi.Bu gol «Keksa sinora»ning A Seriyadagi yubiley - 5000-goli bo‘ldi. Turinliklar Italiyada bu marraga yetgan ilk klub bo‘ldi.
sport
172,320
«Levante» – Messi – 0:5. Ispaniyada tur yakunlari
Dam olish kunlarida Ispaniya chempionatida 16-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu o‘yinlarda barcha grandlar o‘z o‘yinlarida g‘alabaga erishishdi.«Levante» - «Barselona» - 0:5 (0:2)_x000D_ Gollar: L.Suares, 35 (0:1). Messi, 43 (0:2). Messi, 47 (0:3). Messi, 60 (0:4). Pike, 88 (0:5)._x000D_ «Levante»: Oyyer Olasabal, Kabako, Postigo (Prtsich, 70), Per, Xason, Bardi, Kampanya, Morales, Rochina (Koke, 69), Tono, Boateng (Mayoral, 62)._x000D_ «Barselona»: ter Shtegen, Pike, Langle, Fermalen (Artur, 52), Rakitich, Buskets, Vidal (Koutinyu, 78), Jordi Alba, Messi, L.Suares, Dembele (D.Suares, 81)._x000D_ Ogohlantirishlar: Dembele, 18. Per, 25. Rakitich, 36. Jordi Alba, 45. Xason, 59._x000D_ Chetlatish: Kabako, 76._x000D_ Hakam: Gonsales Gonsales (Ispaniya)._x000D_ 16 dekabr. Valensiya. Ciutat de Valencia stadioni. «Barselona» uchun motivatsiya_x000D_ «Levante»  «Barselona» uchun kamtargina raqib edi. Lekin bu safargi o‘yinni ko‘pchilik kutdi. Birinchidan, o‘tgan mavsumda ligada bazo‘r jon saqlab qolgan bu jamoa bu tur arafasida turnir jadvalida yettinchi o‘rinda edi («Barselona»dan 9 ochko kam jamg‘argan holda). Ikkinchidan, bu jamoa shu mavsumda, oktabr oyi oxirida «Santyago Bernabeu»da «Real»ni mag‘lub etgandi (2:1). Uchinchidan, kataloniyaliklar shu yil mayida «Levante»ga 4:5 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi (O‘shanda jamoa chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan va mavsum oxirida bo‘shashgandi)Kataloniyaliklar barchasini e'tiborga olishgan va revanshga tayyorlanishgandi.Chempionlar ligasi o‘yinida «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda dam olgan Lionel Messi bu o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Argentinalik futbolchining o‘z shaxsiy natijasi bo‘yicha maqsadi bor edi - u bu yilni ham kamida 50ta gol urish bilan yakunlamoqchi edi (bu o‘yin arafasida uning 2018 yil boshidan beri urgan gollari soni 47taga yetgandi). Bu yilda ikki o‘yin qolgandi va buning nazariy imkoniyati bor edi. U esa bu maqsadiga bir o‘yindayoq yetib qo‘ydi.Messi shousiO‘yin «Levante»ga shu vaqtgacha o‘tkazilgan 16 o‘yinda 16 gol urgan Leoning goli bilan boshlanmadi. O‘yin boshlanmasdanoq «Barsa» tarkibida kutilmagan o‘zgarish ro‘y berdi. Mashg‘ulot vaqtida himoyachi Nelson Samedu jarohat oldi, Valverde tarkibga ham, taktikaga ham o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri keldi. Portugaliyalik futbolchi o‘rniga Fermalen chiqarildi. O‘tgan mavsum oxiridagi o‘yinda (4:5) «Levante» darvozasiga 3ta gol urgan Koutino hamda Artur Vidal zaxirada qoldirildi. «Barselona» 3-5-2 sxemasiga o‘tdi. Maydon egalari ham shu sxemada o‘ynashdi. Mezbonlar o‘yin startidagi 20 daqiqada faolroq o‘ynashdi. «Barsa» esa bu vaqt davomida raqib darvozasiga yaqinlasha olmadi. O‘yinning 33-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishi ham mumkin edi, ammo Boatengga gol urishga darvozasi to‘sini xalal berdi.Keyin esa Messi va Suares raqibni ayab o‘tirmadi. Argentinalik futbolchi raqib jarima maydoniga yorib kirdi va darvoza qarshisida bo‘sh turgan Suaresni to‘p bilan ta'minladi - 1:0.O‘tgan mavsumdagi 5:4 hisobini nazarda tutgan holda, «Levante»ni bu gol cho‘chitgani yo‘q. Jamoa yana bir xavfli hujum uyushtirdi, ammo to‘p yo‘liga yotgan Pike jamoani qutqardi. Umuman, birinchi bo‘limda «Barselona» himoyachilari qahramonlarcha o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Faqat o‘yin oxirida yana Messi katta sahnaga chiqdi va ikkinchi golni urdi. Maydon markazida to‘pni egallab olgan Buskets darhol to‘pni oldinga tashladi, Messi tezlik olib, to‘pga yetib oldi va raqib jarima maydoniga kirib borib, xotirjamlik bilan darvozani ishg‘ol etdi. Bu argentinalik futbolchining «Levante»ga qarshi 17-o‘yinida 17-golni urishi bo‘ldi. Lekin hali hammasi oldinda edi.Bu gol internetda turli memlarni urchitdi. Bu memlar jahon futboli afsonalaridan biri Pelening Messining imkoniyatlari haqidagi gapiga javob edi. «Messini men yoki Maradona bilan qanday qilib tenglashtirish mumkin? Axir u faqat chap oyog‘ida zarba bera oladiku», degandi o‘shanda braziliyalik sobiq futbolchi. Messi esa birinchi golini o‘ng oyog‘ida urdi.60-daqiqaga kelib Messi het-trikni nishonlayotgandi. Birinchi bo‘lim oxirida o‘tkazib yuborilgan gollardan keyin «Levante» o‘yinni tashlab qo‘ydi, ikkinchi bo‘lim boshida jamoa juda tartibsiz harakatlanib, maydon markazida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. «Barselona»ning hujum guruhi esa bu xatolardan unumli foydalandi.O‘yinga Pike yakun yasab berdi. «Levante» futbolchilaridan biri Kabako maydondan chetlatilgach (76-daqiqa), «Barselona» himoyachilari o‘zini erkin his qilib, hujumda ham omadini izlay boshladi. 88-daqiqada Pike raqib himoyachilarini aldab, darvozabonni ham dog‘da qoldirdi. Unga ham to‘pni Messi yetkazib bergandi.Shu tariqa, Messi o‘yindagi 5 golda ham ishtirok etdi va mavsumdagi gollari sonini 50taga yetkazdi. U 2010 yildan boshlab deyarli barcha yillarda, klub va terma jamoa safidagi o‘yinlar qo‘shib hisoblanganda, kamida 50tadan gol urib kelmoqda. Birgina istisno – 2013 yilda u 45ta gol bilan cheklangan. Messining faoliyatidagi eng yaxshi natija 2012 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Leo yil davomida 91ta gol urgan edi va bu jahon rekordi hamon o‘zgarishsiz qolmoqda. Valensiyaga sayohatdan keyin Messining bu mavsumda urgan gollari soni 14taga yetdi va to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadam. U shuningdek, 10 golga uzatma bergan va «gol+pas» tizimi bo‘yicha 24 ochko ishlagan. Yevropada hozircha hech kim bu borada 20 ochkolik nuqtaga yetgani yo‘q.Qolaversa, Messi La Liga o‘yinlaridagi het-triklari sonini 43taga yetkazdi va bu borada 44ta het-trik bilan yetakchi bo‘lgan Ronalduga deyarli yetib oldi. Portugaliyalik futbolchi Ispaniyani allaqachon tark etgani hisobga olinsa, Messi shu mavsumdayoq uning natijasini yaxshilashi mumkin.«Barselona» o‘tgan mavsumdagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi va ligada yakka peshqadamlikni saqlab qoldi. Lionel Messi esa «Oltin to‘p»siz ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi!«Real»ning kamtar raqib ustidan kamtar g‘alabasi«Real» - «Rayo Valekano» - 1:0 (1:0)  Gol: Benzema, 13.  _x000D_ «Real»: Kurtua, Serxio Ramos, Marselu, Varan, Karvaxal, Modrich (Valverde, 90+2), Kroos, Lorente, Benzema (Vinisius Junior, 78), Vaskes, Asensio (Sebalos, 71). _x000D_ «Rayo Valekano»: Dimitriyevski, Advinkula, Tito, Galves (Ba, 54), Velaskes, Aleks Moreno, Imbula, Medran (Bebe, 54), Komesanya, Alvaro Garsiya, Embarba (Alegriya, 73). _x000D_ Ogohlantirishlar: Galves, 39. Bebe, 64. Imbula, 83.  _x000D_ Hakam: De Burgos Bengoechea._x000D_ 15 dekabr. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.2018 yildagi oxirgi tur_x000D_ Keyingi 3 haftada «Real» ikki marcha yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Dastlab, Eybarda 0:3 va keyin Madridda YeChLning oxirgi turi doirasida TsSKAga qarshi kechgan o‘yinda shu hisob tabloda porlab turdi. Jamoa endi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘l olish oldidan kichik Madrid derbisida, «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. «Qirollik klubi» xalqaro turnirdagi ishtiroki tufayli keyingi turni o‘tkazib yuboradi.O‘yindan avval «Rayo» ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Santyago Bernabeu»dagi oxirgi g‘alabasini esladi. Bu o‘yin 1996 yilda bo‘lib o‘tgan, «asalarilar» o‘shanda safardan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgandi. Bu g‘alaba jamoa uchun tarixiy g‘alabaligicha qolmoqda. «Rayo» Madriddagi oxirgi 3 o‘yinda jami 20ta gol o‘tkazgan. Eng yomoni 2015 yil dekabrida ro‘y bergan, o‘sha o‘yinda «Rayo» 12-daqiqaga kelib 2:1 hisobida oldinda edi, ammo bir futbolchi maydondan chetlatilishi barchasini o‘zgartirdi va o‘yin yakunida hisob 2:10 ko‘rinishiga keldi. O‘sha mavsumda «Rayo» yuqori divizionni tark etdi va shundan beri jamoalar liga doirasida o‘zaro o‘yin o‘tkazishmagandi.Modrichning «Oltin to‘p»iKeyingi 3 yilda uchinchi «Oltin to‘p» «Santyago Bernabeu»ga keltirilmoqda. Bu safar uning sohibi o‘zgargan: Modrich ilojsiz ishning ilojini qildi va Messi hamda Ronalduning 10 yillik hukmronligiga barham berdi. Ko‘pchilik, sovrinni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni yakunlaridan noroziligicha qoldi, ammo bu xorvatiyalik futbolchidan sovrinni endi qaytarib olib bo‘lmaydi.Benzemaning goli_x000D_ «Real» bu o‘yinda maydon egasidek harakat qildi va debyutdayoq hisobni ochdi. Qanotdan jarima maydoniga yaqinlashib kelgan Vaskes jarima maydonida qulay vaziyatda turgan Benzemani topdi va fransuz hujumchisi to‘p kelib tushishi bilanoq uni darvoza to‘riga joyladi. Benzema bu mavsum ochilmoqda, o‘tgan mavsumda jami 5ta gol urgan futbolchi bu mavsum yarmida, jamoada inqiroz kechayotgan holida undan ko‘proq - 6ta gol urdi.Ikkinchi bo‘limda mezbonlar yana bir gol urishdi, ammo Ramos to‘pni darvozaga yo‘llagan vaziyatda hakam videotakror yordamida ofsaydni qayd etib, golni bekor qildi.Tribunadagi hushtakbozlik_x000D_ «Real» qonuniy gol urishi ham mumkin edi, ammo Asensio qulay imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Qo‘shimcha vaqtda esa mehmonlar hisobni tenglashtirishga juda yaqin kelishdi, faqat bu vaziyatda Kurtua jamoasi joniga oro kirdi. Madridliklar bu vaqtda sarosimaga tushib qolishgan, tribunada esa futbolchilar sha'niga hushtakbozliklar boshlanib ketgan edi. Faqat hakam hushtagi yangrab qolishigina «Real» 3 ochkolik bo‘lishini ta'minladi.Endi «Real» La Ligaga 2019 yilda qaytadi. Oldinda esa klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Jamoa o‘z omadsizligini eski yilda qoldirishi kerak.«Valensiya»ning navbatdagi durangi«Eybar» - «Valensiya» - 1:1 (0:1) Gollar: Rodrigo, 29 (0:1). Sharles, 56 - penalti (1:1). _x000D_ «Eybar»: Aser Riyesgo, Ramis, Xose Anxel, Penya, Oliveyra, Kukurelya (De Blasis, 69), Diop, Xoan Xordan, Orelyana, Serxio Enrich (Eskalante, 82), Sharles (Kike, 90)._x000D_ «Valensiya»: Netu, Garay, Xose Gayya, Gabriel Paulista (Diakabi, 42), Parexo, Vass, Kokelen (Pichchini, 45+1), Soler, Rodrigo, Cherishev (Torres, 82), Mina._x000D_ Ogohlantirish: Rodrigo, 78. _x000D_ Hakam: Kordero Vega (Ispaniya)._x000D_ 15 dekabr. Eybar. Municipal de Ipurua stadioni.Chempionlar ligasining guruh bosqichi 6-turida «MYu» ustidan g‘alaba qozongan (2:1) «Valensiya» ichki chempionatda mavsum startidagi ketma-ket duranglar sababli hamon 15-o‘rinda bormoqda edi. Chempionlar ligasidagi vazifa uddalanmadi, «ko‘rshapalaklar»ni Yevropa Ligasi yo‘llanmasi qanoatlantirmaydi. Endi bor e'tiborni La Ligaga qaratish kerak.Maydon egalari ikki tur muqaddam «Ipurua» stadionida «Real»ni 3:0 hisobida mag‘lub etishgan, Eybarga safar har qanday jamoa uchun qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy edi. «Valensiya» bu stadiondagi oxirgi 4 uchrashuvda 2 mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan, faqat bir marcha g‘alaba bilan qayta olgandi.«Eybar» o‘yinning birinchi bo‘limida xo‘jayinlik qildi. Basklar mehmonlarni jarima maydoniga qamab qo‘ydi, Kukurelya, Jordan va Orelyana dambadam raqib darvozaboni uchun xavf tug‘dirib turdi.«Valensiya» esa kamdan-kam hujumlardan birida muvaffaqiyat qozondi. Raqib jarima maydonida o‘ziga kelib tushgan to‘pni darvozaga to‘g‘ri yo‘naltirgan Rodrigo hisobni ochdi. Braziliyalik futbolchi bo‘lim davomida yana bir imkoniyatga ega bo‘lgandi, ammo uning zarbasi xato ketdi.Mehmonlar g‘alabani saqlab qola olishmadi. Ikkinchi bo‘limda Gayya jarima maydonida qo‘li bilan to‘pni o‘ynadi va hakam videotakror orqali penalti belgiladi. Sharles zarba berishda adashmadi. «Eybar» haqli ravishda durangga ega bo‘ldi. «Valensiya» esa navbatdagi (bu La Ligadagi 8-, jami musobaqalar doirasidagi 15-durang).«Atletiko» uchlikda qoldi Valyadolid – «Atletiko» 2:3  Gollar: 0:1 – 26 Kalinich, 0:2 – 45, penalti Grizmann, 1:2 – 57 Kalero, 2:2 – 63, avtogol Saul, 2:3 – 80 Grizmann. _x000D_ Valyadolid – Masip, Kiko Olivas, Martines, Antonito, Kalero, Alkaras, Michel (Fernandes, 86), Toni (Suares, 75), Keko, Plano (Verde, 84), Unal._x000D_ Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis (Parti, 60), Aryas, Godin, Rodri Ernandes, Koke, Saul, Korrea (Jyelson Martinsh, 75), Kalinich (Vitolo, 69), Grizmann._x000D_ Ogohlantirishlar: Plano (23), Toni (27), Kiko Olivas (45), Koke (78).«Atletiko» bu turda safarda «Valyadolid» bilan kuch sinashdi va 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.Grizmann jamoasiga 3 ochko olib berdi. U dastlab Kalinichni golli pas bilan ta'minladi va keyin ikkita gol urdi. 27 yoshli futbolchining ikkinchi goli «matraschilar» libosida chempionat o‘yinlarida urilgan 83-gol bo‘ldi.Endilikda fransuz futbolchisi «Atletiko»ning La Liga o‘yinlarida gol urish bo‘yicha eng yaxshi to‘purariga aylandi. U madridliklar safida o‘tgan asrning 70-yillari oxiri va 80-yillari boshida to‘p surgan argentinalik legioner Ruben Kanoni ortda qoldirdi. Bu natijaga erishish uchun Grizmann 159 o‘yinda maydonga tushdi.Bu g‘alaba evaziga «Atletiko» uchinchi o‘rindan tushib ketmadi va ikkinchi o‘rindagi «Sevilya»ni oldinga o‘tkazib yubormadi (ikki jamoada ham 31tadan ochko), «Real» bilan 2 ochkolik farqni saqlab qoldi.«Sevilya» ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi «Sevilya» – «Jirona» 2:0 (0:0, 2:0) Gollar: 1:0 – 55, penalti Banega, 2:0 – 64 Sarabiya._x000D_ Sevilya – Vatslik, Karrisu, Gomes, Eskudero (Promes, 89), Ker (Merkado, 79), Banega, Navas, Mesa, Sarabiya, Ben-Yyedder (Arana, 90), Andre Silva._x000D_ Jirona – Iraysos, Ramalo, Espinosa, Xuanpe, Porro, Duglas Luis (Aleish Garsiya, 62), Fernandes (Dumbiya, 71; Granel, 81), Portu, Pons, Garsiya, Stuani._x000D_ Ogohlantirishlar: Fernandes (33), Banega (85), Sarabiya (89).«Sevilya» «Jirona»ni qabul qildi. Sevilyadagi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 55-daqiqasida o‘yin bosh hakami «Jirona» darvozasi tomon penalti belgiladi va Ever Banega hisobni ochdi. Ikkinchi gol Pablo Sarabiya hisobiga yozildi. Bu g‘alaba evaziga «Sevilya» ochkolari sonini 31taga yetkazgan va turnir jadvalida «Real» (29) va «Atletiko»ni (31) quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan. «Jirona» 21 ochkosi bilan 10-o‘rinda joylashgan.Qolgan o‘yinlar «Espanol» – «Betis» 1:3 (1:1, 0:2) Gollar: 1:0 – 24 Garsiya, 1:1 – 43 Lo Chelso, 1:2 – 85 Telo, 1:3 – 90, avtogol Duarte._x000D_ Ogohlantirishlar: Sanches (18), Vilyam Karvalyu (23), Iglesias (45), Mandi (53), David Lopes (56), Sidney (65), Sanches (84).«Ueska» – «Vilyarreal» 2:2 (1:0, 1:2) Gollar: 1:0 – 44, penalti Ernandes, 1:1 – 63, penalti Bakka, 1:2 – 81 Moreno, 2:2 – 90 Longo._x000D_ Ogohlantirishlar: Avila (16), Trigeros (42), Mario Gaspar (43), Insua (53), Bakka (66), Pulido (73), Longo (90), Kaseres (90)._x000D_ Chetlatish: Mario Gaspar (65).«Selta» – «Leganes» 0:0 (0:0, 0:0)_x000D_ Ogohlantirishlar: En-Nesiri (17), Mikel Vesga (24), Junka (28), Maksi Gomes (35), Kostas (85), Kuelyar (90).«Xetafe» – «Real Sosedad» 1:0 (1:0, 0:0) Gol: 1:0 – 3 Molina._x000D_ Ogohlantirishlar: Molina (32), Villian Joze (33), Fulke (35), Le Norman (38), Ilyarramendi (63), Yanuzay (72), Kristoforo (86).«Alaves» va «Atletik» uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadiTurnir to‘purarlariTurnir jadvali  
sport
172,321
19 yoshli sardor Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi
«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt «Golden Boy» sovrini sohibi bo‘ldi.Niderlandiyalik iste'dod egasi so‘rovnomada «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold, «Milan» hujumchisi Patrik Kutrone, «Roma» yarimhimoyachisi Jastin Klyuyvert va «Real» yarimhimoyachisi Vinisius Juniordan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.19 yoshli de Ligt 2016 yilda «Ayaks»da debyut qilgan. Jamoa sardori hisoblanuvchi futbolchi Erediviziyaning ushbu mavsumida 15ta o‘yinda qatnashib, 2+1 mahsuldorlik natijasiga erishdi. Matteysga «Barselona» klubi jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar bor.De Ligt sovrinni bugun Turinda qabul qilib oladi.Ma'lumot uchun, «Golden Boy» Yevropa chempionatlarida to‘p suruvchi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga topshiriladi. Sovrin Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan 2003 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, g‘olib The Times (Angliya), France Football (Fransiya), Mundo Deportivo (Ispaniya), Bild (Germaniya), A Bola (Portugaliya) kabi nashrlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar bergan ovozlarga ko‘ra aniqlanadi.Bu safargi ovoz berish jarayonida turli mamlakatlardan bo‘lgan 30dan ziyod jurnalistlar ishtirok etgan. Mukofot 2017 yilda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega topshirilgan edi.Matthijs de Ligt joins the Golden Boy club 🇳🇱⭐ pic.twitter.com/yvquAfDhAs
sport
172,322
Messi yillardan buyon olamshumul mahsuldorligini davom ettirmoqda
«Barselona» Ispaniya chempionatining 16-turida «Levante»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 5:0.Lionel Messi uchrashuvdagi barcha gollarda ishtirok etdi: u het-trikka erishib, yana ikki golga assistentlik qildi. Natijada uning 2018 yil hisobidan urgan gollari soni 50taga yetdi.31 yoshli argentinalik 2010 yildan boshlab deyarli barcha yillarda klub va terma jamoa safidagi o‘yinlarida kamida 50tadan to‘p kiritib kelmoqda. Birgina istisno – 2013 yilda u 45ta gol bilan cheklangan:2010: 60_x000D_ 2011: 59_x000D_ 2012: 91_x000D_ 2013: 45_x000D_ 2014: 58_x000D_ 2015: 52_x000D_ 2016: 59_x000D_ 2017: 54_x000D_ 2018: 50Messining faoliyatidagi eng yaxshi natija 2012 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Leo yil davomida 91ta gol urgan edi va bu jahon rekordi hamon o‘zgarishsiz qolmoqda.
sport
172,323
«Barselona» «Levante»ga javobsiz 5ta gol urdi. Messi barcha golda ishtirok etdi
Ispaniya chempionati 16-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘tkazildi. "Barselona" mehmonda "Levante" bilan kuch sinashib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 0:5.Messi raqib darvozasini 3 marotaba ishg‘ol etdi va Suares hamda Pike urgan golda ham uzatmani amalga oshirdi. Levante – Barselona 0:5 (0:2, 0:3)Gollar: 0:1 – 35 Suares, 0:2 – 43 Messi, 0:3 – 47 Messi, 0:4 – 60 Messi, 0:5 – 88 Pike._x000D_ Levante – Olasabal, Postigo (Prtsich, 70), Kabako, Tono, Rober, Rochina (Koke, 69), Bardi, Morales, Kampanya, Djyeyson, Boateng (Mayoral, 62)._x000D_ Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Vermalen (Artur, 52), Langle, Rakitich, Buskets, Vidal (Koutino, 78), Dembele (Denis Suares, 81), Messi, Suares._x000D_ Ogohlantirishalr: Dembele (18), Rober (25), Rakitich (36), Alba (45), Djyeyson (59)._x000D_ Chetlatish: Kabako (76).
sport
172,324
Rossiya-Finlyandiya xokkey uchrashuvida 61 yillik rekord yangilandi
Peterburgda xokkey bo‘yicha Birinchi kanal kubogi doirasida Rossiya va Finlyandiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha 61 yillik rekord yangilandi. 16 dekabrda “Gazprom Arena” stadionida o‘tgan uchrashuvga konsert dasturini hisobga olgan holda 81 ming kishi kelgan.“Bugun biz ikkita rekord – Rossiya va Yevropa xokkeyi rekordlarini o‘rnatdik”, deb e'lon qilgan diktor.Uning ma'lum qilishicha, o‘yin oxiriga kelib stadionda 71 ming 381 muxlis bo‘lgan. 2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini qabul qilgan Krestovskiy orolidagi stadion ilk bor xokkey uchrashuvini qabul qildi. Buning uchun futbol maydoni o‘rniga muz maydoni va qo‘shimcha o‘rindiqlar o‘rnatilgan.Rossiyada 1957 yildan beri xokkey o‘yinlariga tashrif buyurish bo‘yicha rekordni sobiq ittifoq va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv saqlab kelgan. O‘shanda hozirgi “Lujniki” stadioniga 55 ming tomoshabin kelgan.Bu rekord 44 yil davomida jahon rekordi bo‘lib kelgan, biroq uni AQShning Michigan shtati talabalar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yangilagan (74,5 ming muxlis). 2014 yildan beri esa Michiganda o‘tgan “MXLning qishki klassikasi” o‘yini rekord natija bo‘lib qolmoqda (105 ming muxlis). Bungacha Yevropadagi rekord natija Gelzenkirxenda 2010 yilgi jahon chempionati uchrashuvida o‘rnatilgan (77,8 ming muxlis).  
sport
172,325
Aleksandr Gvozdik bilan jangdan keyin komaga tushgan bokschi o‘ziga keldi
Kanadalik bokschi Adonis Stivenson ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdikka qarshi jangda olingan jarohatlar sababli koma holatiga kiritilgandan keyin ilk bor ko‘zini ochdi. Ma'lum qilinishicha, bu Stivenson yaxshilanayotganining birinchi yaqqol alomati bo‘ldi. U ko‘zini ochganida yonida rafiqasi bo‘lgan.Bokschi 1 dekabrda Gvozdikka qarshi kechgan jangda og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilib, 6 dekabrda operatsiya qilingan. Gvozdik Stivensonni 11-raundda nokautga uchratgach, kanadalik miyaga qon quyilishi gumoni bilan shifoxonaga olib ketilgandi.WBC yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 41 yoshli Stivenson uchun Gvozdikdan olingan mag‘lubiyat faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ldi. Kanadalik bokschining hisobida, shuningdek, 29 ta g‘alaba va bitta durang natija bor. 
sport
172,326
«Liverpul» «MYu»ga 3ta gol urdi va birinchi o‘ringa qaytdi
Angliya chempionati 17-turidagi markaziy uchrashuv Liverpuldagi «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda «Liverpul» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.O‘yinda hisobni 24-daqiqada Sadio Mane ochdi, ko‘p o‘tmasdan Jyessi Lingard hisobni tenglashtirdi.Ikkinchi bo‘limda Yurgen Klopp maydonga Keyta o‘rniga Jyerdan Shaqirini tashladi va shveysariyalik futbolchi qisqa vaqt ichida ikkita gol urib, jamoasi g‘alabasini ta'minladi.Mersisaydliklar bu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 45taga yetkazdi va turnir jadvalida yana «Manchester Siti»ni (44 ochko) quvib o‘tib, peshqadamga aylandi. «Manchester Yunayted» esa 26 ochkosi bilan oltinchi o‘rinda qoldi.Angliya chempionati_x000D_ 17-tur_x000D_ Liverpul – Manchester Yunayted 3:1 (1:1, 2:0) Gollar: 1:0 – 24 Mane, 1:1 – 33 Lingard, 2:1 – 73 Shaqiri, 3:1 – 80 Shaqiri._x000D_ Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Klayn, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Keyta (Shaqiri, 70), Mane (Henderson, 84), Saloh, Firmino._x000D_ Manchester Yunayted – De Xea, Darmian, Lindelef, Yang, Bayi, Errera (Marsyal, 79), Lingard (Mata, 85), Matich, Diogu Dalot (Fellayni, 46), Reshford, Lukaku._x000D_ Ogohlantirishlar: Diogu Dalot (26), Lukaku (40).
sport
172,327
«Chelsi» g‘alaba qozondi va peshqadamlarni ta'qib qilishni davom ettirdi
Angliya Premer-ligasining 17-turida «Brayton end Houv Albion» «Chelsi»ni qabul qildi. «Falmer – Ze Ameks» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.G‘oliblar safida Pedro Rodriges va Eden Azar mos ravishda 17- va 33-daqiqalarda darvozani ishg‘ol qilishdi. 66-daqiqada Solomon March mezbonlarning yagona javob golini yo‘lladi.Qatorasiga ikkinchi g‘alaba evaziga «Chelsi» ochkolari sonini 37taga yetkazib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda joylashgan, Maurisio Sarri shogirdlari peshqadam «Manchester Siti»dan 7 ochko ortda qolishmoqda. «Brayton» 21 ochko bilan — 13-o‘rinda qolgan. Angliya chempionati_x000D_ 17-tur_x000D_ Brayton – Chelsi 1:2 (0:2, 1:0) Gollar: 0:1 – 17 Pedro, 0:2 – 33 Azar, 1:2 – 66 March._x000D_ Brayton – Rayan, Balogun, Bernardo, Montoyya, Dank, Propper, Stivens, Knokert (Lokadiya, 83), Gross (Bissuma, 81), March, Myurrey (Andone, 60)._x000D_ Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar (Jiru, 83), Kante, Pedro (Loftus-Chik, 66), Kovachich (Barkli, 75), Villian, Jorjino._x000D_ Ogohlantirishlar: Dank (55), Andone (69), Alonso (87), Arrisabalaga (90).
sport
172,328
«Arsenal» 4 oydan beri ilk marcha mag‘lub bo‘ldi
Angliya chempionatining 17-turida «Sauthempton» «Arsenal» ustidan g‘alabaga erishdi. Sauthemptondagi «Sent-Meri» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.Birinchi bo‘lim o‘rtalarida jamoalar bittadan gol urishdi, mezbonlar safida Denni Ings hisobni ochdi, Genrix Mxitaryan javob qaytardi. Bo‘lim oxirida Ings yana mezbonlarni oldinga olib chiqdi, ikkinchi bo‘limda Mxitaryan yana hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxirida esa to‘liq kuch bilan hujumga chiqqan mehmonlar qarshi hujumni o‘tkazib yuborishdi va Charlz Ostin «avliyolar» jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.Bu mag‘lubiyatdan keyin «Arsenal» Premer-ligada 14 uchrashuv davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunladi. Unai Emeri jamoasi barcha turnirlardagi o‘yinlarni hisoblaganda 22 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi. Jamoa oxirgi marcha august oyida «Chelsi»ga safar o‘yinida yutqazgandi (2:3).Endilikda «Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida 34 ochkosi bilan beshinchi o‘rinda qolmoqda.Yangi bosh murabbiy Ralf Hazenhyuttl boshchiligidagi ilk uchrashuvda g‘alabaga erishgan «Sauthempton» esa ochkolari sonini 12taga yetkazib, «xavfli hudud»ni tark etgan va 17-o‘ringa ko‘tarilgan.Keyingi turda «Arsenal» «Byornli»ni qabul qiladi, «Sauthempton» «Haddersfild Taun» mehmoni bo‘ladi. Ikki o‘yin ham 22 dekabrga belgilangan.Angliya chempionati_x000D_ 17-tur_x000D_ Sautghempton – Arsenal 3:2 Gollar: 1:0 – 20 Ingz, 1:1 – 28 Mxitaryan, 2:1 – 44 Ingz, 2:2 – 53 Mxitaryan, 3:2 – 85 Ostin._x000D_ Sauthempton – Makkarti, Vestergor, Yosida, Targett, Bednarek, Redmond (Long, 63), Xeyberg, Armstrong (Djonson, 90), Romeu, Valeri, Ingz (Ostin, 71)._x000D_ Arsenal – Leno, Lixtshtayner (Meytlend-Naylz, 74), Monreal, Bellerin (Lyakazett, 46), Koselni, Genduzi, Chaka, Mxitaryan, Torreyra, Ivobi (O‘zil, 70), Obameyang._x000D_ Ogohlantirishlar: Bednarek (51), Koselni (60), Armstrong (71).
sport
172,329
Solari Iskoni nega o‘ynatmaganiga izoh berdi
«Real» klubi bosh murabbiyi Santyago Solari nima uchun Isko 16-tur doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yinda (1:0) zaxira o‘rindig‘ida qolganiga izoh berdi.«Men barcha futbolchilar o‘zlarini yaxshi his qilishlari va ishga sadoqat bilan yondashishlarini istayman. Tarkib tanlashda ham, futbolchilarni almashtirishda ham xato qilmaslikka urinaman. Mening ishim shu.Marko Asensio o‘rniga Daniyel Sebalosni tushirishimning sababi Marko charchagandi. Keyin yarimhimoyani mustahkamlash uchun uchun Federiko Valverdeni tushirdim. Zaxiradagi yagona hujumchi Vinisius Junior Karima Benzemani almashtirdi», — deya Solarining so‘zlarini keltirgan Marca.Bundan avvalroq Solari va Isko munosabatlari buzilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, «Real» murabbiylari futbolchi ko‘richagini oldirganidan keyin ortiqcha vazn to‘plaganidan norozi. Futbolchi Ispaniya chempionatining 13-turida «Eybar»ga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin bosh murabbiyning qo‘l tashlashini inkor qilgandi.YeChL guruh bosqichining 6-turida TsSKAga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yinda esa Isko tribunadagi muxlislar bilan ziddiyatga borgandi.Shu kunlarda Marca nashri Iskoning «Real»dagi faoliyati yakuniga yetib qolgani haqida material e'lon qildi. Xabarda Madridga Isko o‘rniga «Chelsi»dan Eden Azar kelishi haqida aytilgan.«Rayo Valekano»ga qarshi o‘yin arafasida «qaymoqranglilar» jamoasi prezidenti Florentino Peres Solaridan Isko bilan munosabatlarni yaxshilashni so‘ragani ma'lum bo‘lgandi.
sport
172,330
Mourino Saloh haqida gapirdi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlarini bayon etdi.Saloh bir muddat «Chelsi»da, portugaliyalik mutaxassis qo‘li ostida to‘p surgan, ammo Mourino uni asosiy tarkibga kiritmagandi. Misrlik futbolchi London klubi safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urgandi. 2015 yilda u «Fiorentina»ga ijaraga berilgan, 2015/16 yilgi mavsumni «Roma»da o‘tkazgan, keyinroq rimliklar klubi uning transfer huquqini sotib olgandi.«Menimcha, Saloh barcha tomonlama rivojlandi. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari qanchalik o‘zgarganini ko‘rishimiz mumkin. Saloh avval tezkor, shu bilan birga nimjon yigitcha edi. Hozir esa u ham tezkor, ham kuchli.U o‘shanda Shveytsariyadan («Bazel») Angliyaning katta klubiga [«Chelsi»] kelgan, lekin APLga ruhiy jihatdan moslasha olmagandi. Endi u mutlaqo boshqa futbolchi, u «Bazel»dan «Chelsi»ga kelgan yosh iqtidor emas, yetuk futbolchi. O‘shanda Saloh istiqbolli futbolchi edi, hozir esa jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri.Men o‘shanda uni o‘zimga katta yordam bera oladi deb o‘ylamagandim. Men uning istiqbolli futbolchi ekanini bilardim, endi u haqiqatanam katta futbolchiga aylandi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan manchesterliklar klubi rasmiy sayti.Bugun «Manchester Yunayted» APLning 17-turi doirasida «Liverpul» mehmoni bo‘ladi.
sport
172,331
«Shtutgart» futbolchisining otasi stadionda o‘g‘li ishtirokidagi o‘yin vaqtida jon berdi
«Shtutgart» klubi rasmiy saytida Bundesliganing 15-turida «Herta»ga qarshi o‘yindan keyin (2:1), o‘yin vaqtida ro‘y bergan fojiali holat haqida xabar berdi.Ma'lum qilinishicha, mezbonlar sardori Kristian Gentnerning otasi o‘yin vaqtida o‘zini yomon his qilib, hushidan ketgan. U bu vaqtda o‘g‘li ishtirokidagi o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga kelgandi. Shifokorlar futbolchining otasining hayotini saqlab qola olishmagan. Gentner maydonda 90 daqiqa davomida harakatlangan.«Klub Gentnerga va uning oilasiga chuqur hamdardlik bildiradi va qiyin pallalarda qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qiladi», — deyilgan «Shtutgart» bayonotida.«Shtutgart» 15 turdan keyin 14 ochko jamg‘argan holda Germaniya chempionati turnir jadvalida 15-o‘rinda joylashgan.
sport
172,332
Saul Alvares uch vazn toifasida jahon chempioniga aylandi
Meksikalik bokschi Saul Alvares 76,2 kggacha vazn toifasida WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Alvares Nyu-Yorkda o‘tgan 12 raundlik jangda britaniyalik Rokki Filding ustidan 3-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.Shu tariqa 28 yoshli Alvares 3-vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. U bungacha  WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha 69,9 kggacha hamda WBC va WBA yo‘nalishlari bo‘yicha 72,6 kggacha vazn toifalarida jahon chempioni bo‘lgan. Meksikalik sentabrda qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi o‘tkazgan jangini ochkolar bo‘yicha yutgan va 72,6 kggacha vazn toifasida WBA va WBC chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan. Uning Golovkin bilan 2017 yilda o‘tkazgan birinchi jangi durang bilan yakunlangandi.Endilikda Alvaresning hisobida 51 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va 2 ta durang natija bor. Fildingga qarshi jang Alvares uchun DAZN striming servisi bilan tuzgan rekord darajadagi 365 mln dollarlik shartnomasi bo‘yicha o‘tkazgan ilk jangi bo‘ldi. Kelishuv 2023 yilgacha 11 ta jangga mo‘ljallangan.31 yoshli Filding esa iyunda qo‘lga kiritgan WBA kamarini himoya qila olmadi. Endilikda uning hisobida 27 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.
sport
172,333
XOQ 11 nafar rossiyalik sportchidan Olimpiada medallarini qaytarishni talab qildi 
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rossiyalik 11 sportchi va ularning jamoaviy sport turlari bo‘yicha jamoadoshlarini Sochidagi qishki Olimpiadada qo‘lga kiritgan medallarini qaytarishni talab qildi.“XOQ Sochidagi Olimpiadada aksildoping qoidalarni buzganliklari Sport arbitraj sudi tomonidan tasdiqlangan 11 rossiyalik sportchidan medallarni qaytarishni talab qildi”, deyilgan XOQ xabarida.Ro‘yxatga quyidagi sportchilar kirgan: bobsleychilar Aleksandr Zubkov, Aleksey Voyevoda, Aleksandr Kasyanov, Aleksey Pushkarev, Ilvir Xuzin, chang‘ichilar - Yuliya Ivanova, Yuliya Chekaleva, Anastasiya Dotsenko, ayol xokkeychilar - Galina Skiba, Anna Shibanova va Inna Dyubanok. Sochidagi Olimpiadada Zubkov va Voyevoda ikkiliklar va to‘rtliklar bahslarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Ular bilan birga to‘rtlik bahslarida Aleksey Negodaylo va Dmitriy Trunenkov ham ishtirok etgan.
sport
172,334
«Borussiya» D g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda
Bundesliganing 16-turida Dortmundning «Borussiya» klubi Bremenning «Verder» klubini qabul qildi. «Signal Iduna Park» stadionida kechgan  uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.«Asalarilar» o‘yinning 19-daqiqasida Pako Alkaserning goli evaziga hisobni ochdi. 27-daqiqada «Borussiya» Marko Roysning goli evaziga hisobdagi ustunlikni oshirdi. Bir daqiqa o‘tib «Verder» hujumchisi Maks Kruze bitta javob goli urdi. O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi.Bu g‘alaba «Borussiya» g‘alabali seriyasini 6 o‘yinga yetkazdi va 15 turdan keyin 39 ochko jamg‘argan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi. Lyusen Favr jamoasi eng yaqin ta'qibchilari «Borussiya»  Myonxengladbaxni va «Bavariya»ni 9 ochko ortda qoldirgan. Dortmundliklar birinchi davrani chempionlik bilan yakunlashi aniq bo‘ldi.«Borussiya» o‘z tarixida shu vaqtgacha 3 marta birinchi davrani peshqadamlik bilan yakunlagan (1994/95, 1995/96 va 2010/11). Jamoa bu mavsumlarning barchasida Germaniya chempioni bo‘lgan. Germaniya chempionati 16 tur Borussiya D – Verder 2:1 (2:1, 0:0)_x000D_ Gollar: 1:0 – 19 Pako Alkaser, 2:0 – 27 Roys, 2:1 – 35 Kruze. Borussiya D – Byurki, Pishchek, Akandji, Diallo, Xakimi, Vittsel, Dileyni, Sancho (Filipp, 90), Roys, Gerreyru (Pulishich, 89), Pako Alkaser (Gettse, 81). Verder – Pavlenka, Gebre Selassiye, Langkamp, Moysander, Augustinsson, Shaxin, Eggeshtayn (Sardjyent, 83), Klassen (Mevald, 18), Kruze, Xarnik, Rashitsa (Osako, 73). Ogohlantirishlar: Langkamp (39), Dileyni (45), Xarnik (49), Mevald (80), Sardjyent (88).
sport
172,335
Qatar JCh-2022’ning bosh stadioni dizaynini taqdim qildi (video)
Qatar futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati finali o‘tadigan stadionning qanday ko‘rinish olishini namoyish qildi. Lusayildagi stadion 80 ming kishiga mo‘ljallangan.Stadionning tashqi ko‘rinishi Yaqin Sharq muhiti va an'analarini aks ettiradi.Taqdim qilingan videoda stadion to‘liq tillarang tusda bajarilishi namoyish qilingan. Ushbu stadionda chempionatning ochilish va final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.Katar🇶🇦 predstavil dizayn glavnogo stadiona ChM-2022 na 80 tysyach mest v Lusaile. _x000D_ Vneshniy vid areny vdoxnovlen traditsiyami Blijnego Vostoka🏟🙌pic.twitter.com/FAxgozBQvINavbatdagi jahon chempinoatining final bosqichi 2022 yil 21 noyabrda boshlanib, 18 dekabrda o‘z nihoyasiga yetadi. Jahon chempionati ilk bor Yaqin Sharqda va qish vaqtida o‘tkaziladi.  Shu munosabat bilan UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida qishki tanaffus qilishi mumkin. Shuningdek, milliy chempionatlar ham to‘xtatiladi. 
sport
172,336
Ronaldu «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi
«Yuventus» Italiya A Seriyasining 16-turida «Torino» ustidan g‘alabaga erishdi. «Olimpiko di Torino» stadionida kechgan Turin derbisi 1:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.O‘yindagi yagona gol «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan 70-daqiqada penaltidan urildi.«Yuventus»ning Italiya chempionatidagi g‘alabali seriyasi 7 o‘yinga yetdi. «Torino» uchun bu oxirgi 4 o‘yindagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.«Yuventus» 46 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Torino» 22 ochkosi bilan — oltinchi o‘rinda.Keyingi turda Massimiliano Allegri shogirdlari «Roma»ni qabul qiladi, Valter Matstsarri shogirdlari «Sassuolo» mehmoni bo‘lishadi. Ikki o‘yin ham 22 dekabrga belgilangan.Italiya chempionati_x000D_ 16-tur Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)_x000D_ Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu. Torino – Sirigu (Ichaso, 20), Itstso, Nkulu, Djidji, Rinkon, Ayna (Berenger, 85), Ansaldi (Paridjini, 75), Bazelli, Meyte, Dzadza, Belotti. Yuventus – Perin, De Shilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Djan, Pyanich, Matyuidi, Dibala, Mandjukich, Ronaldu. Ogohlantirishlar: Dzadza (27), Pyanich (48), Jan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90)
sport
172,337
«Real» g‘alabaga erishdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi
Ispaniya chempionati 16-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘tkazildi. «Real» o‘z maydonida autsayder «Rayo Valekano»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi – 1:0.O‘yindagi yagona gol 13-daqiqada Benzema tomonidan kiritildi. Bu g‘alaba evaziga madridliklar ochkolari sonini 29taga yetkazib, turnir jadvalida «Sevilya»ni quvib o‘tishdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi.Ispaniya chempionati_x000D_ 16-tur_x000D_ Real Madrid – Rayo Valekano 1:0 (1:0, 0:0)_x000D_ Gol: 1:0 – 13 Benzema. Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 90), Lorente, Vaskes, Kroos, Asensio (Sebalos, 71), Benzema (Vinisius Junior, 78). Rayo Valekano – Dimitriyevski, Advinkula, Velaskes, Galves (Ba, 54), Moreno, Medran (Bebe, 54), Komesanya, Garsiya, Imbula, Embarba (Alegriya, 73), Tito. Ogohlantirishlar: Galves (39), Bebe (64), Imbula (83).
sport
172,338
APL. «Tottenhem» so‘nggi daqiqada gol urib, g‘alaba qozondi va boshqa natijalar
Angliya Premer-Ligasi 17-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. «Tottenhem» o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qildi va so‘nggi daqiqada Eriksen tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.«Kristal Pelas» o‘z uyida «Lester»ni kichik hisobda mag‘lub etdi. «Uotford» «Kardiff»ni 3:2 hisobida yengdi.APL, 17-tur_x000D_ 15 dekabr Kristal Pelas – Lester 1:0 (1:0, 0:0)_x000D_ Gol: 1:0 – 39 Milivoyevich. Tottenhem – Byornli 1:0 (0:0, 1:0)_x000D_ Gol: 1:0 – 90 Eriksen. Uotford – Kardiff 3:2 (1:0, 2:2)_x000D_ Gollar: 1:0 – 16 Deulofeu, 2:0 – 52 Xolebas, 3:0 – 68 Kina, 3:1 – 80 Xoylett, 3:2 – 82 Rid. Vulverhempton – Bornmut 2:0 (1:0, 1:0)_x000D_ Gollar: 1:0 – 12 Ximenes, 2:0 – 90 Kavaleyru. Haddersfild – Nyukasl 0:1 (0:0, 0:1)_x000D_ Gol: 0:1 – 55 Rondon.
sport
172,339
Bundesliga. «Bavariya» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Borussiya» ochko yo‘qotdi
Germaniya chempionati 15-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. «Bavariya» safarda «Hannover» bilan bellashib, 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi «Hoffenhaym» bilan durangga imzo chekdi.Bu natijalardan so‘ng, «Borussiya» M 30 ochko bilan 2-o‘rinda, «Bavariya» esa shuncha ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Borussiya» D klubi bugun «Verder» bilan o‘ynaydi.Bundesliga, 15-tur_x000D_ 15 dekabrNyurnberg – Volfsburg 0:2 (0:0, 0:2)_x000D_ Gollar: 0:1 – 58 Ginchek, 0:2 – 90 Brekalo. Fortuna – Frayburg 2:0 (0:0, 2:0)_x000D_ Gollar: 1:0 – 55 Ayxan, 2:0 – 79 Ayxan. Hoffenhaym – Borussiya M 0:0 Shtutgart – Herta 2:1 (0:1, 2:0)_x000D_ Gollar: 0:1 – 38 Mittelshtedt, 1:1 – 64 Gomes, 2:1 – 76 Gomes. Augsburg – Shalke 1:1 (1:0, 0:1)_x000D_ Gollar: 1:0 – 13 Gregorich, 1:1 – 52 Kalijuri. Hannover – Bavariya 0:4 (0:2, 0:2)_x000D_ Gollar: 0:1 – 2 Kimmix, 0:2 – 29 Alaba, 0:3 – 53 Gnabri, 0:4 – 62 Levandovski.
sport
172,340
«Yuventus» mafiya bilan aloqadorlikda ayblandi
«Torino» klubi muxlislari A Seriya 16-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi o‘yindan oldin, shahar ko‘chalaridan birida raqibni mafiya bilan aloqadorlikda ayblab, banner osishdi.Unda: «Yuventus» - futbol mafiyasi», deb  yozilgan edi.Italiya matbuotida bir necha yillardan beri «Yuventus» klubini Ndrangeta – dunyoning eng katta jinoyat guruhlaridan biri bilan aloqasi borligi haqidagi gumonlar bor.«Torino» - «Yuventus» o‘yini bugun soat 00:30da boshlanadi.
sport
172,341
APL 17-tur o‘yinlari «Manchester Siti» g‘alabasi bilan boshlandi
Angliya Premer-Ligasida 17-tur o‘yinlari start oldi.«Manchester Siti» o‘z maydonida «Everton» bilan bellashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Braziliyalik hujumchi Gabriel Jyezus 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.Bu natijadan so‘ng, «Siti» 44 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi, «Everton» esa 24 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.    APL, 17-tur_x000D_ Manchester Siti – Everton 3:1  Gollar: 1:0 – 22 Gabriel Jyezus, 2:0 – 50 Gabriel Jyezus, 2:1 – 65 Kelvert-Lyuin, 3:1 – 69 Sterling.  Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Gyundogan, Fernandino, Marez (de Bryuyne, 75), Bernardu Silva, Sane (Sterling, 66), Gabriel Jyezus. Everton – Pikford, Kin, Zuma, Din, Mina, Bernard (Lukman, 57), Andre Gomesh, Risharlison, Sigurdsson (Devis, 81), Koulmen (Uolkott, 57), Kelvert-Lyuin. Ogohlantirishlar: Din (19), Delf (76), Kelvert-Lyuin (76).
sport
172,342
Viktor Jalilov «Andijon»da ish boshladi
Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Andijon» klubi rahbariyati murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassislarni jalb etishga qaror qildi.Klub matbuot xizmatining Tribuna.uz`ga ma'lum qilishicha, taniqli futbol mutaxassislaridan biri, «Navbahor», «Mash'al», «Paxtakor» singari nomdor jamoalarni boshqargan Jalilov Viktor Romanovich sport direktori sifatida faoliyat boshlamoqda.Shuningdek, yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet bosh murabbiy Ildar Sakayevga seleksiya ishlari bo‘yicha yordam beradigan bo‘ldi. Avvalroq u bosh murabbiy sifatida «Andijon»ni boshqargan.Ayni paytda ta'tilni o‘tayotgan jamoa a'zolari 19 dekabrda Andijonda bir haftalik yig‘inga jalb etiladi va uning yakunida klubning Pro-liga g‘olibi sifatida Superligaga yo‘l olgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi.Shundan so‘ng futbolchilar qisqa muddatli ta'tilga yo‘l olishadi va 3 yanvardan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlarni boshlashadi. Fevral oyida jamoa Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etishni rejalashtirmoqda.Shuningdek, «Andijon» infratuzilmasi yangilanishi kutilmoqda. Xususan, «Sog‘lom avlod» stadionida:- maydonga Niderlandiyadan chim keltirib ekiladi va u mart oyiga borib tayyor holga keladi;_x000D_ - yoritkichlar darajasi 1200 lyuksga yetkaziladi;_x000D_ - kompyuter yordamida boshqariladigan elektron tablo va maydon chetiga reklama shitlari o‘rnatiladi;_x000D_ - tribunalarda 18 mingdan ortiq o‘rindiq butunlay yangilanadi;_x000D_ - o‘rindiqlar hozirgidek turlicha emas, faqat oq va ko‘k rangda bo‘ladi;_x000D_ - 1-sektorda CIP loja tashkil etiladi;_x000D_ - OAV uchun alohida press-loja yaratiladi va internet bilan ta'minlanadi.
sport
172,343
Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlovchilik faoliyatiga qaytdi
Taniqli sport jurnalisti Mirzahakim To‘xtamirzayev futbol sharhlovchiligi faoliyatiga qaytdi.Tribuna.uz xabariga ko‘ra, tajribali sharhlovchi shu haftadan e'tiboran «UzReport TV» va uning tasarrufidagi «Futbol TV» telekanallari bilan hamkorlikda ishlay boshlagan. Shu bilan birga, u asosiy ish joyi – «O‘zbekiston futboli», «Sport» va «Sport plyus» gazetalarida bosh muharrir sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.Mirzahakim To‘xtamirzayev bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadigan «Real»–«Rayo Valekano» uchrashuvini jonli efirda sharhlab boradi. Ertaga esa «Sauthempton»-«Arsenal» o‘yini efirida mikrofon qarshisida bo‘ladi.Ma'lumot uchun, To‘xtamirzayev Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi va dotsent unvoniga ega. Televideniyeda 1992 yildan futbol o‘yinlarini sharhlay boshlagan.
sport
172,344
Ispaniya klubini bir yo‘la barcha futbolchilar tark etdi
Ispaniya Segundasida ishtirok etuvchi «Reus» klubi futbolchilari maosh bo‘yicha qarzlar uzilmagani tufayli,  «Kordoba»ga qarshi o‘yindan oldin, yoppasiga jamoani tark etdilar.«Reus» sardori Xesus Olmo vaziyatga quyidagicha izoh berdi.«Vaziyat chidab bo‘lmas darajada og‘irlashib ketdi. Shu tufayli, shartnomada mavjud bo‘lgan banddan foydalanib, klubni tark etishga qaror qildik. 26 oktabrgacha maosh berilishi aytilgandi, ammo klub va'dasining ustidan chiqmadi. Bunday sharoitda, boshqacha yo‘l tutolmasdik», — dedi Olmo.Ayni paytda, «Reus» Segunda jadvalida 22 ta jamoa ichida 20-o‘rinni egallab turibdi.
sport
172,345
«Inter» «Oltin to‘p» sohibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
«Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta jamoaning asosiy transfer maqsadini belgilab oldi.Calciomercato xabariga ko‘ra, gap «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich haqida ketmoqda.Milanliklar xorvatiyalik futbolchini yozda qo‘lga kiritmoqchi edi, ammo transfer amalga oshmay qoldi. Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Modrich 2018 yil yakuniga ko‘ra, «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan edi.
sport
172,346
To‘lqin Qilichev: «Yosh bokschini shogird qilib olishda avvalo ota-onasiga ahamiyat beraman»
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘zioxunov Kun.uz bilan suhbatda Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov kabi o‘zbek boksining bir qator taniqli vakillari asosiy jamoaga qanday jalb etilgani haqida gapirib berishdi.Terma jamoa katta murabbiyi Ro‘zioxunovning aytishicha, ushbu sportchilarning bugungi darajaga yetishida bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning hissasi katta bo‘lgan.«Oddiy misol sifatida Jalolovni oladigan bo‘lsak, u o‘zi darvozabon bo‘laman deb futbolga kelgan sportchi edi. Qilichev unga tushuntirib, to‘g‘ri yo‘lga boshlagan. Hozir esa u boksda yulduz darajasiga chiqib bormoqda.Shahram G‘iyosovni men Xitoydagi chempionatda kuzatgan edim. Xitoylik jangchilarni qanday chiroyli yutib qo‘yganidan hayron qolib: «Bu Roy Jons ekan-ku» deganman. U Samarqanddagi respublika birinchiligida g‘olib chiqib, Xitoydagi Osiyo chempionatida Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi», - deydi Ro‘zioxunov.«Hozir terma jamoada sportchilar juda ko‘p – 120-130 nafar bokschi yig‘ilgan. Ularning orasidan tanlab olish oson, chunki u yerga tayyor sportchilar keladi. Lekin To‘lqin kabi ularni yoshligidan tanlab olish, unga mehrini berish va ulg‘aytirish katta mehnat talab qiladi. Nima uchun?Chunki bitirganidan keyin Murodjon o‘z uyiga – Namanganga, Jalolov vohaga, Madrimov Xorazmga va shu kabi boshqalar ham o‘z viloyatlariga ketishi kerak edi. Ammo [Qilichev] ularni ketkizmasdan, o‘z yonidan uy olib, ovqatlanish sharoitini yaratib, Chirchiqda olib qoldi va shug‘ullantirishda davom etdi. Chunki endi hosil beraman, degan paytda o‘qishini bitirib ketishi kerak. Ular keyinroq institutga kirishdi. Shu tariqa, To‘lqin bu bokschilarni asta-sekinlik bilan olib chiqqan», - deya ta'kidlaydi Rahmatjon Ro‘zioxunov.Bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning o‘zi esa yosh shogirdlarni tanlab olishda qaysi jihatni birinchi navbatda inobatga olishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.«Yosh shogirdlarni tanlashda men birinchi navbatda ota-onasi bilan gaplashaman. Bu zo‘r, tilla bola bo‘lishi mumkin, lekin ota-onasi sizning qaroringizni qo‘llab-quvvatlamasa, foydasi yo‘q. Ular bilan gapingiz bir joydan chiqmasa, ish bo‘lmaydi.Bola yig‘lab borganda ham ota-ona: «Murabbiying nima desa, shu to‘g‘ri» deb tursa, shundagina bu bolani olaman. Chunki men qattiqqo‘l munosabatda bo‘laman. Shunga muvofiq natijaga ham javob beraman. Ota-onaning sizni qo‘llab-quvvatlashi juda muhim: agar ota-ona bolani u yoqqa, siz bu yoqqa tortsangiz, bola o‘rtada qoladi.Isroil ham, Murodjon ham, Bahodir ham, Mahmud, Shunqor – hammasining ota-onasi shundayki, o‘g‘lini ishonib topshira oladi» – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Qilichev.Intervyuni to‘liq shaklda Kun.uz`ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.Video: Mover (tas-ix)Video: Youtube
sport
172,347
Angliyada «qizillar» bahsi, Ispaniyada kichik Madrid derbisi. Hafta o‘yinlari anonsi
Dam olish kunlarida Yevropa chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari davom ettiriladi. Angliyada «Liverpul» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida derbi maqomidagi o‘yin, Ispaniyada grandlar kuchsiz raqiblarga qarshi o‘yinlarda navbatdagi ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.MANCheSTeR SITI – EVeRTON (15 dekabr, 17:30)«Manchester Siti» o‘z maydonidagi «Everton»ga qarshi o‘yini qandaydir o‘tkinchi uchrashuvdek ko‘rinishi mumkindek, ammo ba'zi sabablar borki, ayniqsa, «Liverpul» muxlislari bemalol qo‘shnilaridan madad kutishlari mumkin.Birinchidan, o‘tgan turda «Chelsi» manchesterliklar ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va Gvardiola shogirdlarini 2-o‘ringa tushirib yubordi. Ikkinchidan esa, «Everton» bugungi «Manchester Siti» uchun eng noqulay raqiblardan biridir. «Etihad»da o‘tgan so‘nggi 3 o‘yinning birortasida ham mezbonlar g‘alaba qozona olishmagan. Yana shunday statistikaga «Yunayted» ham ega edi, ammo derbida nihoyat «Siti» uyida ishonchli g‘alaba qozondi. Umuman, «Everton»ga qarshi o‘tgan so‘nggi 7 o‘yinning atigi 2tasida «Siti» g‘alaba qozongan, xolos. Hatto Gvardiolaning ilk mavsumida «Everton» uyida 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi.Ammo bilasizmi, 2017 yilning yanvaridagi o‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» biror marta ham kuchli oltilikdan tashqaridagi jamoadan mag‘lubiyatga uchramadi. Atigi 7 bor durang qayd etdi xolos. Demak, o‘rtamiyona jamoalarga qarshi juda ajoyib natijalar qayd etayotgan manchesterliklarni yana bir bor «Everton» sinovdan o‘tkazadi.De Bryuyne, Aguero kabi futbolchilarning jarohati go‘yoki «Siti»ga ta'sir qilmayotgandek ko‘ringan, hujumda ham, himoyada ham jamoa ishlari joyida edi. Ammo Londondagi o‘yin muammolarni aniq ochib berdi. Ayniqsa, hujum chizig‘ida Agueroning o‘rni juda ham bilinib qoldi. Buning ustiga David Silva, Fernandino, Stounz kabi futbolchilarning ham jarohatini qo‘shing. Gvardiolada muammolar talaygina. Buning ustiga, hafta o‘rtasida Chempionlar Ligasida bahs bo‘lib o‘tdi. Aslida o‘yin klub uchun u qadar ahamiyatli bo‘lmasa-da, rotatsiyani ko‘ngildagidek amalga oshirish imkoni bo‘lmadi - shundoq ham ijrochilar kam.«Everton»da tarkib borasida muammolar yo‘q. Katta ehtimol bilan kuchli raqibga qarshi yetarlicha noqulaylik tug‘diriladi. «Everton»ning so‘nggi safar o‘yinlariga e'tibor bering - «MYu», «Chelsi», «Liverpul». Go‘yoki, ilojsiz vaziyatda Silva shogirdlari yomon ko‘rinishmadi. «Chelsi» bilan o‘yinda durang qayd etildi, agar Pikfordning so‘nggi daqiqadagi xatosi bo‘lmaganda, «Enfild»dan ham ochko olib ketish mumkin edi. Xullas, tomosha qilsa arziydigan o‘yin.  ReAL - RAYO VALeKANO (15 dekabr, 22:30)«Rayo Valekano» ham Madrid klubi, demak bu o‘yinga ham derbi maqomini berish mumkin. «Real» bu o‘yinlarda muntazam g‘alaba qozonadi, masalan so‘nggi 10 uchrashuv ham «qaymoqranglilar» foydasiga hal bo‘lgan. Lekin bilasizmi, bu jamoalar o‘rtasidagi juda ko‘p o‘yinlarda esda qolarli voqealar ham sodir bo‘ladi.Masalan, 2016 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi derbida «Rayo» futbolchilari o‘yin boshidayoq 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan, ammo keyinchalik hisobni tenglashtirgan mehmonlar, so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urishgandi. Undan oldingi Bernabeudagi uchrashuv ham ko‘pchilikning esida qolgan - xuddi shunday ssenariyda boshlangan uchrashuvning boshidayoq mehmonlarning ikki futbolchisi qizil kartochka oladi. «Real» esa, raqibini ayab o‘tirmay, oz emas, ko‘p emas, 10 marta darvozani aniq nishonga oladi.Bu safar ham «Real»ning ustunligiga shubha bo‘lmasa kerag-u, ammo o‘yindan o‘yinga shoxdan-shoxga sakrayotgan bugungi «Real»dan har narsani kutish mumkin. «Valensiya» va «Roma» ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabalar, «Eybar» yoki TsSKAdan qabul qilinayotgan yirik mag‘lubiyatlar bilan almashib turibdi. Solarining «Real»i haqida aniq va ishonchli fikr bildirish oson emas. Shu tomondan ham navbatdagi derbini qiziqish bilan kutishga haqlimiz.Darvoqe, yana bir qiziq fakt. 2002 yilda bu jamoalar Ispaniya kubogi bahsida kuch sinashishgandi. Taqdirni qarangki, «Real»ning oxirgi uch murabbiyi – Zinedin Zidan, Xulen Lopetegi va Sanyago Solari ham bu o‘yinda maydonga tushgan. Lopetegi o‘shanda «Rayo Valekano» darvozasini qo‘riqlagan bo‘lsa, bu jamoaning bugungi murabbiyi Michel Sanches ham o‘sha o‘yinda ishtirok etgandi.   ISTANBUL BOShOQSheHIR – GALATASAROY (15 dekabr, 21:00)«Istanbul derbisi» deganda asosan, «Fanerbaxche», «Galatasaroy», hamda «Beshiktosh»ni tasavvur qilishga o‘rganib qolganmiz. Ammo yaqindagina paydo bo‘lgan va 2011 yilda Superligaga chiqqan «Istanbul Boshoqshehir» jamoasi ham moddiy, ham ambitsiya jihatidan dadil qadamlar tashlamoqda. Jamoa Turkiya chempionatida eng barqaror natijalarni ko‘rsatmoqda va so‘nggi uch yilda chempionlik uchun kurashdi ham.«Istanbul BB» tarkibi esa, nafaqat turkiyalik, balki butun futbol muxlislariga tanish bo‘lgan nomlardan iborat. Vulqon Bobojon, Emre Belezo‘g‘li, Arda Turon kabi mahalliy yulduzlardan tashqari, Klishi, Inler, Elia, Adebayor kabi tajribali va mashhur yulduzlar bor.Doim so‘nggi turlarda yo «Galatasaroy» yoki «Beshiktosh»ning tajriba hisobiga uloqni olib ketishi yangi jamoaga og‘ir botgan ko‘rinadiki, bu safar tezlikni yanada qattiqroq olishdi. «Istanbul» 15 turdan so‘ng, eng yaqin ta'qibchisini 7 ochko ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. 15 o‘yinning 10tasida o‘z darvozasini daxlsiz saqlay olgani va atigi 6 gol o‘tkazib yuborgani ham tahsinga sazovor. Saralash bosqichidayoq yevrokuboklardan chiqib ketgani, jamoaning boshqa yetakchilarga nisbatan ustunligini ta'minlayapti.«Galatasaroy» turnir jadvalida 7-pog‘onada turgan bo‘lsa-da, vaziyat u qadar og‘ir emas. Sababi, peshqadamning ta'qibchilari shu qadar zich joylashganki, masalan, 2-o‘rindagi «Qosimposho» bilan farq atigi 1 ochkoni tashkil qilmoqda xolos. Ya'ni, bir g‘alaba bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib olish mumkin.  Ammo so‘nggi turlardagi muvaffaqiyatsizliklar (2 durang, bir mag‘lubiyat) natijasida «Galatasaray» «Istanbul» bilan oradagi farqni kattalashtirib yubordi.O‘zaro o‘yinlarga kelsak, ayniqsa, «Istanbul BB»ga pul kirib kelganidan buyon, «Galatasaroy»dan ustunligini namoyish qilmoqda. «Istanbul»dagi so‘nggi ikki o‘yinda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozonib, raqib darvozasiga 9 gol urgani ham «Galatasaray»ni qiyin kutib turganini ko‘rsatib turibdi. Umuman, bu yerdagi so‘nggi 5 o‘yindan 4tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan va uchtasida yirik hisob qayd etilgan.Tarkiblar borasida, ahamiyatli yo‘qotishlar yo‘q. Mehmonlar tarkibida Yunus Belhandaning yanvargacha maydonga tushmasligidan tashqari, himoyachi Ryan Donk diskvalifikatsiya tufayli jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, «Galatasaroy» ikki kun oldin «Portu»ga qarshi juda dramatik o‘yinda maydonga tushgani, «Istanbul» esa, yuqorida aytilganidek, yevrokuboklarsiz yetarlicha tayyorgarlik vaqtiga ega ekanini ham hisobga olsak, mezbonlarning imkoniyati yanada oshadi. TORINO – YuVeNTUS (16 dekabrga o‘tar kechasi, 00:30)Derby della Mole – italyanchada xuddi shunday ataladigan Turin derbisi 110 yillik tarixga ega. «Yuventus» Italiyada va dunyoda millionlab muxlislari bor mashhur klub bo‘lsa-da, Turin shahrining o‘zida «Torino»ning tarafdorlari ko‘proq sanaladi. 1906 yilda «Yuventus»ning sobiq futbolchilari tomonidan tuzilgan bu jamoa ayniqsa, o‘tgan asrning 40-yillaridagi (besh marta chempionlik) yorqin o‘yinlari va albatta, butun tarkibni dunyodan olib ketgan 1949 yildagi mudhish aviahalokat tufayli yanada ko‘proq e'tibor qozongan.A Seriyada so‘nggi chempionlikni 42 yil oldin nishonlagan, Italiya Kubogini esa oxirgi marta 1993 yilda qo‘lga kiritgan «Torino» buyog‘iga sovrinlar borasida qo‘shnilardan katta farq bilan ortda borsa-da, aynan muxlislarning ko‘pligi va qo‘llab-quvvatlashlari tufayli derbilarda juda yaxshi harakat qila oladi. So‘nggi 12 o‘yinda «Torino» atigi bir marotaba g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, ayniqsa, «Olimpiko Grande Turin» stadionidagi o‘yinlarda raqibiga doimo keskin qarshilik ko‘rsatib kelgan.Matstsari shogirdlari so‘nggi paytlarda murosasiz jamoalardan biri bo‘lib qolmoqda va oxirgi 12 o‘yindan atigi bir mag‘lubiyat qayd etilgani ham buning yaqqol isbotidir. «Yuventus» esa, tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirmoqda va ochko to‘plash bo‘yicha butun Yevropada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Turinliklar jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi A Seriyada 20 uchrashuvga yetib ulgurdi.Tarkiblarga kelsak, «Torino»dan farqli ravishda, mehmonlarda bir qator muammolar bor. Bartsali, Konselu, Guardado, Benatiya, Xedira kabi futbolchilar yordamidan murabbiy foydalana olmaydi. Shuningdek, «Yuventus» kuni-kecha Shveytsariyada YeChL o‘yinida maydonga tushganini ham unutmaslik kerak. Bu o‘yin turinliklar uchun u qadar muhim hisoblanmasa-da, jamoa asosiy tarkib bilan harakat qilganini ta'kidlash kerak. Bu ham mezbonlarning o‘yinda tetikroq va dadilroq bo‘lishlari kerakligini taqozo qiladi.  LION – MONAKO (16 dekabr, 17:00)Fransiyadagi tartibsizliklar tufayli, o‘tgan turda 6 uchrashuv boshqa kunga qoldirildi. Bu safar ham ba'zi o‘yinlar o‘tkazilmasligi aniq. Shunday holatda «Lion» va «Monako» to‘qnashuvi, albatta, markaziy o‘yin maqomini oladi.«Monako» 17 o‘yinlik g‘alabasiz seriyadan so‘ng 19-o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa-da, birinchidan, bu seriya barham topdi va «Monako» so‘nggi uch o‘yindan ikkitasini o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchidan, nima bo‘lgandayam, «Monako» bu yil Chempionlar Ligasida qatnashayotgan jamoa, tajriba va tarkib jihatdan alohida uchrashuvlarda har qanday raqibga muammo tug‘dira oladi.«Lion» esa, barcha musobaqalarda to‘rt o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmayapti. To‘g‘ri, bu o‘yinlarda erishilgan uch durang deyarli g‘alabaga tengdir. Avvaliga, «Manchester Siti» bilan 2:2 o‘ynashdi, keyin esa, 2-o‘rin uchun asosiy raqobatchi bo‘lgan «Lill» maydonida xuddi shu hisobdagi durang qayd etildi. Ukrainadagi durang esa, «Lion»ga Chempionlar Ligasida nimchorak final yo‘llanmasini taqdim etdi. Demak, aytish mumkinki, lionliklar juda muhim va qiyin davrni «to‘rt» bahoga yakunlay olishdi. Endi esa, «Monako»ni yengib, avvalgi, yengil va barqaror rejimga o‘tib olish talab etiladi.Bu o‘yinga alohida e'tibor qaratilishining yana bir sababi – so‘nggi to‘qnashuvlar ancha murosasiz o‘tgan. Oxirgi 3 o‘yin bir xil 3:2 hisobida yakunlangan. Ikki marta «Lion», bir marta «Monako» ustun kelgan. Qizig‘i, bu o‘yinlarning ikkitasida mag‘lub taraf avval hisobda oldinga chiqib olib, keyin imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, bir o‘yinda «Lion» g‘alaba golini hakam tomonidan qo‘shib berilgan 5-daqiqada urgan. Ya'ni, bu jamoalarning uchrashuvi juda keskin va murosasiz o‘tishi an'anaga kirib ulgurdi.LIVeRPUL - MANCheSTeR YuNAYTeD (16 dekabr, 21:00)«Liverpul»ning kayfiyati joyida, jamoa bir haftada ham APLda «Manchester Siti»ni ortda qoldirib, birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi, ham ikki kun oldin «Napoli» bilan juda muhim o‘yinda kerakli hisobni qayd etib, Chempionlar Ligasining keyingi bosqichiga chiqdi. Klopp jamoasi ligada mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda. Bu an'anani davom ettirish uchun yaxshi raqib - «Manchester Yunayted» kabi azaliy dushman oldida o‘z ustunligini namoyish etish mumkin. Va ayniqsa, Mourino jamoasi ancha bo‘sh va og‘ir davrni boshdan o‘tkazayotgan bir paytda.Keyingi abzats esa, «Manchester Yunayted»ning optimist muxlislari uchun. «Liverpul» sakkiz o‘yindan beri APLda «MYu»ni yenga olmayapti. Lui van Gaal to‘rt o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, Mourino davrida uch durang va bir o‘yinda «Old Trafford» mezbonlari ustun kelishgan. Umuman, Yevropa Ligasidagi yutuqni aytmasa, Yurgen Klopp hali biror marta ham APLda «qizil iblislar»ni mag‘lub etolgani yo‘q.«Liverpul»ning barcha jamoalarga dahshat soluvchi triosi bor - Saloh, Firmino va Mane. Mana shu uch futbolchi ham hali liverpulliklar safida «MYu» darvozasiga na bir gol urdi, na bir golli pasni amalga oshirdi. Katta o‘yinlarda «har balo»ni kutish mumkin bo‘lgan Mourino effektini ham inobatga olsak, yakshanba oqshomida peshqadamlarga oson bo‘lmaydi. Darvoqe, Jozening «MYu» bosh murabbiyi sifatida «Enfild»ga har ikki tashrifi ham 0:0 hisobi bilan tugagan.  Tarkiblar borasida mezbonlardan Jyeyms Milnerning maydonga tushishi so‘roq ostida. U mushaklaridan yengil jarohat olgan. Shuningdek, Trent Aleksandr-Arnold ham jamoaga yordam berishi aniq emas. Mehmonlarning holati esa, biroz mavhum. Antoni Marsiyal va Viktor Lindelof, shuningdek, Lyuk Shouning holati qandayligi noma'lum. Murabbiy Kris Smollingni ham Valensiyaga olib ketmagandi, ammo Liverpuldagi o‘yinda tayyor bo‘lishidan umid qilgandi. Umuman, «MYu» YeChLda u qadar ahamiyatsiz o‘yinda qatnashgani uchun, qaysi futbolchi qay holatda ekani haqida aniq baholash qiyin. Mourino ba'zi sog‘lom futbolchilarga ham dam bergan bo‘lishi mumkin.«Liverpul», aksincha, YeChLda juda og‘ir o‘yin o‘tkazdi. O‘yingacha u raqibidan bir kun ko‘proq dam olgani va o‘yinlarni o‘z maydonida o‘ynayotgani ustunlik bersa, «Manchester Yunayted» «Valensiya»ga qarshi deyarli mashg‘ulot o‘yinini o‘tkazgani e'tibori bilan, ularda ham qo‘shimcha imkoniyat bor. Ko‘ramiz.BOShQA O‘YINLAR15 dekabr. «TOTTeNHEM» – «Byornli» (20:00), «Valyadolid» – «ATLeTIKO» (20:15), «Hannover» – «BAVARIYa» (19:30), «INTeR» – «Udineze» (22:00), «BORUSSIYa» D – «Verder» (22:30)16 dekabr. «Brayton» – «CheLSI» (18:30), «Sauthempton» – «ARSeNAL» (18:30), «Kalyari» – «NAPOLI» (22:00), «Levante» – «BARSeLONA» (17 dekabrga o‘tar kechasi, 00:45).
sport
172,348
Saloh – BBC talqini bo‘yicha Afrikaning eng yaxshi futbolchisi
BBC an'anaviy tarzda Afrikaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.Qatorasiga ikkinchi marta bu sovrinni «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh qo‘lga kiritdi.Finalchilar beshtaligidan «Yuventus» himoyachisi Mexdi Benatiya (Marokash), «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali (Senegal), «Atletiko» yarimhimoyachisi Tomas Parti (Gana), «Liverpul» hujumchisi Sado Mane (Senegal) ham joy oldi.Bu sovringa 1992 yilda asos solingan. Dastlab u afrikalik sportchilar uchun mo‘ljallangan edi. 2001 yildan boshlab, faqat futbolchilarga topshiriladigan bo‘ldi.
sport